Tashqi ishlab chiqaruvchialarning kengroq imkoniyatlarga ega bo‘lgan yuzani tekshiruvchi utilitlari.
Bunday mahsulotlarga Norton Utilities va SpinRite kiradi. Ulardan yo‘qolgan ma’lumotlar qismlarini aniqlash uchun, ma’lumotlarni diskning ishonchli maydoniga olib o‘tish, shuningdek, shikastlangan sektorlarni “yopish uchun” foydalaniladi. Bu dasturlar ishlatish uchun juda ham qulay, ular yordamida o‘rta statik diskni qayta ishlash uchun, kamida bir soat vaqt ketadi. Ularning asosiy afzalliklari shundan iboratki, ma’lumotlarni yo‘qotishdan oldin sektor shikastlanganligi to‘g‘risida xabardor bo‘lishingiz mumkin.
Biroq, Norton SystemWorks yoki Norton Utilities larning asosiy afzalliklari – FAT jadvali shikastlangan yoki boshqa muammolarga duch kelgan diskdagi ma’lumotlarni tiklash. Agarda, qattiq disk shikastlangan bo‘lsa, hamma ma’lumotlarning rezerv nusxasini yaratib, uni yangisiga almashtiring.
Diskning fizik shikastlanishidan tashqari, uning eng muhim muammolaridan biri- katta faylning o‘rtasidagi shikastlangan sektor. Agarda sektor butunlay o‘qilmaydigan bo‘lsa, faylning qolgan qismi yo‘qoladi. DOS va Windows operatsion tizimi uncha katta bo‘lmagan muammolarni, masalan, bitta belgini, bartaraf etish imkoniyatga ega. Lekin, hech qaysi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan dastur hajmi 11 baytdan katta bo‘lgan ma’lumotni tiklay olmaydi.
Siz, oxirgi marta, qachon o‘z fayllaringizni rezerv nusxalarini yaratgansiz?
Defragmentatsiyalash utilitlari
Fayllarni qattiq diskga saqlashda, amaliy tizim ularni bo‘sh joylarga joylashtiradi. Hozirgina formatlangan diskda fayllar bir fragment ko‘rinishida saqlanadi. Keyingi faylni saqlashni esa, AT oldingi faylni oxiridan boshlab, uni ham bir fragment ko‘rinishida saqlaydi.
Birinchi faylni ochib, uni hajmini o‘zgartirganingizdan so‘ng difragmentatsiyalash jarayoni boshlanadi. AT yangi ma’lumotlarni faylni oxiriga saqlay olmaydi, chunki bu fayldan so‘ng boshqa faylni ma’lumotlari saqlanadi.
Agarda ba’zi bir faylni ochmoqchi bo‘lsangiz, qattiq disk FAT jadvaliga murojaat etadi, chunki bu jadvalda fayllar fragmentlari to‘g‘risida ma’lumotlar ro‘yxati mavjud.
Lekin, fragmentlangan fayllarni ochish uchun ancha vaqt talab qilinadi, agarda, FAT jadvali shikastlangan bo‘lsa ularni umuman o‘qib bo‘lmaydi. Bu muammoni yechish uchun fayllarni defragmentatsiyalashni muntazam ravishda bajarishingiz tavsiya etiladi.
Kompyuterga qattiq diskni o‘rnatish uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
to‘plovchi (накопитель)ni sozlash;
nazoratchi (kontrollyor)ni yoki interfeys uskunasini sozlash;
to‘plovchini kompyuterning korpusiga o‘rnatish;
tizimni to‘liq sozlash;
diskni mantiqan taqsimlash;
yuqori darajadagi formatlashni bajarish.
Qattiq diskni o‘rnatishga kirishishdan avval kompyuter to‘plovchisining, nazoratchisining yoki BIOS tizimli asosiy adapterlarining va boshqa uskunalarining hujjatlarini o‘rganib chiqish lozim. Kompyuterga nimadir xarid qilinganida, undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma, uskunaning tavsifnomasi bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish kerak. Odatda, ko‘pchilik ehtiyot qismlar va uskunalar uchun ularga ilova qilinadigan yo‘riqnoma va tavsifnomalarning o‘zi yetarli bo‘ladi. Lekin kompyuterga professional xizmat ko‘rsatish uchun kompyuterning hamma tarkibiy qismlariga tegishli hujjatlarga to‘liq ega bo‘lish kerak. Hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hollarda ishlab chiqaruvchi firmaga bevosita murojaat qilib, unga mahsulotning to‘liq texnik tavsifnomasini buyurtma qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |