O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
“Himoyaga tavsiya etilsin”
Roman-German filologiyasi fakulteti
dekani __________p.f.n. D.Jo`rayev
“____”_______2012 yil
Roman-German filologiyasi fakulteti
5220100-“Nemis filologiyasi” ta`lim yo’nalishi
4 -kurs 41- guruh talabasi
PARMONOVA SHAXNOZAning
“Tarjimachilik tarixi” mavzusidagi
________talaba Parmonova Sh.
Ilmiy rahbar: ______ dots. G`.Xo`jayev
“______”_______2012 yil
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Roman-German tillari” kafedrasi
mudiri: _____f.f.n. K.Markayev
“______”_______2012 yil
Qarshi-2012 yil
Reja:
Kirish
Ishning umumiy tavsfi
I bob. G’arbiy Yevropa tarjimachiligi tarixi
1.1. Tarjima va madaniyat
1.2. G’arbiy Yevropada tarjima tarixi
1.3. G’arb tarjimashunosligining hozirgi davr tarjimashunosligiga ta’siri
Xulosa
II bob. Sharq Markaziy Osiyo tarjimachiligi tarixidan
2.1. O’zbek tarjimachiligi tarixi
2.2. Antik davr tarjimachiligning Sharqqa bo’lgan ta’siri
2.3. Tarjima tarixi va hozirgi zamon
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Mundarija
Ishning umumiy tavsfi ………………………………………………………
I bob. G’arbiy Yevropa tarjimachiligi tarixi
1.1. Tarjima va madaniyat................................................................................
1.2. G’arbiy Yevropada tarjima tarixi...............................................................
1.3. G’arb tarjimashunosligining hozirgi davr tarjimashunosligiga ta’siri.......
Xulosa...............................................................................................................
II bob. Sharq Markaziy Osiyo tarjimachiligi tarixidan
2.1. O’zbek tarjimachiligi tarixi..........................................................................
2.2. Antik davr tarjimachiligning Sharqqa bo’lgan ta’siri.................................
2.3. Tarjima tarixi va hozirgi zamon..................................................................
Xulosa………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..
Ishning umumiy tavsifi
Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, tarjima tarixining antik davri o’ziga xos boshlanish nuqtasidir. Unda ro’y bergan voqea – hodisalar, turli xil qarashlar, tarjima printsiplari, tarjimonlar, xullas o’tmish sarhadlaridagi tarjimashunoslikka bo’lgan qiziqish bizni yanada olg’a odimlashimizga, ajdodlarimizning buyuk san’atini avlodlarga yetkazishga chorladi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi o’tmishda tarjima qanday paydo bo’lgan, qanday rivojlangan, qanday printsiplarga ega bo’lgan, kishilarning tarjimaga bo’lgan munosabati, tarjimonlarning paydo bo’lishi, tarjimonlik faoliyatini bosqichma-bosqich taraqqiyoti qay yo’sinda bo’lgan, tarjimaga monelik qilgan to’siqlar qay tarzda o’z yechimini topgan, tarjima qilingan asarlar o’z mazmun-mohiyatini qay tarzda saqlab qolgan yoki saqlab qolmagan va ularni hozirgi zamongacha yetib kelishini o’rganishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi tarjima tarixida bo’layotgan so’nggi o’zgarishlar qadim-qadim ta’limotini hisobga olmasdan o’ta olmaydi. Qadim davr tarjima tarixi asrlar osha o’rganib kelinmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishida hali qadim davr tarjimachiligining ochilmagan qirralarini ochish, kashf etish, undagi bizga noma’lum tarjimonlar va ularning faoliyati, tarjima qilingan, biroq hali ma’lum bo’lmagan asarlar, kitoblarni oydinlashtirish kabi qiziq-qiziq faktlar jamlangan.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati o’z mohiyati bilan ma’lumdir. Qadim zamon tarjimachiligi, taraqqiy etish bosqichlari, mavjud ilmiy qarashlar, ziddiyatlar tarjimachilikdagi o’rni va uning mazmun-mohiyati ko’plarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Ushbu bitiruv malakaviy ishda keltirilgan faktlarga boy ma’lumotlar talabalarga, ilmiy tadqiqotchilarga, tarjima bilan qiziqqan insonlarga qo’l kelishi mumkin, qolaversa universitet tarjima tarixi darslarida, seminarlarda keng qo’llasa bo’ladi yoki manba sifatida foydalanish mumkin.
Tadqiqot manbalari. Tarjima tarixining antik davri o’ziga xos bir qiziqish uyg’otganidan turli manbalardan foydalanishga imkon berdi. Bu manbalar turli xil entsiklopediyalar, kitoblar, asarlar, tarixiy qo’lyozmalar, gazeta va jurnallar maqolalari, dissertatsiyalar, adabiyot asarlaridan iboratdir.
I bob
G’arbiy Yevropa tarjimachiligi tarixi
1.1. Tarjima va madaniyat
Tarjima insonning ma’naviy faoliyati sifatida qadim-qadim zamonlarga borib taqaladi. Hozirgi paytda, ya’ni XXI asrda tarjimachilik faoliyati turli ko’rininshlarda misli ko’rilmagan darajada keng yoyildi. Bunga, o’z navbatida, xalqaro aloqalarni jadal ravishda o’sib borayotgani ham o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Tarjima azaldan yozuvchilarni, notiqlarni, olimlarni, qolaversa tarjimonlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Hozirda esa tarjimonlik faoliyatini keng qamrovi nafaqat unga bo’lgan qiziqishini, uni yanada takomillashtirishini, yangi davrda aniq mexanizmlarni ishlab chiqish, to’plagan tajribalarni inobatga olib olg’a siljishni talab qilmoqda.
Tarjima tarixi badiiy adabiyot tarixi singari o’rganilib kelinmoqda. Adabiyot va san’at qanday tahsinlarga sazovor bo’lsa, tarjima ham shunday e’zozlarga loyiqdir. Tarjima tarixi sohasida juda ko’p tadqiqotlar olib borildi va hozirda ham davom etmoqda. Shu davomiylik tariqasida yanada chuqurroq o’rganish maqsadimiz ekan, tinimsiz mehnat amalga oshirilayotgan ishlarni to’la-to’kis ro’yobga chiqishiga ko’mak va omildir.
Tarjima insoniyat taraqqiyotida, uning madaniy hayotida juda katta va muhim o’rin egallaydi. Aynan tarjima bir mamlakat yoki qit’a odamlarini boshqa mamlakat yoki qit’a odamlarining hayoti, turmush tarzi, madaniyati, urf-odati, tarixi, adabiyoti va ilm-fani bilan tanishtiradi. Agar Gyote, Shekspir, Dante va shular kabi dunyo adabiyotidagi g’arb allomalariyu buyuk insonlarning asarlari tarjima qilinib bizgacha yetib kelmaganida, yoki buyuk bobokolonlarimiz Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sinodan boshlab Alisher Navoiy, Bobur va bular kabi sharqda porlagan buyuk insonlarning asarlarini g’arbdagilarga tarjima orqali yetib bormaganida bu ikki tsivilizatsiya (G’arb va Sharq) qanday qilib bir-biri bilan aloqa qilardi! Ko’pgina tarjima qilingan xoh badiiy asarlar, xoh boshqasi albatta biror xalqning madaniy merosi bo’lib qoladi. Yuqorida nomlari keltirib o’tilgan zotlarning asarlarini eslashning o’zi kifoyadir.
Tarjima masalalari o’ziga xos xarakterga ega bo’lib kelmoqda. Tarjima orqali biz o’zga madaniyatlarni, o’zgalar esa buyuk o’zbek madaniyatini o’rganishmoqda.
Agarda biz bir-birimizning mahalliy, madaniy xususiyatlarimizni tezroq va yaxshiroq tushunishni istasak, o’zga xalqlar asarlarini tarjima qilishimiz zarur bo’ladi.
“Tarjima” so’zining qamrab olgan ma’no ko’lami juda kengdir. She’rlar, badiiy asarlar, fanning turli jabhalaridagi ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblar, diplomatik hujjatlar, ish hujjatlari va hakozalar bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinmoqda. Albatta, bularning har birini bog’lovchi yana shu tarjimadir.
“Tarjima’ so’zi ma’lum va tushunarli so’zdir, biroq uni inson faoliyati va shu faoliyatning natijasi sifatida maxsus bir tushuncha deb qarasak, uni aniqlash va terminologik izohlash kerak bo’ladi. U, birinchidan, shunday bir jarayonki, psixik faoliyat shaklida amalga oshiriladi va nutq asari (matn yoki og’zaki nutq) bir tildan ikkinchi bir tarjima qilinayotgan tilda yangi nutq asari (matn yoki og’zaki nutq) shu jarayon natijasi sifatida namoyon bo’ladi.1
Tarjima insoniyatning ma’naviy faoliyati sifatida qadim-qadim zamonlarga borib taqaladi. U (tarjima) ayrim millatlar madaniyati tarixida, qolaversa dunyo madaniyati tarixida muhim o’rin egallagan va hozirda ham egallab kelmoqda. Hozirgi davrga kelib XXI asrda – tarjima faoliyati turli ko’rinishlarda keng quloch yoydi. Bunga asosiy sabab hozirgi davrdagi o’sib borayotgan xalqaro aloqalarning jadal ravishda birinchi o’ringa chiqqanligidadir.
Tarjima azaldan yozuvchilar va olimlarni o’ziga jalb qilib kelgan va butun normativ tarjima kontseptsiyalariga kiradigan turli xil printsipial tasavvurlarni keltirib chiqargan. Keyinchalik tarjima faoliyatining tasavvur qilib bo’lmas darajada keng rivojlanishi unga bo’lgan qiziqishni faqatgina yangicha o’y bilan emas, balki uni ilmiy bir tizimga solish va yozuvchilar, adiblar va olimlarning tanqidiy fikralarini inobatga olib va shu sohada yig’ilgan katta tajriba natijalarini umumlashtirish kerak bo’ladi va u shunday ham qilindi.
Agarki tarjima nazariyasi sohasida A.V.Fedorov, T.R.Levitskaya, A.M.Fetterman, F.I.Retsker, P.I.Kopanyev, G.R.Gachechiladze, V.N.Komissarov, A.D.Shvyetser, L.S.Barxudarov, G’.Salomovlar ko’p mehnat qilishgan bo’lsa, tarjima tarixi sohasida A.V.Fedorov, G.R.Gachichiladze, O.Sements, G’.Salomov, J.Sharipov, G.G’afurova, N.Komilov va boshqalar juda katta hissa qo’shishgan va qo’shib kelmoqda.
Tarjima nazariyasida ham tarjima tarixida ham ularning ilmiy muhimligi uning ob’yekti bo’lmish – tarjima katta qiziqish uyg’otadi. Tarjima til va adabiyot bilan bog’liq bo’lgan ijodiy faoliaytdir va ikki til bir-biri bilan bog’lanadi, bunda asl matn o’zga til vositalari orqali namoyon qilinadi, tillarni taqqoslash va tarjima bilan birga bir qancha savollar tug’iladi. Bu savollar har bir tilni alohida olganda hech muammo tug’dirmaydiganga o’xshaydi va ularni tahlil qilish har birini o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishga chorlaydi.
Tarjima tabiatdagi boshqa borliqlar singari jamiyat hayoti va turmushida ko’p tomonlama yoki ko’p qirrali o’rganish ob’yekti bo’la oladi. Tarjima masalalari turli nuqtai-nazardan ko’rib chiqilishi mumkin, ya’ni tarixiy-madaniy, adabiyotshunoslik (agar badiiy adabiyotga tegishli bo’lsa), tilshunoslik psixologik (bunda tarjimon ishi psixik faoliyati sohasida sodir bo’layotgan ma’lum jarayonlarni taqoza etadi va ijodiy psixologiya masalalari bilan ham bog’liq)1.
Hech bir fan yo’qki, ma’lum bir sohada ajdodlar ishlari, o’tmish tajribalaridan foydalanmasa. Albatta tarixiy o’tmish va o’tmish tajribasidan bahramand bo’lmagan fanning o’zi yo’q. Aynan shu asnoda tarjima ham, avvalom bor, tarjima taqrizi va tarjimaga oid fikrlarni, ma’lumotlarni o’raganmasada, o’zlashtirmasdan iloji yo’q. Tarjimaga doir o’tmishda mavjud bo’lgan turli ijodiy, salbiy, tanqidiy qarashlar va fikrlar oldin o’rganilib, so’ngra keyingi davr yo’nalishi har narsani hisobga olgan holda belgilanadi. Bunda esa, o’z navbatida, tarjimashunoslik sohasida tarix masalalari muhim rol o’yanaydi.
Tarixdan barchamizga ma’lumki, tarjima o’z-o’zidan paydo bo’lmagan. Uni paydo bo’lishiga nimadir turtki bo’lgan, davr taqoza etgan. Tarjimani amalga oshirishda esa tarjimon degan nom olgan kishi o’rtada ko’prik bo’lgan. Bir millat yon-atrofni tan ola boshlagach, o’zga millat yurtlarini ko’rgisi kelgan. Shunda insoniyat tarixida o’zaro aloqalar aks sado bera boshlagan. Bu aloqalar turli ravishda: biror kuchli tomon kuchsiz tomon bir-biri bilan murosaga kelishi orqali, savdo-sotiq va boshqa shu kabi yo’llar orqali amalga oshirilgan. Bu aloqalar zamirida bir-birini tushunish albatta bir-birini tilini tushunishdan boshlangan.
Buning yorqin dalili sifatida qadimgi yunon va rim madaniyatlarini eslash kifoyadir. Tarjima orqali o’rnatilgan o’zaro aloqa albatta bir madaniyat, millat hayotida o’z o’rnini qoldiradi. Xususan, qadim yunon madaniyati yuksak pog’onaga ko’tarilgach, Rim madaniyati undan o’rnak ola boshlaydi. Qadim yunonlar o’z tili va adabiyotida namoyon etgan yuksak madaniyat yaratdilar. Ma’lum bir payt o’tgach, ushbu madaniyat Rim hayotida ham muhim rol o’ynay boshlaydi va rimliklar, ta’biri joiz bo’lsa, meros qilib oladilar. Tarjima esa misoli ko’prik sifatida beminnat xizmat qiladi. Tarjimadan a’lo darajada foydalangan rimliklar o’z tillari va adabiyotlarini boyitishda ko’p narsani yunonlardan olishadi. Bu esa qadim davrda tarjima tarixini paydo bo’lishiga turtki bo’ldi. Bunda nafaqat tarjima tarixi, balki eng avvalo tarjimaning paydo bo’lishi va kerakli qurolga aylanishini ta’kidlash maqsadga muvofiq.
Xullas, tarjima tarixini yaratish masalasi ilk o’ringa chiqishi va u qay tarzda bosqichma-bosqich rivojlanishini o’rganish bizning zimmamizda ekan, uni sinchkovlik bilan o’rganish, to’g’ri va oqilona yondashish, to’g’ri talqin qilish va e’zozlash maqsadimiz ekani ochiq-oydin ayon bo’ldi.
Tarjima tarixini jamiyat tarixi, madaniyat, adabiyot tarixi bilan chambarchas bog’lab o’rganish ham davr taqozasi bo’lib qolmoqda. Vaholanki, ularni bir-biridan ajratib o’rganish noto’g’ri ish bo’lar edi. Ular bir-biri bilan shunday bog’liqki alohida o’rganish mushkul bo’lsa kerak, tarjima tarixi borasida qanchadan-qancha olimlar ish olib borishgan va hozirda ham ish olib borishmoqda. Bundan asosiy maqsad yuqorida qayd etilganidek, o’tmish tajribalaridan foydalanib hozirgi va kelgusi hayot tarzimizni aniqroq belgilab olish va belgilab olingan yo’lda qilingan xatolarni yana qaytarmaslikdan iborat.
Tarjimashunoslik borasida ancha mehnat qilgan, butun umrini tarjimashunoslikka bag’ishlagan G’.Salomov tarjima tarixini ham o’rganib chiqib, tegishli xulosalar chiqarib, o’zi ham tadqiqotlar olib bordi. U tarjimashunoslik fanlari tasnifini berarkan, tarjimashunoslik fanini quyidagi qismlarga bo’lgan holda taraqqiy ettirish mumkin deydi1:
-
Tarjima tarixi;
-
Tarjima nazariyasi;
-
Tarjima tanqidi;
-
Sinxron tarjima;
-
Avtomatik tarjima asoslari;
Ko’rinib turibdiki, tarjimashunoslik fanlari ichida, avvalombor, tarjima tarixini o’rganish dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Shu yusinda, shu sohada qalam tebratgan olimlar A.V.Fedorov, G.R.Gachechiladze va boshqalar tarjima nazariyasiga oid kitoblarida tarjima tarixi haqida ham yozadilar. Tarjima tarixi bilan chuqur shug’ullangan olim O.Sements esa “Tarjima tarixi” kitobida butun tarjima tarixini qamrab olishga harakat qiladi. O’zbekistonda ham G’.Salomovdan tashqari N.Komilov, J.Sharipov, H.Hamidova, M.Tursunxo’jayev, Q.Musayevlar tarjima tarixi borasida ham katta ish qilishib, o’ziga xos bir tarjima maktabini yaratdilar. Yana G’.Salomovga qaytadigan bo’lsak, u tarjima tarixini tadqiq qilishda bir necha yo’nalishlarni ko’rsatib o’tadi1.
-
Sohalar va janrlar bo’yicha. Bunga aniq va gumanitar fanlar tarjimasi, tarjima va lug’atshunoslik (ikki tillik va ko’p tillik lug’atlar tuzish) kiradi.
-
Til printsiplari bo’yicha. Bunga masalan, arabcha-o’zbekcha, forscha-o’zbekcha kabilar bo’lishi mumkin hamda bilingvizm va tarjima kiradi.
-
Tarixiy an’analar va mahalliy sharoitga oid tipik belgilar bo’yicha. Bunga misol tariqsasida tarjima maktablarini olish mumkin. Masalan, Xorazm tarjima maktabi, Toledo tarjima maktabi, Bog’dod tarjima maktabi va hokazo.
-
Davrlar bo’yicha. Bunga masalan antik davr, o’rta asrlar, eramizning I asridan to X asrigacha, yangi davr va hokazolarni belgilab olib tadqiq etish mumkin.
Tarjima tarixini o’rganganda, tarjimaning ijodiy faoliyati va birinchi galda usuli, tarjima printsipi, uslubi o’rganilishi ham kerak. Bu borada Londonda chop etilgan “Tarjima, Tarix, Madaniyat” nomli Andrey Lefever qalamiga mansub kitob yaxshi o’rnak bo’la oladi. Unda qadimgi davrdan boshlab hozirgi paytga qadar yashab ijod etgan tarjimonlar hayoti, printsiplari, uslublari, fikrlari, qarashlari bayon etiladi. Ushbu kitobda muallif ajoyiob tarzda tarjimonlar va ularning printsiplarini yoritib beradi. Kitob ingliz tilida yozilgan. Bizning mamlakatda ham bu borada keng ko’lamda ish olib borilmoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon tarjimashunoslik, xususan tarjima tarixi fani sohasida ko’pgina izlanishlar olib borilmoqda, kitoblar, maqolalar chop etilmoqda. O.Mo’minov va O.Sunnatovlar qalamiga mansub “Tarjima tarixi” (G’arbiy Yevropa va Markaziy Osiyo) kitobi ham tarjima tarixining antik davridan hozirgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Unda yana tarjimonlar hayoti, tarjima printsiplari ham yoritiladi.
N. Komilov ham tarjima tarixi borasida katta ishlar qilgan olim. U Ogahiyning tarjimonlik faoliyatini o’rganib chiqadi, tahlil qiladi va yoritadi. N.Komilov Ogahiy ijodini sinchiklab o’rganib chiqar ekan, uni ham adabiyotchi, ham tarixchi, ham tarjimon ekanligini va uchala sohada birdek qalam tebratgan hassos shoir, teran olim, mohir tarjimon deydi2.
Tarjimachilik borasida Ogahiy “Ravzatrus-Safo”, “Nodirnoma”, “Zafarnoma”, “Zubdit ut-Hikoyat”, “Nasihatnomai Kaykovus” va boshqa asarlarni yuksak mahorat bilan tarjima qiladi. Bundan tashqari, N.Komilov Xorazm maktabi, uning namoyondalari va ularning ishlari haqida ham ish olib boradi. Xorazm tarjima maktabi tarjimonlarining hayoti, turmush tarzi, tarjima printsplarini izohlab yoritib beradi.
Tarjima jarayoni alohida, maxsus qulay sharoitda yoki qiyin yoki oson sharoitlarda sodir bo’lmasin ikkita asosiy nuqta, ya’ni asosga kelib taqaladi. Tarjima qilish uchun, avvalambor, tarjima qilinayotgan matnni til obrazlari, ya’ni tarjima qilinayotgan til elementlari yordamida tushunish, aniqlash, talqin qilish, fikran tahlil qilish (agar asl matn biror qiyinchilik tug’dirsa) va tanqidiy baholash kerak. So’ngra, ikkinchida, tarjima qilish uchun tarjima qilinayotgan tilda kerakli mos ifoda vositalari (so’z, so’z birikmasi, grammatik shakllari)ni topish zarur. Shundan keyingina tarjima qilinayotgan tilda keng vaznli tarjimani ruyobga chiqarish kerak. Agar yuqorida zikr etilgan nuqtai-nazarga amal qilinmasa har tomonlama to’liq, tushunarli tarjima chiqmaydi.
Tarjima tarixida shunday hodisalar borki, asl matn tarjimon tomonidan o’ta darajada kashf qilinishi yoki ma’noni buzilishi, yolg’onlashtirilishi hollari ham uchrab turadi. Bunday buzilish, yolg’onlashtirish so’z ma’nolarini butunlay o’zgarishiga, noto’g’ri tushunishga, matnning g’oyaviy-obraz tizimini butunlay noto’g’ri izohlashga, tushunishga olib keladi. Bunday holatlarni yaxshi tushungan Tsitseron o’z chiqishlarida, asarlarida qattiq tanqid qiladi. Bunday tarjimonlar ustidan kuladi. U o’zi yetarli tajribaga ega bo’lganligidan keyingi avlod tarjimon-shogirdlariga to’g’ri yo’l ko’rsatishga harakat qiladi.
Bora-bora tarjima tarixi ham o’zini mustahkam o’rnini topmoqda. Bu sohada ish olib borgan ko’pgina olimlar, tadqiqotchilar uni yana rivoj topishiga, shakllanishiga zamin yaratib kelishmoqda. Turli xil tarjimonlar, tarjima printsiplari, uslublari ustida ish olib bormoqda.
Agar biz shartli ravishda XX asrdan XXI asrgacha bo’lgan bosqichni davrma-davr qilib oladigan bo’lsak:
I davr – bu XX asrni ya’ni 1901 yildan 1917 yilgacha bo’lgan paytni o’z ichiga oladi. Unda rivojlanish sustroq bo’lganini ko’ramiz. Bunga o’zaro urushlar yangi tizimning o’rnatilishi kabi tarixiy voqealarga boy davr sabab bo’ladi.
II davr – bu XX asrni ya’ni 1918 yildan boshlab 1960 yilgacha bo’lgan davr. Bunda oldingisiga qaraganda ancha o’sish borligini sezish mumkin. Lekin bu davrada ham o’ziga xos tarixiy voqealar (ururshlar) natijasida rivojlanishini ko’rish mumkin.
III davr – bu davr o’sha asrning 1961 yilidan boshlab 1990 yilgacha bo’lgan paytni o’z ichiga oladi. Bu davrni jadal rivojlanish davri desa bo’ladi. Chunki ko’pgina olimlar qizg’in ish olib borishgan.
IV davr esa 1990 yildan to hozirgacha bo’lgan yillarni qamrab oladi.
Bu davrni haqiqatdan buyuk o’zgarishlar davri desa bo’ladi. Bunda O’zbekistonning mustaqillikka erishishi, XXI asrga qadam qo’yilishi, texnika asri, yuksalish, rivojlanish davri bo’lganini shohidi bo’lishimiz mumkin. Tarjima sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, turli xil konferentsiyalar, ilmiy yig’ilishlar, asarlar, kitoblarda tarjima nazariyasi muammolari muhokama etilib, aniq bir dasturlar ishlab chiqildi. Ish bor joyda kamchilik bo’lganidek, tarjima tanqidchiligi vujudga keldi. Bunda tarjimaga tog’ri yondashish, bo’lar-bo’lmas tarjimalar qilmaslik, tarjima printsipalarini to’g’ri qo’llash, asl matn ma’nosini buzib tarjima va talqin qilmaslik va yana bir qancha masalalar o’ta sinchkovlik bilan ko’rib chiqildi va ko’rib chiqilmoqda. Albatta, xato qilish insonga xos narsa, lekin shu xatolarni bartaraf etish va nodir asarlarni tarjima orqali keyingi avlodga yetkazish vazifamiz bo’lib qolmoqda. Sinxron tarjima ham ancha rivojlandi. Bu sohada ham olimlarimiz, tarjimonlarimiz tinmay mehnat qilishdi. Avtomatik tarjima borasida so’z yuritar ekanmiz, bu sohaning rivojlanishi texnika, kompyuterlarni rivojlanishi davriga to’g’ri keladi. Biroq bu avtomatik tarjima o’zini to’la oqlay olmadi. Bu yo’lda qanchadan-qancha mehnat sarf etildi. Biroq inson aql-zakovati, mehnati undan yuz chandon yuqori turishi o’z-o’zidan yaqqol ko’rinib turibdi. Shunday bo’lsada oz miqdorda avtomatik tarjimadan foydalanilmoqda.
Xullas, yuqorida bayon etilgan fikrlar tarjima haqida qisqacha ma’lumot berish, ayrim tarjimashunos – olimlarning fikrini bayon qilish va tarjima tarixi fanining mohiyatini yanada ko’tarishga yunaltirildi. Tarjima tarixi fani, qolaversa tarjima hayotimizda muhim o’rin olgan. Uni tadqiq etish biz tadqiqotchilar uchun yanada qiziq. Shu sababli ham ushbu bitiruv malakaviy ishi tarjima tarixini o’rganishdagi harakatlardan biridir. Bunda maqsad doirasi qilib antik davrning tanlanishi va uning ob’yekti G’arbiy Yevropa va Markaziy Osiyo qilib belgilanishi bu sohada yanada chuqurroq izlanishlar olib borishga undaydi.
1.2. Garbiy Yevropada tarjima tarixi
Tarjima tarixi e’tiborsiz bir fan emaski, undan uzoqdan yonadashilsa, umuman hech qaysi fan insonlar, yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak olimlar, tadqiqotchlar nazaridan chetda qolmaydi. Agarda tarjima tarixiga ham oqilona, ham tanqidiy qaraydigan bo’lsak, u son-sanoqsiz qadimda o’tib ketgan tilmochlarning, ya’niki tarjimon-olimlarning asarlariga borib taqaladi. Bu asarlar madaniyat, urf-odat, tilshunoslikning rivojlanishi va globallashuvi kelajakda bizga qanday naf keltirishi haqidagi o’y-fikrlarimizni o’zgartiradi. Misol tariqasida Antoni Pimning “Method in translation history” (“Tarjima tarixi uslubi”) kitobini keltirishimiz mumkin1. U hozirgi zamon nigohida tarjima tarixi modellarini yaratdi. Unda bu tarix ob’yekti tarjimondir, deydi muallif. Bundan tashqari, uning yozishicha, tadqiqotchilar o’zlarining maqsadlariga shunchalik kirishishganki, madaniy tizimlar ijtimoiy xohishga asoslanadi. Chunki tarjimonlar madaniyatlararo bamisoli ko’prik, shu ko’prik zimmasida mashaqqatli mehnat, javobgarlik bor bo’lib, uni sidqidildan ado etish kerak bo’ladi. Uning asarida antik davrdan boshlab hozirgi davrgacha bo’lgan tarjima tarixi ko’rib chiqiladi va maqsadiga ko’ra muhokama qilinadi. Tarjima tarixidagi uning bu ishi adabiy tarjima ilmiy markazida (Gottingen, Germaniya) 1992-1994 yillarda olib borgan izlanishlari va CETRA professori bo’lib Belgiyaning Luven Universitetida o’qigan ma’ruzalar mahsulidir. U modellashtirish bo’yicha taklif qilgan metodni ko’pchilik konstruktiv deb baholashmoqda. Uning yuqorida zikr etilgan kitobi hozirgi zamonga mos bayon etilgan faktlarga boy manba sifatida qabul qilsa bo’ladi.
Antik davrdek ilk tarixiy bosqich, asosan tarjima orqali qadim yunon va rim madaniyatlari bir-biri bilan aloqa o’rnatganliklarini ko’rsatadi. Qadim yunonlar yuksak madaniyat sohibi ekanliklari hech kimga sir emas. Bu madaniyat yunonlarning tili va adabiyotida barq urgan, chunki til adabiyotsiz madaniyat qaqrab yotgan cho’l kabidir. Buni yaxshi anglash rimliklar o’z madaniyatini boyitish maqsadida juda ko’p narsalarni yunonlardan meros qilib olishadi. Shu kabi meroslarning eng asosiysi – adabiy asarlar tarjimasi, u misoli ko’prik bo’lib ikki xalq o’rtasida beminnat xizmat qilgan. Bu o’rinda o’z madaniy boyliklarini berayotgan davlat – Yunoniston – juda yuqori madaniy darajada turgan edi. Qadim Yunoniston jahon tsivilizatsiyasining beshigi bo’lgan. Qadimgi yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan yakkayu yagona yozma namunalari “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridir. Bu dostonlar qadim yunonlarning Gomer degan ulug’ shoirlarining nomi bilan bog’liq. Shuni ko’ra bilgan rimliklar yunon yozuvchilari yaratgan asarlarni o’z til va adabiyotini boyita oladigan sabab yoki manba deb bilishgan. Xuddi shu nuqtai-nazarda kelib chiqib badiiy tarjima masalalari nazari jihatdan Tsetseron, Goratsiy va Kvintilan fikrlarida o’z aksini topadi. Qadim yunonlar yaratgan madaniy merosdan bahramand bo’lish hissi rimliklardan so’ng asta-sekin sharqda ham keng tarqaldi. Gomer dostonlaridagi badiiy usullarni boshqa xalqlar jangnomalarida ko’rishimiz mumkin. Qirg’iz xalqining “Manas”, nemis xalqining “Nebelungnoma” (“Nebelungslied”), o’zbeklarning “Alpomish” dostonlari shular jumlasidandir. Gomer poemalari bilan “Alpomish” dostoni o’rtasida faqat badiiy vositalarning yaqinligi jihatidangina emas, hatto mazmunning o’xshahsligi jihatdan ham mushtaraklik bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |