Xalqaro valyuta bozori



Download 0,64 Mb.
bet2/150
Sana29.08.2021
Hajmi0,64 Mb.
#158583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
маъруза матни ХВБ

Valyuta – bu davlatlarning jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari “dollari”, Buyuk Britaniya “funt sterlingi”, Kanada “dollari”, Evropa Ittifoqining “evro”si, Yapon “iena”si va boshqa shu kabilar.

Muayyan bir davlatning milliy puli – uning milliy valyutasi bo’ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa – xorijiy valyutalardir. Masalan, AQSh “dollari”, Buyuk Britaniya “funt sterlingi”, Kanada “dollari”, Misr “funti”, Yapon “iena”si, Turkiya “lira”si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O’zbekiston Respublikasida xorijiy valyuta bo’ladi, o’z navbatida O’zbekiston “so’m”i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bo’lib hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi yangi tahrirdagi qonunining1 “Valyuta boyliklari” nomli 3-moddasida valyuta boyliklariga ta’rif berilgan, ya’ni “Chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlar, chet el valyutasidagi to’lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi”.

Chet el valyutasi muomalada bo’lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy to’lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko’rinishidagi chet el pul belgilari, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan hamda xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim bo’lgan chet el pul birliklari, shuningdek hisobvaraqlarda va omonatlarda bo’lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklaridagi mablag’lardir.

Chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlar “Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog’ozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlaridir”.

Rossiya Federatsiyasining “Valyutani muvofiqlashtirish va valyuta nazorati to’g’risida”gi qonuniga muvofiq xorijiy valyutalar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

-tegishli xorijiy mamlakat yoki mamlakatlarning bir guruxi hududida muomalada bo’lgan hamda qonuniy to’lov vositasi bo’lib hisoblangan banknota, kaznacheylik biletlari, tangalar ko’rinishidagi pul belgilari hamda muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, biroq almashtirilishi lozim bo’lgan pul belgilari;

-hisobvaraqlardagi xorijiy davlatlar pul birliklarida hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklarida ifodalangan mablag’lar.

Valyutani quyidagi belgilarga ko’ra tasniflash mumkin (1.1.rasm):

- emitent-mamlakatga qarab;

-xalqaro bozordagi foydalanish darajasiga qarab;

-boshqa valyutaga ayirboshlanish imkoniyatiga qarab;

-valyuta kursining barqarorlik darajasiga qarab;

-valyuta operatsiyasining turiga qarab.

Emitent-mamlakatga nisbatan olganda valyuta milliy, xorijiy va kollektiv valyutalarga bo’linadi.

Milliy valyuta bo’lib emitent-mamlakatning pul birligi hisoblanadi (masalan, O’zbekiston uchun “so’m”, Rossiya Federatsiyasi uchun “rubl”, AQSh uchun “dollar”, Buyuk Britaniya uchun “funt sterling” va shu kabi).

1.1.rasm. Xorijiy valyutalarning tasnifi2


O’zbekiston Respublikasi milliy pul birligi hamda moliya va kredit tizimi tushunchasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasida berilgan.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish