Kompakt disk uchun diskyurituvchilar – kompakt diskdan maxsus ma’lumotlarni, ovozli xaritalarni, o’yinlarni, matnlarni o’qish uchun mo’ljallangan. Kompakt disk hajmi 640 Mbaytgacha bo’lib, unga ma’lumotlar oldindan yozilgan bo’ladi.
Strimer – magnit tasmali kassetaga ma’lumotlarni yozish qurilmasi. Qattiq diskdagi ma’lumotlarning nusxasini olib qo’yish uchun strimer keng qo’llaniladi, strimerlar bir-biridan hajmi bilan farq qiladi, ya’ni bitta kassetaga hajmi 20 Mbaytdan 40 Gbaytgacha ma’lumot yozish mumkin.
Printer (chop qilish qurilmasi) – har xil (matnli, grafik yoki rasm) ma’lumotlarni qog’ozga chop qilish uchun xizmat qiladi. Printer qurilmasida ma’lumotlarni qora rangda yoki rangli tarzda chop qilish mumkin.Shu bois printerlar bir-biridan farq qiladi. Printerlarning yuzlab turlari mavjud bo’lib, ular odatda matrisaviy, purkagichli (struynoy) va lazerli bo’ladi.
IBM PC kompyuteri uchun matritsaviy printerlar chop etiladigan ma’lumotlarni nuqtalardan yasaydi. Shu bois uning chop qilish sifati zikr etilgan boshqa turli printerlardan past.
Purkagichli printerlardan ma’lumotlar maxsus siyohdonlar yordamida siyoh tomchilarini purkash bilan chop qilinadi.
Lazerli printer chop qilish sifati yuqori bo’lgan ma’lumotlarni oq- qora yoki ayrimlari rangli chop qilish imkoniga ega bo’ladi. Ko’pchilik dasturlarda chop qilish quyidagi belgi ustida “sichqoncha” tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Modem yoki faks – modemlar. Telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuterlar bilan ma’lumot almashinish uchun maxsus qurilma modemdan foydalaniladi.
Faks - modem – shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkoniyatlariga ega bo’lib, qo’shimcha ravishda rasmli ma’lumotlar, telefaks ma’lumotlarni kompuyterlararo almashish imkoniga ega. Ayni vaqtdagi ishlatilayotgan ko’pchilik modemlar faks – modemlar bo’lib, ularning ayrimlari, ovoz almashish imkohiyatiga ham ega.Modemlar ichki (Elektron platali) va tashqi (alohida turdagi qurilma) bo’lishi mumkin. Modemlar bir – biridan ma’lumot almashish tezligi bilan farq qiladi. Ular odatda sekundiga 2400 dan 33600 belgigacha ma’lumotni uzatish imkoniyatiga ega. Faks - modem qurilmasiga mos keluvchi kompuyter dasturidagi uskunaviy belgi quyidagi rasmda keltirilgan.
Multimedia – tasvirli ma’lumotlar bilan ishlashga qodir bo’lgan vosita hisoblanadi. “Multimedia”so’zi lotincha “media” so’zidan olingan bo’lib, “ma’lumot tashuvchi vosita” degan ma’noni anglatadi. Multimedia kompuyterlari so’z, musiqa va boshqa ovozli ma’lumotlar, video ma’lumotlarni qabul qiladi va ular ustida ishlaydi. Multimedia kompuyterlari albatta kompakt disklar uchun maxsus diskyurituvchilar, ovozli xaritalarga hamda kamida Pentium / 75 Mgs 486Sx/25Gs tezlikdagi mikroprosessor, operativ xotirasi 4Mbayt va qattiq disk hajmdagi 160Mbayt hamda 640x480 nuqtali rangli video tizimga ega bo’lishi kerak.
Birinchi skanerlash 1857-yil Javanni Kojelli tomonidan tasvirni ma’sofadan uzatishni yaratdi. Bu qurilma Pantelgraf deb nomlangan. 1902-yilda nems fizigi Artur Korn tomonidan fotoelektrik skanerlashga ptent oldi. Keyinchalik bu telefaks deb nomlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |