Mashhur rim yozuvchisi va dostonchisi (eramizdan avvalgi I asr) Tsitseron yunon dostonchilari Esxil va Demosfenning nutqlarini lotin tilga tarjima qildi. U tarjima qilar ekan, original matn tili me’yorlarini buzmagan holda o’giradi. Uning fikricha, u original tilda yozilganlarning tuzilishini va ma’nosini, ular xususiyatlarini saqlab qolgan, biroq so’z tanlashda lotin tiliтш xususiyatlarini ham unutmagan. Shu bois bo’lsa kerak, u matnlarni so’zma-so’z tarjima qilmadi, balki so’zlarning to’liq ma’nolarini hamda ayrim qiyin so’zlarning umumma’nolarini izohlagan holda berdi. “O’quvchi, deydi Tsitseron, - mendan sanoq bo’yicha aniqlikni emas, balki ta’biri joiz bo’lsa, “og’irlikni so’raydi” deb o’ylayman”. Shuning uchun ham, uning ta’biricha “Tsitseron yunon mualliflari asarlari, nutqlarini tarjima qilarkan, asarlar va nutqlar xususiyatlarini (ya’ni shakli, mazmuni va fikrlar ketma-ketligini) tarjimada saqlab qolishga harakat qilgan”1.
Xuddi shunday printsipini tajribada qo’llay olgan rim shoiri Kutulla o’z she’rida isbotlay olgan. Ushbu she’r qadimgi yunon shoirasi Sapfo she’riga taqlid bo’lgan. Ushbu she’rning ilk uch qatori yuqorida ta’rif keltirilgan printsip asosida bajarilgan, to’rtinchi qatorini esa Katulla o’z so’zlari bilan boyitdi. O’sha to’rtinchi qator so’zlari ham, o’z navbatida, Sapfoning so’zlari edi.
Tsitseron, Kvintillian va Kichik Pliniy tarjimani o’ta foydali mashg’ulot deb hisoblashib, yaxshi yozuvchi yoki notiq bo’laman deganlarning barchasiga tinimsiz o’z ustida ishlashni qattiq nasihat qilishgan. Umuman G’arb, qadimgi yunon tarjimachiligi tarixi haqida o’zbek olimi O.Mo’minov va O.Sultonovlarning ilmiy ishlarida batafsil ma’lumot olish mumkin2. Quyida qadim yunon olimlarining tarjima ishi haqidagi faoliyatlari to’g’risidagi ma’lumot berishga harakat qilamiz.
Tsitseron ta’kidlab o’tganidek, yunon tilida bitilgan nutqlarni erkin ravishda lotin tilga o’girgan. U oddiy iboralarni osongina ishlatarkan, yangi ibora hamda yunonlar ishlatgan so’zlarning anologlarning shunday mohirlik bilan o’girganki, odamlar u tarjima qilgan so’z va iboralarni qiyinchiliksiz tushuna olganlar. Shuning uchun bo’lsa kerak, yunon terminlarini, lotin kalkalarini so’zma-so’z tarjima qilishga hojat qolmasdi. Uning fikricha, tarjimon shunday maqbul so’zni topishi kerakki, u aynan o’sha ma’noni anglatsin. Agarda tarjimada qiynalsa, yunonlar bir so’z ishlatgan bo’lsa, u ma’noni to’liq anglatish uchun ikkita so’z ishlatardi.
Bundan tashqari Tsitseron Rimning siyosiy va adabiy tarixi bobida ham ustasi farang edi. U lotin adabiy tilini yoritb, bir tartibga soldi hamda tarjimaning nazariy masalalari ustida bosh qotira boshladi. U 16 yoshida astronomik shoir Aratning she’ri bo’lmish “Fenomena”ni yunonchadan tarjima qilgan. 32 yoshida esa Senofontning “Uy qurish”, Platoning “Protagora”sini tarjima qildi. Uning o’ziga xos xususiyati bor edi va har doim nasihatgo’y bo’lardi. U derdiki:
“Tarjima doimo mavjuddir. Uni ko’plar (tarjimonlar) yomon derdi, biroq tarjimonlarning o’zlari yomon edilar. Ularning yomonligi shundan iboratki, ularning o’zlari yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganliklaridir”.
“Kamchiklarni tugatish uchun barcha tarjimonlar juda sinchkovlik bilan o’qitilishi kerak va qat’iy qoidalarga rioya etishlari kerak. O’qitish usullari va qoidalari, odatda, inson tomonidan yaratiladi yoki insonning tadbiq etadi, demak kamchiliklarni bartaraf etish insonning o’z qo’lidadir”.
“Har qanday muammo mavjud bo’lsa, bo’lsinki, tarjima jamiyat uchun bebaho boylikdir”.
Uning hayot paytida bir ish qilindi. Uning bir ishi yunon tiliga o’girilgandi. U ham bo’lsa Tsitseronning do’sti Attik uning she’ri bo’lmish “About my Consulate info Greek” (“Mening yunon tilidagi vakilim haqida”)ni yunonchaga o’giradi. Tsitseronning yana muhim jihati shundan iborat ediki, u so’zma-so’z printsipini qoralar edi. Uningcha, bunday printsipni ishlatgan tarjimonning tili kambag’al, qashshoq ekanligidan dalolatdir.
Markus Fabius Kvintilian eramizning 35-96 yillarida yashab ijod qilgan1. U huquqshunos, o’qituvchi hamda notiq bo’lgan. U ham Tsitseron kabi haqqoniy tarjima qilishga tarjimonlarni chaqirgan va o’zi shu yo’lda tinmay mehnat qilgan. Uning yozishicha, rimliklar o’zlarini shunday tutishganki, xuddi yunonlardan farq qiladigandek, rostini olsak farq ham qilishgan. Bu farq ular tarjima bilan shug’ullanishayotganida eng yaxshi, ma’qul so’zlarni mohirona foydalana olishganidan edi2.
Galius Kaesilus Pliniy Kichik Sekundes eramizning 61-112 yillarida yashab ijod qilgan3. Kichik pliniy yozuvchi va badiuz zamon bo’lgan. U tarjima borasida ancha shug’ullanib, ajoyib mulohazalar, ko’rsatmalar bergan. Uning aytishicha, yunonchadan lotinchaga yoki lotinchadan yunonchaga o’girish (ya’ni tarjimalar qilish) foydali. Ikki tilning lug’ati shu darajada boyki, tasavvur qilish qiyin. Keyingi rivojlanishda stilistik manbalar hamda usullar qo’l keladi. Lekin, odatda, tarjimon matnning ajoyib xususiyatlarini esdan chiqarib qo’yadi.
Eramizdan avvalgi I asrning oxriga kelib Rim adabiyotida Yunon adabiyotining deyarli hamma janrlari to’liq uzlashtirilib bo’lindi va o’zi mustaqil rivojlana boshladi.
Bu borada yana bir mashhur rim shoiri Goratsiy o’z “Shoirona san’at haqida” traktatida so’zma-so’z tarjima qilayotgan yoki ko’r-ko’rona tarjima qilishga urinayotgan tarjimonlar ustidan kuladi. Chunki rimliklar nazdida tarjimada eng muhimi – original, ya’ni asl matn ma’nosini berish edi, sababiki ular original matn bilan juda oson ishlar edilar4.
Kvintus Goratsiy Flukkus eramizdan avvalgi 65-80 yillarda yashagan va ijod qilgan5. U lotin tilida she’rlar yozishdan avval yunonchada ham she’rlar bitardi. Uning lotin tilida yozgan she’rlari yunonchadagi variantlarga asoslangan edi. U so’zma-so’z va erkin tarjima printsipiga qarshi edi. Bu borada bir narsani aytib o’tish kerak, Tsitseron ba’zan o’z ishlarida erkin tarjima printsipiga yondashgan deyish mumkin. Lekin Goratsiy erkin tarjima printsipiga butunlay qarshi chiqqan. U o’zining ishlarida neologizmlarni, yangi so’zlarni yunon so’zlariga asoslangan holda ishlatishni maslahat bergan. Bu o’rinda uning barchasini lotinlashtirish kerak degan fikr kelib chiqadi. Albatta hozirgi kunga nazar soladigan bo’lsak tilda ham, adabiy ishlarda ham lotin tilidan o’zlashtirilgan so’zlar anchagina foizni tashkil etadi.
Keyingi asrlarda yashab ijod etgan yozuvchilar haqida ham yuqorida bayon etilgan fikrlarni keltirish mumkin. Bu esa dunyoviy xarakterga ega bo’lgan asarlarni tarjima qilishga erkinlik tug’dirsa, diniy asarlar yoki matnlarga nisbatan esa hurmatni va xudodan qo’rqishni talab etgan. Shu sababli bo’lsa kerak, bu kabi diniy asarlarning tarjimasida aniqlikni, ko’pincha esa so’zma-so’z tarjima qilishga to’g’ri kelgan. Bunga qaramasdan, Bibliy matnlarini erkin tarjima qilingan variantlari uchrab turadi. Masalan, eramizdan avvalgi II asrda Simmoxoum yunonchaga o’girgan “Eski vasiyat” (Старый завет) hamda eramizdan avvalgi IV asrda Ieronim tomonidan qadim ivrit tilidan lotin tiliga qilingan tarjimalarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ieronimning aytishicha, tarjimada asosiy narsa bu original matnni ma’nosini berishdir. Shu maqsadda u hatto Tsitseronning obro’iga ham murojaat qiladi. U ham Tsitserondek o’z oldiga “so’zma-so’z emas, balki ma’nosini” berish kerakligini oldiga vazifa qilib qo’yadi. Shubhasizki, bunday printsip asosida asliyatning g’oyaviy-ma’nodor tarafini oldingi planga olib chiqish bo’lgan, shuning uchun ham tarjima tarjimonning g’oyaviy maqsadini yoritgan. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, haqiqatdan qadim Yunoniston va Rim o’rtasida tarjima sohasidagi o’zaro aloqalar shuni ta’kidlaydiki, “berayotgan” tomon juda boy madaniyatga ega bo’lgan. Agar tarixiy tarjima haqiqatdan ham tarjimon xalqi madaniyatini boyitgan va tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan qaralsa, “berayotgan” tomonidan ham o’zib ketish holi uchrashi mumkin. Hozirgi kunga kelib esa “olayotgan” tomonning ma’noviy kambag’alligini nazarda tutmaydi, garchand u “olayotgan” tomonning madaniyatini boyitadi. Hozirgi bizning davrimizda esa tarjima madaniy boyliklarni almashish yo’li bilan xalqlarni boyitadi. Shuning uchun ham qancha ko’p tarjimalar qilinsa, shuncha ko’p xalqning madaniyat darajasi yuqoriligini ko’rsatadi.
Biz bu o’rinda tarixda o’z o’rnini qoldirgan Yunon-Rim antik dunyosi madaniyatini alohida o’rni borligini ta’kidlamoqchimiz. Rim madaniyati yunon madaniyati ta’siri ostida dunyoga yuqori darajadagi she’riyatni, prozani va arxitekturani bergan. Yunon-Rim qadim dunyosi merosi bizgacha juda kam holda yetib kelganiga qaramasdan, biz bu qadim dunyo haqida ko’p axborot olishimiz mumkin. Agar qiyosiy jihatdan o’rganadigan bo’lsak, boshqa mamlakatlar Yunon-Rim xalqi yetishgan darajaga Yunon-Rim qadim dunyosi tugagandan so’ng ham yeta olmadi. Ko’pgina Yunon-Rim adabiyoti, san’ati, falsfasi o’ziga xos bebaho madaniy meros bo’lib qoldi desak mubolag’a bo’lmas.
Tarjima xuddi boshqa ijtimoiy fenomenon bo’lgani kabi uni tarixiy va ijtimoiy hodisalardan ajratib bo’lmaydi. Shu nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo’lsak tarjima millatlardan millatlarga o’tib boravergan. U o’tib borar ekan tobora keng quloch yoygan. Qadim Yunon madaniyati Krit-Maysinean (yoki Krit-Mikenian) tsivilizatsiyasi davrida rivojlandi. Ayniqsa, u eramizdan avvalgi XIII asrda taraqqiy topdi. Yunonistondan bo’lak boshqa hech bir qadim tsivilizatsiya bunday boy adabiyotga ega emas. Yuzlab yillar o’tgach eramizdan avvalgi I asrga kelib Rim rivojlana borayotganda ham Yunon adabiyoti o’z mavqyeini yo’qotmagandi. Yunon tiliga o’girish deyarli yaxshi rivojlanmagan. Biroq eramizdan avvalgi III asrdan boshlab, ya’ni Buyuk Aleksandr davridan boshlab tarjimalar sezilarli darajada kolonizasiya qilish Yunon-Makedoniya imperiyasi tashkil topmasdan oldin boshlangandi. Tarjima deb nom olgan, ya’ni yunonchaga o’girilgan biror bir klassik adabiyot namunalarini ellinizm davrida topish mushkul. Tarjimaga bo’lgan bunday sustkashlik ellinizm davrini (eramizdan avvalgi IV asr oxirgi) boshlanishida yunon tilini keng tarqalishiga sabab bo’lsa kerak deb qayd etiladi. Sementsning “Tarjima tarixi” (1956) kitobida yunon tili shu darajada mahkam o’rnashib olgan edki, rimliklar bosib olgach ham lotin tiliga o’z o’rnini bo’shatib bermadi. Rimliklar (ulardan asosan savdogarlar, askarlar va rasmiy vakillar) yunon tili orqali karfagenlar, misrliklar, suriyaliklar, yahudiylar va boshqalar bilan gaplashishda ishlatar edi. Shu alfozda yunon va lotin tillari Sharq tomon tobora kirib borar edi. Hatto ba’zi hind podshohlari yunon tilida so’zlasha olishar edilar. Rim tarixchailari bo’lmish Poblios, Diod, Appian, Gerpodiy, Pxlaviy asarlarini yunon tilida yozishgan.
Ammian Marsellin o’zi yunon bo’lishiga qaramay, eramizdan avvalgi IV asrda lotin tilida tarix bitiklarini yozadi. U oldiniga bir necha yunon iboralarini qo’llaydi, so’ng ularni lotinchaga so’zma-so’z tarjima qiladi. Bunday misollarni yana keltirish mumkin. Masalan Vavilon monaxi Beros “Haldek qadim antiqalari”ni yunonchadan tarjima qiladi yoki bo’lmasa, Geliopol monaxi Manefon “Misr qadim antiqalari”ni ham yunonchadan o’giradi. Biroq ular ixchamlashtirilgan holda tarjima qilishadi.
Yunonlar juda mag’rur bo’lsalarda, boshqa millatlar haqida juda katta qiziqish bilan o’rganishadi. Shu asnoda butun olamga mashhur Gerodot asarlari paydo bo’la boshlaydi. U juda ko’p sayyohat qiladi va juda ko’p axborot to’playdi. Uni “Tarixning otasi” deb atashlari bejiz emas. U asosan yunonlar va forslar o’rtasidagi urush jarayonlarini yozgan. U yozgan kitoblarning aksariyati yunon dunyosida tashqi hodisalarni tasvirlaydi.
Gerodotdan tashqari yana ancha tarixchilar bo’lgan. Lekin ular Gerodotdek shuxrat qozonolmagan bo’lsalarda, sezilarli ish qilishgan. Shu kabi yunon tarixnavislari mahalliy tarjimonlardan foydalanishgan. Ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlar Senofont Anabasis kitoblarida, Pxlaviyning “Tian Appoloniyning hayoti” asarida saqlanib qolgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, Yunonistonda ko’pgina tarjimalar yunonlarni o’zlari tomonidan emas, balki chet elliklar tomonidan amalga oshirilgan.
Yunon tilida qilingan badiiy tarjimalar haqidagi ilk ma’lumotlar Misr bilan bog’iq. Yunon – Makedon podshohi Ptolimey II (eramizdan avvalgi 285-243) hukmronlik davrida Bibliya yunon tiliga to’la-to’kis tarjima qilingan. Eramizdan avvalgi III asrgacha Aleksandriyada tarjima ishlari avj olganligi quvonarli hol, albatta. Chunki Aleksandr Makedonskiy bosib olgan hududlar Yunoniston, Misr va Fors imperiyasini o’z ichiga olgan bo’lib, Yunonistonning ta’siri kuchli bo’lgan. Shu bois bo’lsa kerak, Misr badiiy matnlari qisqartmalar yoki qayta aytish orqali tarjima qilingan. Bunga misol tariqasida Misr xudosi Tefnun haqidagi yunoncha afsonasi, Nektanib, Isisidaga sig’inuvchi haqidagi sehrli ertaklarini keltirish mumkin1.
Bir qancha Yunon-Makedonlar mahalliy xalq vakillariga nisbatan ilmli edilar. Lagidlar tarjimonlar yordamiga muhtoj bo’lishgan. Asosan ular hukmronliklarini birinchi o’n yilligida tarjimonlarga bo’lgan ehtiyojlari misli ko’rilmagan darajada edi. Tarjimonlarga e’tibor kuchayadi. Bunga sabab tarjimonlar turli jabhalarda masalan kotiblik, qirollar uchun avom xalq nutqlari, xat-xabarlarni tarjima qilishda hamda buyruqlar , xabarlar, farmonlarni Misr ahliga yetkazishda va yana bir qancha boshqa ishlarda faoliyat yuritishgan. Hatto bizning davrimizgacha misr rasmiy hujjatlarining so’zma-so’z tarjimalarining ayrimlari saqlanib qolgan. Yunon tarjimonlari qisqartirilgan tarjima printsipisdan foydalangan bo’lsalar, rasmiy hujjatlarni tarjima qilishda esa maksimal aniqlik bo’lishi uchun so’zma-so’z tarjima printsipini qo’llashgan. Bu kabi ikki tarjima printsiplarini yuzaga kelib qo’llanilishi tarjima qilish maqsadlari nima uchun ishlatilgani o’z-o’zidan ayon bo’ladi.
Yuqorida qayd etib o’tilgan tarjimalarni hisobga olmasak, boshqa adabiyotlardan qilingan yunoncha tarjimalar saqlanib qolmagan. Biroq astrologiya, tibbiyot, astronomiya, sayyohshunoslikka oid ko’pgina kitoblarning yunoncha tarjimalari mavjudligi aniqlangan.
Yunon tilida tarjimalarning jonlanishi uning Rim imperiyasi tarkibiga qo’shib olinganda sezilarli ko’rindi. Bir tomondan nasroniylikning yoyilishi ta’siri ostiga qolgan bo’lsa, ikkinchi tomondan imperiyaning g’arbiy va sharqiy qismlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni zaiflashuviga olib keldi.
Bu davrda ham tarjimaga e’tibor susaymadi. Eramizdan avvalgi II asrga kelib Sirraning o’g’li Isoning “Donishmandlik” kitobini yunonchaga o’girdi. U tropik (yoki Yutropiy)ning “Rim tarixi qisqartmasi” nomli kitobi ham yunonchaga o’girilgandi. Uning tarjimoni aniq emas, biroq tarjimada biroz Utropiy haqida fikrlar bayon qilingan. Unda aytilishicha Utropiy, chamasi, yunon bo’lgan va qirol Valens (eramizdan avvalgi 328-378 yillarda yashagan) kotibi bo’lib xizmat qilgan. Uning tarixiy asari juda mashhur bo’lgan, chunki uning tili ravon va qisqa bo’lgan.
Yunon leksikografiyasi klassik davrda boshlanib shakllanadi, biroq, Ellinizm davriga kelib yana cho’qqiga erishadi. Bu paytda turli, jumladan, qiyin va eski so’zlar lug’atlari vujudga keladi. Astrofin vizantiyalik bo’lib eramizdan avvalgi 257-180 yillarda umr guzaronlik qilgan. U yetuk olim bo’lgach attik va lakon yuxchalari lug’atini yaratadi. Uning izdoshlari bo’lmish Aristex va Apollodor yunon tili etimologik lug’atini yaratishadi. Pamfil (eramizdan avvalgi II asr yashgan va ijod etgan) 95 kitobdan iborat bo’lgan katta so’zlik lug’at yaratdi, biroq bu kitob e’zozlab asralmagani tufayli yo’qolib ketgan. Ikki tillik yoki ko’p tillik lug’atlar yaratilganmi yoki yo’qmi bu olimlar oldida qorong’i bo’lib turibdi. Yunon olimlari, umuman ular haqida ma’lumotlar bitgan boshqa xalq olimlari yunonlarni unchalik tarjimaga ishtiyoqi baland bo’lmaganini aytishadi. Bu to’la-to’kis asos bo’la oladimi yoki yo’qmi buyuk yunon me’rosi yo’qolib bo’lgan. Biz faqat saqlanib qolgan ma’lumotlardan o’rganishimiz mumkin, xolos.
Tarixga yanada chuqurroq nazar tashlaydigan bo’lsak, Rim Palatin tepaligidagi Latsiumda eramizdan avvalgi 753 yilda mavjud bo’lgan. Uning hukmdori Avgust davrida uning juda faol va progressiv siyosati tufayli eramizdan avvalgi II asrda butun Italiya markazi qilib aynan shu joyni tanladi. Eramizdan avvalgi II asrda esa qirol Troyan imperiya1 chegaralarini sezilarli darajada kengaytirdi. Biroq shunga qaramay eramizdan avvalgi IV asrda u G’arbiy qism eramizdan avvalgi 476 yilda parokandalikka duch keldi. Sharqiy qism esa eramizning IV asrigacha ham davom etadi.
Lotin tili g’arbiy qismda hukmronlik qilsa, sharqiy qismda esa yunon tili hukmron edi. Rim va Yunoniston o’rtasidagi aloqalar Yunoniston bosib olinmasdan burun ham yaxshi yo’lga qo’yilgandi.
Eramizdan avvalgi III asrda Italiya qiroli Pir bosib oladi. Uning hukmronligi davrida yunon tili asosiy til deb e’lon qilinadi, chunki u lotin tilini yaxshi bilmasdi va juda ko’p hollarda tarjimonlar ko’magidan foydalanar edi.
O’sha davr mohir tarjimonlaridan biri hisoblangan Gey Asiliy juda katta xizmat qildi. Qo’lyozma asarlarda keltirilishicha o’sha paytdagi Rim jamiyatida juda katta yuqori mavqega ega bo’lgan2.
Yana shunday bir ajoyib tarjimonlardan biri, Rim adabiyoti asoschisi – Liviy Androkin (eramizdan avvalgi 200-275 yillarda yashagan)3. U yunon bo’lishiga qaramay zodogonlarning bolalariga yunon va lotin tillaridan saboq bergan. U haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Ayrim adabiyotlarga qaraganda uni ilk Rim shoiri bo’lgani ta’kidlanadi. Biroq she’riyat undan oldin bo’lmagan yoki rivojlanmagan deyish juda mushkul. Ko’zga tashlanadiki she’riyat Liviy Andronikdan ham mavjud bo’lgan, biroq og’zaki ravishda keng ommalashgan. Uning tarjimaga qo’shgan ulkan hissasi shundan iboratki, u Gomerning “Odissey”ni tarjima qilarkan ancha mushkulotlarga duch keldi. Buning birdan bir sababi tarjimada u Rim hayoti, madaniyati va urf-odatlarini tasvirlash va butkul unga yaqin tarjima olib borilganligidadir.
U shu darajada ish yuritadiki yunon xudolarini lotin tilidagi xudolar nomlari bilan ataydi. Bunda haqiqiy lotincha – ruh, shijoat, rang-tasvirlikning, bo’yoqdorlikni ishga soladi. Hatto u lotin tilida mavjud bo’lmagan sof yunonchaga mansub bo’lgan so’zlarni lotinchalashtiradi. Shu sabab bo’lsa kerak u qisqartirilgan tarjima asoschisi deb ham yuritiladi va bu narsa uni Rimda ulug’lanishiga turtki bo’ladi. Bu tarjima printsipi Avgustos (eramizdan avvalgi 63 yildan eramizning 14 yiligacha) hukmronligi davrigacha maktablarda majburiy darslik sifatida o’rgatilib kelindi. U hatto ilohiy xizmat uchun birinchi gimnni muallifi bo’lgan. Bulardan tashqari, u yunon komediya va tragediya asarlarining tarjimonidir, biroq bu asarlarning juda katta qismi bizning davrimizgacha saqlanib qolmagan.
Eramizdan avvalgi II asrga kelib esa Rim Karfagen ustidan g’alaba qozonadi va O’rta Yer Dengizi atrofidagi eng qudratli davlat bo’lib oladi. Ana shu davrda ko’pgina ilm ahli vakillari adabiyot, madaniyat va tarjima sohalarida juda katta ishlar bajarishadi.
Kvinti Enni ana shunday jonkuyarlardan biri edi. U ham yozuvchi, ham tarjimon sifatida faoliyat olib borgan1. U tilda ravon so’zlasha va yoza olgan. U yunon va lotin tillarini yaxshi bilgan. Uning tarjima sohasidagi ulkan hissasi maqtovga sazovordir. U yunon tillarini, asosan Evrilid tragediyalarini tarjimasi bilan mashg’ul bo’lgan. U bundan tashqari Evrigim qalamiga mansub ”Muqaddas tarix” asarini yunon tilidan lotin tiliga tarjima qiladi. Hatto she’riyat tarjimasi bobida Epigari she’riyatini tarjima qiladi. U lotin tilini juda mukammal bilar edi. Shu sababli, tarjima ishlarda so’zma-so’z printsipiga unchalik tayanmasdi. Uning ko’p hollarda asar mazmun-mohiyatini ochishda ma’noli tarzda tarjima qilar edi. U kontaminasiya prinsipini, ya’ni original yunonchaga asoslangan bir asarga boshqa yunon asarlaridan obrazlarni, bo’limlarni va kinoyalarni olib qo’shib ishalatar edi.
Tablitsiya Terentsiy Afr (eramizdan avvalgi 190-159 yillar yashab ijod etgan) ham komik yozuvchi bo’lgan. U senator Terentsiy Lukinning quli bo’lgan. Terentsiy Afrning talanti va chiroyi sabab ozod kishi sifatida ta’lim oldi va ozod inson bo’lgandi. U prolifik dramatist va tarjimon ham bo’lgan. U Menondraning 108 ta komediyalarini tarjima qilgan. Uning bu ilm sohasidagi cho’qqisi uyg’onish davridan boshlab XIX asrgacha Yevropada juda mashhur bo’ldi. U realistik dramaning asoschisiga aylandi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, yunon asarlari rim adabiyotining yuksalishida katta hissa qo’shgan. Yana bir narsani ta’kidllash joizki, Rimda tarjimachilikni rivojlanishi yunon tilini lotin tiliga ta’siri orqali deb hisoblash mumkin. Ziyolilar orasida yunon tili juda qadrlangan. Masalan Avgustos o’z maktublarini lotin hamda yunon tillarida yozgan. Mashhur olim A.F.Losyev (Luzyev) asosan rim tarjimonlarini qiynab kelgan masalalarni yunon tili misolida xarakteristika bergan. Uning ”yunoncha til juda muloyim va yumshoq edi. Unga qarama-qarshi, lotin tili juda faol, biroq agressiv edi. U asosan chiroy, sevgi bobida sokin, harbiy sohada juda tez rivojlangan. Shu sabablidirki, rim she’riyati kambag’al, foydasizroq”.
Pabliy Vergiliy Margion (eramizdan avvalgi 70-19 asrlar) Rim adabiyotining eng gullab yashnagan davri shoiri. U asaosan yunon she’riyatidan foydalangan. Gelxey uning asarlarini yunon originallari bilan solishtirib o’rganib chiqdi. Uning (Gelxey) ishlari juda qiziq, chunki tarjima tanqidchiligi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Gay Valeri Katill (eramizdan avvalgi 87-57 yillar) shoirlar ichida eng mashhur bo’lib, lirik shoir edi. Uning asarlari ham yunon tili ta’siri ostida bo’lgan. U tarjmon ham bo’lgan. Uning tarjima faoliyatida muhim o’rin egallagan Klamatning ”Bernining sochlari” she’ri bunga yorqin misol bo’la oladi. Bu she’rni tarjima qilishda so’zma-so’z usulini emas, ma’nosini berishga harakat qilgan. Uning bunday printsip qo’llaganini yuqorida zikr etilgan tarjimaning ayrim qismlari topilmalaridan mavjud bo’lan.
Eramizdan avvalgi I asrga kelib she’riy tarjima prozaik tarjimaga o’z o’rnini bo’shatib berdi. Avgustos davridan keyin Rim adabiyotining deyarli barcha janrlari yuksak darajada zabt etildi va ko’pgina klassik asarlar yaratildi. Bu asarlar bemalol yunon tilida yozilgan asarlar bilan har tomonlama bahslasha olardi.
Ko’pgina o’quvchilar Yunonistonning madaniy me’rosini ancha yaxshi o’zlashtirib, ya’ni yanada ochiq ma’no kasb etadigan bo’lsak bemalol o’qib tushunishgan. Asosan bunda tarjima muhim rol o’ynagan. Adabiyot esa o’z-o’zidan ikkiga ajralgan: elita (ya’ni oliy), bunga she’riyat, notiqlik va hokazo kirgan va ommaviy, bunga romanlar kirgan. Bizga ma’lum bo’lgan romanlar quyida keltiriladi:
”Apileyning oltin eshagi”, ”Apoloni tarixi”, ”Tir qiroli”, ”Troyan jangi solnomasi”, ”Troyaning barham topish tarixi”, Diktis tomonidan Krit (tili)ga asoslangan bo’lib, qayta hikoya qilish usulida tarjima qilingan. ”Troyaning barham topish tarixi” esa Frigiya asarining tarjimasi bo’lib Dares tomonidan tarjima qilingan. Bu tarjima o’rta asrlar Yevropasida juda mashhur bo’lgan va ko’pgina tillarga qisqartma tarjima qilish usulida o’girilgan.
Antik davrni ko’pgina olimlar o’rganib chiqishgan. Barcha o’rganib chiqqanlar o’z nihoyalari bilan qarashga intilishgan. Olib borilgan tadqiqotlar, izlanishlar shundan dalolat berib turibdiki, tarjima boshqa sohalar kabi muhim ahamiyat kasb etgan. U bora-bora yo’nalishlarga ajratila boshlangan. Hamma turlicha yondashishga harakat qilgan. Mashhur olim, tarjimashunos A.V.Feorov tarjimashunoslik bilan shug’ullanar ekan, tarjima tarixiga ham to’xtalib o’tgan. Tarjima tarixi tarjimashunoslik fanlarining eng yuksagi va muhim deya ta’riflaydi. Tarjima nazariyasi va tarjima printsiplari ustida ham ish olib borgan tarixiy taqozo tufayli tarjima o’z yo’nalishlariga ega deb yozadi1.
Tarjima tarixi ikkita yo’nalish borligidan dalolat beradi. Bu yo’nalishlar bir-biriga nisbatan qarama-qarshi bo’lgan tarjimadir. Sababi chet tilidagi matnni ikki xil tarzda boshqa tilga o’girish mumkin. Bu tur yo’nalishlari antik davrda, o’rta asrlarda va yangi davrda ham uchraydi. Bular:
1) Original matnni so’zma-so’z tarjima qilish yo’nalishi. Bu esa tarjima qilinayotgan tilga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, ya’ni ma’no yo’qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |