” 2012 yil Roman-German filologiyasi fakulteti 5220100-“Nemis filologiyasi” ta`lim yo’nalishi



Download 0,54 Mb.
bet5/6
Sana03.05.2017
Hajmi0,54 Mb.
#8102
1   2   3   4   5   6

Gerodot Ellada va sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vabilion, Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479 yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat umumiy tarix yo’nalishida yozilgan birinchi asar hisoblanadi. Shu bois ham Gerodot TsitsEronning ta’biri bilan tarix fanining ”otasi” hisoblanadi.

Gerodot garchi o’zi bayon etgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to’gri bayon etishi, o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai-nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi. U sayyohat qilgan joylaridagi mahalliy aholi tilini o’rgangan. Bundan tashqari o’sha xalqlarning urf-odatlari, yashash tarzi, madaniyati, adabiyoti haqida ma’lumotlar yig’gan. Ayrim kerak joylarni o’zi tarjima qilishga kirishgan. Uning ijodida biz bayon qilish yo’li orqali qilingan tarjimaga duch kelamiz. Gerodot mazkur asarida Markaziy Osiyo qadimiy xalqlari bo’lmish agrippaylar, issedonlar, massagetlar, doylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo’shni mamlakat (Eron va boshqa)lar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi.

”Tarix”ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871 yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinsop, London, 1856-1869 yillar) hamda rus (F.G.Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yillar) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur, D.P.Kallistov hamda I.A.Shishov tomonidan yangidan nashr etiladi.

Miloddan avvalgi 90-21 yillarda yashab ijod etgan tarixchi Diodor yirik olim bo’lib, asli Sitsiliyaga qarashli Algriya shahridan bo’ladi. Diodor ”Tarixiy Kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlardan to milodning I asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixni o’z ichiga oladi. Asarda sharq xalqlari, shuningdek, Markaziy Osiyo va O’zbekistonning qadimiy xalqlari (skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar va boshqalar) Markaziy Osiyo – Eron munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor.

Diodorning mazkur asari ko’p jihatdan ko’chirma hisoblanadi. Muallif Esfor, Polibiy asarlarida keng foydalanadi, ko’pgina joylarni o’zi tarjima qiladi. U ishlatgan tarjima printsipi so’zma-so’z bo’lib, o’z zamonasida yaxshi deb baholanadi, biroq bu qisman bo’lib, ko’pgina hollarda bayon qilish (erkin) tarjima printsipiga amal qilgan. Bundan tashqari, ko’p hollarda bayon qilingan voqealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga qarmasadan, Diodorning ”Tarixiy Kutubxona”si dalillarga boy va ahamiyatlidir.

”Tariixiy Kutubxona” bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi – qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5 kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari (miloddan avvalgi 500-449 yillardan to miloddanavvalgi 301 yilgacha bo’lgan tarixi o’z ichiga olgan 11-20 kitoblarigina saqlanib qolgan xolos.

Asar 1774-1775 yillari I.Aleksyeev tomonidan (olti qismda) va 1874-1875 yillari F.G.Mishchenko tomonidan ikki qism qilib nashrga tayyorlangan va chop etilgan.

Keyingi mashhur olim bu Pompey Trog bo’lib, u milodgacha I milodning I asrlari o’rtalarida yashab ijod etgan. Pompey ”Filipp tarixi” asari bilan mashhur bo’lgan rim tarixchisidir. Qirq to’rt kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuriya podsholari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddan avvalgi 63 milodning 14 yili) davrigacha dunyoda bo’lib o’tgan voqealarni bayon etadi, lekin asosiy e’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (miloddan avvalgi 359-336 yillar) va Iskandar Zulqaynar davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan.

Mazkur asarning qimmati shundaki, muallif bir talay noma’lum kitoblarga suyanib o’z asarini yaratadi. U bu manbalardan foydalanar ekan, tarjimalar qiladi. Avvaliga u ham so’zma-so’z tarjima qiladi. Shu sababli bo’lsa kerak, Yustin (eramizning II-III asrida yashagan olim) ayrim joylariga tushunmay Pompey bayon qilish yo’liga o’tadi. U Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo’lishi va tarixini keng yoritib beradi. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Lekin, Pompey Trogning tarixiy jarayon va uning taraqqiyotiga qarashli ideallikdir, chunki u tarixni harakatga keltiruvchi kuch – urf-odat tarixdir deb hisoblagan.

”Filipp tarixi”da Skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqaynr davrida Baqtriya va So’g’dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulaqaynar vafotidan keyin ro’y bergan voqealar, parfiyaliklarining kelib chiqishi, Parfiya davlatining tashkil topishi, parfiyaliklarning urf-odatlari Baqtriya, Perfya va Midiyaning o’zaro munosabatlariga oid ma’lumotlar mavjud.

Yuqorida ta’lidlanganidek, Pompey Trogning mazkur asari Yustin tomonidan qisqartirilib tarjima qilindi va ana shu qisqartirilib, qayta ishlangan asar bizning davrimizgacha yetib kelgan va Rux tomonidan 1935 yili chop qilingan. Asarning ruscha tarjimasi (tarjimonlar A.A.Dekonskiy va M.I.Rijskiy) ”Вестник древней истории” jurnalining 1954 yil 2-4 sonlari va 1955 yil 1 sonida bosilgan.

Miloddan avvalgi 201-120 yillarda yashab ijod etgan yirik yunon tarixchisi va tarjimoni polibiydir. Uning mashhurligi 40 kitobdan iborat ”Umumiy tarix” asarini yozganidadir. Polibiyning tilga olingan asari Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriy va Rimning 220-146 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini urf-odatlarini, madaniyatini o’z ichiga olgan. Asar umumy qilib yozilgan. U o’z asarini yozar ekan, Karfagen, Misr va Suriyaga oid joylarni ayrim kitoblardan, ko’rgan bilganlaridan tarjima qilib yozadi. Afsuski, uning bu kitobining katta qismi saqlanmagan – bizgacha faqat 1-5 kitoblarigina yetib kelgan, xolos.

Polibiyning ”Umumiy tarix’i doimiy ma’lumotlarga boyligi, voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir.

Mazkur asarda Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) haqida, Antiox I ning Baqtriya podshosi Eftidemga qarshi harbiy yurishlari haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi.

Polibiyning o’zi tarjimalar bilan shug’ullanganligi ma’lum, faqatgina tarix nuqti-nazaridan. Uning kitoblarini bizgacha yetib kelmagani turli xil urushlar, bosqinchilik talon-tarojlari sabab bo’lgan.

”Umumiy tarix”ning matni 1889-1905 yillar orasida to’rt jildda Layptsigda chop etiladi. U ingliz tiliga B.R.Poton tomonidan Londonda 1922-1927 yillar oralig’ida tarjima qilinib chop etiladi. Ikkinchi marta esa ayrim joylarda tuzatishlar kiritib 1957-1960 yillar orasida chop etiladi.

Rus tarjimoni F.G.Mishchenko Moskvada 1890-1899 yillar orasida 1-3 jildlarini ruscha tarjima qilib chop ettiradi.

Umuman olganda, Markaziy Osiyo va O’zbekistonning qadimiy hayotini, urf-odatlarini, tarixini, madaniyatini o’rganishda qadimiy Yunoniston va Rim tarixchilari Efar (miloddan avvalgi taxminan 405-330 yillar), Klavdiy Ellian (taxminan milodning 170-235 yillar), Aleksandriyalik Klimen (milodning II asri), Korneliy Tatsit (taxminan milodning 56-117 yillari), Ksinofont (taxminan miloddan avvalgi 430-355 yillar), Plutarx (milodning II asri) va boshqalarning asarlari benihoyat qimmatlidir.

Ularning asarlarini qiymati shundaki, undan tarixchilar, geograflar, shoirlar, tarjmonlar o’z sohalari bo’yicha vatanimiz tarixiga, madaniyatiga, geografiyiisga oid ko’pgina ma’lumotlar borligidadir. Biroq bunday qimmatga ega asarlarning bizgacha to’la-to’kis yetib kela olmagan, bu haqda keyinroq so’z yuritamiz.

Miloddan avvalgi 63 – milodning 23 yillari oralig’idagi asli amosiyalik (Pont podsholarining qarorgohlaridan biri), mo’tabar va badavlat oilalardan chiqqan. Mashhur yunon faylasuf Aristotelning (miloddan avvalgi 348-322 yillar) shogirdi, qadim Yunonistonning atoqli geograf olimlaridan biri bu Strabondir. U qariyib 80 yil umr ko’rgan.

Strabonni dunyoga tanitgan narsa uning 17 kitobdan iborat ”Geografiya” nomli asaridir. Asarning 1-2 kitoblari ”Muqaddima” deb ataladi va unda geografiya ilmi va uning hokimlari, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi o’rni va roli haqida gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning yer shari tuzilishi haqidgi ta’limoti tanqid qilinadi. Bundan tashqari yer yuzini tavsiyalash haqida umumiy tushuncha beriladi. 3-10 kitoblarida Yevropa mamlakatlarining tavsifi (shundan 8-10 kitoblari ellada va unga tutash mamlakatlarga bag’ishlangan) beriladi. Asarda Osiyo mamlakatlariga ham tavsiya berilib o’tiladi. Bu tavsif 11-16 kitoblarni o’z ichiga oladi. Asarning so’nggi 17 kitobi Afrika mamlakatlariga bag’ishlanadi.

Strabon yuqorida qayd etib o’tilgan Polibiyning ”Umumiy tarix”ni davom ettirib, unga miloddan avvalgi 146-31 yillar orasida bo’lib o’tgan voqealarni qo’shgan. Afsuski, bu muhim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan, lekin ularning ayrim qismlari, xususan Markaziy Osiyo tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar saqlanib qolgan.

Strabon ”Geografiya”sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg’iyonaning tabiiy holat, shaharlari, qisman ularga borish yo’llari, Oxa (Xarrirud), Oks va Yaksart daryolari haqida, Markaziy Osiyo va O’zbekistonning qadimiy xalqlari: saklar, massagetlar, doylar, atasiyalar, toxarlar hamda xorazmliklar va ularning kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odatlari, madaniyati va tarjima borasida qisqacha bo’lsada ma’lumot, shuningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan avvalgi III asrning birinchi choragidagi ichki ahvoli va o’zaro munosabatlari haqida muhim va qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin.

Keyinchalik Strabonning mazkur asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan nashr qilinadi. Uning nemis tilidagi tarjimasining muallifi Grosskud 1831-1834 yillar orasida tarjma qilib nashr ettiradi. Rus tiliga esa F.G.Mishchenko (1879), G.A.Strotanovich (1964) Moskvada tarjima qilishadi va nashr ettirishadi.

Keyingi yirik yozuvchi, tarixchi va geograf bo’lib uning ismi Arrian Flavdiydir. U taxminan 95-175 yillarda yashab ijod etgan. U Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan bo’lib, ”Iskandar haqida”, ”Parfiyaliklar haqida”, ”Hindiston” va 7 jildlik ”Iskandarning yurishlari” nomli kitoblar muallifidir.

Markaziy Osiyo va Eronning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning so’nggi asari (”Iskandarning yurishlari”) muhimahamiyat kasb etadi. Asarda Zulqaynarning Eron, Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarga qilgan istilochilik yurishlari tarixi batafsil yoritiladi.

Asar panegirizm ruhida yozilgan, muallif Iskandar Zulqaynar va uning faoliyatini ko’klarga ko’tarib ulug’laydi. Shunga qaramay, asar Iskandar Zulqaynarning harbiy yurishlari bo’yicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi. Mazkur asarning yana bir qimmatli tomoni shundaki, u ko’pgina qo’lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yoziladi. Arrian ayrim joylarda tarjimalardan ham foydalangan. Bu ishda ko’p tillarni biluvchi tarjima yordam bergan deb faraz qilinadi.

Arrian Flaviyning ”Iskandarning yurishlari” asari nemis (Myuller, Layptsig, 1886 yil) hamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 yil va M.Ye.Sergyeenko, Moskva, 1962 yil) tillarida nashr ettirilgan.

Kvint Kuritsiy Ruf mashhur tarixchisi bo’lib Iskandar Zulqaynarning Eron, Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlari haqida 10 kitobdan iborat ”Buyuk Iskndarning tarixi” nomli asar yozib qoldirgan. Muallif Ptolemey Lag va Iskandar Zulqaynarning safdoshlari Oneksirit va Kallisfenning xotira va sarlaridan keng foydalangan.

Rufning ”Buyuk Iskandarning tarixi” 1841 yilda Myutzel, 1867 yili T.Nyoldeke va 1885 yilda Fogel tomonidan tarjima qilinib (fransuz, nemis tillarida) nashr ettiriladi. Ruscha tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida 1963 yilda chop etiladi. Ushbu tarjima Markaziy Osiyo olimlari uchun yaxshi manba bo’lganligi uchun ular tomonidan keng qo’llaniladi.

Gay Pliniy Sekund (24-79 yillar) – rimlik mashhur yozuvchi, tarixshunos olim va davlat arbobi, 79 yili mashhur Vezuviy Vulqonining otilib chiqishi natijasida yuz berga umumxalq fojeasida halok bo’lgan.

Gay Pliniy Sekund – sermohir olim. Uning 20 kitobdan iborat ”Germanlarning urushlari”, ikki jilddan iborat ”Pomponiy sekundning hayoti” va 37 kitobdan iborat ”oddiy tarix” nomli kitoblar yozib qoldirganligi ma’lum. Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bo’ylari mamlakatlarining bosib olinishi tarixidan bahs yurituvchi ”Germanlarning urushlari” omli asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan, lekin bu asar Kornekiy Tatsitning ”Solnomalar” imperator Oktovian Avgust vafotidan Neronning halok bo’lishigacha bo’lib o’tgan voqealarni o’z ichiga oladi hamda ”Germaniya” (unda german va boshqa qabilalarning tarixi bayon etilgan) nomli asarlar uchun birinchi manba bo’lgan. Pomponiyning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Bu asar bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.

”Oddiy tarix” Gay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda antik dunyo tarixi, iqtisodiy ahvoli hamda madaniyati bayon etiladi. Asar ayrim nuqson va kamchiliklardan ham holi emas. Masalan, muallif o’z manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bo’lmaganligi, ayrim dalil va voqelarni buzib ko’rsatilganligi sezilib turadi. Lekin shunga qaramay, u antik dunyo tarix bo’yicha keng ma’lumot beruvchi qomusiy asar sifatida e’tiborga sazovordir.

”Oddiy tarix”da Markaziy Osiyo va O’zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan xalqlar (masalan, skiflar va boshqalar), Oks (Amudaryo), Yaksart (Sirdaryo) va ularning skifcha nomlari, Baqtriya va uning tabiiy boyliklari, Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma’lumotlar bor.

Ptolemey Klavdiy – mashhur qomusiy olim. U Aleksandriyada taxminan 90-160 yillarda yashab ijod etgan.

Ptolemey astronomiya, geometriya, fizika (optika), mexanika hamda geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan. Jahonga mashhur ”Almagest” – ”Almajistiy” (18 kitobdan iborat, astronomiy va trigonometriya ilmlarini o’z ichiga oladi), ”Optika” (5 kitobdan iborat), ”germanlar haqida tushuncha” (3 kitobdan iborat) va nihoyat, ”Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin, Ptolemeyga shon shuhrat keltirgan asarlari ”Almagest” (”Almajastiy”) va ”Geografiya”dir.

”Geografiya”ning (8 kitobdan iborat birinchi kitobi aniqrog’i uning 24-bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag’ishlangn va katta ilmiy qimmatga ega. Shunisi muhimki, asarda shaharlar, mamlakatlar va ularning koordinatlari keltirilgan, 27 ta xarita ilova qilingan.

Umuman, Ptolemeyning ”Geografiya”sida Girkaniya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona ham skiflar mamlakatining geografik holat, Baqtriya va So’g’diyonaning mashhur shaharlari, shuningdek o’sha mamlakatlar va ular bilan tutash o’lkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.

Yuqorida aytib o’tilgan olimlarning asarlari Markziy Osiyo, qolaversa O’zbekistonning tarixiy, madaniy, adabiy, geografik hayoti haqida ma’lumotlar beradi, lekin asrlar davomida bo’lib turgan urushlar, talon-tarojlar natijasida tarjima tarixining Markaziy Osiyodagi antik davrini o’ragnish mushkul bo’lib qolgan.

Biz bir necha manbalarni o’rganib chiqqanimizda Markaziy Osiyoga tegihli qadim turk manbalari, Yenisey, Mo’g’ulistondan topilgan bitiklar, Oltoydan topilgan bitiklar, Qozog’iston va So’g’d tilidagi manbalarni bizga juda qiziq jihatlari borligini uchratdik. Biroz bo’lsada, ulardan qisqacha ma’lumot keltirishni joiz deb topdik.

Bular orasida XVIII asrda Sibir hamda Mo’g’ulistonda, Oltoy hamda Markaziy Osiyo, O’zbekistonda topilgan runiy bitiklar alohida qimmatga ega. Bu yozuvlarni o’rganib chiqqan qadimshunos olimlar ularni izohlashga kirishadilar. Kultegin, Bilga hoqon, Ongin, Oltoy, Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar rus olimlari V.V.Radlov, V.Tomsen tomonidan hamda o’zbek olimlari G’.Abduraxmonov va A.Rustamov tomonidan o’rganilib chiqilib qisqacha bo’lsada o’zbekcha tarjimasini keltirishadi. Qozog’iston hamda Qirg’iziston hududidan topilgan bitiklarning ba’zilari S.Sadiqov, M.Ye.Masson, A.N.Bernshton, A.S.Omanjolov, G.Musaboyev, Ch.Jumag’ulov hamda G.Qarag’ulovlar tomonidan o’rganilib chiqiladi.

Qadimiy runik yozuvlari Farg’ona, Oltoy vodiysi hamda Janubiy O’zbekiston va Tojikiston hududida, ya’ni Bekobod, Isfara, Marg’ilon, Farg’ona, Andijon, Quvasoy, O’sh, O’zgan, Qadirxon, shuningdek So’g’ddan ham topilgan va V.A.Bulatova, E.R.Tenishyev, Yu.A.Zadneprovskiy tomonidan o’rganilib chiqiladi. Bu olimlarning olib borgan tadqiqotlari birinchidan, bu hududlarda yashagan millatlar o’z yozuvlariga ega bo’lganliklari haqida dalolat bersa, ikkinchidan ular qadim Yunon va Rim bilan aloqada bo’lganliklarini qayd etib o’tishgan. Bu nimadan dalolat beradi? Bundan biz nafaqat ushbu hududlar bilan odamlar chegaralanib qolmasdan, balki boshqa mamlakatlar bilan ham aloqalar o’rnatishgan. Bunda ular til biluvchi kishilardan yaxshi foydalanishgan. Xat, turli xil bitimlarni tarjima qilishda, qolaversa g’arb va sharq o’rtasida ilmiy almashinuvlar bo’lib turganligidan dalolat beradi. Biroq ta’kidlab o’tganimizdek, bizgacha to’li saqlanib qolmagan.

Xitoy manbalari haqida so’z boshlashdan oldin shuni alohida ta’kidlash shartki, ular Xitoy hukmdorlarining maqsad va manfaatlarini ko’zlab yozilganligi, Xitoy imperatorlarini ko’klarga ko’tarib maqtaganliklari boshqa xalqlarning tarixi esa bir tomonlama yoritilgani tez ko’zga tashlanadi. Lekin Xitoy manbalarida bo’lib o’tgan voqealarning vaqti va o’rni aniq ko’rsatilmagan. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekistonning uzoq o’tmishidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda Xitoy manbalari ham muhim rol o’ynaydi.

Sima Tsyan – taxminan miloddan avvalgi Xitoy 135 yildan 86 yilgacha yashab ijod etgan va Xitoy tarixshunoslarining ”otasi” hisoblangan. U Lumin (hozirgi Shensi) viloyati shahrida saroy tarixchisi Sima Tsyan oilasida tug’ilgan. U mamlakat bo’ylab ko’p sayyohat qilgan. Otasi vafot etgach u saroy tarixchisi lavozimiga tayinlanadi. Miloddan avvalgi 98 yili imperatorga qarshi chiqib sarkarda Li Li Nini qo’llab-quvvatlagani uchun saroydan quvg’in qilinadi. Quvg’in qilinganiga qaramay u o’z asarlari ustida ishlaydi. Biroz vaqt o’tgach Sima Tsyan yana saroyga taklif qilinadi va kitobini tamomlashi uchun imkon tug’iladi.

Sima Tsyan ”Shi Tszi” (”Tarixiy esdaliklar”) nomli 130 bobdan iborat katta tarixiy asar yozib qoldiragan edi. Asarda Xitoyning qadimiy zamonlarda miloddan avvalgi I asrgacha bo’lgan voqea-hodisalar saqlanib kelgan. Asarning Markaziy Osiyo, uning 123 bobda Farg’ona va uning qadimiy xalqi, hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar bor.

”Shi Tszi”ning to’la matni olti jild bo’lib, 1959 yilda chop etiladi. Uning bir qismi N.Ya.Bichrin, B.Utson, F.Kirman tomonidan ruschaga tarjima qilinadi. E.Shavann esa 1865-1918 yillar fransuz tiliga, 1972-1986 yillarda esa rus tiliga batamomila tarjima qilinib chop etiladi.

Yuqorida keltirib o’tilganlar shundan dalolat beradiki, tarjima tarixining Markaziy Osiyoda mavjudligi so’zsizdir, biroq natik davrdagi voqelar, qanday tarjimalar bo’lgan, qanday asarlar tarjima qilinganligi to’la to’kis ochib berishga imkon bermaydi.

2.3. Tarjima tarixi va hozirgi zamon

Tarjima tarixi, tarjima nazariyasi va tarjima tanqidchiligi respublikamizda necha yillardan beri taraqqiy etib kelmoqda. Shular ichidan tarjima tarixi borasida ham katta kitoblar, monografiyalar yozilib kelingan. O’zbeklistonda tarjima tarixini yoritishda M.Rasuliy, G’.Salomov, N.Komilov, J.Sharipov va boshqalarning o’rni salmoqlidir. Tarjimashunoslik qiziq fanlardan biri bo’lganligi bois tezda rivojlanib ketdi. Bu borada ko’pgina maqolalar ham chop etildi va hozirda ham chop etilmoqda. Chet el adabiyoti namoyandalarining asarlarini tarjima qilish ancha asrlar oldin boshlangan bo’lsa, hali-hanuz davom etib kelmoqda. Qadim davr namoyandalaridan Golivr, Aristotel va hakozalardan boshlab keyinchalik Daniya, Shekspir, Sa’diy, Bayron, Balzak, Pushkin va boshqalarning ishlari rus tili, rus tili orqali o’zbek tilga o’girildi.

Tarjimashunoslik bo’yicha bir qancha monografiyalar bosilib chiqdi1. Ayniqsa 1950 yildan 1980 yilgacha bo’lgan davrda rus tildan o’zbek tilga tarjima qilingan asarlar yoki o’zbek tilidan rus tiliga qilingan asarlar (Н.В.Владимирова, «Переводы Гафура Гуляма») tarjima nazariyasi bilangina emas tarjima tarixi bilan ham shug’ullanadi.

Tarjimashunoslik sohasida dong’i ketgan olimlardan biri bu G’.Salomovdir. U tarjimashunoslik, jumladan tarjima tarixi bo’yicha ham jiddiy izlanishlar olib boradi.

Yana bir shunday ijodkorlardan bir bu Anvar Hojiahmedovdir. U ”Rus klassik adabiyotidan qilingan ilk tarjimalar va ularning o’zbek adabiyoti taraqqiyotidagi ahamiyati”nomli kandidatlik dissertatsiya yoqlagan. U yarim asrdan ko’proq vaqt ichida rus tilidan o’zbek tiliga qilingan tarjimalarni o’rganib, ular haqida qimmatli ma’lumotlar bergan. Ilk tarjimalarning o’zbek adabiyotida tutgan o’rni va roli haqida batafsil yoritgan Hojiahmedov rus-o’zbek adabiy aloqalar jarayonini faktik materiallar asosida ko’rsatib, tarjima nazariyasiga doir masalalarni o’rtaga tashlaydi, ularni mustahkam ravishda hal etishga kirishadi, bu ish rus adabiyotidan qilingan tarjima asarlari tarixini o’rganishdagi muhim jiddoiy ilmiy tadqiqot natijasidir.

Yusuf Po’latov 1963 yilda ”O’zbekistonda chet el adabiyoti va Mopassan novellalarining tarjimasi” nomli kandidatlik dissertatsiyasini yoqladi. Ushbu dissertatsiya boshqalardan farq qilib, unda nafaqat rus tili, balki ingliz, fransuz va yana boshqa ko’plab tillardan to’gridan-to’g’ri o’zbek tilga tarjima qilish kerakligini ham ta’kidlab o’tiladi. To’g’ri hal fransuz, ingliz, nemis va boshqa tillardan bevosita tarjima qilingan asarlarni uchratish qiyin deyish mumkin. Lekin bu sohada anchadan bo’yon xizmat qilib kelayotgan ”Jahon adabiyoti” jurnalining a’zolari samarali ishqilib borishmoqda.

O’zbek adabiyoti o’zining har bir bo’g’inida katta talantlarni, noyob iste’dodlarni yuzaga keltirdi va keltirmoqda. XX asr adabiyotining yirik siymolari qatorida A.Qodiriy, Cho’lpon, Oybek, G’.G’ulom, A.Qahhor, M.Shayxzoda, Mirtemir, A.Muxtor, O.Yoqubov, E.Vohidov, A.Oripov va boshqa talantli so’z ustalarining nomlarini ayta olishimiz mumkin.

O’zbek adabiyoti borgan sari chet el adabiyoti namunalarining tarjimalari bilan boyib bormoqda. Erkin Vohidov tarjima qilgan Gyotening ”Faust’, Abdulla Oripov tarjima qilgan Dantening ”Ilohiy komediya”, Rauf Parfi tarjima qilgan Nozim Hikmatning ””Inson manzaralari epopeyasining birinchi kitobidir. Bulardan tashqari, Firdavsiyning ”Shohnoma”si, Bayronning ”Don Juan” tarjimalari madaniy hayotimiz quvonchiga yanada quvonch qo’shdi.

Bu kabi yirik tarjimalarni tahlil qilish, tarjimonlarning mahorat sirlarini o’rganish va tarjima adabiyotini xalqqa yetkazish munaqqidlar zimmasidadir.

O’zbekistonda tarjima tarixi, nazariyasi va adabiy aloqalar tarixi muammolariga bag’ishlangan ko’pgina doktorlik, nomzodlik dissertastiyalari yoqlandi va yoqlanmoqda.

Anvar Hojiahmedov, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlaridagi o’zbek adabiy aloqalarini yoritib bersa, T.Hamidova II jahon urushi yillaridagi o’zbek-rus adabiy aloqalarini o’rganadilar.

O’zbekistonda tarjima ming yillik tarixga ega. Ogahiyning ham tarjimonlik faoliyati katta ahamiyatga ega. XIX asrda yashab ijod etgan Ogahiy, Nizomiy, S.Sheroziy, X.Dehlaviy, A.Jomiy kabi klassik ijodkorlarning ”Xaft paykar’, ”Guliston”, ”Shoh va Gado”, ”Yusuf va Zulayho”, ”Bahoriston” singari shohona asarlarini o’zbek tiliga mahorat bilan o’girgan. N.Komilov Ogahiyning tarjimonlik mahoratiga bag’ishlangan nomzodlik dissertatsiyasida uning tarjimonlik faoliyati va iqtidorini, tarjimaga bo’lgan qarashlarini va san’atini chuqur ochib beradi.

Ogahiy 20 ta yirik asarni tarjima qilgan bo’lib, shulardan 18 tasi bizgacha yetib kelgan. U ”Shoh va Gado” asarning kirish so’zida tarjima qilish prinsiplarini yaqqol ko’rsatish bilan birga o’zi ham shu printsipga rioya qilganini bayon qiladi. Ogahiy asarning mazmuni, syujeti, kompozitsiyasini to’la-to’kis ochib bergan holda, baytlarni ham aynan tarjima qiladi:

Harka so’zdin qilib turur tahrir,

Bayt bor bayt ayladim tahrir.

To’gri va buzmay tarjima qilish, originalga tamoman monand bo’lish printsipini ilgari surgan Ogahiy asl nusxa muallifining tili, dili, do’st bo’lishini targ’ib qiladi:

Go’yiyomyon aning tilidurman

Tutg’ali hamon alidurmon

Shu yerda bir narsani aytib o’tish kerakki, ba’zi adabiyotshunoslarimiz yaratgan tarjima asarlari haqida fikr yuritar ekanmiz, zo’r berib tarjimonning asl nusxadan chiqishlarini qidirib topishga harakat qilib, tarjimonlarni muallif darajasiga ko’tarishga intiladilar. Bunday paytda ko’pincha erkin tarjima tushunchasi bilan ijodiy yo’l bilan qilingan tarjimonlar erkin tarjima sifatida baholanadi. Holbuki, bular orasida katta farq bor. Erkin tarjima bu asl nusxaning g’oyaviy mazmuni va badiiy xususiyatlarini o’zgartiruvchi, uni har jihatdan boshqa izga solib turuvchi tarjima printsipidir. Bunday tarjimalarda muallif uslubi emas, balki tarjimon uslubi ustun turadi. Erkin tarjimaning ham turli xillari bor. Sharq klassik she’riy tarjimasiga kelsak, erkin tarjima shunday ko’rinadiki, bu usulni qo’llagan tarjimon, aksariyat hollarda, asosiy mavzu va g’oyadan chetga chiqmagan holda, muallifning bayon tarzida she’riy san’atlardan foydalanish, ifoda tasvirlarini chetlab o’tib, ular o’rniga o’zi ijod qilgan san’atlar va ifodalarni ishlatadi. Bunday tarjmon asl nusxa panohida o’z she’rini taqdim etgan, o’zining ijodiy manerasini ko’rsatgan bo’ladi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish