O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
“XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA
MAMLAKATSHUNOSLIK” FAKULTETI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
XITOY IQTISODIYOTI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY
TENDENSIYALARI
Bajardi: 5341000-―Xorijiy mamlakatlar
iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik‖ ta‘lim
yo‗nalishining bitiruvchisi
Jumanov Xushnud O‗rol o‗g‗li
______________
Ilmiy rahbar: i.f.n. Alimov A. M.
______________
Toshkent-2014
2
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA XITOY IQTISODIYOTING
JAHON XO„JALIGIDA TUTGAN O„RNI VA AHAMIYATI………………..8
1.1. Xitoy iqtisodiy rivojlanish modelining konseptual asoslari…………………8
1.2. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va uni Xitoy
iqtisodiyotiga ta‘siri……………………………………………………………….18
1.3. Globallashuvning yangi bosqichida Xitoyning yangi iqtis odiy taraqqiyot
strategiyasi yo‗nalishlari.........................................................................................26
II
BOB.
ZAMONAVIY
XITOY
IQTISODIY
RIVOJLANISH
MODELINING
XUSUSIYATLARI,
MUAMMOLARI
VA
ISTIQBOLLARI…………………………………………………………………32
2.1. Xitoyda amalga oshirilgan
islohatlarning asosiy yo‗nalishlari va
istiqbollari…………………….…………………………………………………...32
2.2. Xitoy tashqi iqtisodiy siyosatining o‗ziga xos jihatlari….………………...37
2.3. Xitoy tomonidan tanlangan iqtisodiy taraqqiyot modelining yutuq va
kamchiliklari…………………………………………………….……………...…42
XULOSA ………………………………………………………………………...48
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………....51
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Globalizatsiya va butun jahon moliyviy-iqtisodiy
inqirozi sharoitida yuzaga kelgan retsessiya jarayoni davom etayotgan bir vaqtda,
hozirgi kunda yalpi ichki mahsulot hajmi bo‗yicha dunyo davlatlari ichida ikkinchi
o‗rinni band qilgan, dunyoning eng yirik eksportyori Xitoyning oxirgi o‗ttiz
yildagi erishgan iqtisodiy yutuqlari ko‗plab iqtisodchi, siyosatchi va boshqa
sohadagi olimlarni asosiy o‗rganadigan predmetiga aylanib ulgurgan. Mazkur
yutuqlarga erishishning iqtisodiy ahamiyati, uning sabablari, Xitoy uchun yuqori
iqtisodiy yutuqlarga erishishda amalga oshirgan chora-tadbirlarning mohiyati,
ularni Xitoy aholisi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta‘sirini o‗rganish, ularni
O‗zbekiston sharoitida milliy iqtisodiyotning o‗ziga xosligini hisobga olingani
holda tadbiq etishni chuqur tahlil qilish va butun jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
sharoitida XXR hukumati tomonidan inqirozga qarshi ishlab chiqilgan chora-
tadbirlarni o‗rganish, globalizatsiya jarayonini Xitoy iqtisodiyotiga ta‘sirini
o‗rganish, kelajakda O‗zbekiston uchun Xitoy tajribasidan foydalanish
istiqbollarini tahlil qilish, mazkur iqtisodiy taraqqiyot modelining yutuqlaridan
tashqari kamchiliklariga alohida e`tiborga olgan holda o`rganish muhim
ahamiyatga ega. O‗zbekiston uchun Xitoy hozirgi kunda iqtisodiy, iqtisodiy va
madaniy sohada asosiy hamkorlardan biriga aylanib bormoqda. Prezidentimiz I. A.
Karimov ta‘kidlaganidek: ―Xitoy va O‗zbekiston o‗rtasidagi do‗stlik va hamkorlik
to‗g‗risida‖ gi shartnomani hayotga astoydil tatbiq qilish maqsadidan
chekinmaymiz, chunki O‗zbekiston uchun O‗zbekiston-Xitoy munosabatlarini
mustahkamlash o‗ta muhim ahamiyatga ega‖.
1
Shu sababdan ham Xitoy
iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy xususiyatlarini o‗rganish O‗zbekiston uchun
asosiy hamkorlardan biriga ayalanib borayotgan davlat iqtisodiy rivojlanishidagi
asosiy tanlangan yo‗lni bilish ahamiyatini ham oshiradi.
XXR hukumatining globalizatsiya va jahonda retsessiya jarayoni davom
etayotgan bir vaqtda amalga oshiradigan asosiy iqtisodiy tadbirlarining ahamiyati
1
Каримов И. А. Асосий вазифамиз – ватанимиз тараққиѐти ва халқимиз фаровонлигини янада
юксалтиришдир. – Т: Ўзбекистон, 2010.
4
nafaqat O‗zbekiston uchun balki jahondagi deyarli barcha davlatlar uchun ham
ahamiyatlidir.
Xitoydagi iqtisodiy o‗zgarishlarni butun jahon iqtisodiyotiga ta‘sir qilishi
shubxasiz. Shu sababli O‗zbekiston uchun Xitoy iqtisodiyoti rivojlanish yo‗lidagi
ro‗y berishi mumkin bo‗lgan o‗zgarishlarni bilib borish, bu o‗zgarishlar natijasini
milliy iqtisodiyotimizga o‗tkazadigan ta‘sirini tadqiq qilish mavzuning
dolzarbligini yana bir bor oshiradi. Xitoy o‗z iqtisodiyotini jahondagi raqobatga
avval tayyorlab oldi, so`ngra esa JST shartlari asosida o`z bozorini jahon bozori
uchun ocha boshladi. Bu kabi islohotlarni mantiqiy ketma ketligi va unig davomi
rivojlanayotgan davlatlar uchun yaxshigina tajriba vazifasini o‗tay oladi.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Xitoy iqtisodiyotining rivojlanish
tebdensiyalari, amalga oshirilgan islohotlari bilan ko`pgina Xitoy iqtisodchi
olimlari shug`ullanib kelishgan. Jumladan, ular qatoriga Xitoy iqtisodiy islohotlari
bosh arxitektori Den Syaopinni, Go Kesoni, Xao Szyanxen, Lu Yunsyan, Chjou
Veydi, Chjao Xuashen, Van Pey,
2
Zai Li,
3
Su Fenlin, Li Szin Ven,
4
Lyu Goguan
5
,
Li Ke,
6
va boshqalarni kiritish mumkin.
Shu bilan birga, ular qatorida ushbu muammoni turli qirralarini o‗z asarlarida
yoritib kelayotgan Rossiya iqtisodchi-xitoyshunos olimlaridan Ya. M. Berger,
7
R.
S. Dzrasov,
8
A.V.Ostrovskiy,
9
E.F. Avdokushi,
10
Ye. P. Bajenov,
11
Z. A.
Muromseva,
12
A.S. Selishev,
13
va boshqalarni nomlarini atab o‗tish lozimdir.
2
Ван Пей. Экспортный сектор в модели экономического развития КНР: автореф. Дис. … канд. экон. наук.
М., 2010.
3
Zai Li. & Zhongdong. China`s floating population: new evidence from the 2000 census // Population and
development review. 2004. – Vol. 30.
4
Ли Цзин Вэнь. Анализ и прогнозирование основных проблем экономики современного Китая //
Прогнозирование развития КНР: экономика, информатика, внешняя поли тика и безопасность. /РАН ИДВ.-
М., 2000, вып. 9., с.9-29.
5
Лю Гогуан. Проблемы урегулирования экономической структуры Китая.// Проблемы ДВ, - 2001, № 6, с. 64-
70.
6
Ли Ке Допустимые диспропорции и системная оптимизация региона льной экономики Китая.// Пробле мы
теории и практики управления. 2002, № 1.
7
Бергер. Я. М. Экономическая стратегия Китая. М.: Форум, 2009
8
Возможен ли национально ориентированный капитализм? Журнал Экономика мегаполисов и регионов №1
(48) июнь 2013
9
Ос тровский А.В. « Сосотояние и перспе ктивы с троительства экономики КНР», КНР: по литика , экономика,
культура, 2007г. Под ред.Титаренко М.Л., М.
10
Е.Ф. Авдокушин. Международные экономические отношения, учебник, Юность, М., 2004 г. с.368.
11
Баженов Е.П. «Китай и внешний мир» M, 2000 г.
12
Муромцева 3.А. Китайская Народная Республика: пу ть к индустриализации ново го типа . М.: ИДВ РАН,
2009.
5
Undan tashqari, ushbu sohaning nazariy jihatlarini turlicha yondashuvlar
orqali O‗zbekistonlik iqtisodchi olimlar ham o‗zlarining bir qator ilmiy
monografiya va maqolalarida yoritganlar. Ular jumlasiga: N. T. To‘xliyev,
14
A.V.
Vaxobovlarni,
15
iqtisod fanlari nomzodlari E. A. Maxmudov,
16
B. D. Sadibekova,
17
G. A. Melibayevalarni
18
kiritish mumkindir.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy
ishining maqsadi Xitoy Xalq Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning davomiyligi, asosiy yo‗nalishlarini, amalga oshirilgan islohotlar,
ularning asosiy bosqichlari va xususiyatlarini tahlil etish va ushbu asosda kerakli
tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Mazkur maqsadga erishish uchun tadqiqot ishi oldiga quyidagi vazifalari
qo`yildi:
- Xitoy iqtisodiy rivojlanish modelining konseptual asoslari
- Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va u ni Xitoy
iqtisodiyotiga ta‘siri
- Globallashuvning yangi bosqichida Xitoyning yangi iqtis odiy taraqqiyot
strategiyasi yo‗nalishlari
- Xitoyda amalga oshirilgan islohatlarning asosiy yo‗nalishlari va istiqbollari
- Xitoy tashqi iqtisodiy siyosatining o‗ziga xos jihatlari
- Xitoy tomonidan tanlangan iqtisodiy taraqqiyot modelining yutuq va
kamchiliklarini o‗rganib chiqishdan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy asoslari bo‗lib Xitoy, AQSH,
Yaponiya, Rossiya va O`zbekiston iqtisodchi olimlarining ushbu soha bo`yicha
ilmiy izlanishlari, Xitoy hukumatining iqtisodiy islohotlar o‗tkazish va
modernizatsiyalash bo‗yicha qabul qilgan turli qonuniy va normativ aktlari,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hisoblanadi. Tadqiqot
13
Селищев А.С., Селищев Н.А. Китайская экономика в XXI веке.- СПб.: Издательство «Питер». 2004.
14
N.T.To‘xliyev.O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, o`qu v qo`llanma,T-1998.
15
A.V.Va xobov. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash modellari va ulardan O‘zbekistonda ijodiy foydalanish
yo‘nalishlari, Resp.ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, 2012 y.25 aprel.
16
Maxmudov E.A. ―O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlarida AKT sohasi‖ o‘quv qo‘llanma. Toshkent.: 2010 y
17
B.D.Sadibekova ―Xitoy iqtisodiyoti, o‘quv qo‘llanma, TDShI, 2013 y.
18
MelibayevaG.A., GaziyevF.Sh.. ―Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi‖. O‘quv
qo‘llanma. Toshkent 2011.
6
jarayonida guruhlash, tizimli yondashuv, iqtisodiy va statistik tahlil, taqqoslash
tahlili va boshqa usullardan foydalanildi. Tadqiqotning axborot manbai bo‗lib,
XXR ning turli statistik ma`lumotlari, jumladan: Chjungo tunszi nyanszyan;
Chjungo gune szinszi tunszi szilyao; Chjungo tunszi chjayno axborotnomalari,
xalqaro reyting agentliklari nashrlari
va O‗zbekiston Respublikasining
makroiqtisodiyot va statistika vazirligining ma‘lumotlari xizmat qildi. Ishda
qiyosiy tahlil, analiz va sintez usullaridan foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi. XXR ning globalizatsiya va jahon
davlatlarida davom etib kelayotga retsessiya jaroyonlarida modernizatsiyalash va
islohotlarni davom ettirish jarayonlarini amalga oshirishidagi unga to‗sqinlik
qilayotgan sabablar o‗rganib chiqildi va Xitoy iqtisodiyotining globalizatsiya va
integratsiyalashuvi xususiyatlari tahlil qilinib, soha oldida yechimini kutayotgan
muammolar
aniqlandi
va
uning
ayrim
jihatlaridan
O`zbekistondagi
modernizatsiyalash jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari aniqlandi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati – Xitoy iqtisodiy tizimi
zamonaviy
rivojlanishining
yo‗nalishlari,
islohotlar
va
zamonaviy
modernizatsiyalashning usullarini o‗rganish bizning iqtisodiyotimizda tajriba
sifatida foydalanish imkonini beradi. Undan tashqari, ishdagi iqtisodiy taraqqiot
yo‗nalishidagi islohotlarni amajga oshirish bo‗yicha qilingan ba‘zi bir tahlillar va
tavsiyalar shu soha mutaxassislari uchun kerakli ozuqa bo‗lishi mumkin. Mazkur
ishdan iqtisodiy yo‗nalishdagi Oliy o‗quv yurtlarida o‗qitiladigan maxsus kurslarda
va Xitoy iqtisodiyoti fanini o‗qitishda ma‘ruza sifatida bevosita foydalanish
mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti – Xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining
zamonaviy xususiyatlari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti – Xitoy iqtisodiyotida amalga
oshirilayotgan islohotlar va yangi belgilanayotgan taraqqiyot yo ‗nalishlarining
bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi tarkiban, kirish, ikkita bob, oltita bo‗lim, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat.
7
I BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA XITOY IQTISODIYOTINING
JAHON XO`JALIGIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI
1.1. Xitoy iqtisodiy rivojlanish modelining konseptual asoslari
Yildan yilga Xitoyning dunyodagi ham iqtisodiy ham siyosiy ahamiyati oshib
bormoqda.Butun jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining cho`zilib ketishi ham
Yevropa va AQSH ning dunyo iqtisodidagi o`rniga sezilarli ta`sir ko`rsatdi. OAV
va jahonning ko`plab ilmiy nashrlarida oxirgi paytlarda Xitoy iqtisodiyoti va uning
jahondagi o`rni haqida ko`plab maqolalar chop etilmoqda. Ularning ayrimlari
Yevrpa Ittifoqi, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning tashqi qarzlari ko`payib
ketgani va xali hanuz davom etib kelayotga moliyaviy inqiroz sharoitida yaqin
vaqtda Xitoyning jahon iqtisodida yetakchilik qilishini bashorat qilsalar, ayrimlar
uning Xitoyning jahon xo`jaligida yetakchilik qilishiga bir qancha to`siqlar
borligini va bu hodisa yaqin yillarda ro`y bermasligini ta`kidlaydil.
19
Bu
maqolalarda Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi o`rni to`g`risida har xil fikrlar bayon
etilgan.
Xitoy iqtisodiyoti hozirgi vaqtdagidek iqtisodiy o`sish sur`atlarini ushlab tura
olsa u dunyodagi birinchi raqamli iqtisod hisoblanmish AQSHni ham tez orada
quvib o`tishi va dunyoda iqtisodiy yetakchi sifatida nomoyon bo`lishi ham
mumkin degan fikrga ko`pchilik iqtisodchilar qo`shiladilar. Lekin Xitoy
iqtisodiyotini rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini tadqiq qilar ekanmiz bu
fikr unchalik ham to`g`ri emasligiga ishonch hosil qilamiz. Chunki zamonaviy
jahon xo`jaligi tizimida ayrim davlatlar emas balki iqtisodiy integratsion
tashkilotlarning ahamiyati oshib borayotganiga guvoh bo`lamiz. Bundan tashqari
Xitoy iqtisodiyoting jadal sur`atlarda o`sishini ta`minlab bergan omillar ham bu
xo`jalik tizimida hali anchagina kamchiliklar va yechimi topilmagan muammolar
borligini ko`rsatadi. Xitoy o`zida va jahon bozorida vujudga kelgan sharoitlardan
kelib chiqqan holda iqtisodiy rivojlanish tezligini biroz pasaytirishi u uchun foydali
19
Гринин Л. Е. приведет ли глобальный кризис к глобальным изменениям? // Век глобализации. 2009.№2. С.
117-140
8
bo`lgan bo`lar edi. Xitoy va jahon iqtisodiyotidagi sharoitlar kelajakda Xitoyning
iqtisodiy o`sishini yuqori templarda hukumat xohlagan taqdirda ham saqlab tura
olmasligini ko`rsatadi. Chunki hozirda Xitoy iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik
iqtisodlardan biri bo`libgina qolmasdan balki eng yirik iste`molchiga ham
aylanmoda.
1.1.1-rasm
Manba: Rasm―World Bank. Global Economic Prospects 2014‖ ma`lumotlari asosida muallif tomonidan
tayyorlangan.
Rasmdan ko`rinib turibdiki Xitoyning jahon davlatlari orasidagi iste`molchi
sifatidagi o`rni 2013-yilga kelib ancha oshgan.
Bu omildan tashqari Xitoy iqtisodiyotining yuqori templardagi o`sishi
eksportga bo`gliq (Xitoyning asosiy eksport hamkorlari Gong Kong 17,4%, AQSH
16,7%, Yaponiya 6,8%, Koreya Respublikasi 4,1% 2013-yil ma`lumotlariga
asosan)
20
Xitoyning asosiy eksport hamkorlari iqtisodida esa moliyaviy inqiroz
tufayli iqtisodninng o`sish sur`atlari pasaygan. Bu yuqoridagi davlatlarga
qilinadigan eksport hajmini kamayishiga olib keladi, Xitoy hukumatining yuan
kursini sun`iy rasvishda past ushlab turishi orqali eksport hajmini saqlab turishi
ko`plab rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqi va AQSH ning e`tiroziga
sabab bo`lmoqda.
20
http://www.stats.gov.cn/
9
Dunyoda davom etayotgan moliyaviy inqiroz faqatgina Xitoyning iqtisodiy
pozitsiyalarini mustahkamlab qolmasdan (Xitoyning yirik iste`molchiga aylangani
munosabati bilan jahon bozoridagi yetarlicha talab miqdori saqlanib turdi) balki
boshqa iqtisodiy integratsion tashkilotlarning ham ahamiyatini oshirdi. Endilikda
davlatlar iqtisodiy integratsion tashkilotlarga birikgan holda o`z qiziqishlarini
himoya qilmoqdalar. Xitoy YaIM ning o`sish templari saqlanib turganda yaqin o`n
yilda Xitoy YaIM hajmi bo`yicha AQSH ni ortda qoldiradi va aholi jon boshiga
to`g`ri keladigan YaIM bo`yicha rivojlangan davlatlarga yetib olishi mumkin.
Ammo Xitoy iqtisodiyotining bu darajada tez o`sishiga olib kelgan omillarni ko`rib
chiqsak, Xitoyning yaqin kelajakda ham oldingi yillardagidek o`sish sur`atlarini
saqlab tura olishi shubha ostida qoladi.
Iqtisodiy o`sishning Xitoycha modeli:
Xitoy iqtisodiyoti modelining o`ziga xos jihatlari Osiyoning boshqa shu
tartibda rivojlangan davlatlarida (Janubiy Koreya, Yaponiya, Tayvan) ham mavjud
bo`lgan.
Iqtisodiy taraqqiyotning Osiyocha modeli asoslari;
a)
Iqtisodni, xususan sanoatni eksportga yo`naltirilganligi
b)
Arzon ishchi kuchidan foydalanish
c)
Chet el investitsiyalarini faol jalb qilishga sharoit yartatib berish va
texnologiyalar importi
d)
YaIM dagi investitsiyalar ulushining juda yuqoriligi (30-40% bazi
vaqtlarda 50% ham)
e)
Davlatni iqtisodiy o`sishdagi faol va har xil sohalar bo`yicha ishtiroki
f)
Avtoritarlik boshqaruv tartibi, (Yaponiya va Tayvanda ham iqtisodiy
islohatlar boshlangan paytda bir partiya hukumatda uzoq muddat turgan) bu o`z
navbatida mamlakatning investitsion jozibadorligini oshiradi
Taraqqiyotning osiyocha modeli asosida rivojlangan davlatlarda iqtisodiy
o`sish sur`atlari chet el investitsiyalari va texnologiyalar olib kirilishi hisobiga tez
va uzoq muddatli bo`ladi. Lekin mamlakatdagi ichki iste`mol va aholi jon boshiga
to`g`ri keladigan YaIM hajmi pastligi saqlanib qoladi. YaIM ning aholi jon
10
boshiga to`g`ri kelishi osha boshlasa (10 ming AQSH dollaridan ortsa. Xitoyda
2013-yil xarid qobilyati pariteti bo`yicha hisoblanganda YaIM ning aholi jon
boshiga to`g`ri kelishi 9800 AQSH dollarini tashkil qilgan)
21
mamlakatning
iqtisodiy o`sish sur`atlari pasaya boshlanishi uchun signal bo`ladi
22
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi Xitoyda mavjud. Biz Xitoy iqtisodiy
modelining aynan o`zini yaratib olishimiz uchun yuqoridagilarga yana bir necha
xususiyatlarni qo`shishimizga to`g`ri keladi;
1)
Aholi va hududning ko`pligi
2)
Davlatning iqtisodga aralashuvi qobilyatining juda yuqoriligi, aynan
shu xususiyat Xitoyda iqtsodiy islohatlar olib borilishi imkonini bergan
3)
Qishloq aholisining haq huquqlarini chegaralangani (yerga nisbatan
mulk huquqining yo`qligi natijasida qishloq xo`jaligida mehnat unumdorligi juda
past 2013-yilda YaIM dagi qishloq xo`jalik mahsulotlari ulushi 9.7% bo`lib
sohadagi band aholi ulushi 34,8% bo`lgan)
23
qishloq resurslarini butun bir davlat
iqtisodiy o`sishida foydalanish imkonini bergan
4)
Etnik xitoyliklardan keladigan investitsiyalar. Bu xitoyliklarsiz Xitoy
iqtisodiga kirib kelayotgan investitsiyalr hajmi hozirgidan ko`ra ancha kam bo`lar
edi.
24
Xitoy iqtisodiy modelining rivojlanish omillari hisoblanmish bu xususiyatlar
bilan iqtisodiy islohatlar yana o`ziga xos boshqa xususiyatlarni payd o bo`lishiga
olib keldi.
Yuqoridagi xususiyatlar ta`siri ostida Xitoydagi mavjud sharoitlar bilan
qo`shilgan holda quyidagi omillar vujudga keldi:
- Arzon ekologiya (atrof muhit muxofazining yetarlicha ta`minlanmaganligi)
21
http://www.stats.gov.cn/
22
АндерсонДж. Лекция. Экономический рост и государство в Китае [Электронный ресурс]: полит.ру, 2008.
URL: http://www.polit.ru/article/2008/ 07/ 17/china/.
23
http://www.stats.gov.cn/
24
Ван Пей. Экспортный се ктор в модели экономического развития КНР: автореф. Дис …канд.экон.наук. М.,
2010. С. 11.
11
- Arzon ijtimoiy siyosat, nafaqa bilan aholining katta qismi ta`minlanmagan,
ishchilar ishlayotgan sharoitlarda xavfsizlik choralari yetarlicha ishlab chiqilmagan
va h.k
- Tug`ilishni nazorat qilish siyosati (oxirgi vaqtda qayta ko`rib chiqilmoqda)
yosh avlod uchun davlat tomonidan qilinadigan sarflar miqdorini kamaytiradi
- Yuanning past kursi. Past kurs Xitoyni 1997-yil Janubiy Sharqiy Osiyo
davlatlarida ro`y bergan inqirozdan ham saqlab qoldi
- YaIM dagi investitsiyalar ulushining juda yuqoriligi (faqatgina iqtisodiyotga
davlat aralashuvining juda yuqori darajada bo`lganidagina erishish mumkin)
- Davlatning xom ashyo va energiya manbalaridan foydalanish uchun
maqsadli ravishda tariflarni pasaytirishi, infrastrukturadan foydalanish va yaratish
mehnat unumdorligini oshirishga qaratilga ishlar uchun harajatlarni qoplanishi,
innovatsiyalarni qo`llab quvvatlash
Yuqoridagilardan eng oxirgi omil doirasida chet el investitsiyalarini qo`llab
quvvatlash va mamlakatni investitsiyalar uchun ochiqlik darajasini yanada
yaxshilash uchun XXR hukumati bu siyosatni asta-sekin kengaytirib bordi (bu
siyosat maxalliy biznesni qo`llab quvvatlash yoki ichki talab miqdorini oshirish
siyosatidan ko`ra izchillroq olib borilgan). Yuqorida keltirilgan barcha omillar
natijasi o`laroq Xitoyning eksport hajmi uning iqtisodiy o`sis hidan ancha tezroq
o`sdi va yildan yilga ko`payib bordi. Islohatlar davrida Xitoy tomonidan jalb
qilingan chet el to`g`ridan to`g`ri investitsiyalari juda yuqori templarda o`sdi.
25
Xitoyda o`z biznesini yo`lga qo`yish istagida bo`lganlarning sonini ham yildan
yilga o`sib borishi bu davlatga investitsiyalar oqib kelishiga sabab bo`ldi.
Lekin bu omillar hozirgi vaqtda va kelajakda Xitoy iqtisodiy rivojlanish
yo`lida to`siq bo`lishi mumkin.
Xitoy iqtisodiyotida ishlab chiqarishni kengaytirish va investitsiyalash
borasida chet el kompaniyalarining ahamiyati katta bo`lib xususiy tadbirkorlarning
ahamiyati haqida bunday deyolmaymiz (Rivojlangan davlatlarda iqtisoddagi o`sish
aynan xususiy tadbirkorlar faoliyati bilan bog`liq). Xitoy iqtisodiyoti o`sishida
25
http://www.stats.gov.cn/FDIindex/China/
12
investitsiyalardan ko`ra kam ahamiyatli bo`lmagan davlat boshqaruvi ham o`ziga
hos. Davlat idoralari eng yuqori pog`onalardan tortib eng quyi uyezd darajasigacha
bo`lgan kesimda investitsiyalar taqsimotini o`tkazadi. Bunda markaziy boshqaruv
iqtisodiy taraqqiyot yo`nalishlarini belgilab beradi, qimmatroq va uzoq muddat
davom etadigan loyihalar provinsiya boshqaruv apparatiga topshiriladi shu bilan
birga provinsiyalar o`rtasida investitsiyalar va iqtisodiy o`sish sur`atlari uchun
ichki raqobat shakllangan.
26
Sidneylik iqtisodchi Jon Li hisoblariga ko`ra ichki
investitsiyalar iqtisodiy o`sishning 40% ni, to`g`ridan to`g`ri chet el investitsiyalari
esa eksport sektorining 30% o`sish ko`rsatkichini beradi.
1.1.2-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |