Markaziy Osiyoni axmoniylar salatanati bosib olgunga qadar (miloddan avvalgi VI-IV asrlar) bu ona zaminda ikkita davlat mavjud bo’lgan. Bular katta Xorazm va qadimgi Baqtriya podsholigidir. Bu davlatlarning hududiy doirasi, ichki davlat tarkibi va ijtimoiy–iqtisodiy hamda madaniy aloqalari to’g’risida ”Avesto” asari va yunon muarrixlari qisqacharoq bo’lsada, ba’zi bir ma’lumotlarni beradi. Markaziy Osiyoning qadimgi o’lkalaridan biri So’g’diyona bo’lgan. Bu o’lka qadimda hozirgi Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlat hududlarida shakllangan. So’g’d tili esa qadimda va ilk o’rta asrlarda jahon savdo tili sifatida katta nufuzga ega bo’lgan.
Miloddan avvalgi II-I asrlarda Sirdaryo, Ettisuv cho’llari va Orol dengizi atroflariga Xunn qabilalari ko’chib kelib o’troq hayotga o’ta boshlaganlar. Xunnlar asli Markaziy Osiyo cho’llarida tashkil topgan yirik qabila ittifoqi bo’lgan. Tarixchilar I.Qichurin, L.Bumulyo va boshqa olimlarning ma’lumotlariga qarganda bu turkiyzabon xunio qabilalari to’g’risida Xitoy solnamlarida miloddan avvalgi 1756 yildan boshlab tilga olinadi. Xunnlar mahalliy aholi bilan qo’shilib ketgan. Natijada Sirdaryoning o’rta oqimida turkiy tilda so’zlashuvchi etnik guruh paydo bo’lgan.
Xorazm, Baqtriya va So’g’dda eronlilar tiliga yaqin so’gdlilar tili bir necha lahjalardan iborat bo’lgan, turkiy tillari ham bir necha lahjalarni o’z ichiga olgan. Uzoq vaqt o’tishi bilan so’g’d tili lahjalari zaminida fors-tojik tili, turkiy tillar vujudga kelgan. Bu har ikkala tilda so’zlashuvchi xalqlarning uzluksiz iqtisodiy-madaniy aloqlari, bir hududda aralashib yashaganlari tufayli ularning tillari ham bir-biriga ta’sir ko’rsatgan.
Axmoniylar sulolasi vakili Kir II (Kurush) Midiya, Elan, Vaviloniya, Lidiya podsholiklarini bo’ysundirib dunyoda birinchi saltanatga asosladi. Ular bosib olgan yerlarda mahalliy urf-odatlar, dini, qonun-qoidalari, yozuvi va tilini saqlab qolganlar. Mamlakatda qadimiy fors tili bilan bir qatorda oromiy tili keng tarqalgn va bu tili davlatning idora tili hisoblangan. Podshoh farmonlari va buyruqlari bosib olingan yerlargacha yetib borishda, albatta, tarjimalarning ham ulushi katta bo’lgan. Biroq ular haqida yoki bo’lmasa tarjima qilingan asarlar, qanday printsiplar qo’llaganligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Bundan tashqari, devon ishlarida eron tilidan foydalanilgan. Eronning axmoniylar davri madaniyati va san’atida Yunoniston, Misr va boshqa chet el xalqlari madaniy an’analari ta’siri kuchli bo’lgan. Biroq yana o’sha muammo – tarjimashunoslik haqidagi ma’lumotlarni bizgacha saqlab qolmaganidadir.
Miloddan avvalgi III-I asrlari va milodimizning IV asrlarigacha bo’lgan hujjatli ma’lumotlar asosan Xitoy manbalariga aloqadordir. Chunki ”Avesto” va hind xalqining ”Mahabxorat” va boshqa ba’zi bir asarlarini hisobga olmaganda bu davrga oid boshqa tarixiy adabiy manbalar yo’q. Shu bois, Markaziy Osiyoda qanday qadim va qabilalar yashaganliklari, ular qanday adabiy aloqalar bilan shug’ulanganliklari xitoy manbalarida xitoy tilida qanday yozilgan bo’lsa, o’shanday atalgan. Chunki bunday nomlarning mahalliy tilda qanday atalganligi ma’lum emas. Xitoy tarixchisi Sima Tszyan miloddan avvalgi II asrning so’nggi choragida Markaziy Osiyoda bo’lgan bir xitoy elchisi va sayyohining so’zlariga tayanib bu yer aholisi yuechjiga o’xshash Kangyu nomli ko’chmanchilar davlati bo’lmaganligini ma’lumot beradi.
”Avesto” va ”Mahobxorat”da ham sak, taxar va qang’arlar yashaganliklarini eslatib o’tadi.
Avesto – vatanimiz hududida yashab kelayotgan xalqlar dunyosining eng qadimgi madaniyatiga ega bo’lgan xalqlardan biri ekanligi tarixda bizga ”Avesto” nomli kitobdan ma’lum bo’lgan. ”Avesto”ning uchta kitobi qadimgi tilda va bittasi pahloviy tilda bitilgan. Birinchi kitob ”Videvat”, ya’ni devlarga qarshi qonun deb ataladi. ”Yosin” bo’lib, Zardo’sht xatlari uning asosiy mazmunini tashkil etadi.
”Avesto”ning uchinchi kitobi ”Vasparat ” deb ataladi. Bu kitobda olamni, hamma narsani bilimga oid pandu-nasihatlar o’rin olgan. Bu kitob “Bundaxash” qadimiy Eron tili pahlaviy tilidan yozilgan Avetoning bizgacha yetib kelganligi uchun avvalo ingliz va fransuz olimlaridan minnatdor bo’lishimiz kerak. Chunki 1775 yilda fransuz olimi A.Dyuppran Hindistonga ilmiy safar qilish, u yerdagi zardushtiy orasida uch yil yashadi va ”Avesto”ni fransuz tiliga tarjima qilib, ”Avesto” G’arbiy Yevropa, Eron va Hindiston orqali bizgacha yetib kelganligidan undagi nomlar, ismlar va terminlar asliga to’gri kelmaydi.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida Eron, Markaziy Osiyo va boshqa o’lkalarda oromiy yozuvi keng tarqalganligi haqida yuqorida bayon qilib o’tgandik. Markaziy Osiyoni Iskandar Zulqaynar bosib olgach, bu yerga yunon yozuvi kirib keladi. Bundan tashqari parfiyon, so’g’d, baxtar va xorazm yozuvlari paydo bo’ladi. Hatto, tarixiy yozma manbalarning guvohlik berishicha, kushon davlati davrida hind xalqlari bilan o’zaro aloqadorlik negizida Braxma va Qharshohi deb atalgan hind alifbolari ham ishlatib keladi.
Bora-bora milodimizgacha necha asrlar o’tib, qanchadan-qancha o’zgarishlar bo’lib, arab xalifaligi hududlariga qarashli va aynan o’sha paytda ilmu-fan markazi bo’lgan Bog’dod shahrida o’sha zamon podshosi Xorun ar – Rashid olimu-ulamolar va fuzilolarni to’playdi. Uning yagona maqsadi bu joyni ilmiy markazga yalantirish bo’ladi.
Xorun ar – Rashidning o’gli al – Ma’mun Bog’dodda saroy qoshida “Bayt al hikma”ni tashkil etadi. Bu “donishmandlar uyi” o’ziga xos ilmiy markaz bo’ladi. Buni keltirishimizdan maqsad shulkim, bu ilmiy markaz ilm dunyosida sharqda o’ziga turtki, kuch bo’ladi. Bu akademiyada o’z davrining fan olami uchun kerakli bo’lgan barcha shart-ilmiy laboratoriyalar, majlislar zali, yosh toliblar ta’lim oladigan madrasa, rasadxona, qo’lyozmalarni ta’mirlaydigan va muqovalaydigan ustaxona, 400 mingga yaqin qo’lyozma kitoblari bo’lgan katta kutubxonasi ham mavjud bo’lgan. Bu joyda yuzlab sharq olimlari ishlagan.
Bu ilm uyining eng muhim jihati shundaki, undagi tarjimalar boshqa tilda yozilgan kitoblar va qo’lyozmalarni arab tiliga tarjima qilishgan. “Baytul hikma”da ijod qilgan olimlarning ko’pchiligi asosan Turkistondan – Xorazm, Farg’ona, Buxoro, Shosh, Samarqand va Xuroson o’lkasidan bo’lishgan.
Bu akademiya avval Yahyo ibn Abu Mansur tomonidan boshqarilgan bo’lsa, keyin Muhammad al- Xorazmiy tomonidan boshqariladi. Bu mashhur akademiyada Ahmad al-Farg’oniy, Abbos ibn Javhariy, Ahmad ibn Abdulla Markaziy Sayid ibn Xolid, Yahyo ibn Abu Mansur, Abu Hamid as-Sog’oniy, Yahyo ibn A’zam al-Hodiy, Abul Vaho Bizjoniy, Ishoq Ibodiy, Abu Jaf’ar Xurosoniy va boshqa o’z davrining mashhur olimlari astronomiya, matematika, geografiya, kimyo, tabobat, tarix, falsafa, mantiq, adabiyot kabi fanlardan dars olib borishgan.
Bu akademiyaning asosiy ilmiy yo’nalishlaridan biri tarjimonlik san’ati hisoblangan. Kutubxonadagi asosiy kitob va qo’lyozmalar, jumladan qadimgi Bobil, rum, yahudiy, yunon, misriy, hind, forsiy va boshqa tillardan arab tiliga ag’darilgan.
Tarjima ishlarida al-Xorazmiy boshliq Ahmad Farg’oniy, Abbos al-Javohiriy, Ahmad ibn Muhammad Sog’aniy kabi iste’dodli buyuk olimlar qatnashgan. Bu olimlarning asosiy maqsadi yunon olimlari Gipokrat va Ptolemey yozgan asarlarida bayon etilgan quyoshning eng katta og’ishini qaytadan tekshirib aniqlash va yer yuzining diametrini o’lchab, qaytadan ilmiy tadqiqot olib borishdan iborat edi.
Badiiy tarjima san’atiga dastlabki fikrlar Sharqda IX-X asrlarda bildirilganligi ma’lumdir. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan Bog’dod hamda Kufa shaharlarida tashkil topgan yirik tarjima maktablari vakillari ijodning bu sohasini rivojlantirishgan. Bu borada buyuk entsiklopedist olim, mutafakkir, shoir va tarjimon Abu Rayhon Beruniyning fikrlari ham o’ta muhimdir. Beruniyning tarjima bo’lgan asarlari, tarjima qiyinchiliklari, badiiy tarjima xususiyatlari tog’risidagi fikrlari uning umumiy ilmiy-ma’rifiy va falsafiy qarashlari bilan hamohang bo’lib kelgan. Beruniy o’zining “Hindiston” nomli kitobida Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridan parchalar tarjima qilib ilmiy dalil sifatida keltiriladi. Beruniyning boshqa asarlarida yunon, rim va hind adiblarining asarlaridan qilingan tarjimalar uchraydi. Badiiy tarjima Beruniy hayotida muhim rol o’ynaydi. U arab, fors, so’gdiy, xorazmiy, suryoniy, yahudiy, hind va yunon tillarini yaxshi bilgan va tarjima bilan ham keng ko’lamda shug’ullangan. Bundan ko’rinib turibdiki Beruniy nafaqat yunon, rim adiblari kitoblaridan balki Markaziy Osiyo xalqlari asarlaridan ham tarjimalar qilgan.
Ushbu akademiya bilan qiziqib tadqiqot olib borgan rus sharqshunos olimi akademik I.Yu.Krachkovskiy akademiyada ishlagan olimlarning tarjimonlik mahoratidan qoyil qolib, ularning tafakkuri juda ham kengligiga yuksak baho bergan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sharqda tarjima antik davrda ancha rivojlanganligini ko’rishimiz mumkin. Bizning davrgacha ko’pgina tarixchilar, adabiyotchilar, tarjimashunoslar, tilshunoslar ko’pgina manbalarni o’rganishgan. Biroq tarjimashunoslik tarixi bo’yicha ancha manbalarning yo’qligi tufayli biroz o’tmish qorong’iligiga qolmoqda. Albatta, bunga o’ziga xos tarixiy faktorlar ta’siri kuchli bo’lgan. Bir mamlakatning hukmdori ikkinchi bir mamlakatni o’ziga bo’ysundirib olish maqsadida olib borgan urushlari yoki ayrim shoxlarning talon-tarojlari biz uchun qimmatli bo’lgan asarlar, kitoblar saqlanib, yetib kelishiga moniylik qilgan, buni bir jihati desak, ikkinchi jihati shuki, olimu-ulamolar yaratgan asarlar yozilgan kitoblarning xom ashyolarini yaxshi saqlamaganidaidr. Xom ashyo o’shanda teri yoki mato bo’lib unga asarlar bitilgan. Bu kabi kitoblar ko’p vaqt mobaynida saqlanib qolmagan.
2.2. Antik davr tarjimachiligining Sharqqa bo’lgan ta’siri
Markaziy Osiyo xalqlari dunyodagi eng boy tarixga ega bo’lgan xalqlardan ekanligi barchaga ayon va u bir qancha tarixiy yashab kelgan xorazmiylar, baqtriyaliklar, so’g’diyonliklar, orafiyonlar, davonliklar, qang’ilar, kushonlar va boshqalar paydo bo’lish, rivojlanish va taraqqiy etish tarixlariga monand o’z madaniyatlari va yozuvlariga ham ega bo’lganlar. Hozirgacha bizga ma’lum bo’lgan manbalarda Markaziy Osiyo xalqlarining yozuv tarixi yoshini taxminan 2300-2500 yillar atrofida deb hisoblaydilar1. Xorazm, Bahtar va So’g’dda eron tillari bir necha lahjalardan iborat bo’lgani kabi, turkiy tillar ham xilma-xil lahjalarni o’z ichiga olgan. Uzoq yillar o’tishi bilan eron tillari zamonida fors-tojik tili, turkiy tillar zamonida turkiygo’y xalqlari tillari paydo bo’lgan. Qadim-qadimdan bu hududda yonma-yon, yelkama-yelka yashab kelgan, doimo iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan aloqalar va bog’lanib ketgan eron va turk tillarida so’zlashuvchi xalqlar so’zlashuv tili jihatidan ham bir-birlariga kuchli ta’sir o’tkazganlar. Buni nafaqat og’zaki so’zlashuv tilida, balki yozma madaniyatda ham ko’rish mumkin.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida Eron, Markaziy Osiyo va boshqa o’lkalarda oromiy yozuvi keng tarqalgan. Markaziy Osiyoni Zulqaynar bosib olgach, bu yerga yunon yozuvi kirib keldi. Xullas, bu davrda ahomoniylarning oromiy yozuvi asosida parfiyon, so’g’d, bahtar va Xorazm yozuvlari paydo bo’lgan. Keyinchalik Run (Urxun-Enasoy), Uyg’ur kabi bir qator yozuvlar vujudga kelgan. Tarixiy yozma manbalarning guvohlik berishicha, Kushon davlati davrida hind xalqlari bilan o’zaro aloqadorlik negizida Brahma va Qharshohi deb atalgan hind alifbolari ham ishlatilgan.
Muarrihlar muqaddas “Avesto” kitobini miloddan avvalgi VII-V asrlarda bitilganini taxmin qiladilar. Markaziy Osiyoda uzoq vaqt qo’llanib kelingan xorazm va so’g’d yozuvlari ham qadimiydir. Xorazm yozuvi Oromiy yozuvining qadimiy an’analarini o’zida saqlab qolgan edi.
Markaziy Osiyonimng o’ziga xos tabiiy geografik va xo’jalik iqtisodi sharoitlari uni rivojlanishi yo’lida katta ahamiyat kasb etgan. Bunga qadimda skiflar o’z ulushlarini qoshgan. Skiflar tarixi to’g’riisda yunon muarrixlari juda qimmatli ma’lumotlar qoldirishgan. Bu xalq madaniyati ham yuksaklarga ko’tarila borgan. Qadimgi skif qabilalarining Volga, Don, Dnepr, Dunay daryolari bo’ylarida yashaganliklarini qayd etgan olim A.B.Ditmer o’zining “Skifiyadan Elefantikagacha” nomli asarida “Skiflar O’rta Osiyodan tarqalgan edi”1, deydi. Uning yozishicha, skiflarning tili sharqiy Eron tillari guruhiga kiradi va Sak-Massaget qabilalari bilan urug’doshdir. Ularning ichidagi ko’pgina ziyolilari o’z davrini ulug’lab yozgan asarlari ham bo’lgan. Ular Doro davrida tarjima qilinganligi haqida, Dor skiflarga qarshi urush boshlaganda bir necha tilmochlar borligi Gerodotning “Skiflar” asarida aytib o’tiladi. Biroq bu haqida aniq ma’lumotlar saqlanib qolmagan2.
Markaziy Osiyo xalqlarining ajdodlari yozma manbalar, arxeologiyaga oid topilmalar, toponimik nomlar, folklor ashyolar, qadimgi yozma bitiklar ma’lumotlari bizga juda kam ma’lumot beradi.
O’sha davr yozma manbalari bir tildan ikkinchi bir tilga o’girilishi, tarjimonlar hayoti ular tarjima qilgan biror bir asar yoki yozma xatlar saqlanib qolmagan. Bu esa o’z navbatida u davr tarjimashunosligi rivojlanganligi yo’qmi degan savolga olib boradi. Gerodot, Strabon Ko’pyillar mobaynida Markaziy Osiyo xalqlari haqida ma’lumotlar qoldirgan. Biroq bular ham bizgacha yetib kelishi mushkul bo’lib qolgan. Bunga asosiy sabab turli xil urushlardir.
Markaziy Osiyo ahamoniylar tomonidan bosib olinadi. Bunga qadar Baqtriya podsholigi mavjud bo’lgan. Bu podsholik haqida ham yunon muarrixlari yozadilar.
Yunon tabibi va olim Ktesiy ushbu voqealarni tasvirlab yozganlardan biridir. Garchand u haqda to’liq ega bo’lmasakda, u tarjima borasida ancha ishlar qilgan. U Ossuriya podshosi Nin Belidni harbiy yurishlari haqida ma’lumot beradi. Uning yozishicha Kir II Markaziy Osiyoga bir necha bor hujum uyushtiradi. Ktesiy xabarlari afsona va uydurmalardan iborat deb baholanadi. Vaholanki, Ktesiy o’zi yozib qoldirgan xabarlarni to’qib yozgan emas, balki ahamoniylar podshosi Doro II va Artakserk II davrida Eronda shoh saroyida tabib bo’lib ishlagan kezlarida yozgan. O’sha davrda saroyda tarixchilar va hukmron doira vakillari bilan bir necha bor suhbatlar uyushtira olgan Ktesiyt ularning og’zidan ahamoniylar podsholigi haqidagi tarixiy voqealarni eshitib, ba’zi saroy muarrixlari (ular o’zga til sohibi bo’lishgan, shoh bosib olgan hudulardan keltirilgan edilar) ishlaridan tarjima qilib xotirot kundaliklar yozib qoldirgan. Ktesiy ma’lumotlari asosida tarixiy haqiqat borligi haqida hech qanday shubhaga o’rin yo’q. Chunki Baqtriya bilan ossuriya o’rtasidgi tarixiy aloqalar bo’lganligi inkor etib bo’lmaydigan haqiqatdir.
Markaziy Osiyoni ahamoniylar saltanati bosib olgunga qadar (miloddan avvalgi VI-IV asrlar) bu zamon ikkita davlat bo’lgan. Katta Xorazm va Qadimgi Baqtriya podsholigi. Bu davlatlarning hududiy doirsi, davlat tarkibi, madaniy aloqalari haqida “Avesto” asari va yunon muarrixlari ma’lumot berganlar Markaziy Osiyoning eng qadimiy o’lkalaridan biri So’g’diyonadir. Bu o’lka qadimda hozirgi Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududlarida shakllangan. So’g’d tili qadimda va ilk o’rta asrlarda jahon savdo tili sifatida katta nufuzga ega bo’lgan. Ko’pgina yunon savdogarlari o’zlari bilan tarjimonlarni ham olib yurishgan. “Avesto’ Zoroastrizm (otashparastlik: miloddan avvalgi VI – miladning VI asri) dining muqaddas kitobi (miloddan avvalgi VI-IV asrlarda yozilgan); Eron hamda Markaziy Osiyo xalqlarinning qadimiy madaniyatini (e’tiqodi, tili, adabiyoti), qisman tarixini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi.
Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar (Fransiya olimi J.Dransteter. ozarbayjon olimi I.Aliyev) ”Avesto” Midiya (hozirgi Eronning shimoliy-g’arbiy qismi va Ozarbayjon)da yozilgan desalar, ko’pchilik – V.V.Struve, S.P.tolstov, F.Altxayn va boshqalar ”Avesto” Amudaryo bo’yida joylashgan viloyatlarda, Balx bilan Xorazm oralig’ida yaratilgan, deb hisoblaydilar.
”Avesto” to’liq saqlanmagan. Bizgacha uning oz qismi yetib kelgan, xolos. Ma’lumki, ”Avesto” Kayyoniy hukmdorlaridan biri (Vistop) zamonida kitob holiga keltirilgan. Rivoyatlarga qaraganda: uning gotlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo Zaratushtra tomonidan yozilgan va Ma’sudiy, Tabariy va Beruniylarning so’zlariga qaraganda, 12000 ho’kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflar bilan yozilgan. O’sha vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud bo’lgan, lekin bir nusxasi Iskandar Zulqaynarning amr-farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasi Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o’ta e’tiqodli bo’lgan kishilar qo’lida saqlanib qolgan. Lekin bu nusxa ham to’liq emas.
Asarning saqlangan qismlarini to’plash va kitob holiga keltirish ishlari Parfiya podshosi Valgash III (148-192 yillar) hamda Sosoniylar (miloddan avvalgi III asr) davrida ham davom ettirildi. ”Avesto” Sosoniy Shopur II (309-379) davrida tartibga solindi, izohlar va qo’shimchalar (zond) bilan boyitildi va to’la kitob holiga keltirilib, asosiy qismlari pahloviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob ”Zand Avesto” nomi bilan mashhur.
Afsuski ”Zand Avesto” ham bizning zamonamizga to’la holda yetib kelmagan. Uning bir qismi Iskandar Zulqaynar yurishlari vaqtida, boshqa bir qismi esa arablar istilosi (674-715 yillar) vaqtida yo’q qilingan. Asarning bizgacha yetib kelgan qismi professor Ye.E.bertelsning ma’lumotlariga qarganda, 83000 so’zdan iborat. U asosan 4 qismdan (yasna, yashutov, vispered, vendidad) iborat. Ayniqsa, yasna tarkibiga kirgan qo’shiqlar ”Avesto”ning eng ko’hna va qimmatli qismlari hisoblanadi.
”Avesto”, ayniqsa uning qo’shiq va qissalari Abulqosim Firdavsiyning (taxminan 940-1030 yillar) ”shohnoma” asariga manba bo’lgan.
”Avesto” nisbatan yaxshi o’rganilgan (K.Zaleman, X.Bartolomey, Ye.E.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U fransuz (Anketel de Perron, Yu.Darmsteter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.Mayls), daniya (A.Xristensen) va fors (Ibrohim Pur Davud) tillariga tarjima qilingan. Uning Kopengagen (Daniya)da saqlanayotgan yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937-1944 yillari olti jild qilib nashr etilgan.
”Hvayday Namak” (”Podshohnoma”) qadimgi Eronning 627 yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan bahs etuvchi afsonaviy tarixiy asar bo’lib, pahlaviy tilida yozilgan. Sosniylardan Yazudigerd II (932-651 yillar)ga yaqin kishi tomonidan 632-637 yillar orasida yozib tamonlangan. Asar ayniqsa ahamoniylar, ashkoniylar va sosniylar tarixi bo’yicha muhim manbalardan sanaladi.
”Hvayday Namak”ning o’zi ham, mashhur olim, tarjimon Abulloh ibn Muqaffa (721-757 yillar) tarafidan qilingan tarjima (”Siyaral-mulk” deb ataladi) ham bizgacha yetib kelmagan. Lekin undan ayrim parchalar Yaqubiy (897 yoki 905 yili vafot etgan), ibn Qutaybi (828-889 yillar), Tabariy, ibn al-Asir, shuningdek Abulqosim Firdavsiyning ”Shohnoma”sida saqlangan.
”Matakdoani hazar dataston” (”Bir ming nafar huquqiy ajrim”) pahlaviy tilida (VIII asr) yozilgan asar. Bu asarda Eronning Sosoniylar davridagi davlat tuzumi va uning ijtimoiy hayoti haqida qimmatli ma’lumot bor. Asarning ayrim qismlarigina saqlangan. Mitropomot (shobaxt qilgan Suryoniycha tarjima (VIII asr) saqlangan. Inglizcha tarjimasi S.Yu.Bulsara tomonidan chop etilgan (Bumbay, 1937 yil).
Geografik asarlardan ”Shahristonhoyi Eron” hamda ”Ajoyib as-Sakiston”ni ko’rsatish mumkin. ”Shahristonhoyi Eron” (Eron shaharlari haqida risola) Eronning Sosoniylar davridagi efografik holati va ularning bunyod etilshi haqida ma’lumot beradi. ”Ajoyib as-Sakiston” (”Sakiston viloyatining ajoyibotlari”) esa Eron zamin ko’hna viloyatlaridan Saikiston (Selston)ga bag’ishlanagandir. Har ikkala asar ham pahlaviy tilda yozilgan bo’lib, VIII asrning ikkinchi yarmida yozilgan. Ulardan qadim davrdan boshlab kitob yozulgunga qadar bo’lgan qiziq ma’lumotlar keltiriladi. ”Shahristonhoyi Eron”ning matni va qisqacha inglizcha tarjimasi J.Asana hamda Modi tomonidan 1897 va 1899 yillari Bombaynda chop etilgan.
Qadimiy Eronning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid ayrim ma’lumotlarni ”Kornomayi Artashur Parakan”(”Artashlar Parakanning ishlari haqida qissa”), ”Mazdak Namak” (”Mazdak haqida qissa”), ”Ayatkori zariron” (”Zariron haqida rivoyat”), ”Podshoh Husroya va uning mahorami” kabi tarixiy qissalarda uchratish mumkin. Unda ayrim qadimda bitilgan kitoblar haqida yozilib bir necha bor qisqa-qisqa tarjimalar qilingani bayon etiladi. Biroq aniq tarjimonlar sanab o’tilmaydi. Bu kitoblar qadim Eronda olib borilgan tarjimaga oid tadqiqotlarni keltiradi.
Sosoniylar davlati ichki va tashqi siyosati asoslarini o’rganishda ”Andarznoma” (”Nasihatnoma”) hamda ”Tojnoma” kabi etik-didaktik xarakterdagi asarlarning qimmati kattadir. Tashqi siyosat bobida Sosoniylar davlati anchagina ishlarni amalga oshirgani, bunda boshqa davlatlar bilan bo’lgan muloqotlarda tilmochni o’rni katta bo’lganligi nazarda tutiladi.
”Shohnoma” Abulqosim Firdavsiy (940-1030 yillar) qalamiga mansub bo’lib, uch qism va 65 ming baytdan iborat etik asardir. 976-1011 yillarda yozib tugatilgan.
Asarning birinchi qismi afsonaviy bo’lib, ”Avesto” materiallariga asoslanib yozilgan va Eron hamda Markaziy Osiyo xalqlarining diniy aqidalari va rivoyatlaridan bahs yuritadi.
Asarning ikkinchi va uchunchi qismlari muhim hisoblanadi. Ikkinchi qism qahramonlik dostoni bo’lib, qadimgi Eron podshohlari va ularning zamonida o’tgan qahramonlar: Rustam va Kova obrazlari talqin qilingan.
”Shohnoma”ning uchinchi qismi tarixiy doston bo’lib, unda Eron va Markaziy Osiyoning zardushtiylikning paydo bo’lishidan to arablar istilosigacha bo’lgan siyosiy hayoti talqin etilgan.
Bu asarni bitarkan Firdavsiy yuqorida bayon etilganidek, ”Avesto”dan keng foydalanadi. Unda u maslakdoshga ega bo’lib, ko’p joylarni tarjima qilib yozadi. Albatta, bu yerda savol tug’ilishi mumkin. Tarjimada qanday printsip qo’llanilgan?
Agar sinchkovlik bilan kuzatilsa, asarda ”Avesto”dan olingan parchalar bayon qilish yo’li orqali tarjima qilingani ma’lum bo’ladi. Demak, erkin tarjima printsipi bo’la oladi. Xuddi shu holatni g’arb bilan ham taqqoslasa bo’ladi. G’arbda so’zma-so’z printsipi, erkin tarjima printsiplari mavjud bo’lganidek Sharqda ham shu printsiplar mavjud bo’lgan. ”Shohnoma” uchun ”Avesto”dan olingan ma’lumotlarni avvalgi Firdavsiy so’zma-so’z qiladi, biroq mazmun-mohiyatdan yiroqligini anglab bayon qilish yo’liga o’tadi.
”Shohnoma”ning qo’lyozma nusxalari ko’p mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda. Asarning to’la matni Hindiston (1829 yil), Fransiya (1838-1878 yillar), Germaniya (1877-1884 yillar), Eron (1934-1936 yillar) va Rossiya (1960-1971 yillar) chop etilgan. Rus hamda o’zbek tillariga qilingan tarjimalari ham mavjud.
Yana bir manba ham qadimiy xalqlar, madaniyat va turmush haqida guvohlik beradi. Saklar, massagetlar, toxarlar va qadimgi qang’a xalqi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlarni hindlarning etik dostoni ”Mahabxarata’da ham uchratamiz.
”Mahabharata” (Bharata avlodlari jangnomasi) sankrit tilida bitilgan bo’lib, 100 ming baytni o’z ichiga olgan 18 kitobdan iborat: Afsonaviy shoh Bhartaning avlodlaridan ikki toifa: kavravlar va nonodavtlarning o’zaro adovatlari va urushlari tarixi talqin etiladi.
Asarda masalan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, toxarlar va qanhalar haqida juda qiziq voqealar keltiriladi:
”Uning (podshoh Yudxishtxiraning) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar, toxarlar va qanhaliklar ham navbat kutib tursalar. Pasmoq saqol, peshonalari shoxlar bilan bezatilgan, qo’llari turli tuman sovg’a-salomlar...bor”.
Bu asar yillar davomida turli tillarga tarjima qilinib kelingan. Hozirgi davrimizda esa hind tilida o’zbek zamondoshimiz Amir Fayzullo tarjima qilib XXI asr tarjima rivojiga katta hissa qo’shdi.
Markaziy Osiyo, shuningdek O’zbekistonning qadimgi va antik davridagi turmush tarzini, tarixini xalqlarning o’rganishda qadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Masalan, Gerodotni olaylik. U miloddan avvalgi 450-480 yillar o’rtlarida 425 yilgacha umr guzaronlik qilgan. Gerodot yirik qomusiy olim, tarix fanining ”otasi” bo’lib, asli Kichik Osiyoning Balikarnas shahridandir. U 455-447 yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo’ylab sayyohat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |