Pokistonda ta’lim tizimi



Download 21,77 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi21,77 Kb.
#94544
Bog'liq
Pokiston
2 5442724836872814730, blank-trafaret-zebra, blank-trafaret-zebra, 160938-catastrophe-template-16x9, oferta-plastik-card, oferta-plastik-card, Harakatlar strategiyasi, 7-sinf Jahon tarixi -Muhammadiyeva Farangiz, MU, Тарих 2015, Buxgalteriya hisobining axborot ta, ТЕСТ 666, 5538 КАР, magnit materiallarini qollanishi, magnit materiallarini qollanishi, Мавзу 16 (6) Ахоли фаровонлиги ва ижтимоий таъминот 3 топшириқ(1-u)

  1. POKISTONDA TA’LIM TIZIMI

Pokistonda umumiy taʼlim haqida qonun qabul qilinmagan. Pokiston umumtaʼlim maktablari tuzilishi quyidagicha: boshlangʻich maktab (1—5-sinflar); toʻliqsiz oʻrta (6—8-sinflar); oʻrta (9— 10-sinflar); oliy (yuqori) maktab (11 —12-sinflar). Oliy (yukrri) oʻrta maktabni, shuningdek, oraliq kollejni tugatganlar oliy oʻquv yurtlariga kirish xuquqiga ega. 90-yillar oʻrtalarida 168 ming maktab, 690 kollej, 23 universitet boʻlgan. Barcha turdagi maktablarda 16,9 mln., kollej larda 610 ming, universitetlarda 76 ming kishi oʻqidi. Oʻqituvchilar soni: barcha turdagi maktablarda — salkam 550 ming, kollejlarda — 56 ming, universitetlarda — 6 ming. Maktab oʻqituvchilari maxsus maktablar, ‎institut va kollejlarda tayyorlanadi. Yirik universitetlari: Karochidagi Karochi universiteti (1951), Tibbiyot fanlari universiteti (1983), Lohurdagi mu-handislik-texnologiya universiteti (1961), Islomoboddagi Qaid-ye-Aʼzam universiteti (1965), Xalqaro Islom universiteti (1980), Lohurdagi Panjob universiteti (1882).

Fanning rivojlanishini rejalashtirish bilan Fan va texnika qoʻmitasi, fan yutuqlarini joriy etish bilan Fan va texnika tadqiqotlari kengashi shugʻullanadi. Eng yirik ilmiy muassasalari: Pokiston fan taraqqiyoti assotsiatsiyasi, Pokiston fanlar akademiyasi, Atom energiyasi komissiyasi, Atmosferaning yuqori katlamlari va kosmik fazoni tadqiq etish qoʻmitasi, Geofizika ilmiy tadqiqot ‎instituti, Paxtachilik ilmiy tadqiqot ‎instituti va boshqa Bundan tashqari, tibbiyot, iqtisodiyot, xalqaro munosabat, adabiyot va til masalalarini oʻrganuvchi ixtisoslashgan ilmiy ‎institut va jamiyatlar mavjud.

Yirik kutubxonalari: Qaid-ye- Aʼzam universiteti kutubxonasi, Karochi universiteti kutubxonasi, Panjob universiteti kutubxonasi, Hamdard fondi kutubxonasi, Markaziy kotibiyat kutubxonasi, Pokiston milliy kutubxonasi (Islomobod). Yirik muzeylari: Karochidagi Pokiston milliy muzeyi, Lohur muzeyi, Peshovar muzeyi, Lohur qalʼasi muzeyi, Milliy muzey (Islomobod) va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir]

Pokiston hududida chiqqan dastlabki gazeta "Koʻxi nur" gazeta (1850, Lo-hur)dir. 1990-yillar oʻrtalarida 2,5 mingga yaqin gazeta va jurnal chiqqan. Yirik gazetalari — urdu tilida: "Jang" (1937 yildan), "Imroʻz" ("Bugun", 1948 yildan), "Mashriq" ("Sharq", 1963 yildan), "Navaye vaqt" ("Davr ovozi", 1940 yildan); ingliz tilida: "Doon" ("Tong", 1942 yildan), "Pakistan tayms" ("Pokiston vaqti", 1947 yildan), "Muslim" ("Musulmon", 1979 yildan), "Star" ("Yulduz", 1951 yildan) va boshqa Assoshieyted Press of Pakistan, xukumat axborot agentligi (1947 yildan), Pokiston Press Interneshnl, xukumat taʼminotidagi xususiy axborot agentligi (1956 yildan), Yunayted Press of Pakistan, xususiy axborot agentligi (1949 yildan) faoliyat koʻrsatadi. 1947 yil Lohur va Peshovarda radiostya boʻlgan. 90-yillar oʻrtalarida 22 radiostya va oʻtkazgich ishladi. Radiostyalar mamlakatning asosiy tillarida kuniga 302 soat eshittirish beradi. Xalqaro xizmat Osiyo, Afrika va Yevropaning 71 tilida ishlaydi. Ularni Pokiston radioeshit-tirish korporatsiyasi (hukumat mahkamasi, 1947 yildan) nazorat qiladi. Te-lekoʻrsatuv 1964 yildan boshlangan, 5 telemarkaz ishlaydi. Ularning ishiga Pokiston televideniye korporatsiyasi (1967 yildan) rahbarlik qiladi.

Adabiyoti[tahrir]

Pokiston adabiyoti urdu, panjobiy, sindhiy, pushtun, baluch, bra-guyi, shuningdek, arab, fors, guja-ratiy, ingliz va boshqa tillarda yaratilgan yozma badiiy merosdan iborat. Ming yillar mobaynida Hindiston xalqlari yaratgan folklor va yozma adabiyot Pokiston va Hindistonning umumiy boyligidir. Pokiston tashkil topgan davrda Pokiston xalklari adabiyotining rivojlanishi turlicha boʻlgan, urdu, sindhiy va panjob adabiyoti rivojlangan edi. Pokistonning Hindistondan ajratilishi dastlab adabiyot rivojiga maʼlum darajada sal-biy taʼsir qildi — nashriyotlar, ada-biy jurnallar yopildi, yozuvchilar tashkilotlari tarqab ketdi. 1949 yilda Pokiston taraqqiyparvar yozuvchilari assotsiatsiyasi tashkil etildi, lekin tez orada taqiqlandi. 1959 yilda Pokiston yozuvchilari gildiyasi tuzildi. Hamma tillarda sheʼriyat ustun, urdu va sindhiy ada-biyotlarida nasr birmuncha rivojlangan. Professional teatrning yoʻkligi tufayli dramaturgiya uncha rivojlanmagan. "Pokiston badiiy akademiyasi" (Islomobod), "Urdu akademiyasi" (Karochi), "Ikbol akademiyasi" (Lohur) va boshqa badiiy ilmiy tadqiqot muassasalari mumtoz ada-biyotni chop etish, Pokiston xalklari tillariga tarjima qilish kabi ishlarni olib boradi.

Urdu adabiyotining atokli vakillari — Fayz Ahmad Fayz (1911—84), Joʻsh Malihobodiy (1896—1982), Ahmad Nadim Qosimiy (1916), Forigʻ Buxoriy (1918—97), Ahmad Faroz (1926) va boshqa Realist adiblar S.H.Mantoʻ (1912—55), Gʻulom Abbos (1909—88), Mirzo Adib (1914). Mumtoz Mufti (1905—95) hikoya janrining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshdi. Soʻnggi oʻn yillarda shoiralar Kishvar Nahid (1940), Ado Jaʼfariy (1924), Fahmida Riyoz (1946), Zuxra Nigoh, shoirlardan Habib Jolib, Iftixor Orif va boshqa salmoqli asarlar yaratdilar. instituti-zor Husayn, Anvar Sajjod (1935), Jamila Hoshimiy va boshqa adiblar oldingi safga chiqdilar. Romannavislardan Aziz Ahmad, Xadija Mastur, ShavkatSiddiqiy, Intizor Husaynlarning nomi mashhur. Urdu tilida "Afkor", "Sip", "Funun", "Avroq", "Tulu-yeafkor" adabiy jurnalari chop etiladi.

Sindhiy adabiyotining vakillari — shoirlar Bevas, Ayoz Shayx, Murod Ali Kozim, haydar Baxsh Jatoʻy, sindhiy nasrining asoschisi Mirza Kalich Beg va boshqa 20-asr 2yarmida mashhur adiblar safiga Jamiluddin Abru, Tanvir Ab-bosiy, Qurbon Ali Bugtiy, Ammar Jalil, Rasul Baxsh Palejoʻ, Rashid Bhattiy kelib qoʻshildi. Sindhiy ada-biyotshunosligi rivojlangan. 1955 yildan "Mexran" adabiy jurnal nashr etiladi.

Pushtu (pashtu) adabiyotida hikoyanavislar Master Abdulkarim, Vali Muhammad Toʻfon, Qalandar Moʻmand, Mir Maxdishoh Maxdi, Samandar Xon Badarshaviylarning asarlarida romantika alomatlari bor. Amir Hamza Shinvoriy, Samandar Xon Badarshaviy ("Shoirlar shohi" unvoniga sazovor boʻlgan), Fazl Xon Shaydo, Rasul Raso, Abdulxoliq Xoliq va boshqa shoirlar mashhur. "Pushtu", "Nangialay", "Rahbar", "Al-Falloh" kabi adabiy jurnallar chop etiladi.

Panjob sheʼriyatini yangilashda Sharif Kunjahiy, Ahmad Rohiy, Boqi Siddiqiy, Orif Abdul Matin, Salim Kashar, Salimur-Rahmon Kiyaniy va boshqalarning xizmati katta. Soʻnggi oʻn yilliklarda Mushtoq Safiy, Anis Na-qiy, Sulton Mahmud Oshufta, Safdar Mir, Rashid Anvar, Tanvir Buxoriy kabi shoirlar yetishib chikdi. Axmad Salim, Zafar Lashariy, Xanif Chou-dhuriy, Faxr Zamon, Mustansar Ta-rar, Ehson Betalviylarning nasriy asarlari mashhur. Panjob tilida "Panj darya", "Panjabi zaban" adabiy jurnallari nashr etiladi.

Baloʻch adabiyoti 20-asrning 60—70-yillaridan shakllandi. Tanikli shoirlari — Ozod Jamoldiniy, Zaxur Muhammad Sayd Hoshimiy, Gul Xon Nosir. Zamonaviy sheʼriyat vakillari — Muhammad Ishoq Shamim, Qozi Abdulrahim, Abdulhakim Haqgoʻ, Murod Sahar, Malik Muhammad Taqiy va boshqa Tanikli adiblari — M.X.Unka, Malik Muhammad Panoh, Surat Xon Marriy, Zafar Ali Zafar, Muhammad Beg Baloʻch, Muhammad Sodiq Ozod va boshqa Baloʻch tilida "Uman", "Naukin daur", "Ulus" va boshqa adabiy jurnallar chop etiladi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]

Pokiston hududidan miloddan avvalgi 4—3-ming yilliklarga oid eneolit makonlari (tosh va xom gʻishtdan qurilgan uylar)ning qol-diklari, geometrik naqshlar va hayvonlarning sxematik tasvirlari bilan bezatilgan sopol idishlar, mis va bronza taqinchoqlar, ayollar va hayvonlarning haykalchalari topilgan. Kushon podsholigi davridan qolgan yodgorliklar (stupalar, ibodatxonalar) bu yerda madaniyat yuksak darajaga koʻtarilganini koʻrsatadi (ibodatxonalar haykaltaroshlik asarlari, budda haykallari, devoriy rasmlar bilan bezatilgan). 7—8-asrdan eʼtiboran meʼmorlik islom dini taʼsirida rivojlana boshladi. Dehli sultonligi davrida Lohur, Moʻlton, Peshovar, Tatta kabi shaharlarda xashamatli saroylar, maqbara va masjidlar quriddi. Shaharlar mustah-kam qalʼa devorlari bilan oʻraldi (16— 17-asrlardagi Lohur qalʼasi, 18-asrdagi Haydarobod qalʼasi). Pokistonning oʻrta asr meʼmorligiga qoʻshni Markaziy Osiyo, Eron va Afgʻoniston mamlakatlari meʼmorligigining taʼsiri katta boʻldi. Baland peshtoqli ayvonlar masjidlarning tarkibiy qismiga aylandi (Tat-tadagi Shox, Jahon masjidi, 17-asr), Lohur masjidlari Dehli va Agradagi masjidlarga oʻxshab ketadi (Lohurdagi Badshohiy masjid, 1674 yil). Boburiylar davrida maqbaralarning bezaklari boyidi va bora-bora Oʻrta Osiyo usuliga oʻxshab ketdi (Tattadagi Shurfa Xon maqbarasi, 1638 yil). Boburiylar salta-natining tanazzulga uchrashi (18-asr), eron, afgʻon, yevropa bosqinchilarining hujumlari oqibatida umuman madaniy hayotda, ayniqsa, meʼmorlik va tasviriy sanʼatda tushkunlik roʻy berdi. Pokiston tashkil topgandan keyin (1947) mamlakatda qurilish ishlari avj oldi, yangi shaharlar, yangi poytaxt — Islomobod (grek meʼmori K.A.Doksiadis) bunyod etildi. Zamonaviy meʼmorlikda "xalqaro uslub" ustuvor boʻlib, u sodda shakllardan tashkil topadi (Islom-oboddagi yangi masjid, parlament binosi, meʼmor A.Yakobson; "Shahrizo-da" mehmonxonasi, meʼmor J.Ponti). Pokiston hududidagi qad. madaniyat markazlarida oʻtkazilgan qazilmalar shuni koʻrsatadiki, Pokistonda qadimda rassomchilik keng rivojlangan. Oʻrta asrlarda saroylar, masjid va ibodatxona devorlari rasmlar bilan bezatilgan. Arablar bilan birga xattotlik sanʼati ham ki-rib keldi — masjid, makbaralarni xattotlik yozuvi bilan bezay boshladilar. Tatta va Haydarobod shahrilari oʻrta asrlarda qoʻlyozma va miniatyura yaratish markaziga aylandi. Boburiylar davrida, ayniqsa Akbarshoh va Jahongir-shoh davrida "Boburiylar miniatyura maktabi" tashkil topdi. Mustaqillik davrida tasviriy sanʼat rivojlanishi yangi bosqichga oʻtdi. Keksa rassomlar miniatyura anʼanalarini davom et-tirdilar — A.R.Chugʻtay, Alloh Baxsh, S.F.Rahamin ijodida Yevropa rassomchiligi va oʻrta asr miniatyurasi qoʻshilib ketgan; X-M.

Sharif — miniatyura, X.Yusuf — xattotlikda, Gʻ.Ali — grafika sohasida ijod qilmoqda. Z.Ogʻa, Sadiqayn, Sh.Ali, Guljiy, D.Naqsh, A.Parviz kabi rassomlar zamonaviy modernizm oqimining vakillaridir.

Musiqasi[tahrir]

1947 yilgacha bevosita hind musiqa sanʼati bilan birgalikda (jumladan, Shimoliy Hindistonning "hindustoniy" uslubida) rivojlanib kelgan. Hozirda Pokiston mumtoz musiqasida "raga", qahramonlik dostonlari, "naat", "hamd" va "soʻfiyona" (diniy ashula yoʻllari), ishqiy mavzudagi "gʻazal", "qavvali" (ishqiy-diniy mavzudagi badihaviy vo-kal-cholgʻu janri), panjobliklarda "ma-hiyya" (toʻy marosim qoʻshiqlari), "tap-pa" (lirik aytishuvlar) mashhur. Musiqa cholgʻularidan tabla, nogʻora, pakhavaj (urma cholgʻular), torli-chertma sarud, ra-bab, setar, tampura, svaramandal, kamonli sarangi, puflama nay, bansuri, shexnay kabilar keng tarqalgan. Basta-korlarning kinofilmlar uchun urdu va panjob tillarida yaratgan kuy va qoʻshiqlari ham xalq orasida alohida eʼzozga ega. Zamonaviy sanʼatkorlardan Amanat Ali Xon, Bare Gʻulom Ali Xon, Xoji Gʻulom Farid Sabri (bastakor va xonan-dalar), Ravshan Ara Begum, Mehdi Hasan, Nusrat Fateh Ali Xon, Malikaye Ta-rannum Nurjahon, Obida Parvin, Farida Xonim, Iqbol Bonu, Neyyara Hyp (mumtoz musika ijrochilari), estrada xonandalaridan Adnan Sami, Hasan Jahongir, Mehnaz va boshqa mashhur. Islomoboddagi "Lok Birsa" (Xalq musiqa merosi) ‎instituti, Lohurdagi "Al-Hamra" sanʼat markazi, Pokiston musiqa jamgʻarmasi va boshqa muassasalar milliy musiqa sanʼa-tining rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.

Kinosi[tahrir]

Pokiston kinematografiyasining tarixi mamlakat mustakillikka erishishidan avval Hindistonda yaratilgan musulmoncha ruxdagi filmlardan boshlanadi. Pokistonning birinchi hujjatli filmi 1948 yilda yaratildi. Birinchi badiiy film 1948 yilda ishlab chiqarilgan ("Teriy yad", rejissyor D.Sardoriy Laʼl). "Shunday kun keladi" (1958, rejissyor A.Qardar), "Nido", "Sima" (1967, rejissyor Sh.Malik) kabi filmlarda xalq hayoti, orzu-umidlari haqkrniy aks ettirildi. Keyingi yillarda "Muhab-bat yozi" (rejissyor M.Parviz), "Raqqosa" (rejissyor X.Tariq), "Tuygʻu" (rejissyor N.Salom) kabi filmlar yaratildi. 90-yillarning oʻrtalarida yiliga 200 tagacha hujjatli film ishlab chiqarildi. Pokistonning oʻnlab filmlari xalqaro mukofotlar olgan ("Hind daryosi", "Lohur shahri", "Bir akr yer" va boshqalar). Pokistonda 10 dan ortiq kinostudiya mavjud. Yiliga urdu, pan-jobiy, sindhiy, pushtu, gujaratiy va siraykiy tillarida 90—120 film ishlab chiqariladi. Mamlakatda 800 dan ortik, kinoteatr bor. Tanikli rejissyorlar — N. Islom. P. Malik. X. Askariy. Yu. Malik; tanikli aktyor va aktrisalar — Badari Munir, Babra Sharif, Shabnam, Nadim, M.Qurayshiy.

Pokiston turli xalkaro, shu jumladan, Toshkentda oʻtkazilgan xalqaro kinofestivallarda qatnashgan.



















Download 21,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti