Mikrosxemalar to‘plami. Bir necha maxsus mikrosxemalarsiz, ya’ni tizim platada joylashgan mikrosxemalar to‘plami yoki chipsetsiz protsessor ishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu mikrosxemalar protsessor, BIOS va shinalarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi. (asosan Intel, AMD va VIA kompaniyalari ishlab chiqaradi). Ko‘p hollarda tizim platasi shunday loyihalanganki, ma’lum bir mikrosxemalar to‘plami uchun, bu sxemalar unga qulay darajada ulangan bo‘lib, ularni almashtirib bo‘lmaydi. 2001-yilda standart tizimlar uchun mikrosxemalar to‘plami sifatida 850 Intel yaratildi. U Pentium IV protsessorlari bilan ma’lumotlarni uzatish tezligi 3.2 Gbayt/s li shina o‘tkazish imkonini beruvchi 3.2 Gbayt/s li RDRAM ikki kanalli xotira bilan ishlagan.
BIOS. BIOS kiritish/chiqarish baza tizimi kompyuter ishidagi eng past sathda apparat ta’minotni boshqaradi. Yuqorida qayd qilinganidek, tizim platalarida TXQ mikrosxemalari bor, unda tizimli BIOSning dasturiy kodi yozilgan. BIOS mikrosxemalarida muhim amaliy yo‘riqlar mavjud, ular disk yurituvchi, videoadapter va boshqa qurilmalar bilan ishlashi uchun zarur.
Barchaga ma’lumki, kompyuter yoqilganidan so‘ng o‘zi tashxis o‘tkazadi. Bunda u Rost elektr ta’minlashni ishga tushirishda u o‘zini testlash operatsiyasini ishlatadi va kompyuter ishini boshlash uchun mo‘ljallangan asosiy qo‘llanmalar to‘plamini bajaradi.
Kompyuter qanday ta’minot unda qo‘yilganini bilishi kerak. Shuning uchun zamonaviy tizimlarda ulangan qurilmalarni aniqlash uchun Plug-and-Play texnologiyasi ishlatiladi. Ayrim vaziyatlarda BIOS Setup (CMOS Setup) dasturlaridan foydalanilgan holda, tizimga qo‘l yordamida kerakli ma’lumotlarni berishi kerak.
“Eski“ kompyuterlar faqat BIOS mikrosxemalari buzilgan vaqtdagina almashtirilgan. Keyinchalik esa, foydalanuvchilarga BIOS mikrosxemalarining modernizatsiyasini tez-tez tavsiya qilishdi. Bunda mikrosxemani uyadan chiqarib, to‘liq almashtirilishi kerak edi.
Bugungi kunda BIOS mikrosxemalari kamdan kam hollarda almashtiriladi. Uning modernizatsiyasi ham bajariladi. BIOS mikrosxemalariga, ya’ni u Flesh-xotira mikrosxemasi bo‘lib, unga Internet yoki diskdan yangi qo‘llanmalar to‘plamini yozib olish mumkin.
IBM PC birinchi kompyuterining BIOSi juda cheklangan funktsiyalarni bajargan IBM kompaniyasi qattiq disklarining ishi uchun qo‘shimcha qo‘llanmalar haqida o‘ylamagan, chunki foydalanuvchilarda o‘zi uchun qattiq disk sotib olish imkoni bo‘lmagan. Birinchi IBM PC foydalanuvchilarining ma’lumotlarini oddiy kassetalarda saqlashi mumkin bo‘lgan.
IBM XT kompyuterlari va ularning klonlari ko‘p funktsionalli edi. Bu kompyuterlar shinaga ulangan, platalarda joylashgan TXQ qo‘shimcha mikrosxemalarning qidiruvi uchun qo‘llanmalarga ega bo‘lgan. Masalan, qattiq disklar, videoadapterlar yoki TXQ nazoratchilari.
AT kompyuterlar va ular klonlarining BIOSi undanda “aqlliroq” edi. Ular qattiq disklarning mavjudligini, shuningdek ularning eng ommaboplari bilan ishlash uchun qo‘llanmalari bor edi. AT kompyuterlarida shu bilan birga TXQ qo‘shimcha mikrosxemalarining qidiruv funktsiyasi ham saqlanib qolgan.
EISA kompyuterlari ISA kompyuterlarining barcha qo‘llanmalaridan foydalanib qolmay, balki yuqori tezlikda ma’lumotlarni uzatuvchi EISA adapterli platalar ishi uchun qo‘shimcha qo‘llanmalarni ham ishlatishgan. Ammo, tizimda qanday EISA platalar qo‘yilganligi haqida ma’lumot berishlari zarur edi.
MCA kompyuterlari uchun va shuningdek EIAS kompyuterlari uchun ham yangi platani qo‘yishda, kompyuter bilan birga sotiladigan MicroChannel etalonli disketasi bilan sozlash dasturini ishlatish kerak edi.
PCI va VL-bus shinali tizimlarda, ROM BIOSda yozilgan kodning qismi bo‘lgan, sozlash ishini belgilaydigan maxsus BIOS Setup dasturi paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |