``` `1Kirish


Xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish



Download 24,89 Mb.
bet16/158
Sana14.07.2022
Hajmi24,89 Mb.
#796510
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158
Bog'liq
shk fani ma\'ruza matni

Xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish. DMA (Direct Memory Access) xotirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish kanallari, mikroprotsessorlar aralashuvisiz tizim xotiraga periferik qurilmalardan ma’lumotni to‘g‘ri yetkazish imkoniyatiga ega. Bunday yangilik ma’lumotlarning uzatilishini tezlashtiradi va protsessorga kamroq yuk tushiradi.
Ayrim “eskirgan” kompyuterlarning klonlari DMA kanallaridan foydalanishmagan, ammo hozir ShK ning har bir oilasi amaliy bu funktsiyadan foydalaniladi. Eski kompyuterlarda foydalanuvchi o‘zi qurilmalarda DMA kanallarini belgilashi kerak edi, zamonaviy tizim platalari esa Plug-and-Play texnologiyasidan foydalangan holda, bu jarayon avtomatlashtirilayapti.
ShKning periferiya qurilmalarining ko‘pchiligi, disk yurituvchidan tashqari doimo to‘g‘ridan-to‘g‘ri xotiraga kirishni ishlatadi. Jumladan rezerv nusxa olishning ayrim dasturlari disk yurituvchining ma’lumotlar oqimini, DMA kanallaridan foydalangan holda nusxa olishning tezligini oshirish uchun o‘zgartirishi mumkin.
Zamonaviy kompyuterlarda DMA funktsiyasi, mikrosxemalar to‘plamini tizim platasiga integratsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Eski kompyuterlarda DMA boshqarishi uchun alohida mikrosxemalar ishlatilgan. Ular tizim platasiga kavsharlab ulangan bo‘lib, ishdan chiqqanda almashtirib bo‘lmas edi. Shuning uchun DMA nazoratchining mikrosxemasi yoki qo‘shilgan mikrosxemalar to‘plami buzilsa, butun boshli tizim platasini almashtirish kerak edi. Bugungi kunda bunday muammolar yo‘q desa ham bo‘ladi.
Shinalar. Shina - bu kompyuter ichidagi asosiy magistral. Eski kompyuterlarda mikroprotsessor, xotira, TXQ va hamma kengayish platalarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlagan. Yangi kompyuterlarda esa, mikroprotsessor bilan kompyuterning barcha qolgan qismlari ulanadigan, bir nechta maxsus belgilangan shinalarni birlashtiradi. ShKning eski shinalariga 8 razryadli PC, 16 razryadli AT, ISA, EISA, MCA, VL-bus va PCI ning 32 va 64 razryadli shinalari kiradi. Hamma kompyuterlarda tizim platasidagi ulanish joylaridan boshqarish mikrosxemasi va protsessorga boruvchi yo‘llar bir xildir. Yuqori sifatli shinalar kengroq va tezkor ishlaydi.
Zamonaviy oddiy kompyuterlarda ikkita shina bo‘ladi. Birinchisi bu tizim shina yoki local shina. U mikroprotsessorni xotira tizimi bilan bog‘laydi. Tizim platasida tizim shina most orqali periferik shinaga ulangan. Ko‘prik tizim platasining mikrosxemalar to‘plami bilan boshqariladi. Tez ta’sirli protsessorlari va TXQning paydo bo‘lishi bilan ishlab chiqaruvchilar protsessor va xotira orasidagi yo‘lni qisqartirib yo‘q qilishmoqchi bo‘ldilar. Zamonaviy kompyuterlarda ikki qavatli mustaqil PIB shinasi ishlatiladi. U asosiy va qo‘shimcha shinalar bilan tizim shinasining o‘rnini bosadi. Asosiy shina tizim xotirani protsessor (xotira nazoratchisi boshchiligida), tizim xotira va protsessorga boruvchi boshqa qo‘shimcha shinalar bilan bog‘laydi. Qo‘shimcha shina protsessorning to‘g‘ri va tez kesh xotira sathi bilan bog‘liqligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Zamonaviy shinalar. Zamonaviy kompyuterlar PCI shinali platalardan foydalanadi. Ayrim platalarda ISA sekin ishlaydigan va eskirgan shinalar uchun bir nechta ulanish joylari bo‘ladi. Ular eski adapterlarni ulash uchun zarurdir.
PCI shinasi oldin 32 razryadli bo‘lib, 33 yoki 66 MGts chastota bilan ishlagan. Hozirgi kompyuterlar esa PSI qurilmalari bilan 100 yoki 133 MGts chastotali tizim shinalari bilan ishlaydi. Bu shina egalik qilish texnologiyasi bo‘yicha ishlaydi va ma’lum qurilmalarning shinani boshqarish va protsessordan mustaqil ishlashga imkon beradi. 32 razryadli standart platalarda 120 ta faol kontakt va platani to‘g‘ri joylashtirish uchun 4 ta qo‘shimcha va hammasi bo‘lib 124 ta kontakt bor. ISA shinasining 64 razryadli versiyasi serverlarda va ishchi stansiyalarda ishlatiladi. Ikkinchi 32 bitli ma’lumotlar qo‘shimcha 60 ta kontaktdan uzatiladi (natijada plata 184 ta kontaktga ega).
Undan ham eski PCI shinalari tizimida EISA yoki VL-bus shinalari bilan kombinatsiya qiladi. ISA shinasi PS AT kompyuterlari va uning klonlari uchun ishlab chiqilgan edi. Bunda 16 razryadli shina uchun ikkiga bo‘lingan ulanish joyi ishlatilgan. Uning biri 62 kontaktli ulanish joyi bo‘lib, birinchi IBM PC va XT kompyuterlarining 8 razryadli shinasi bilan mexanik jihatdan bir xil. Buning oqibatida 8 razryadli eski shinalar ISA shinali Pentium va 286, 386, 486 protsessorlar bazasidagi kompyuter tarkibida ishlashga imkon beradi.
Eng eski” kompyuterlar shinasi. PC va PCX kompyuterlarida PC shinasi ishlatilgan. U 8 razryadli bo‘lib har bir kengayish platalari uchun bir donagina 62 kontaktli ulanish joyiga ega bo‘lgan.
EISA tizim platalarida 8 razryadli oddiy platalar, shuningdek ISA yoki EISA ning 16 razryadli platalari qo‘shiladigan universal ulanish joyi ishlatiladi.
MCA shinalari ikki turda bo‘ladi: 16 va 32 razryadli. 16 razryadli plataning 58 juft kontakti bo‘lib ular ikkala tomonga joylashib, jami 186 ta kontaktni tashkil qiladi. MCA platalari boshqa adapterlarga nisbatan shovqin beradi.
VL-bus (yoki VESA lokal shinasi) tizim platasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishni ta’minlaydi. Uning tezligi protsessor tezligi bilan teng. Ayrim birinchi VL-bus shinalari ishlatiladigan tizimlarda patentlangan plata va ulanish joylar foydalanilgan, keyinchalik ular standartlashtirilgan. Shunday qilib VL-bus shinalari uchun platalar ikki ketma-ket joylashgan ulanish joylariga birdan ulanadi.




Download 24,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish