96 million dollar deb baholangan. Morris yaratgan chuvalchang ARPANET
tarmog‘idagi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash bilan
shug‘ullangan. Biroq, kunlardan bir kun Morris o‘z chuvalchangining dasturiy
kodini o‘zgartirishda xatolikka yo‘l qo‘ygan va natijada, chuvalchang o‘zini-o‘zi
beto‘xtov nusxalab, tarmoq bo‘ylab o‘rmalay boshlagan va boshqa kompyuterlarga
yetib borib, ularni ham zararlagan. O‘shanda, taxminan 9000 ta kompyuter Morris
chuvalchangidan zararlangan. Shu jumladan, NASAning ham bir necha yuzlab
kompyuterlariga chuvalchang tushgan bo‘lib, natijada kosmik agentlik 5 kun
mobaynida ishdan to‘xtab qolgan.
Ilk troyan
O‘sha 1989-yilning dekabrida esa ilk bora troyan turidagi zararkunanda epidemiyasi
ro‘y bergan edi. Bejizga ushbu turdagi zararkunandani «troyan» deb nomlanmagan.
Xuddi Gomerning «Iliada» dostonida Troya qal’asiga ulkan yog‘och ot ichiga
yashirinib kirib olgan Axeyaliklar singari, ushbu zararkunanda dastur ham tashqi
ko‘rinishidan beozor-bezarar fayl shaklida bo‘lgan. U Aids Information Diskette deb
nomlangan bo‘lib, buni «OITS ma’lumotlari disketasi» deb tarjima qilish mumkin.
Albatta, yovuz niyatli xakerlarning bu holatdagi «Troya oti» ideal ko‘rinishda
bo‘lgan edi. Axir yaqindagina insoniyat yuzma-yuz kelgan dahshatli kasallik
bo‘lmish OITS (SPID) haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan disketadan hech kim
yomonlik kutmagan. AIDS troyanini yaratgan xaker uni tarqatish uchun odatiy
pochtadan foydalangan. Ya'ni u, zararkunanda dastur yozilgan disketani konvertga
solib, risoladagidek marka yopishtirish orqali jo‘natma haqini to‘lab, odamlarga
yuborgan. Potensial jabrlanuvchilarning manzillarini esa xaker Butunjahon
Sog‘liqni Saqlash tashkilotining o‘shanga yaqin paytda o‘tkazgan OITS bo‘yicha
konferensiyasi delegatlari ro‘yxatidan olgan. Shuningdek uning qo‘lida PC Bussines
World jurnali obunachilarining manzillari ro‘yxati ham bo‘lgan. Xullasi kalom,
OITS haqidagi ma’lumotlar yozilgan disketa niqobi ostida o‘shanda 20000 dan
ziyod manzilga troyan zararkunandasi kirib borgan. Disketa kompyuterga solingach,
AIDS troyani o‘zining yashirin fayllarini hosil qila boshlagan va sistema fayllarini
ham o‘zgartirishga kirishgan. Ma’lum muddat o‘tgach, AIDS troyani bilan
zararlangan kompyuterning qattiq diskidagi barcha fayllar ochilmaydigan bo‘lib
qolgan. Unda faqat bitta faylni ochish imkoni bo‘lgan va unda, zararkunandani
yaratgan xakerga pul jo‘natish taklifi bayon qilingan bo‘lgan.
Kompyuter zararkunandalarining asosiy uch turi – virus, chuvalchang va troyan shu
tariqa paydo bo‘lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: