Texnik xarakatlarni amalga oshirishning umumiy asoslari
Kurash texnikasi - bu musobaka koidalarida ruxsat etiladigan usullar, karshi usullar va ximoyalanishlar yigindisidir.
Usullar - bu maksadga yo`naltirilgan xujum xarakatlari bo`lib, ular yordamida Kurashchi rakibidan ustunlikka erishadi. Xar bir usul ikki kismdan iborat. Birinchi kism - usul ko`llash uchun ushlab olish. Ushlab olishlar yukoridan,pastdan, orkadan, oldindan, yon tomondan va boshkalarga ushlab olishlarga bo`linadi. Ushlash usulni muvaffakiyatli bajarishda katta axamiyatga ega. Butun usullarni bajarish sifati ushlab olishning kay darajada okilona amalga oshirilganligiga boglik. Ikkinchi kismda turli xildagi xarakatlar: tik turishda - o`tkazishlar, tashlashlar, agdarishlar; parterda - o`girishlar va parterda tashlashlar bo`lishi mumkin.
Erkin Kurash, sambo, dzyudo va Kurashda usullarni amalga oshirish paytida bir vaktning o`zida oyoklar bilan turli xarakatlar xam bajariladi, ya`ni bular
- chalishlar , kokishlar, ilishlar, oldindan ilib otishlar, chirmashlar,orkadan ilib otishlar. Bu xarakatlarning ko`pchiligi orkadan, oldindan, yondan, ichkaridan, tashkaridan bajarilishi mumkin.
Bir xildagi ushlash bilan bir kator xarakatlarni bajarish mumkin va, aksincha, bir xil xarakatning o`zi turli ushlashlar bilan bajarilishi mumkin. Masalan, ko`ldan va gavdadan ushlab tashlashni, zarba bilan agdarishni amalga oshirish mumkin. Lekin rakibni egilib ko`l, gavda, ko`l va bo`yindan ushlab tashlash xam mumkin.
Kurashchi xar kanday usulni xujum va karshi xujum uchun ko`llashi mumkin. Usul yoki uning bir kismini aldamchi xarakat sifatida ko`llab, Kurashchi xakikiy niyatidan rakib dikkatini chalgitish va boshka usul bilan xujumni amalga oshirish uchun kulay sharoitlarni tayyorlashi mumkin.
Karshi usullar - bu rakib xujumiga javob tarikasida bajariladigan maksadli xarakatlar bo`lib, ular yordamida Kurashchi rakibi ustidan ustunlikka erishadi.
Karshi usullar murakkab texnik xarakatlarga kiradi. Karshi xujum uyushtirayotgan kupashchi bir zumda to`gri karor chikarishi va rakibi usulni amalga oshirishga ulgurmasligi uchun o`z xarakatlarini xujum kilayotgan rakib xarakatlari bilan anik moslashtirishi lozim.
Ximoyalanishlar - bu rakibning usullarni (karshi usullarni) bajarishiga to`skinlik kiluvchi maksadli xarakatlardir.
Ximoyalanishlar dastlabki va bevosita ximoyalanishlarga ajratiladi. Dastlabki ximoyalanish oldindan, ya`ni rakib usulni amalga oshirishdan avval bajariladi.
Bevosita ximoyalanish rakib xujumini to`xtatishga karatilgan. Bunday ximoyalanish samaradorligi uning o`z vaktida bajarilishiga boglik. Bevosita ximoyalanish usul boshida, usulni bajarish davomida yoki usulni bajarish oxirida amalga oshirilishi mumkin.
Xamma texnik xarakatlar Kurashchilar tomonidan turli xolatlardan turib bajariladi. Asosiy xolatlar kuyidagilar: tik turish, parter va ko`prik.
Tik turish - bu Kurashchining xolati bo`lib, unda u oyoklarda tik turadi. O`ng, chap va yalpi tik turishlar ajratiladi. Ularning xar biri, o`z navbatida, baland, o`rta va past bo`lishi mumkin. Tik turishda Kurashish yakin, o`rta va uzok masofalarda olib borilishi mumkin.
Parter - bu Kurashchining dastlabki xolati bo`lib, u tizzalarida turadi. Bunda tekis yozilgan ko`llarning kaftlari bilan gilamga tayanib turiladi, ko`llar tizzalardan 20-25 sm. uzoklikda joylashadi.
Parterda baland xolat va past xolat farklanadi. Baland xolat - bu Kurashchining parterdagi dastlabki xolati, past xolat esa - bu Kurashchining tizzalarda turib, bilaklar bilan gilamga tayanish xolatidir.
Parterda Kurashish paytida Kurashchilardan biri pastda, ikkinchisi yukorida bo`ladi. Parterda yukoridagi xolatda turgan Kurashchi Kurash boshlanishidan oldin istagan dastlabki xolatni egallashi mumkin. Fakatgina ko`l kaftlari pastdagi Kurashchining yelkasida turishi lozim.
Ko`prik - bu Kurashchining kuyidagi xolati bo`lib, ya`ni bunda u, orkaga egilib, oyok kaftlari (ular taxminan yelka kengligida yozilgan) va bosh (istagan kismi) bilan gilamga tayanadi.
Kurashchi ushbu xolatga kuragini gilamga tekkizmaslik uchun o`tadi.
Erkin va yunon-rum Kurashida ko`prik bir xolatda kator xujum xamda karshi xujum xarakatlarini bajarishda asosiy elementlardan biri xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |