Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


Xitoy eksportining YaIM ga nisbatan ulushi (% da)



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.04.2020
Hajmi1,13 Mb.
#45070
1   2   3   4
Bog'liq
xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari(1)


Xitoy eksportining YaIM ga nisbatan ulushi (% da) 

 

                    



Manba: WorldBank 

Xitoy  iqtisodiyotidagi  mavjud  davlat  ishtirokidagi  yirik  korparatsiyalar  ham 

iqtisodiy o`sishning omillaridan biri sifatida nomoyon bo`lgan. Bu korparatsiyalar 

tomonidan  ko`rilgan  foydaning  katta  qismi  ko`pincha  davlatga  tegishli  bo`ladi  va 

bu  foyda  davlat  tomonidan  ma`muriy  va  kredit  dastaklari  yordamida  nazorat 

qilinadigan yirik loyihalarga jalb qilinadi. Bu loyihalarning aksariyat qismi foydali 

hisoblanishiga  qaramayb  ko`pincha  ular  boshqa  iqtisodiy  jihatdan  o`zini 

oqlamaydigan  loyihalar  bilan  bir vaqtda amalga  oshiriladi. 

Xitoy  tomonidan  tanlangan  iqtisodiy  rivojlanish  modelining  konsuptual 

asoslari  haiqda  gapirganimizda  Terutomo  Ozavaning  ―Uchayotgan  g`ozlar‖ 

                                                                 

26

 Бергер. Я. М. Экономическая стратегия  Китая.  М.: Форум, 2009.  С.  3-7.



 

       

13 


 

nazariyasi haqida to`xtalinb o`tmaslik ilmiy izlanish sifatiga jiddoy ta`sir ko`rsatadi. 

Mazkur nazariya nafaqat Xitoy balki Sharqiy Osiyodagi Yangi Industrial Davlatlar 

rivojlanish  asoslarini  ham izohlay  oladi.  

Terutomo Ozavaning 1.1.3-rasmdagi nazariyasiga  ko`ra rivojlangan davlatlar 

o`zlarida  ko`proq  mehnat  soatlarini  talab  qilishni  boshlagan  ishlab  chiqarish 

kuchlarini  mehnat  resurslariga  ko`proq  ega  bo`lgan  (bizning  holatimizda  Sharqiy 

Osiyoning  aholisi  ko`p  bo`lgan  davlatlari)  mamlakatlarga  eksport  qila  boshlaydi. 

Mazkur  nazariya  nima  sababdan  Xitoyga  xususan  Sharqiy  Osiyo  davlatlariga 

jahondagi yalpi to`g`ri  investitsiyalarning katta qismini to`g`ri kelishini tushuntirib 

bera oladi. 

Bu tizimga kirish uchun qabul qilinayotgan davlat o`z mehnat fondi va ba`zi 

holatlarda ekologiyasini ham rivojlangan davlatlar hisobiga qurbon qilishga majbur. 

Nazariya  bo`yicha  ishlangan  modelga  ko`ra  Xitoy  tandemning  eng  quyi 

pog`onasidan  joy  olgan.  Bu  esa  Xitoyni  tandemning  yuqori  qismida  joylashgan 

davlatlari  uchun  yig`uv  sexiga  aylantirib  qo`yadi.  Haqiqatdan  ham  Xitoyning 

asosiy  eksport-import  hamkorlari  va  ular  o`rtasidagi  tovar  aylanmasi  strukturasini 

ko`radigan  bo`lsak bunga yana bir bor amin  bo`lamiz.   

Modeldagi  shtrixlangan  ko`rsatkichlar  nisbatan  rivojlangan  davlatlardan 

―gala‖  ning  quyi  qismida  joylashgan  davlatlarga  ishlab  chiqarish  kapitali  oqimini 

ko`rsatib  turadi.  Yuqoriga  chiquvchi  ko`rsatkichlar  esa  ko`proq  mehnat  talab 

qiladigan  tovarlarni  rivojlangan  davlatlarga  eksportini  ko`rsatib  beradi.  Bu  model 

Xitoyning  rivojlangan  davlatlar  bilan  savdosidagi  profitsitini  ham  izohlab  bera 

oladi. 


 

 

 



 

 

       

14 


 

1.1.3-rasm 

Terutomo Ozavaning “Uchayotgan g`ozlar” nazariyasi

27

 

 

 



1.1950-1960-yillar 

 

2.1970-yillardan  1980-yillar 



o`rtalarigacha 

 

 



3.1980-yil  o`rtalaridan   

   1990-yillargacha 

 

4.1990-yillardan   



hozirgi  vaqtgacha 

 

Terutomo  Ozavaning  fikricha  bu  ―gala‖  ning  boshida  joylashgan  davlatlar 



pastgi  pog`onaga  faqatgina  o`zlaridagi  mavjud  texnologiyalar  eskirgan  holatda 

kirishiga  imkon  beradi.  Boshqacha qilib  aytganda  texnologik  rivojlanish  bo`yicha 

―gala‖ dagi yangi davlatlar hech qachon o`zidan oldinda turgan davlatni quvib o`ta 

olmaydi  va  kelajakdagi  o`z  foydasini  oshirishga  qaratilgan  faoliyatni  faqat  yangi 

ishtirokchilar  hisobiga  amalga  oshira  oladi.  Osiyodan  AQSH  va  Yevropa 

bozorlariga  asosan  narxi  ancha  past  bo`lgan  asosiy  iste`mol  tovarlarini  eksport 

qilinishi  mazkur  mamlakatlarda  ayniqsa  AQSH  da  iqtisodiy  barqarorlik  va 

                                                                 

27

 Ozawa  T. The rise of Asia.The ―flying  geese‖ theory of tandem growth and regional agglomeration.  – 



Cheltenham  (UK),  Northampton (MA, USA):  Edward  Elgar,  2009,  p. 79.

   


Yaponiya 

Osiyo yo`lbarslari 

(Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya, 

Gongkong) 

ASEAN ga a`zo davlatlar 

Xitoy va Vyetnam 

Amerika Qo`shma Shtatlari 

       

15 


 

infilatsiya hajmini qisqartiradi. Bu haqda iqtisod bo`yicha Nobel mukofoti lauryati 

Jozef Stiglits quyidagicha fikr bildirgan  – ―Xitoy tomonidan butun dunyoga arzon, 

ba`zida  esa  hatto  pasayuvchi  narxlardagi  sanoat  mahsulotlarini  yetkazib  berilgani 

past narxlardagi  asosiy omillardan  biri  bo`ldi‖.

28

 



1.1.3-rasm 

Osiyocha ishlab chiqarish tarmog`ining umumlashtirilgan ko`rinishi

29

 

 

 



 Mazkur  tizim  Terutomo  Ozavaning  ―Uchayotgan  g`ozlar‖  nazariyasining 

mantiqiy  davomi  hisoblanadi.  Yuqoridagi  rasm  Xitoyni  rivojlangan  davlatlarga 

eksport  qilinadigan  mahsulotlarni  yig`uvchi  gigant  sexga  aylantirib  qo`ydi.  Bu 

fikrning  isboti  sifatida  oxirgi  o`n  yillikda  Xitoyning  butlovchi  qismlar  eksporti 

Indoneziyaga  5  marta,  Malayziyaga  19  marta,  Taylandga  15  marta  va  Fillipin 

uchun  60  martaga  ko`payganini  keltira  olamiz.

30

 Bu  faktlarga  tayanib,  quyidagi 



fikrni keltira olamiz: mintaqadagi mashinasozlik  ishlab chiqarish tarmog`ida Xitoy 

hozirgi  kunda  oxirgi  yig`ish  bosqichi  bo`yicha  muhim  o`rinni  egallab  ulgurdi. 

Yaponiya  va  yangi  industrial  davlatlar  innovatsion  rivojlanish  bo`yicha  o`z 

ahamiyatini  oshirib  bormoqda.  Oxirgi  30  yil  davomida  Xitoy  iqtisodiyotining 

                                                                 

28

 Stiglitz  J. Freefall.  America,  fre markets,  and the sinking of the world economy.  – New York,  London: W.W. 



Norton & Company, p. 303. 

29

 Palley  Th. The rise and fall  of export-led  growth / The Levy Institute of Economics,  Bard College.  – WP N. 675. 



– 2011.  – July. p. 10. 

30

 Haddad M.Trade Integration in East Asia: The role of China and Production Networks/ World Bank policy 



Research Working Paper 4160,  March 2007,  p.13-16. 

       

16 


 

o`sishi  rivojlangan  davlatlar,  birinchi  navbatda  AQSh  uchun  arzon  ishchi  kuchiga 

asoslangan  ravishda  mahsulot  narxlarining  pastligini  ta`minlab  beruvchi  asosiy 

yig`uv  sexiga  aylangan.

31

 Xitoydagi  past  ish  haqi  sun`iy  ravishda  ushlab  turiladi. 



Xitoy qurilish sohasida 80%, sanoatda 68% ishchilar ―suzuvchi aholi‖ vakillaridan 

hisoblanadi.

32

 Bu  atama  ostida  mintaqalararo  ko`chib  yuruvchi  va  o`z  ishlayotgan 



joylarida  ro`yxatdan  o`tmagan  aholi  nazarda  tutiladi.  Ularning  maqomi  o`z 

ishlarida  ro`yxatdan  o`tmaganliklari  bois  to`liqsiz  fuqarolikka  teng.  Bu  ichki 

migratsiya  asosan  eksportga  yo`naltirilgan  ishlab  chiqarish  kuchlari  joylashgan 

Sharqiy  mintaqaga  to`g`ri  keladi.  2010-yilda  qishloq  aholisidan  tarkib  topgan 

―suzuvchi aholi‖  211 mln.ni  tashkil  qilgan.

33

   



―Suzuvchi  aholi‖  nafaqa  ola  olmaydi,  kasaba  uyushmalariga  birikmagan, 

ishsizlik  nafaqasi  va  ish  joyida  tibbiy  xizmatga  ega  emas.  Bu  kabi  aholining 

mavjudligi  Xitoyning  asosan  Sharqiy  mintaqasidagi  eskportga  yo`naltirilgan 

tashkilotlar  uchun  zarurdir.

34

 Ichki  migrantlar  Xitoy  shaharlarini  arzon, 



boshqariluvchan  ishchi kuchi bilan ta`minlaydi. Ularni  ishsiz qolishi hukumatning 

aholini  ish  bilan  ta`minlovchi  organlari  uchun  hech  qanday  yuk  bo`lmaydi.  Ular 

faoliyat  yuritayotgan  tashkilotlar  ular  tajribasini  oshirish  va  qayta  tayyorlashda 

umuman  qatnashmaydi.

35

 

Shunday  qilib  Xitoy  iqtisodiyotida  ko`p  tarmoqli  rivojlantirish  mexanizmlari 

mavjud  va  shu  bilan  bu  model  o`ziga  xoslik  kasb  etadi.  XXR  iqtisodidagi  o`ziga 

xoslik  rivojlangan  davlatlardagi  kabi  xususiy  tadbirkorlikga  emas  balki  davlat 

korporatsiyalari,  hukumat  boshqaruviga va chet el biznesiga  tayanadi. 

 

 

                                                                 

31

 Haddad M.Trade Integration in East Asia: The role of China and Production Networks/ World Bank policy 



Research Working Paper 4160,  March 2007,  p.14 

32

 Migrant workers in China // China labour bulletin  – 2013.-  6 June 



33

 China  [is] home to 211  million  [of] floating population // China Daily.  –  2010.  – July 13

 

34

 Zai Li.  & Zhongdong. China`s floating population: new ev idence from  the 2000  census // Population and 



development review.  2004.  – Vol.  30.  – No. 3.   

35

 Возможен ли национально ориентированный капитализм?  Журнал Экономика мегаполисов и регионов 



№1  (48)  июнь 2013  стр, 21. 

       

17 


 

1.2.  Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va uni 

Xitoy iqtisodiyotiga ta`siri 

2008-yilda  boshlangan  butun  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  Xitoy 

iqtisodiyotiga  ham  ezilarli  ta`sir  o`tkazdi.  Inqiroz  ta`siri  iqtisodiy  o`sish 

sur‘atlarida  deyarli  o`z  aksini  topmadi.  Bunga  Xitoyda  amalga  oshirilgan  bir 

qancha  tadbirlar  sabab bo`ldi.  Bu  tadbirlarning  samaradorlik  darajasi  haqida  turli 

fikrlar berish mumkin. Inqiroz davrida Xitoyda ro`y bergan eng katta o`zgarish uni 

2010-yilda  YaIM  hajmi  bo`yicha  Yaponiyani  ortda  qoldirishi  va  Xitoyni 

dunyoning  ikkinchi  raqamli  iqtisodiga aylanishi  bo`ldi.  



1.2.1-rasm 

 

Rasmdan  ko`rinib  turibdiki  Xitoy  o`z  valyutasini  devalvatsiya  qilishi 



natijasida sof eksport hajmini 2008-yilda katta miqdorga o`stira oldi. Albatta Xitoy 

hukumatining  bu  kabi  harakati  rivojlangan  davlatlar,  xususan  AQSH  tomonidan 



       

18 


 

jiddiy e`tirozlarga sabab bo`ldi. Chunki AQSH Xitoynining asosiy import hamkori 

sifatida  bu devalvatsiyadan  eng  ko`p  zarar  ko`rgan  davlat  hisoblanadi.  2008 -yilda 

AQSH  ning  savdo  balansida  eng  yirik  manfiy  saldo  kuzatilgan.  Bu  shusiz  ham 

ancha  vaqtdan  beri  o`sib  kelayotgan  AQSH  davlat  qarzi  hajmini  yanada  oshirib 

yubordi.


36

  

Dunyoning  ko`plab  davlatlarida  stagnatsiya  va  iqtisodiy  tushkunlik  tufayli 



iqtisodiy o`sish templarining keskin tushib ketishi kuzatilgan bo`lsa, Xitoyda 2008-

2012 yillardagi YaIM ning o`rtacha yillik o`sish ko`rsatkichi 9-8% dan tushmagan. 

Bu ko`rsatkichlar dunyoning ayrim davlatlari uchun juda yaxshi natija hisoblanadi. 

Lekin  bu  ko`rsatkich  qanday baho  evaziga  erishilganini  ko`rib  chiqamiz.  Xitoyda 

ochiq eshiklar siyosati boshlangandan so`ng  iqtisodiy o`sishni fetishizatsiya qilish 

boshlandi  va  bu  hozirgi  kunda  ham  davom  etib  kelmoqda.

37

2008-yilda  Xitoyning 



asosiy  eksport  hamkorlari  hisoblanmish  rivojlangan  davlatlar  iqtisodiyotida 

turg`unlik  xolati  kuzatila  boshladi,  bu  esa  o`z  navbatida  Xitoy  iqtisodiyoti 

rivojining  asosiy  qismini  hisoblanmish  eksport  hajmi  qisqarishiga  olib  kelishi 

mumkin edi. Xitoy hukumati bu qiyin vaziyatdan chiqish maqsadida 2008 -yili o`z 

valyutasi  tarixidagi  yana  bir  yuanni  AQSH  dollariga  nisbatan  devalvatsiyasini 

amalga  oshirdi.

38

 Natijada  Xitoy  tovarlarini  jahon  bozoridagi  raqobatbardoshlik 



darajasi  yana  bir  pog`onaga  ko`tarildi,  ammo  Xitoyning  o`zidagi  ichki  talab 

miqdori  qisqardi,  real  ish  haqi  o`sishini  kamaytirgan  bu  devalvatsiya  Xitoydagi 

ishchilar  ahvoliga ham ta`sir o`tkazdi. Lekin shunga qaramay Xitoy hukumati o`z 

oldiga  qo`ygan  asosiy  maqsadiga  erishdi.  Mamlakatning  2008-yildagi  iqtisodiy 

o`sish darajasi  9% ni tashkil  etdi.

39

 



  

 

                                                                 



36

 Nouriel  Roubini.  China`s bad growth bet // Project-syndicate. – 2011.  – April 14,  http://project-syndicate.org

 

37 


Кульпин-Губайдуллин  Э. С.  Китайский  вызов: пределы  роста // История и современность. 2010.  № 2

. C. 12-


19.  

38 


Луконин С. А., Михеев  В. В.  Китай  и глобальный  кризис. Тихоокеанская  Азия:  экономические и 

политические  последствия  глобального финансового кризиса / под ред. В.  Б. Амир ова, Е. А. Канаева, В.  В. 

Михеева.  М. : ИМЭМО РАН, 2010.  с. 6. 

 

39 



www.china.org.cn

 


       

19 


 

Xitoy  iqtisodida  ro`y  bergan  o`zgarishlarning  aniq  mashtablarini  quyidagi 

jadval  ko`rsatib beradi; 

1.2.1-jadval 

2001-2010 yillardagi Xitoy YaIM tarkibi (elementlar bo`yicha % da) 

Yillar 

Iste`mol 

Investitsiy



Davlat 

xarajatlari 

Sof 

eksport 

2001 

45,3 

34,6 


16,0 

4,0 


2002 

44,0 


36,2 

15,6 


4,2 

2003 

42,2 

39,1 


14,7 

4,0 


2004 

40,6 


40,5 

13,9 


5,1 

2005 

38,8 

39,7 


14,1 

7,4 


2006 

36,9 


39,6 

13,7 


9,7 

2007 

36,0 

39,1 


13,5 

11,4 


2008 

35,1 


40,7 

13,3 


10,9 

2009 

35,0 

45,2 


12,8 

2010 



33,8 

46,2 


13,6 

6,4 


2013* 

36,3 


46 

13,7 


3,1 

Manba: Jadval ―Pettis, ―Lower  Interest Rates, Higher  Savings?‖ http://www.financialsense.com,  October 16,2011; 

*China Statistical Yearbook-2013.‖  Ma`lumotlari  asosida muallif  tomonidan tayyorlandi. 

 

Jadvaldagi  ma`lumotlarga  k`ora  mamlakatdagi  YaIM  hajmmidagi  iste`mol 



ulushi inqirozdan oldingi vaqtda tizimli ravishda kamayib  borgan (oldin ham katta 

bo`lmagani  ravishda)  va  2007-yilda  2001-yildagiga  qaraganda  deyarli  9%  ga 

qisqargan. Jamg`armalar hajmi bu vaqtda ancha yuqori - YaIM ning 40% ni tashkil 

qilgan. Davlat harajatlari ulushi esa bir qancha qisqargan. Lekin inqirozdan oldingi 

vaqtdagi  sof  eksport  hajmi  juda  tez  sur`atlarda  o`sdi  (2001-yildan  2007-yilgacha 

deyarli 3 baravar 4,0%d an 11,4% gacha). Endi esa inqiroz boshlangandan keyingi 

holatni  ko`rib  chiqamiz.  YaIM  dagi  iste`mol  ulushining  pastligi  saqlanib  turgani 

holda  bu  ko`rsatkich  o`z  minimum  ko`rsatkichiga  2010-yilda  (Xitoydagi  sanoat 

sohasidagi  ishchilar  ish haqi oshgani qaramay) yetib keldi  (YaIM ning 33,8%).Bu 

holat iqtisodni o`z aholisi uchun yanada kamroq ishlayotganidan dalolat beradi. Bu 

qisqarish Xitoy sof eksporti hajmini saqlab qolish hisobiga amalga oshgan. Chunki 


       

20 


 

eksport bu iste`mol qilinishi mumkin bo`lgan, ammo iste`mol qilinmagan tovar va 

xizmatlar  hisoblanadi.

40

 



1.2.2-rasm 

 

Manba:Rasm www.worldenergyoutlook.org  sayti ma`lumotlari  asosida muallif  tomonidan tayyorlangan. 



Rasmdan ko`rinib turibdiki  Xitoyning 2012-yildagi neft  iste`moli  hajmi 10% 

lik  ko`rsatkich  bilan  dunyo  davlatlari  ichida  2-o`rinni  egallaydi.  Xitoyda  ishlab 

mahsulot  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarishga  ketadigan  energiya  iste`moli  hajmi 

rivojlangan  davlatlardagiga  qaraganda ancha yuqoriroq.  



 

 

 

 

 

                                                                 

40

 Словарь  «Борисов А. Б.  Большой экономический словарь. — М.:  Книжный  мир, 2003.  — 895  с.»



 

       

21 


 

1.2.3-rasm 

 

  Rasmdan  ko`ra  Xitoy  YaIM  hajmi  o`sib  borishi  bilan  uning  energiya 



iste`moli  hajmi  ham  to`xtovsiz  o`sib  borgan.  Xitoy  iqtisodiy  o`sish  darajasini 

saqlab  turishi  uchun  energiya  iste`moli  hajmini  to`xtovsiz  oshirib  borishi  lozim. 

Oxirgi  15-20  yil  ichida  Xitoy  energiya  iste`molini  kamaytirishga  qaratilgan  bir 

qancha  choralarni  ishlab  chiqib  hayotga  tadbiq  etganiga  qaramasdan  energiya 

iste`moli  hajmi  YaIM  o`sishi  bilan  birga  o`sib  bormoqda.  Xitoyda  deyarli  3  mlrd 

tonna  ko`mir  qazib  olinadi  va  iste`mol  qilinadi  (dunyodagi  jami  qazib  olinadigan 

ko`mirning  yarmi).

41

 



Xitoy  iqtisodida  nafaqat  ko`mir  iste`moli  hajmi  balki  boshqa  energiya 

iste`moli  hajmi  ham ortib bormoqda. 

 

 

 



                                                                 

41

 World coal consumption. Statistical yearbook  2013



 

       

22 


 

1.2.4-rasm 

AQSH va Xitoyda har 1000 AQSH dollarlik YaIM uchun sarflanadigan 

energiya miqdori (AQSH dollarida 2005-yildagi narxlarda) 

 

Manba: Rasm―World  Bank.  Energy consumption.‖ Ma`lumotlari  asosida muallif  tomonidan tayyorlandi.   

AQSH  iqtisodiga  nisbatan  har  1000  AQSH  dollarlik  YaIM  uchun 

sarflanayotgan energiya hajmi  Xitoyda deyarli 50-40% ga balandroq. YaIM hajmi 

bo`yicha  esa  Xitoy  AQSH  dan  taxminan  30-40%  ga  orqada.

42

 Demak  Xitoyda 



AQSH  dagiga  nisbatan  kamroq  mahsulot  va  xizmatlar  ishlab  chiqarilgani  holda 

energiya sarfi ancha balandroq hisoblanadi.  AQSH ning  neft  iste`molchi davlatlar 

ichida  birinchilikni  qo`ldan  bermay  kelayotganiga  bir  necha  sabablarni 

ko`rsatishimiz  mumkin.  Xususan  Xitoyda  hozirgi  vaqtgacha  asosiy  energiya 

manbai  ko`mir  bo`lib  qolmoqda,  bundan  tashqari  Xitoy  ko`mir  zahiralari  hajmi 

bo`yicha  dunyoda  birinchi  o`rinni  egallaydi.  Xitoyning  energiya  iste`molidagi  bu 

qadar  ko`p  harjlik  moliyaviy  inqirozdan  keyin  jahon  bozoridagi  narxlar 

konyukturasiga  ham  ta`sir  o`tkazdi.  Iqtisodiy  inqiroz  tufayli  rivojlangan 

davlatlardagi  iqtisodiy  o`sish  sur`atlari  kamaydi  va  bu  o`z  navbatida  jahondagi 

energetika resurslariga bo`lgan talabni kamayishiga olib keldi. Xitoy ham energiya 

resurslarini  asosiy  iste`molchisi  sifatida  iqtisodiy  o`sish  templarini  energiya 

                                                                 

42

 World Bank.  Main GDP  indicators by country. 2013



 

0

50



100

150


200

250


300

350


2001

2003


2005

2007


2009

AQSH


Xitoy

       

23 


 

tashuvchi  mahsulotlar  importi  qisqarishi  hisobiga  kamaytirmadi.  Natijada  Xitoy 

2010-2011  yillarda  ko`mir  eksportyori  maqomidan,  ko`mir  importyori  davlatiga 

aylanib  qoldi.  Ishlab  chiqarishda  sarflanayotgan  (asosan  eksportga  yo`naltirilgan 

mahsulotlar  uchun)  energiya  hajmini  balandligi  va  buni  qisqartirish  yoki  eksport 

mahsulotlari  narxini  ko`tarishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirilmagani bois 

Xitoyning savdo balansida energiya tashuvchilar hisobiga import hajmi ortib bordi. 

Agarda  Xitoy  YaIM  tarkibini  strujturaviy  holatda  ko`radigan  bo`lsak  bunga  yana 

bir bor amin  bo`lamiz. 

1.2.2-jadval 

Xitoy YaIM ning  strukturaviy  tuzilishi 

(2013-yil  YaIM ga nisbatan  % da) 

Iste`mol  

36.3 

Davlat harajatlari 

13.7 

Asosiy kapital  jamg`arilishi   

46 

Sof investitsiya 

1.2 

Eksport 

25.1 

Import   

22.2 

Manba: Jadval www.stats.gov.cn sayti ma`lumotlari  asosida muallif  tomonidan tayyorlangan.  

Jadvalga ko`ra Xitoyning 2013-yildagi sof eksporti hajmi YaIM ning 2.9% ni 

tashkil qilgan. Oxirgi 6 yilda esa bu ko`rsatkich o`rtacha 7-8% dan kam bo`lmagan 

edi.

43

 Bu  kabi  sof  eksport  hajmi  qisqarishi  YaIM  ning  yalpi  o`sish  ko`rsatgichiga 



ham ta`sir o`tkazmasdan qolmadi. 2013-yildagi YaIM o`sish hajmi 7,6% ni tashkil 

etdi.  


 

 

 

 

                                                                 

43

 Farzad  R.  China Slows, raising questions for U.  S. growth // Businessweek.com, Ma rch 27,  2012, 



http://www.businessweek.com/articles/2012-03-27/china-slows-ra ising-questions-for-u-dot-s-dot-growth.

 


       

24 


 

1.2.5-rasm 

 

Xitoy  YaIM  o`sish  dinamikasi  oxirgi  to`rt  yilda  o`rtacha  9-11%  ni  tashkil 



etgani  holda,  2013-yilga  kelib  7,6%  ga  tushishi  jahon  bozoridagi  yalpi  talab 

miqdorining  tushgani  va  xom  ashyo  mahsulotlarining  narxinni  nisbatan 

qimmatlashgani  bilan  izohlanadi.

44

 Butun  jahon  moliyaviy  inqirozi  Xitoy 



iqtisodiyotida  tub  o`zgarishlarni  boshlash  uchun  turtki  bo`ldi.  Xususan  Xitoy 

bundan  buyon  eksportga  yo`naltirilgan  iqtisodni  keyinchalik  ham  rivojlantirishi 

muammoli  bo`lib qoldi.  

 

 



 

 

 



                                                                 

44

 www.stats.gov.cn



  

       

25 


 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish