Asosiy va qo`shimcha o`quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari Asosiy darslik va o`quv qo`llanmalar Azizov N.X. Belbog`li turkiston Kurashi. - Toshkent: о`qituvchi, 1998.
Борисов К. Прaктикa рукопaшного боя. Учебное пособия под/рек. 2003 г
Qo`shimcha adabiyotlar Salomov R.S. Sport mashg`ulotining nazariy asoslari – Toshkent., О`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti, 2005 yil - 238 b.
Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish Toshkent., О`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti 2005 yil - 171 b.
Dzyudo Kurashi. A.A.Absatarov. A.A.Istomin. Toshkent Iqtisod-Moliya 1993 yil. Internet saytlari
www.cspi.uz 7.www.pedagog.uz 8.www.edu.uz www.nadlib.uz (A.Navoiy nomidagi O`z.MK)
http://ziyonet.uz —Ziyonet axborot-ta`lim resurslari portali
4-Seminar Milliy Kurashning texnikasi va taktikasi Kurashchilar trenirovka jarayonida texnik tayyorgarlik Kurashning texnik tayyorgarligi sportchi tomonidan yukori sport natijalariga erishishni ta`minlovchi xarakatlar tizimining egallaganlik darajasi bilan tavsiflanadi.
Kurashchining umumiy va maxsus texnik tayyorgarligi ajratiladi. Umumiy texnik tayyorgarlik yordamchi sport turlaridagi xar xil xarakat malakalari xamda ko`nikmalarini egallashga, maxsus texnik tayyorgarlik sport Kurashida texnik maxoratga erishishga karatilgan.
Sport Kurashida texnik tayyorgarlik bir kator murakkab vazifalarni xal etishga yo`naltirilgan:
maksimal kuchlanishdan foydalanish samaradorligini oshirish;
ish kuchlanishini tejash;
musobaka faoliyatini o`zgaruvchan xolat sharoitlarida xarakatlanish tezligi, anikligini oshirish.
Sport texnikasini takomillashtirish Kurashchilarning ko`p yillik tayyorgarligi davomida amalga oshiriladi va u tanlangan Kurash turida texnik maxoratni oshirishga karatiladi.
Texnik maxorat deganda keskin sport Kurashi sharoitlarida eng okilona xarakat texnikasini mukammal egallash tushuniladi.
Texnik maxoratni takomillashtirishning uchta boskichi ajratiladi;
Izlanish.
Barkarorlashtirish.
Moslashishni takomillashtirish.
Birinchi boskichda texnik tayyorgarlik musobaka xarakatlarining yangi texnikasini shakllantirishga, uni amaliyotda egallash shart-sharoitlarini yaxshilashga, musobaka xarakatlari tizimiga kiruvchi ayrim xarakatlarni o`rganishga (yoki kayta o`rganishga) karatilgan.
Ikkinchi boskichda texnik tayyorgarlik musobaka xarakatlarining butun malakalarini chukur o`zlashtirish va mustaxkamlashga karatilgan.
Uchinchi boskichda texnik tayyorgarlik shakllangan malakallarni takomillashtirish, ularning asosiy musobakalar sharoitlariga mos xolda maksadga muvofik variantliligi, barkarorligi, ishonchliligi chegaralarini kengaytirishga karatilgan.
Xar bir texnik tayyorgarlik boskichining asosiy vazifalari kuyidagilardan
iborat:
Kurash texnikasi asosini tashkil etadigan xarakat malakalarining yukori
barkarorligi xamda okilona variantivligiga erishish, musobaka sharoitlarida ularning samaradorligini oshirish.
Xarakat malakalarini kisman kayta kurish, musobaka faoliyati talablarini xisobga olgan xolda usullarning ayrim kismlarini takomillashtirish.
Birinchi vazifani xal etish uchun tashki vaziyatni murakkablashtirish uslubi, organizmning turli xolatlarida mashklarni bajarish uslubi ko`llaniladi. Ikkinchi vazifani xal etish uchun - texnik xarakatlarni bajarish sharoitlarini yengillashtirish uslubi, birga (sopryajennыy) ta`sir ko`rsatish uslubi ko`llaniladi.
Texnik usullarni bajarishda tashki vaziyatni murak- kablashtirish uslubi kuyidagi bir kator usullarda amalga oshiriladi:
Shartli rakib karshiligining uslubiy usuli sportchiga texnik xarakatni bajarish tuzilmasi va maromini takomillashtirishga, barkarorlik va natijalilikka tezrok erishishga yordam beradi.
Kiyin dastlabki xolatlar va tayyorgarlik xarakatlarining uslubiy usuli. Masalan, egilab tashlashni takomillashtirshda ushlab olish joyi va Kurashchilar o`rtasidagi masofani o`zgartirish lozim.
Usullarni bajarish uchun joyni cheklash uslubi malakani takomillashtirishda mo`ljallangan shartlarini murakablashtirishga yordam beradi. Kurashda, kichraytirilgan o`lchamdagi gilamlar ko`llaniladi.
Texnik xarakatlarning bajarilishini kiynlashtiruvchi sportchi organizmining turli xolatlarida mashklarni bajarish uslubi xam turli xildagi usullarda amalga oshiriladi:
Xarakatni ancha tolikkan xolda bajarishning uslubiy usuli. Bu xolda katta xajm va shiddatdagi jismoniy nagruzkadan keyin sportchiga texnikani rivojlantirishga karatilgan mashklar taklif kilinadi.
Nazorat o`kuv-trenirovka bellashuvlari o`tkazilgandan so`ng katta emotsional zo`rikish xolatida xarakatrlarni bajarishning uslubiy usuli.
Vakti-vakti bilan ko`rishni ta`kiklash yoki cheklashishning uslubiy usuli xarakatlanish malakasining retseptorli-analizatorli tarkibiga tanlab ta`sir ko`rsatishga yordam beradi.
Musobaka vaziyatida ayrim usullar yoki xarakatlarni majburan bajarish usuli malakani takomillashtirish jarayonida Kurashchi faolligini ragbatlantiradi. O`kuv-trenirovka bellashuvlarida Kurashchi ximoyaning texnik usullari, yoki aksincha, xujum usullariga ko`prok dikkatni to`plashga ko`rsatma oladi.
Texnik xarakatlarni bajarish shartlarini yengillashtirish uslubi bir kator uslubiy usullardan iborat:
Xarakat elementini ajratish uslubiy usuli. Masalan, erkin Kurashda - beldan yukori kismdan ushlab olishni amalga oshirish.
Mushak zo`rikishini pasaytirish uslubiy usuli Kurashchiga xarakatlanish malakasidagi ayrim xarakatlarga yanada anik tuzatishlarni kiritishga yordam beradi. Texnik xarakatlarni takomillashtirish uchun Kurashchiga ancha yengil vazn toifasidagi rakib tanlanadi.
Tezkor axborot uslubiy usuli zarur xarakat kengligi, maromi, sura`tini tez egallab olishga yordam beradi, bajariladigan xarakatni anglash jarayonini faollashtiradi.
Texnik xarakat to`grisidagi tezkor axborot uchun videokamera va videomagnitofondan foydalanish kulaydir.
Birga ta`sir ko`rsatish uslubi sport trenirovkasida o`zaro birgalikda jismoniy sifatlarni rivojlantirish va xarakat malakalarini takomillashtirishga asoslangan uslubiy usullar yordamida amalga oshiriladi. Bu xolda usullarni takomillashtirishda Kurashchiga ancha ogir vazn toifasidagi rakib tanlanadi.