boshlab fan sifatida taraqqiy eta boshladi. Mahalliy va umumiy
asos bo‘ldi.
Rus olimlari professor Y. N. Yanovskiy, V. A. Vivolodov, M. A. Mal-
sev, L. S. Sopojnikov, S. P. Mamadishskiy, P. P. Krilov, o‘zbek
5
1990-yilda I. I. Magda muallifligida «Operativ xirurgiya» fanidan
yangi darslik yaratildi. 1991-yilda M. I. Kovalev muallifligida «Qishloq
xo‘jalik hayvonlari topografik anatomiyasi asosida operativ xirurgiya»
darsligi, 1995-yilda K. I. Petrakovning «Amaliy veterinariya jarrohligi»
kitobi bosmadan chiqdi. So‘nggi yillarda nerv tolalari novakain
blokadasi bo‘yicha yangi usullar ishlab chiqarildi. Qishloq xo‘jaligi
sohasida juda katta o‘zgarishlar bo‘lganligi tufayli jamoa va shirkat
xo‘jaliklari, yirik chorvachilik komplekslari o‘rniga xususiy va fermer
xo‘jaliklari paydo bo‘ldi. Shaharlarda it, mushuk va boshqa
hayvonlarni uy sharoitida boquvchilar ko‘payib ketdi. Shu sababli
veterinariya xirurgiyasida yangi diagnostik usullar: ultratovush
tekshirishlar, bo‘g‘inlar artroskopiyasi, bo‘g‘inlar displaziyasi
diagnostikasi va boshqalar vujudga keldi.
Jarrohlik yo‘li bilan davolanadigan kasalliklarning rivojlanish
qonuniyatlari, patologik jarayonlarni bir-biri bilan o‘zaro uzviy
bog‘langan holda tekshirish xirurgiyada yangi ilmiy asoslangan
profilaktik tadbirlarni ishlab chiqishga asos soldi. To‘qimalarda
bo‘ladigan jarohatli, yiringli, yiringli-nekrotik jarayonlarning
og‘irlashuvida onkoserkoz, brusellyoz kabi kasalliklarning ishtirok
etishi o‘rganildi.
Veterinariya jarrohligining rivojlanishida bu fanning yangi
tarmog‘i artrologiya vujudga kelib, o‘zining yangi davolash usullarini
yaratdi. Veterinariya jarrohligi fanining, ayniqsa, otlar va kavsh
qaytaruvchi hayvonlarda o‘tkaziladigan jarrohlik operatsiyalarning
yutuqlari ham kam emas. Hozirgi vaqtda otlarning ichaklarida,
kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonida uchrab turadigan har
xil toshlar, yot jismlarni olib tashlash oddiy operatsiya bo‘lib qoldi.
Hayvonlarni uxlatish maqsadida narkoz hosil qiluvchi dorilarni
qo‘llash hamda mahalliy anesteziya (og‘riqsizlantirish)dan keng
foydalanish veterinariya jarrohligi fanining rivojlanishini yanada
tezlashtirib yubordi.
Veterinariya jarrohligi hayvonlarga qon quyish muammosini
ko‘tarib chiqdi va bu sohada ham katta yutuqlarga erishdi. Otlarning
qon guruhlarini aniqlash va qon quyish texnikasini takomillashtirish
qator kasalliklarni davolashda keng imkoniyatlar yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: