Savol va topshiriqlar
Kompyuter qurilmalari
Kompyuter so`zining ma’nosi nima?
A) Hisoblovchi*
B) Bo`laklovchi
C) Tarmoqlovchi
D) Sintezlovchi
E) B va D javoblar to`g`ri
Kompyuterlarni nechta gurushga bo`lib o`rganamiz?
A) 4
B)5*
C)3
D)2
E)7
3. Shashsiy kompyuterlar qanday qurilmalardan tashkil topgan?
A) Monitor va stol
B) Sistema bloki va rozetka
C) Doimiy xotira
D) Sichqoncha va kitob
E) Sistema bloki,monitor,klaviatura, sichqoncha ,tashqi qurilmalar*
4. Tashqi qurilmalar nimalar?
A)Oqimli printer
B)Modem
C)Printer,skaner, modem, strimer,grafik quruvchi*
D)skaner
E)A va D
5. Klaviatura va «sichqoncha» vazifasi nima?
A)Bosmaga chiqarish
B)Ezuvga chiqarish
C)Xotiraga soluvchi qurilma
D)Xotiradan chiqarib tashlovchi qurilma
E)Ma’lumotlarni kiratadigan va kompyuter bilan muloqot qilish*
vazifasini o`taydigan qurilmalar
38- Mavzu: Kompyuter komponentlari:Blok pitaniya va korpus.
Reja
1. Blok pitaniya haqida
2. Kompyuter komponentlari:
3. Blok pitaniya va korpus.
Tayanch so’z va iboralar:Elektr ta’minot bloki, ventilyator, korpus, ATX form-faktori
ATX elektr ta’minot bloki. ATX elektr ta’minot blokining turli razyomlarining standart ishlatilishi 6.6-6.7- jadvallarda keltirilgan. Simlar rangi kontaktlarni ishlashiga qarab farqlanadi. ATX spetsifikatsiyasiga, elektr ta’minot blokiga 3.3 V chiqish kuchlanishini uzatish bo‘yicha qo‘shimcha talab kiritilgan. Tizim plataga ATX elektr ta’minot bloki 20 kontaktli ulash joyi yordamida ulanadi.
6.6-jadval. Tizim platasiga ulanish uchun elektr ta’minlash ulanish joyi.
Kontakt
Simning rangi
|
Signal
|
Kontakt
|
Simning rangi
|
Signal
|
1 Olo‘v rang
|
+3,3 V
|
11
|
Olov rang
|
+3,3 V
|
2 Olo‘v rang
|
+3,3 V
|
12
|
Olov rang
|
-12 V
|
3 Qora
|
Er
|
13
|
Qora
|
Er
|
Qizil
|
+5 V
|
14
|
Yashil
|
PSOn
|
Qora
|
Er
|
15
|
Qora
|
Yer
|
Qizil
|
+5 V
|
16
|
Qora
|
Yer
|
Qora
|
Er
|
17
|
Qora
|
Yer
|
Oq
|
Power_good
|
18
|
Ko‘k
|
-5V
|
Siyoh rang
|
+5VSB
|
19
|
Qizil
|
+5 V
|
JO Sariq
|
+12 V
|
20
|
Qizil
|
+5 V
|
Odatdagi elektr ta’minot blokida 38.1-rasmdagi, pereferik qurilmalar uchun 2 ta elektr ta’minot ulanish joylari, disk yurituvchilar 2 ta ulanish joylari, bitta yordamchi va 12 V kuchlanish beruvchi bir ulanish joyi bo‘ladi.
38.2- jadval. Qattiq disklarni va boshqa qurilmalarni ulash uchun elektr ta’minlash ulanish joyi.
Kontakt
|
Simning rangi
|
Signal
|
1
|
Sariq
|
+12 V
|
2
3
4
|
Qora
Qora
Qizil
|
Yer
Yer
+5 V
|
38.2-rasm. ATX elektr ta’minot bloki.
Kompyuterni sovutish. Ma’lumki, qancha katta chastota bilan mikroprotsessor ishlasa, shuncha ko‘p issiqlik chiqaradi. Birinchi kompyuterlar sekin ishlaganliklari sababli, uncha qizib ketmagan. Ularni sovitish uchun elektr ta’minoti blokida bitta ventilyator kifoya edi. Havo korpusning oldingi paneli teshiklaridan surilib, orqa panelidan chiqarilar edi.
Kuler (ventilyator va radiator kombinatsiyasi)Pentium II protsessorning SECC katridjiga ulanadi.Elektr ta’minot ventilyatorga maxsus ulanish joylar orqali uzatiladi.
Pentium 133 protsessorni sovutish uchun o‘ziga mahkamlangan kuler ishlatiladi(6.7- rasm).
Bunday vazifa 4,77 MGts dan 66 MGts chastotasida ishlovchi protsessor uchun effektiv hisoblangan. (486 DX2 protsessorlar uchun).
Ammo, 100 MGts chastotada ishlovchi mikroprotsessorning paydo bo‘lishi bilan, undan chiquvchi issiqlik faqatgina mikroprotsessorlarning o‘zini ishiga emas, balki boshqa komponentalarning normal ish tartibiga xalaqit bera boshlaydi. Ushbu muammoning echishning uchta yoli bor
1. Radiatorni protsessorga qo‘yish. Bunda metaldan qilingan moslama issiqlikni yutib, tizim ventilyator chiqarayotgan havo oqimidan chiqaradi.
38.3-rasm.
2. Qo‘shimcha vantilyator qo‘shish. Aylanuvchi ventilyator issiqlikni yutib, protsessorni sovutadi. Ayrim hollarda ventilyator radiator bilan birga ishlatiladi.
3. Tizimni sovutish. Zamonaviy kompyuterning korpusiga, ya’ni oldingi yoki orqa panelga, elektr ta’minot bloki yoniga va mikrosxemaning o‘ziga qo‘shimcha ventilyator qo‘yish mumkin. Qizib ketishning oldini olishning eng yaxshi yo‘li bu to‘g‘ri loihalashtirilgan korpusli kompyuter sotib olish va ishlab chiqaruvchining qo‘shimcha sovutish bo‘yicha maslahatlarini olishdir.
6.8-rasmda maxsus sovutish qurilmasi ko‘rsatilgan. U 3.5 dyumli bo‘limga o‘rnatilgan bo‘lib, vertikal korpusning old tarafidagi havoni tashqariga tortib chiqaradi. Sovutgich qurilmasi, korpusni ichki tarafidan sovutish uchun, 3.5 dyumli bo‘limga joylashtiriladi. Oddiy ulanish joyi orqali elektr ta’minlanadi. Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ventilyatorni disk yurituvchi va qattiq disk tepasida joylashtirishni tavsiya etadi.
38.4-rasm.
Elektr ta’minotga tegishli kabellarning to‘plami ichki qurilmalarni (tizim platasi, disklar va h.k.) ulashga mo‘ljallangan. Kengroq korpuslarda 4ta 3.5 dyuymli va 3ta 5.25 dyuymli qurilmalar uchun bo‘limlar mavjud. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, korpusning oldi tarafida ventilyator uchun ham bo‘sh joy bor.
Yana bir sovutgichli moslama turi bo‘lib u orqa panel orqali havoni suradi. Bunda SIIA Air Cooler Pro bentilyatori 38.4-rasmda keltirilgan. Bunday moslama hech qanday kontaktlarsiz shinaning ulanish joylariga qo‘yiladi. Kuchlanish odatdagi ulanish bo‘yicha blok питаниядан tushadi. Air Cooler korpusiga bir necha santimetrga chiqib issiqlik manbaasiga qaratiladi. Havo orqa panelining teshiklaridan ayriladi. (albatta tizimda ISA yoki sovutkichni o‘rnatish uchun PCI ulanish joylari bo‘lishi kerak).
38.5-rasm.
Bu ventilyator, korpusdagi old tarafda joylashgan bo‘shliqqa o‘rnatiladi. Kuchlanish esa xoxlagan elektr ta’minoti joyidan uzatiladi.
Yanada kuchliriq bo‘lishi uchun uchinchi ventilyatorni ham o‘rnatish mumkin. Ayrim korpus modellarida maxsus ventilyatorlar uchun joylar mavjud, ular tirli qurilmalarni sovutish uchun mo‘ljallangan.
Oldi panelida 10/16/24 forma CD-RW to‘plovchi va disk yurituvchi, bundan tashqari, “5,25” va “3,5”qurilmalar uchun qo‘shimcha joylar mavjud. Tizim blokining quyi qismida ikkita USB – porti va eshitish qurilmalari, hamda boshqa multimediya qurilmalari uchun shtekerlar joylashgan. Tizim blokining yuqori qismida esa 40 Gbayt hajmga va USB interfeysga egabo‘lgan tashqi qattiq disk joylashgan. Ikki tarafida stereofonik kolonkalar, pastda esa (u rasmda ko‘rinmaydi) quyi chastotali dinamik joylashgan. ShK, tashqi disk va monitor uzluksiz elektr ta’minotiga ulangan.
Agarda, korpusning orqa va oldi paneliga yana bitta ventilyator o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, unda xarid kalayotgan qurilma haqiqatdan ham sifatli va shovqinsiz ishlashiga ishonch hosil qiling.
Ko”pincha plastik korpusda joylashgan yengil va unsiz ishlovchi ventilyator tavsiya etiladi.
Elektr ta’minot blokining ostida mini-ATX form-faktorning tizim platasiga ulangan portlari joylashgan. Soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha, tepa chap burchakdan boshlab DB-15 ketma-ket porti, DB-25 parallel porti, sichqoncha uchun PS/2 ulanish joyi, ikkita USB portlar va klaviatura uchun PS/2 ulanish joyi. Ba’zi bir zamonaviy tizimlarda kabellarni va ulanish joylarni rangli kodlanishi amalda oshiriladi. Bu esa kompyuter yig‘ishni osonlashtiradi.
Intel kompaniyasining zamonaviy tizim platalarida mikrosxemalar to‘plami yordamida apparat ta’minotning holatini, shuningdek mikroprotsessor va boshqa komponentlarning temperaturasini nazorat qiluvchi funktsiya mavjud. Shuningdek, tizim plata ventilyatorlarning aylanish tezligini nazorat qiladi, kerak bo‘lganda sovutish sharoitlarini yaxshilashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |