Xalqaro valyuta bozori



Download 0.64 Mb.
bet1/150
Sana29.08.2021
Hajmi0.64 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150

1-mavzu. “Xalqaro valyuta bozori” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:

1.1. Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi

1.2. Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari
Tayanch so’z va iboralar

To’lov balansi, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar, eksport, import, fond birjalari, evrokreditlar, valyuta kursi, iqtisodiy integratsiya.

1.1. Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi
Har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Pul munosabatlari jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol singari jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. Pul va iqtisodiyot o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo’lsa, albatta bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida o’zining aksini topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan.

Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul tovar ekvivalenti sifatida mavjud bo’lib, iste’molchilarni muomalaga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. Qog’oz pullar esa haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodachisi yoki vakilidir.

Har qanday mustaqil davlat o’z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o’zining nomi va ma’lum bir muomala tarixiga egadir.

Ushbu fanimizni o’rganishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga to’g’ri keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar, ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz “pul” nima ekanligini yaxshi bilamiz. Valyuta ham pul, ammo pul hamma vaqt ham valyuta bo’lavermaydi. Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul (muomala, to’lov va jamg’arish vositasi) sifatida ishlatilsa, ya’ni pulning funktsiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat