Vetinariya 2016. pmd



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/75
Sana08.09.2021
Hajmi2,62 Mb.
#168151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Bog'liq
veterinariya jarrohligi
Limitlar haqida asosiy teoremalar. Aniqmasli (1), mehnat bozori tartibga solishning hududiy asoslari, 1. MA'RUZA 2, calculus, Toʻlqinlar - Vikipediya, 2 5276042468989601005, Ish beruvchilar - Vikipediya, 6226871, 6226871, оралиқ назорат 1 258fe7a40e9127d2e8a706f7bee19573, 5-topshiriq, Odamdagi kasalliklar 1, lesson-10, lesson-10, lesson-10
Mexanik antiseptika – yaralarni 1,5–3 kecha-kunduz ichida

xirurgik tozalash. Bunga yaralarni kesib kattalashtirish, qisman kesib

olib tashlash, tamponda tozalash va boshqalar kiradi.

Fizik antiseptika. O‘rta tuzlarning gigroskopik kukunlarini yaraga

sepish, 10–20 % li giðertonik eritmalarni ishlatish, yaralarni ochiq

usulda davolaganda shamollatib quritish, yara ekssudatlarini so‘rib,

shimadigan bog‘lam va drenajlar qo‘yish.



Kimyoviy antiseptika. Organik va anorganik kimyoviy birikmalar

yordamida patogenli mikroblarning hayot faoliyatini, virulentligini




8

kuchsizlantirish, yara to‘qimalarining reaktivligini kuchaytirish,

operatsiya qilinadigan maydon, xirurgning qo‘li, tikuv materiallari,

qo‘lqop va asboblarni zararsizlantirish.



Biologik antiseptika. Antibiotiklar, vaksina, spesifik zardob,

antivirus, bakteriofaglarni ishlatib, yaralarni zararsizlantirish.

Hayvonlarda jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazishda kimyoviy

antiseptik moddalardan foydalaniladi. Kimyoviy antiseptik

moddalarning ta’siri qoniqarli darajada bo‘lmasa-da, lekin ulardan

foydalanishga to‘g‘ri keladi, chunki hayvon terisidagi, jarrohning

qo‘llaridagi bakteriyalarni yo‘qotishning boshqa usullarini masalan,

yuqori harorat ta’sirini qo‘llanib bo‘lmaydi.



Karbol kislota (Acidum carbolicum) tozalangan oq va pushti

rangdagi kristallar bo‘lib, o‘ziga xos achchiq hidga ega. U iliq suvda yaxshi

eriydi. Antiseptik modda sifatida uning 2–5 % li eritmalari ishlatiladi.

Sulema – simob dixlorid (Hydrargyrum bichloratum). Kristall

parchalari, tabletkalar, kukunlar va eritma sifatidagi kuchli

dezinfeksiyalovchi modda. Suvda yaxshi eriydi, osh tuzini qo‘shish

bilan uning eruvchanligi oshadi. To‘qimani qitiqlovchi ta’siri esa

kamayadi. Uning 1:300000 nisbatdagi eritmasi bakteriyalar o‘sishini

to‘xtatadi.



Vodorod peroksidi (Hydrargenium hyperoxydatum) bu tiniq

suvdek rangsiz suyuqlik bo‘lib, odatda 2–3 % li yangi tayyorlangan

eritma holatida ishlatiladi. Ta’sir qiluvchi qismi – ajralib chiqayotgan

kislorod. Yaraga vodorod peroksidi qo‘yilsa qon oqishi to‘xtaydi,

ko‘piklanib, yaradagi ifloslar, yaraning po‘sti va yiringgi yuvilib

ketadi. Asboblarga vodorod peroksidi ta’sir qilmaydi. U zaharli emas.

Bog‘lamlarni yumshatish, yara va bo‘shliqlarni tozalash, anaerob va

chiritadigan infeksiyaning oldini olish uchun  ishlatiladi.



Kaliy permanganat (Kalium hypermangonici) to‘q binafsha

rangdagi mayda kristallardan iborat, suvda yaxshi eriydi, uni qizil

rangga aylantiradi, kuchliroq eritmalari esa qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangda

bo‘ladi. Kaliy permanganat kuchsiz dezinfeksiya qiluvchi modda

bo‘lib, ham zaharli. U yarada parchalanganda ajralib chiqadigan

kislorod ta’sir qiladi.



Yod nastoykasi (Tinctura iodi) – yodning 5–10 % li spirtdagi

eritmasi kuchli dezinfeksiya qiluvchi modda, to‘qimalarga

ta’sirlantiruvchi va kuydiruvchi ta’sir qiladi, terini qalinlashtiradi,

teshiklarini yopadi, uzoq ishlatilganda kuydiradi, terini va uning

po‘stini ko‘chiradi. Terini dezinfeksiya qilish uchun (operatsiya

bo‘ladigan joyni, qo‘llarni va barmoqlarni)  ishlatiladi.




9

Xloramin (Xloraminum) ta’sir qiluvchi qismi 25 % miqdorida

bo‘ladigan erkin xlordir. Bu kuchli antiseptik moddaning tirik

to‘qimalarni shikastlashi uning ta’sirining salbiy tomoni hisoblanadi.

Shunday bo‘lishiga qaramay, xloramin ancha keng ko‘lamda

qo‘llaniladi, chunki oqsilli muhitda (masalan, yarada) boshqa

antiseptik moddalarga qaraganda uning bakteriosid kuchi ozroq

kamayadi. Xloraminning 1–5 % li eritmasi bo‘shliqlarni yuvish,

yaraga kirgiziladigan tamponlarni ho‘llash uchun va turg‘un

zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganda ishlatiladi.

Rivanol (Rivanol) – oltinsimon sariq suyuqlik, uning 1:50,

1:1000 nisbatdagi eritmasi yaralarni yuvish, tamponlarni ho‘llash,

bog‘lamlarni namlash uchun ishlatiladi.

Furatsillin  – sariq kristall kukun. Grammusbat va grammanfiy

mikroblarga ta’sir qiladi (stafilokokklar, ichak tayoqchasi, anaeroblar),

1:5000 nisbatdagi eritmasi bilan yiringli bo‘shliqlar yuviladi.

Aseptika – yaralarni davolashda ishlatiladigan hamma asboblarni

fizik  omillar ta’sirida zararlantirish. Bunda asbob-anjomlar

qaynatiladi yoki bug‘ bosimi ostida avtoklavda qizdiriladi.

Hozirgi kunda aseptika tushunchasini antiseptikadan ajratib

bo‘lmaydi. Ular bir-birlarini to‘ldirib, jarrohlik sohasida bir butun

aseptik-antiseptik kompleksni tashkil etadi.

Veterinariya sohasida aseptik-antiseptik tadbirlar kompleksiga

quyidagilar kiradi: 1) jarrohlik xonasini yaraga tushishi mumkin

bo‘lgan mikroblardan zararsizlantirish; 2) jarroh qo‘llarini opera-

tsiyaga tayyorlash; 3) hayvonlarni hamda operatsiya qilinadigan

maydonni tayyorlash; 4) asboblarni sterilizatsiya qilish; 5) bog‘lov

materiallari bilan xirurgik kiyimlarni sterilizatsiya qilish; 6) yaralarni

tikish uchun ishlatiladigan materiallarni sterilizatsiya qilish; 7) qo‘l-

qopni sterilizatsiya qilish; 8) operatsiyada paydo bo‘lgan yarani

yiringlab, zo‘rayishidan saqlaydigan boshqa qo‘shimcha profilaktik

tadbirlar (antibiotiklardan foydalanish).




Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash