Qattik disk – programma va ma’lumotlarni doimo saqlaydi Disketalar ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish va ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Asosan 5,25 va 3,5 dyumli disketalardan foydalaniladi. 5,25 (1,33mm) dyumli disketalar hajmiga ko’ra turlicha bo’ladi:180, 360 (Double Side/Double Density, DS/DD) Kbayt va 1,2(Double Side/High Density, DS/HD), 2 Mbayt.
Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan programmalar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun qo’llaniladi. Ular operatsion sistema programmalari, taxrirlagichlar, programmalash sistemalari, amaliy programmalar, ma’lumotlar va hakazolar. Qattiq disklarning hajmi turlicha bo’ladi:
IBM PC XT da - 20 Mbayt, IBM PC AT da - 40 Mbayt, 80386SX, 80386DX, 80486SX mikroprotsessorli kompyuterlarda - 110- 120 Mbaytgacha, 80486 Dx da 120-540,640,850 Mbaytgacha.
Murakkab ishlar uchun, katta hajmli ma’lumotlar uchun 1-2 Gbaytli va bundan yuqori hajmdagi qattiq disklar mavjud. Zarur holda, qattiq diskni kattaroq hajmdagisiga almashtirish yoki bir necha diskdan foydalanish mumkin.
Bilimingizni tekshirib oling!
Protsessor turlari haqida ma’lumot bering?
Mikroprotsessor qismlari haqida ma’lumot bering?
Operativ xotira turlari haqida ma’lumot bering?
Disketalar haqida ma’lumot bering? Qattik diskning tashqi ko’rinishi haqida ma’lumot bering?
11 - MAVZU: Qattiq diskni tanlash va o’rnatish
Reja
Qattiq diskni o‘rnatish
To‘plovchining konfiguratsiyasi.
Tizim konfiguratsiyasi.
To‘plovchining turini avtomatik tarzda aniqlash.
Tayanch so’z va iboralar: Double Side/High Density, Defragmentatsiyalash utilitlar, Tizim konfiguratsiyasi., BIOSl
Qattiq disklarni yuzasini tahlil qiluvchi dasturlar, ma’lumotlar ishonchli darajada saqlanayotganligini aniqlash uchun, o‘qish/yozish operatsiyalari bajariladi. Murakkab algoritmlar asosida yaratilgan utilitlar, DOS o‘qiy olmagan ma’lumotlarni tiklab beradi. Agarda, yuklanuvchi disk shikastlangan bo‘lsa, unda operatsion tizim diskni aniqlay olmaydi va tegishli xato to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ko‘pincha shunday hollarda kompyuter osilib qoladi. Agarda, FAT jadvali salgina shikastlangan bo‘lsa, unda DOSdagi CHKDSK, shuningdek, uning o‘zlashtirilgan versiyasi SCANDISK buyruqlari yoki maxsus utiliti ma’lumotlar klasterlarini aniqlaydigan ko‘rsatkichlarni tiklashlari mumkin. Agarda FAT jadvali butunlay shikastlangan bo‘lsa, ko‘rsatkichlar va diskdagi ma’lumotlar yo‘qoladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ma’lumotlar diskda qoladi, lekin ulardan foydalanib bo‘lmaydi.
CHKDSK DOS versiyalarida, keyinchalik esa Windowsning dastlabki versiyalarida mavjud bo‘lgan. Windows 95/98 versiyalarida esa Microsoft kompaniyasi, yuqori funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan, SCANDISK dasturini tavsiya etadi. Windows XP da esa, ko‘pgina yangi funksiyalar, shuningdek, NTFS bo‘limlarining tiklanishi va ular to‘g‘risida ma’lumot beruvchi, CHKDSK dasturning yangilangan versiyasi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |