Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana16.04.2020
Hajmi1,13 Mb.
#45070
1   2   3   4
Bog'liq
xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari(1)


 

 

 

                                                                 

63

 Гринин. Л. Е. Китайская  модель и перспективы лидерства  Китая  в мире. Век глобализации.  Выпуск 



№2(10).2012.  с. 35. 

       

41 


 

2.3. Xitoy tomonidan tanlangan iqtisodiy taraqqiyot modelining yutuq va 

kamchiliklari 

 

Xitoy tomonidan amalga oshirilga iqtisodiy islohotlar o`ziga yarasha ijobiy va 



salbiy  xususiyatlarga  ega.  Iqtisodiy  islohotlar  asosan  chet  el  bozorlarini 

to`ldirishga  va  ichki  bozor  ehtiyojlarini  kam  hisobga  olingani  holda  o`tkazilgan. 

Islohotlar  asosan  iqtisodiy  rivojlanishni  fetishizatsiyaga  aylantirilishi  natijasida 

hozirgi vaqtda Xitoy chuqur ekologik va energetic muammolar oldida turibdi.  Bir 

tomondan  Xitoy  energiya  resurslarini  yangi,  toza  turlarini  ishlab  chiqarish  va  uni 

iste`mol  qilishga  katta  mablag`  ajratishni  rejalashtirgan  bo`lsa,  ikkinchi  tarafdan 

hatto  rivojlangan  davlatlarda  bu  kabi  texnik-texnologik  yutuqlarga  erishilmagan. 

Bundan  tashqari  Xitoyning  asosiy  energiya  manbai  ko`mir  hisoblanadi  va 

mamlakat  ko`mir  zahiralari  bo`yicha  jahonda  yetakchilik  qiladi.  Ammo  energiya 

tashuvchilarning bu turi ekologiyaga boshqalariga qaraganda ko`proq zarar qiladi. 

Ko`mirdan  sanoat  va  iqtisodiyotning  boshqa  tarmoqlarida  foydalanishdan  voz 

kechilishi  mamlakatdagi  iqtisodiy o`sish sur`atlariga  yomon ta`sir qilishi  mumkin. 



2.3.1-rasm 

 

 



Manba:  Rasm  www.stats.gov.cn  sayti  ma`lumotlari  asosida  muallif  tomonidan  tuzilgan. 

       

42 


 

Rasmdan ko`rinib turibdiki  Xitoy YaIM sohalar bo`yicha taqsimotida hozirgi       

vaqtgacha  sanoat  va  qishloq  xo`jaligi  mahsulotlarining  ulushi  baland.  Bu 

ko`rsatkichlar  bilan  Xitor rivojlangan  davlatlardan  hali  ortda qolmoqda.  

2000-yillardan 

boshlab 


islohatlar 

boshlanishi 

paytidagi 

kabi 


invistetsiyalarning daromad keltirishi darajasi kamaya boshladiva ayrim yillarda va 

sohalarda 

hatto 

manfiy 


ko`rsatkichni 

ham 


ko`rsatgan. 

Yildan 


yilga 

investitsiyalardan olinadigan daromad hajmi o`zgarib tursa ham davlat tomonidan 

kiritilayotgan  investitsiyalardan  foyda  olish  darajasi  chet  el  investitsiyalaridan 

ko`rapastroq va ulardan tushadigan daromad 2009-yilda 1 yuanga YaIM dagi 0,17 

yuan o`sishga to`g`ri kelgan (1994-yilda esa 1 yuanga YaIM dagi 0,74 yuan to`g`ri 

kelgan). Boshqacha aytganda davlat 1 yuan foyda olishi uchun 6 yuan  investitsiya 

kiritishi  kerak.  

Xitoy hukumati mavjud modeldagi kamchiliklar  haqida biladi va uni bartaraf 

etish uchun model transformatsiyasini amalga oshirmoqda (xususan AKT sohasida 

amalga  oshirilgan  o`zgarishlar  e`tiborga  molik).  Faqat  bu  o`zgarishlar  va 

transformatsiya  o`sish  sur`atlariga  ta`sir  etmaydigan  sohalarda  amalga  oshirilishi 

ko`zda  tutilgan.  Natijada  iqtisodiy  modelning  faqatgina  ayrim  sohalari 

o`zgarishlarga  uchrab  modelning  umumiy  tuzilishi  o`zgarishsiz  qolmoqda, bu  esa 

mavjud  muammolarni  yanada  chuqurlashuviga  sabab  bo`lmoqda  (ayniqsa 

ekologiya  va atrof muhit  muxofazasi  sohasidagi muammolar). 

2012-yildan  boshlab  Xitoy  iqtisodiyotining  o`sish  dinamikasi  pasayib 

bormoqda. Bu holat Xitoy  iqtisodiyoti uchun yaxshi hisoblanadi, chunki aholining 

ichki  iste`moli  hajmi  ko`payib,  ko`p  harjli  va  ekologik  jihatdan  zarar    ko`rib 

ishlayotgan  firmalardagi  ishlab  chiqarish  hajmini  qisqarishi  va  yangitdan 

zamonaviy standartlar asosida rekonstruksiya qilinishi iqtisodiyotni rivojlanishning 

yangi  bosqichiga ko`taradi.

64

 



 

 

                                                                 

64

Explorer  Global  Think Tank. China `s Economy  is Slowly  Becoming  More Normal.  Pieter Bottelier.  Article / july 



26,  2012.    

       

43 


 

2.3.2-rasm 

 

Manba:  Rasm  www.stats.gov.cn  sayti  ma`lumotlari  asosida  muallif  tomonidan  tuzilgan. 



 

Rasmda  Xitoy  YaIM  ni  ishlab  chiqarilishi  uchun  band  bo`lgan  aholi  soni 

berilgan  bo`lib,  Xitoy  iqtisodiyotidagi  sohalarda  mehnat  unumdorligi  darajasini 

ko`rsatib  bera  oladi.  Grafikga  ko`ra  Xitoy  sanoat  sohasidagi  mehnat  unumdorligi 

darajasi boshqa sohalarnikidan ancha yuqori. Eng past mehnat unumdorligi qishloq 

xo`jaligi sohasiga to`g`ri keladi (YaIM ning 9,7% ni berganida mehnatga  layoqatli 

aholining 37,8% ni band qilgan, rivojlangan davlatlarda bu ko`rsatkichi 1,5% dan 

4% gacha). 

Xitoy  iqtisodiy  taraqqiyot  modeli  2013-yilda  hokimiyatga  kelgan  yangi 

hukumat  uchun  bir  qancha  muammolarni  yaratib  berdi.  Xitoyda  hozirgi  kunda  1 

mlrd tonnadan ko`proq temir rudasi qazib olinadi (dunyoda qazib olinadigan temir 

rudasining  40%),  600  mln  tonnadan  ko`proq  po`lat  eritiladi  va  uning  atiga  10/1 

qismi  eksport qilinadi  (dunyodagi  eritilgan  po`latning  45%  dan  ko`prog`i),  yiliga 

1,9 mlrd tonna sement  ishlab chiqariladi va uning barchasi XXR o`zida  ishlatiladi 

(dunyodagi jami ishlab chiqariladigan sementning 55%). Shu bilan bir qatorda turli 

xil  mineral  xom  ashyolarni  qazib  olinishi  hajmi  ham  yildan  yilga  ko`payib 

bormoqda.  Bir  necha  yil  oldin  Xitoy  ko`mirni  eksport  qilgan  hozir  esa  uni 


       

44 


 

importyoriga aylanib ulgurdi. Neftni ham eksportyori bo`lgan Xitoy hozirgi vaqtga 

kelib  neft importyorlari  qatorida 2-o`rinda turibdi.

65

  



  Xitoy yiliga 500 mln tonna temir rudasini import qiladi. Xitoy iqtisodiyotini 

bu  darajadagi  serxarjligi  hukumat  va  Xitoylik  biznes  vakillarini  butun  dunyo 

bo`ylab  xom  ashyo  manbalarini  qidirishiga  va  uni  importini  diversifikatsiyasiga 

ko`proq  ahamiyat  berishiga  olib  kelmoqda.  Bu  omil  Xitoyning  Afrika  va  Lotin 

Amerikasidagi  faolligini  asoslay  oladi.  Xitoy  iqtisodini  juda  serxarjligi  quyidagi 

misolda yaqqol ko`zga tashlanadi; 

  AQSH da amalga oshiriladigan qurilish ishlari Xitoydagi bilan  taxminan bir 

xil hajmga ega bo`lgani holida yiliga 100 mln tonna sement  ishlab chiqaradi va 30 

mln  tonnadan  kamrog`ini  import  qiladi  (2007-yil).  Xitoy  esa  1,9  mlrd  (2007-yil) 

tonna.  Agar  Xitoyda  sementni  qurilish  va  boshqa  maqsadlarda  AQSH  dagidan 

ko`ra  ko`proq  foydalanishini  va  qurilish  jarayonida  uning  bir  qismi  yo`qotilishini 

hisobga olsak ham Xitoy AQSH dan ko`ra taxminan 15-16 baravar ko`proq sement 

iste`mol  qiladi. 

  Mavjud  kamchiliklar  ko`pincha  rejali  iqtisodiyotlar  uchun  xos  bo`lgan 

iqtisodiy  o`sish  sur`atlariga  har  qanday  holda  ham  erishishga  intilish  ya`ni 

rivojlanishni  fetishizatsiya  qilish  oqibatida  kelib  chiqqan.  Shu  sababli  Xitoyning 

hozirgi  hukumati  iqtisodiy  o`sish sur`atlarini  kamaytirishni  o`z  oldilariga  maqsad 

qilib  olishgan.   

  Lekin  mazkur  maqsadni  realizatsiya  qilinishi  haqiqatdan  ham  bo`lishi 

muammoli.  Chunki  2011-yil  28-fevralda  XXR  Davlat  Kengashi  raisi  Ven 

Tszyaobao  2011-yildagi  iqtisodiy  o`sish  ko`rsatkichi  8%  qilib  belgilangani  va 

2012-2015 yillarda esa 7% lik ko`rsatkich asosiy maqsad qilib belgilandi. Amalda 

esa 2012-yildagi  iqtisodiy o`sish ko`rsatkichi  yuqoridagidan balandroq bo`lgan.  

  Bu  ko`rsatkichga  erishish  infilatsiya  va  jamiyat  deformatsiyasi  kabi  xavfli 

oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin  bo`lgan  shartlar  ostidagi  tadbirlar  b ilan  erishildi 

(ichki  talabni  kredit foizlarini  tushirish  orqali erishga  qaratilgan  choralar). 



 

                                                                 

65

 World Bank.  World energy consumption report.  2013 



       

45 


 

2.3.3-rasm   

Xitoy iqtisodiyotidagi mavjud 

muammlolar.

 

Manba: rasm www.worldbank.org/ru/news/press -release/2014/06/06/china-growth-moderates-with-continued-



transformation asosida muallif  tomonidan tayyorlangan. 

  2.3.3-rasmdan  ko`rinib  turibdiki  XXR  tomonidan  amalga  oshirilishi  lozim 

bo`lgan  chora-tadbirlar  Xitoy  iqtisodining  rivojlanish  modelini  isloh  qilinishini 

talab qiladi.   

  Xitoy  hukumatining  ichki  iste`mol  hajmini  oshirishga  qaratilgan  siyosatini 

hayotga  taqbiq  qilinishi  yanada  qiyinlashishi  mumkin.  Chunki  hozirgi  kunda 

Xitoyning  sharqiy  mintaqasida  joylashgan  shaharlaridagi  birinchi  iste`mol 

tovarlarining  narxi  Gongkongdagi  narxlar  darajasiga  tenglashib,  ayrim  xollarda 

undan  oshib  ketmoqda.

66

 Xarajatning  foydaga  nisbatan  bu  kabi  o`sib  ketishi 



mamlakatdagi  o`rta qatlamni  noroziligini  uyg`otib yuborishi mumkin.   

 

 

 

 

                                                                 

66

 Марк Завадский ―Три проблемы Китая‖  ―Эксперт‖ №43  (776)  2011.  С.  6.  



       

46 


 

2.3.4-rasm 

 

2.3.4-rasmdan ko`rinib turibdiki Xitoy uchun mavjud iqtisodiy muammolarni 



yechimi  yo`llari  uning  oxirgi  30  yil  ichidagi  yuqori  iqtisodiy  o`sish  sur`atlarini  

ta`minlab  bergan  modeldan  voz  kechishni  talab  qiladi.  Bu  kabi  sharoitda  Xitoy 

hukumati  oldida  hozirgi  egallangan  marralarni  saqlab  qolish  va  jahon  davlatlari 

ichida rivojlangan  davlatlar  qatoriga chiqishdek ma‘sulyatli  vazifa  turibdi.   

Mazkur  maqsadga  erishish  uchun  oxirgi  30  yil  mobaynida  Xitoy 

iqtisodiyotini tez rivojlanish darajalarida ushlab tura olgan iqtisodiy model o`rniga 

butunlay  boshqa,  Xitoy  uchun  ko`proq  mamlakat  aholisi  farovonligini  oshirishga 

qaratilgan  islohotlarni  o`tkazish asosiy vazifa  qilib  belgilab  olingan  bo`lishi  lozim.   

 

 

 



 

 

 



XULOSA 

       

47 


 

 

Jahonda  hozirgi  vaqtda  golobalizatsiya  va  xalqaro  iqtisodiy  integratisiya 

jarayonlari  ta‘siri  ostida  alohida  milliy  xo‗jaliklarning  ahamiyati  toboro  kamayib 

integratsion  tashkilotlar  va  boshqa  xalqaro  uyushmalarning  ahamiyati  toboro 

kengayib 

bormoqda. 

Jahon 

bozoridagi 



narxlar 

dinamikasi 

ham 

kam 


o‗zgaruvchanlik  xususiyatini  yo‗qota  boshlagan.  Bu  esa  milliy  xo‗jaliklarga  o‗z 

iqtisodiyotini  tez  sur‘artlarda  diversifikatsiya  qilishini  va  jahon  bozoridagi 

o‗zgarishlarga  tayyor  turishini  taqozo  etmoqda.  Yuqoridagi  omillar  natijasida 

Xitoyda  hozir  chuqur  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishni  talab  qiluvchi  holat 

shakllangan.  Ushbu  holatga  ko‗ra  Xitoy  o‗zidagi  xo‗jalik  yurituvchi  subyektlarga 

keng 


imkoniyatlar 

yaratib 


berishi, 

globalizatsiya 

va 

jahon 


bozoriga 

integratsiyalashuv  jarayonlarini  yanada  chuqurlashishiga,  o‗z  eksport  hajmini 

faqatgina  boshqa davlatlar  hisobiga  kengaytirish  yo‗lidan  asta-sekin  voz  kechgani 

holda  ichki  bozorini  kengaytirish  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqishi  lozim.  Xitoy 

hozirgi vaqtda dunyoning birinchi raqamli eksportyor davlati emas balki ekologik 

muammolar  va  u  tufayli  yerni,  atrof  muhitni  zararlash  bo‗yicha  ham  sayyorada 

yetakchilik maqomida. Xitoy ekologik  muammolar tufayli kasallanishga uchragan 

insonlar  soni  bo‗yicha  ham  dunyoning  barcha  davlatlaridan  oldinda.  Hukumat 

tomonidan  ekologiyani  yanada  zararlanishini  oldini  olishga  qaratilgan  dasturlar 

hozircha  o‗z  vazifasini  to‗liq  ravishda  bajargani  yo‗q.  Hukumat  tomonidan 

energiya  iste‘moli  uchun  tariflarni  sun‘iy  ravishda  past  narxlarda  ushlab  turilishi 

energiya ishlab chiqaruvchilar va undan foydalanuvchilar uchun yoqilg‗ining yangi 

manbalarini  yaratishga  rag‗batni  kuchsizlantirmoqda.  Xitoy  o‗zidagi  ishchi  kuchi 

arzonligi va ekologik talablarni boshqa rivojlangan davlatlardagiga nisbatan ancha 

yumshoq  bo‗lganligi  bilan  investorlarni  o‗ziga  jalb  qiladi.  Xitoy  eksport  hajmini 

yuqori  ko‗rsatkichlarda  ushlab  turishi  uchun  mamlakatdaga  boshqa  valyuta  taklifi 

oqibatida yuan kursini qimmatlashishini oldini olish maqsadida eksport orqali kirib 

kelgan  katta  miqdordagi  valyutani  AQSH  va  boshqa  rivojlangan  davlatlar 

iqtisodiga  qayta  investitsiya  qiladi.  Bu  esa  ayrim  iqtisodchi  olimlarda  2008 -yilda 

boshlangan  butun  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozining  sabablaridan  biri  bo‗ldi 



       

48 


 

degan farazlarni paydo bo‗lishiga olib keldi. Chunki 2000-yillardan boshlab Xitoy 

AQSH  ning  yirik  kredetorlaridan  biriga  aylandi.  2001-yil  ―.com‖  axborot 

texnologiyalari bozori aksiyalari  narxlari  keskin tushib ketgach Xitoy AQSH ning 

ipoteka  bozoriga  katta  miqdordagi  investits iyalarni  kirita  boshladi,  natija  2008-

yilda  ro‗y  bergan  butun  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi.  Albatta  bu  holat 

yuzasidan  Xitoyni  to‗g‗ridan  to‗g‗ri  ayblay  olmaymiz.  Balki  Xitoy  uchun  bu 

vaqtda  eksportdan  tushgan  katta  miqdordagi  valyutani  o‗z  iqtisodiyotini 

modernizatsiya qilishga sarfalagani yuqoridagi holatdan ko‗ra ancha yaxshi bo‗lar 

edi deb ayta olamiz. 

O‗zbekiston  o‗z  taraqqiyot  yo‗nalishini  belgilab  olishda  Xitoy  tomonidan 

amalga  oshirilgan  islohotlardan  keng  foydalandi.  Bunga  2013-yilda  ochilgan  bir 

qncha  maxsus  iqtisodiy  hududlarni  misol  qilib  keltira  olamiz.  O‗zbekiston  Xitoy 

tomonidan  yo‗l  qo‗yilgan  kamchiliklarni  aniq  anglab  olgani  holda  ko‗proq  ichki 

bozor  talablarini  qondirishga  qaratilgan  yuqori  texnologik  va  ilmtalab 

maxsulotlarni  ishlab  chiqarishga  mo‗lajallangan  korxonalarni  o‗z  hududiga  olib 

kiryapti.    

Yurtboshimiz  Islom  Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  taraqqiyotning 

―o‗zbek  modeli‖  amalda  o‗zining  yuksak  samaralarini  bermoqda.  Ushbu 

modelning  ishlab  chiqilishida  jahon  qolaversa  Xitoy  tajribasidan  O‗zbekistondagi 

o‗ziga xos xususiyatlar  hisobga olingan  holda foydalanilgan.    

Xitoyning  yana  bir  muammolaridan  biri  bo‗lgan  yomon  qarzlari 

O‗zbekistonda kuzatilmaydi. Prezidentimiz tomonidan 2010-yil 26 noyabrda qabul 

qilingan ―2011-2015 yillarda Respublika  moliya-bank tizimini yanada  isloh qilish 

va  barqarorligini  oshirish  hamda  yuqori  xalqaro  reyting  ko‗rsatkichlariga 

erishishning  ustuvor  yo‗nalishlari  to‗g‗risida‖gi  qarori  bank  kapitali  sifat  jihatdan 

yaxshilashga  qaratilgan  bo‗lib,  mazkur  qaoror  O‗zbekistonda  Xitoydagi  kabi 

holatni  takrorlanishidan  saqlab qoldi. 

Xususan,  bugungi  kunda  bank  tizimi  kapitalining  yetarlilik  darajasi  24,2 

foizni  tashkil  qilib,  xalqaro  bank  nazorati  bo‗yicha  Bazel  qo‗mitasi  tomonidan 

qabul  qilingan  talabga  (8  foizga)  nisbatan  3  barobar  yuqori.  Bank  barqarorligini 


       

49 


 

baholash omillaridan biri bo‗lgan bank tizimining joriy likvidlik darajasi bir necha 

yildan  buyon  65  foizdan  yuqori  bo‗lib,  belgilangan  minimal  darajadan 

(30  foizdan)  2  barobar  ko‗pdir.  Bu  ko‗rsatkichlar  banklarda  hali  realizatsiya 

qilinishini  kutib  yotgan  mablag‗  hajmini  anchagina  ekanligini  ko‗rsatadi. 

Kelajakda O‗zbekiston mazkur mablag‗larni iqtisodiy faollik darajasini ko‗tarishda 

foydalanishi  mumkin.   

Xitoy  tajribasidan  kelib  chiqqan  xolda  Prezidentimiz  Islom  Karimov 

tomonidan  banklarning  moliyaviy  barqarorligini  mustahkamlash,  ularning  to‗lov 

qobiliyatini  doimo  oshirib  borish  hamda  banklarni  mamlakat  iqtisodiyotining 

lokomotiviga aylantirish va bunda tashqi qarzlarni oqilona jalb qilish bank tizim ini 

rivojlantirish  borasida  olib  borilayotgan  islohotlarining  asosiy  yo‗nalishi  etib 

belgilangan. 

Xitoydagi  yomon  qarzlar  ya‘ni  norentabil  bo`lgan  tashkilotlarni  davlat 

tomonidan  moliyalashtirilishini  to`xtatilishi  kelajakda  hukumat  tomonidan 

rejalashtirilgan  birinchi  galdagi  vazifalardan  biri  hisblanadi. 

Xitoy  goloballashuv  va  integratsion  jarayonlarning  yangi  bosqichida  turibdi. 

Bu  vaziyatda  u  o`z  iqtisodiyotini  kam  xarj,  aholi  iste`moli  va  xarajatlarini 

ta`minlashga  qaratgan  xolda  rivojlantirib  borishi  lozim.  Yuqoridagi  vazifalarni 

bajarishi  uchun  Xitoyga  birinchi  galada  o`z  iqtisodiyotida  tubdan  islohotlar 

o`tkazilishi  talab qilinadi.   

Hozirgi  vaqtga  kelib  Xitoy  bu  kabi  islohotlarni  boshlab  yuborgan,  ammo 

mamlakatda  kvazifiskal  opoeratsiyalar  tufayli  markaziy  va  mahalliy  byudjetdagi 

yomon  qarzlar  miqdori  yanada  ko`payib  ketmoda.  Mamlakatning  sharqiy 

mintaqalaridagi  iste`moli  narxlari  aholining  daromadlaridan  ko`ra  ancha  tez 

oshyapti.  Bu  kabi  iqtisodiy  muammolar  Xitoy  hukumatini  kelajakdagi  asosiy 

shug`ullanadigan  vazaifasidir.   

O`rta  Osiyo  borasida  ham  Xitoy  bu  mintaqadagi  davlatlar  bilan 

hamkorlikning  yangi  bosqichiga  ko`tarilishni  rejalashtirgan.  Bu  hamkorlik 

yo`nalishlari  asosan  xom-ashyo  va  energetik  resurslar  doirasida  kengayishi 

kutilmoqda.  Xitoyni  mintaqada  erkin  savdo  hududini  tashkil  qilish  to`g`risidagi 


       

50 


 

rejalari  ham  yo`q  emas.  2013-yilda  hokimiyat  tepisiga  kelgan  Xitoyning    yangi 

hukumati  bu haqda o`z boshqaruvining  boshidan ma`lum  qilgan  edi. 

Xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari ko`proq ekologik 

toza ishlab chiqarish, aholi farovonligini oshirish, aholini  kambag`al va boy qismi 

o`rtasidagi  farqni  kamaytirish  va  hozirda  Xitoyni  jahon  bozoridagi  pozitsiyalarini 

o`z iqtisodiyoti uchun zararli bo`lmagan sharoitlarda saqlab qolishga yo`naltirilgan 

bo`lishi  lozim.   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


       

51 


 

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR RO„YXATI 

 

I. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining  farmoyishlari va qarorlari 

1.1.  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008-yil  29-dekabrdagi  PQ-

1024-sonli  qarori. 

1.2.  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010-yil  29-dekabrda 

―O‗zbekiston  Respublikasining  2011-yilga    mo‗ljallangan  investision  dasturi 

to‗g‗risida‖gi 1455-sonli  Qarori. 

 

II. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning  asarlari va 

ma‟ruzalari 

2.1. Karimov I.  A. Bizning bosh maqsadimiz  -  jamiyatni demokratlashtirish 

va  yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh  etishdir./  Oliy  Majlis 

Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‗shma  majlisidagi  ma‘ruzasi.//  Xalq  so‗zi 

2005  yil,  29 yanvar.   

2.2.  Karimov  I.  A.  2005  yilda  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlari  va  2006  yilda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim 

ustivor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan  Vazirlar Mahkamasi  majlisidagi  ma‘ruzasi.  

// Xalq  so‗zi 2006  yil,  13 fevral. 

2.3.  Karimov  I.  A.  2007  yilda  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlari  va  2008  yilda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim 

ustivor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan  Vazirlar Mahkamasi  majlisidagi  ma‘ruzasi.  

// Xalq  so‗zi 2008  yil,  9 fevral. 

2.4.  Karimov  I.A.  2006  yilda  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlari  va  2007  yilda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim 

ustivor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan  Vazirlar Mahkamasi  majlisidagi  ma‘ruzasi.  

// Xalq  so‗zi 2007  yil,  13 fevral. 

2.5.  Karimov  I.  A.  ―Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O‗zbekiston 

sharoitida uni  bartaraf etishning  yo‗llari  va choralari‖.  – T:. O‗zbekiston, 2009. 

2.6.  Kаrimov  I.А.  2012  yil  vаtаnimiz  tаrаqqiyotini  yangi  bosqichgа 

ko‗tаrilаdigаn yil bo‗lаdi O‗zbekiston Respublikаsi I.А.Kаrimovning 2011 yilning 


       

52 


 

аsosiy  yakunlаri  vа  2012  yildа  O‗zbekistonning  ijtimoiy  iqtisodiy 

rivojlаntirishning  ustuvor  yo‗nаlishlаrigа  bаg‗ishlаngаn  Vаzirlаr  Mаxkаmаsining 

mаjlisidаgi  mа‘ruzаsi// Xаlq so‗zi, 2012 yil  20 yanvаr, № 14 (5434). 

2.7. Kаrimov I.А. Bizning yo‗limiz – demokrаtik islohotlаrni chuqurlаshtirish 

vа  modernizаsiya  jаrаyonlаrini  izchil  dаvom  ettirish  yo‗lidir.  Prezident  Islom 

Kаrimovning  O‗zbekiston  Respublikаsi  Konstitusiyasining  19  yilligigа 

bаg‗ishlаngаn  tаntаnаli  mаrosimdаgi  mа‘ruzаsi. // Xаlq so‗zi, 2011  yil  8 dekаbr. 

2.8.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  Mamlakatni 

2013  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2014  yilga  mo‘ljallangan 

iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining  majlisidagi  ma‘ruzasi, 18.01.2014 y. 



III. Kitoblar, monografiyalar, ilmiy maqolalar 

3.1. B.D.Sadibekova ―Xitoy iqtisodiyoti,  o‘quv qo‘llanma, TDShI, 2013 y. 

        3.2. MelibayevaG.A.,  GaziyevF.Sh.. ―Xitoyning  Markaziy  Osiyo 

mamlakatlari  bilan  iqtisodiy hamkorligi‖.  O‘quv qo‘llanma. Toshkent 201. 

        3.3. A.V.Vaxobov. Milliy  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  modellari  va 

ulardan  O‘zbekistonda ijodiy  foydalanish  yo‘nalishlari,  Resp.ilmiy-amaliy 

konferensiya  materiallari,  2012 y.25 aprel. 

        3.4. Maxmudov E.A. ―O‘rganilayotgan  mintaqa  mamlakatlarida  AKT sohasi‖ 

o‘quv qo‘llanma. Toshkent.: 2010 y 

        3.5. N.T.To‘xliyev.O‘zbekiston Respublikasi  iqtisodiyoti, o`quv qo`llanma,T-

1998. 

        3.6. Ван Пей. Экспортный сектор в модели экономического развития 



КНР: автореф. Дис. … канд. экон. наук. М., 2010.  

3.7.  Ли  Цзин  Вэнь.  Анализ  и  прогнозирование  основных  проблем 

экономики  современного  Китая  //  Прогнозирование  развития  КНР: 

экономика, информатика, внешняя политика и безопасность. /РАН ИДВ.-М., 

2000, вып. 9. 

        3.8. Селищев А.С., Селищев Н.А. Китайская экономика в XXI веке.- 

СПб.: Издательство «Питер». 2004.  


       

53 


 

3.9.    O‗zbekiston  Respublikаsi  iqtisodiyoti  (O`quv  qo`llanma)  /  Tuzuvchi: 

prof. N.T.To`xliyev.  – T.,1998. 

3.10.  Лю  Гогуан.  Проблемы  урегулирования  экономической  структуры 

Китая.// Проблемы ДВ,- 2001, № 6, с. 64-70.  

3.11.  Sadibekova  B.  Dj.  Xitoy  iqtisodiyoti,  1-qism.  O`quv  qo`llanma  – 

T.,2010  

3.12. Ван Мэнкуй и др. Экономика Китая, Изд-во межконтинентального 

Китая, Пекин, февраль 2005 г. с. 114.   

3.13. Kитай: фундамент успехов XXI века. Аналит.обзор. /Инст. ДВ РАН, 

2002, 200-с. 

3.14. «Китай: факты и цыфры, 2012», Пекин, 2013 г. 

3.15.  Китайская  Народная  Республика:  политика,  экономика,  культура. 

Под ред.акад. Tитаренко M.Л., М., 2008г. 

3.16.  Котляров  H.H.  Важнейшие  аспекты  взаимодействия  КНР  с 

ВТО//Мировое и национальное хозяйство.-2007.-№3 

3.17.

 

Ли  Ливэй  Вступление  Китая  в  ВТО  и  иностранные  банки  // 



"Социально-гуманитарные знания 2006". Дополнительный выпуск -М., 2006 

3.18.Островский  А.В.  Китайская  модель  перехода  к  рыночной 

экономике. М.,ИДВ РАН, 2007.-208  с. 

3.19.  Основные  тенденции  развития  Китайской  экономики  в  ХХI  веке, 

Шенян, 2004. с. 86. 

3.20. Возможен ли национально ориентированный капитализм? Журнал 

Экономика мегаполисов и регионов №1 (48) июнь 2013

  

3.21.Жуджунь Д., Ковалев М.М., Новик В. В. ―Феномен Экономического 



Развития Китая‖   Мн.: Издательский центр БГУ, 2008. – 446 с.     

3.22.  Селищев  А.С.,  Селищев  Н.А.  Китайская  экономика  в  XXI  веке.- 

СПб.: Издательство «Питер». 2004. – 15 п.л. 

3.23. Гельбрас. В. Г. Китай: ―У пчелы спина полосатая, но тигром ее не 

назавеш‖ // Вопросы экономики. 2003ю №2 с. 61-75. 


       

54 


 

3.24.  Доклад  о  стратегии  устойчивого  развития  Китая-2004  (2004 

Чжунго  кэ  чисюй  фачжанъ  чжанълюэ  баогао).  —  Пекин.  Кэсюэ  чубанъшэ. 

2004. С. 104. 

3.25. Материалы из гос. архивов ЦК КПК 

3.26.  XXR  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  taribga  solish  bo`yicha  qonun  va 

normativ  aktlar.   

IV. Ingliz tildagi adabiyotlar 

4.1. Economic and Social Survey of Asia and the Pacific. - New York, 2004.-

299p. 

4.2. Ozawa T. The rise of Asia.The ―flying  geese‖ theory of tandem growth 



and regional  agglomeration.  – Cheltenham  (UK), Northampton (MA, USA): 

Edward Elgar,  2009. 

4.2. Hands across the Strait. Shameen Assif. Bus. Week. Eur. Ed. 2004, №6 -

13 Sept., p.41. 

4.3. Explorer Global Think Tank. China `s Economy is Slowly  Becoming 

More Normal.  Pieter Bottelier.  Article  / july  26, 2012.

  

 

4.3. International  Monetary Fund: International  Financial  Statistics. - 2006. 



August.- 106p. 

        4.4. Koo R. The Holy Grail  of macroeconomics: lessons from Japan`s great 

recession. – Singapore: John Wiley  & Sons (Asia) Pte. Ltd., 2008. 

        4.5. Jaganathan  R., Kapoor M., and E. Schaumburg, 2009, Why are We in a 

Recession? The Financial  Crisis is a Symptom, not the Disease!, NBER WP 

15404, Cambridge, MA. 

        4.6.

  

Zai  L. & M. Zhongdong. China`s floating  population:  new evidence from 



the 2000  census // Population and development review.  – 2004. – 2004. – vol. 30. 

No. 3, p. 468.    

        4.7. Lubman S. Working conditions: the persistence of problems in China`s 

factories // The Wall  Street Journal.  – 2012. – 25 September  

4.8. China Statistical  Yearbook 2008. Beijing:  China Statistics Press, 2008. 

4.9. China Statistic Yearbook 2009, China Knowledge 



       

55 


 

4.10. World Bank. Global economic prospects 2014. Washinton 2013 

4.11. World Bank. Unternational  trade indecators. 2013. 

V. Internet saytlari 

5.1.www.World-bank.Org 

5.2.www.chinabusinessreview.com 

5.3.http://www.aph.gov.au 

5.4. http://www.imf.com 

5.5. http://www.xinhua.cn 

5.6. http://www.stats.gov.cn 

5.7.http://www.china.org.cn 

5.8.http://www.chinalist.ru/ 

5.9.http://www.chinalaw.ru/ 

5.10.http://www.kitairu.ru/ 

5.11.http://www.china-reports.net/ 

5.12.http://www.chinanews.ru/ 

5.13.http://www.chinatoday.com/ 

5.14.http://mirec.ru/index.php?option=com_content&task=view&id=101 

5.15.http://Russian.cpc.people.com.cn 



 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish