Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti
television texnologiyalri fakulteti
511-21
guruh
talabasi
Shavkatov Dilmurod ning Kiberhavfszlik
fanidan 1-mustaqil ish
Toshkent 2022.
Zararkunanda dasturlarning turlari
DILMUROD SHOVKATOV
Zararkunanda dasturlarning turlari
Viruslar, chuvalchanglar, troyanlar va boshqa zararkunandalar haqida
Kompyuter viruslari tezkor evolyutsiyalanmoqda.
Xavfsizlik texnologiyalari bilan o‘tkir raqobat muhitida, viruslar ham o‘z
strategiyasini o‘zgartirib, mukammallashib boryapti. Kompyuter viruslari tarixi
qanday boshlangan edi va uning keyingi yo‘nalishi qanday bo‘ladi? Biz
Orbita.Uz
’da Sizga shu haqida hikoya qilishga jazm qildik.
Germaniya. Tez tibbiy yordam mashinasi Dyusseldorfdan qo‘shni shaharcha –
Vuppertalga shoshib uchib bormoqda. Og‘ir ahvoldagi qariya
bemorga zudlik bilan
tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim. Vrachlar jarrohlik amaliyotini boshlashadi, lekin
allaqachon kech bo‘lgan edi. Bemor ayol vafot etdi.
Bu hodisaning sababi – Dyusseldorf klinikasida kerakli tibbiy jihozlar yo‘qligidan
emas. Gap shundaki, bu voqeadan bir kun avval amalga oshirilgan xakerlar hujumi
oqibatida, 30 ta server qatorida Dyusseldorf shahar klinikasida ham axborot tarmog‘i
ishdan chiqqan edi va kasalxonaning barcha axborot tarmoqlari ikki hafta muddatga
ishdan to‘xtab qolgandi. Natijada, ushbu kasalaxonada qilinishi rejalashtirilgan
operatsiyalarni boshqa klinikalarga ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan,
bemorlarni qabul
qilish to‘xtatilgan va umuman, kasalxona o‘z funksiyalarini bajara olmay qolgan.
Xakerlar hujum obyektini noto‘g‘ri tanlashgan edi va keyinchalik, o‘z xatolarini
tushungan holda, serverlardagi ma’lumotlarni tiklash kalitini ham o‘zlari
taqdim
etishgan. Lekin allaqachon kech bo‘lgandi. Shu tariqa, 2020-yilda, tarixda birinchi
marta, kiberhujum natijasida odamning vafot etishi hodisasi ro‘y berdi.
Kompyuterlar endi-endi paydo bo‘layotgan o‘sha 1949-yildayoq, hali kelgusida
kompyuterlarni zararlaydigan virus dasturlarning paydo bo‘lishi haqida taxmin
bildirgan matematik olim Jon fon Neyman ehtimol
ish bu qadar jiddiylashib
ketishini o‘ylamagan bo‘lsa ham kerak. Dasturiy kodning zararli qismiga nisbatan
«virus» tushunchasini qo‘llagan mutaxassis Fred Koen ham ehtimol bu darajada
yomon oqibatga olib keladigan kompyuter viruslari paydo bo‘lishini bilmagan
bo‘lsa kerak. Aynan Fred Koen 1983-yilda ilk bora o‘z-o‘zini ko‘paytiradigan dastur
ishlab chiqqan edi va buning uchun u atiga 8 soat vaqt sarflagan...
Viruslarning kelgusidagi evolyutsiyasi qanday bo‘lishini hozir prognoz qilishning
deyarli imkoni yo‘q. Lekin, kompyuter viruslarining shu kungacha qanday rivojlanib
kelgani tarixini evolyutsion ko‘rib chiqish mumkin. Lekin, keling avvaliga terminlar
bilan tanishib chiqamiz. Mutaxassis bo‘lmagan oddiy
kishilar har qanday zararli
dasturni virus deb atashadi. Mutaxassislar nazdida esa, viruslar bu – nihoyatda
xilma-xil va juda turli tuman bo‘lgan zararkunanda dasturlarning kichik bir
qismini
tashkil etadi xolos. Qulaylik uchun biz, bunday zararkunanda dasturlarni shunchaki
«zararkunandalar» deymiz.