Mikrosxemalar to‘plami. Bir necha maxsus mikrosxemalarsiz, ya’ni tizim platada joylashgan mikrosxemalar to‘plami yoki chipsetsiz protsessor ishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu mikrosxemalar protsessor, BIOS va shinalarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi. (asosan Intel, AMD va VIA kompaniyalari ishlab chiqaradi). Ko‘p hollarda tizim platasi shunday loyihalanganki, ma’lum bir mikrosxemalar to‘plami uchun, bu sxemalar unga qulay darajada ulangan bo‘lib, ularni almashtirib bo‘lmaydi.
BIOS. BIOS kiritish/chiqarish baza tizimi kompyuter ishidagi eng past sathda apparat ta’minotni boshqaradi. Yuqorida qayd qilinganidek, tizim platalarida TXQ mikrosxemalari bor, unda tizimli BIOSning dasturiy kodi yozilgan. BIOS mikrosxemalarida muhim amaliy yo‘riqlar mavjud, ular disk yurituvchi, videoadapter va boshqa qurilmalar bilan ishlashi uchun zarur.
Savol va topshiriqlar
Operatsion tizim qanday yuklanadi.
Operatsion tizim yuklash turlarini tushuntiring.
Windows 2000 Professional tizimi qanday masshtabli tashkilotlarda ishlatiladi.
Windows 98 ning tizimni tushuntiring.
Windows NT tizimlarda serverdan foydalanish.
Windows 2000 Server qanday imkoniyatlarga ega.
7- Mavzu: Prosessordan BIOSni boshqarish va uni to’xtatish
Reja:
1. Prosessordan BIOSni boshqarish va uni to’xtatish
2. Tezkor xotira qurilmasi
3. Xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish
Tayanch so’z va iboralar: RIMM modulli, DMA funktsiyasi, PC va PCX, Shina, BIOS
Tezkor xotira qurilmasi (TXQ) yoki tizimli xotira, operatsion tizim va dastur ishida foydalaniladigan ma’lumotlarni saqlash uchun vaqtincha joy hisoblanadi. Zamonaviy kompyuterlarining deyarli hammasi, tizim platasining maxsus razyomlarida joylashtirilgan modullar ko‘rinishidagi katta hajmdagi tezkor xotira bilan ishlaydi. Ko‘pincha DIMM-xotirali modul turi ishlatiladi. Ayrim so‘nggi Pentium IV protsessori bazasidagi tizimlarda RIMM modulli tezkor Rambus xotiradan, eskirgan kompyuterlarda esa, kam hajmdagi SIMM modullardan foydalaniladi. Windows XP operatsion tizimi kompyuterlar kamida 64 Mbaytli xotiraga ega bo‘lishi kerak. Grafik ilovalarni aktiv ishlatadigan kompyuterlar esa 128 va 256 Mbaytli xotiraga ega bo‘lishlari kerak. Windowsning oldingi versiyalaridagi kompyuterlar kamroq xotira soni bilan ishlagan, ularda 64 Mbaytdan past bo‘lmagan xotira hajmidan foydalangandagina maksimal tezlikka ega bo‘lgan.
Birinchi IBM PC kompyuterlar alohida uyalarida joylashgan 16 yoki 64 Kbayt hajmdagi xotira bilan ishlagan. Keyinchalik hajmi 640 Kbayt bo‘lgan xotiralar ishlatildi. Bu katta hajm hisoblangan va narxi ham baland bo‘lgan. Bunday kompyuterda Windows yoki zamonaviy ilovani ishlatib bo‘lmaydi. Bugungi kunda bunday kompyuterni modernizatsiya qilish kerak emas, undan ko‘ra yangi tizim platali yoki bo‘lmasa, zamonaviy periferik moslamali yangi kompyuter tizimi ancha arzonga tushadi.
Birinchi ShKning tizim xotirasini 640 Kbaytgacha cheklash, keyingi har bir operatsion tizim uchun poydevor bo‘ldi. Bir necha yillar mobaynida, 640 Kbayt dan ko‘proq hajmli xotiraga ega bo‘lish yo‘llari qidirildi. DOS uchun, Windows operatsion tizimi va ko‘plab multimediya dasturlarida ishlatish uchun TXQning qo‘shimcha hajmi zarur va shart bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |