Xalqaro valyuta bozori



Download 0.64 Mb.
bet9/150
Sana29.08.2021
Hajmi0.64 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150
Sug’urta valyutasi – bu sug’urta amalga oshirilgan valyutadir. Sug’urta valyutasida mukofot hamda sug’urta to’lovlarining summalari to’lanadi.

Qabul qilingan xalqaro qoidalarga asosan har bir davlatning valyutasi o’z kodiga ega va ushbu kod 3 harf bilan belgilanadi. Bunda mazkur harflarning dastlabki 2tasi mamlakatni, uchinchisi esa valyuta nomini belgilaydi. Masalan, US – Qo’shma Shtatlar, D – dollar yoki GBBuyuk Britaniya, P – paund. Ushbu belgilanishlar valyuta kodlari deb ataladi. Ayrim davlatlar valyutalarining SVIFT kodlari 1-ilovada keltirilgan.

Valyutalar jahon bozorida o’zlarining muomalada bo’lish xususiyatlariga ko’ra erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valyutalarga bo’linadi. Ba’zi bir davlatlarning milliy pul birliklarini mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va harakatda bo’lgan qonun qoidalariga asosan xorijga chiqishi hamda u erda muomalada bo’lishi chegaralanadi.

Jahon bozorining paydo bo’lishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi, jahon xo’jaligi tizimining shakllanishi, xo’jalik aloqalarining baynalmilallashuvi va globallashuvi sharoitida xalqaro valyuta munosabatlari rivojlandi. Xalqaro valyuta munosabatlari – bu, valyutani jahon xo’jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo’jaliklar faoliyat natijalarining o’zaro almashuviga xizmat ko’rasatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir.3

Valyuta munosabatlarining ayrim elementlari qadimgi dunyoda, qadimgi Gretsiya va Rimda veksel hamda sarroflik ishi shakllarida paydo bo’lgan. Ushbu munosabatlar hisob-kitoblar o’tkaziladigan veksellar (tartta) bilan amalga oshgan hamda Lion, Antverpen o’rta asr “veksel yarmarkalari” va G’arbiy Evropaning boshqa savdo markazlarida rivojlandi. Feodalizm va kapitalistik ishlab chiqarish usulining shakllanishi davrlarida banklar orqali amalga oshadigan xalqaro hisob-kitoblar tizimi shakllana boshladi.

Xalqaro valyuta munosabatlari moddiy ishlab chiqarish jarayoniga, ya’ni birlamchi ishlab chiqarish munosabatlariga hamda taqsimot, almashuv va iste’mol jarayonlariga aloqador bo’lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Valyuta munosabatlari va takror ishlab chiqarish o’rtasida bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) hamda bog’liqlik xarakteridagi (qaytma) aloqalar mavjud. Ularning ob’ektiv asosi bo’lib tovarlar, kapitallar, xizmatlar bilan xalqaro almashuvni vujudga keltiruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
matematika fakulteti
tashkil etish
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi muhammad
fanining predmeti
pedagogika universiteti
bilan ishlash
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
nomidagi samarqand
fizika matematika
Ishdan maqsad
haqida umumiy
fanlar fakulteti
sinflar uchun
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
moliya instituti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Toshkent axborot
Alisher navoiy
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
nazorat savollari
Samarqand davlat