Shijoatkor, harakatchan, mehribon hamshira bemorning
og‘rig‘ini yengillashtirish uchun qo‘lidan
keladigan barcha
ishlarni qiladi. Shunday bo‘lsa-da, ish jarayonida xafagar-
chilik, janjallar, kelishmovchilik holatlari kuzatilib turiladi.
Ambulatoriyalarda shifokor va hamshira uchun katta mu-
ammo bemorlarning qabulxonada toqatsizlik va intizorlik bilan
kutishlari hisoblanadi. Bu esa, qator qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Bu o ‘rinda turli omillarning ta’siri haqida o ‘yla-
shimiz kerak.
Birinchi navbatda, bemor bilan hamshira o ‘r-
tasidagi munosabatga to ‘xtalib o ‘tmoqchimiz.
Tibbiyot sohasining rivojlanishi bilan hamshiraning o‘rni,
mavqeyi va obro‘si oshib bormoqda, u endilikda bemorni
parvarish qilishda juda murakkab tibbiy, ilmiy,
shuningdek,
texnik bilimlar va ko‘nikmalarni egallashi zarur. Shuning bilan
bir vaqtda hamshiraga g‘oyat ko‘p vazifalar yuklatilgan. Bu
har xil hisobotlardan ko‘rinadi. Bemorlar uchun sharbatlar
tayyorlash,
bemorlarni ovqatlantirish, cho‘miltirish, o ‘rin-
ko‘rpalarini tartibga solish, bemor gigiyenasiga tegishli boshqa
turli xil vazifalar shular qatoriga kiradi. Bemorni qabul qilish,
ularni kuzatib borish, turli hujjatlarni
rasmiylashtirish kabi
katta-kichik yumushlar bajariladi.
Hamshiraning bemor bilan yaxshi munosabatda bo‘lishini
barcha tibbiyot muassasalarida kuzatish mumkin. Buning
boisi shundaki, hamshira hamisha bem or bilan yaqin m u
loqotda bo‘ladi. Hamshiraning serqirra faoliyatini hisobga
olib bemor bilan hamshira o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi
bosqichlarga bo‘linadi:
1. Boshlang‘ich.
2. Kengaytirilgan.
3. Yakuniy.
Boshlang‘ich bosqichda bemor va hamshira bir-birini
o ‘rganadi. Kengaytirilgan bosqichda davolovchi va davola-
nuvchi bir-birlari bilan yaqindan tanishadilar.
Yakuniy bosqichda bemorni kasalxonadan chiqarish vaq
tida qiyinchilik yuz beradi, chunki bemor o‘zini kasallik xavfi-
dan qutqargan joydan ketishdan qo‘rqadi va tinchligi buzi
ladi. Shuning uchun bem or kasalxonadan chiqishga tayyor
b o ‘lishi kerak.
109
Hamshira, shaxsi, ishlash uslubi, bemor bilan til topa olish
mahorati, psixologik jihatdan ishlash texnikasi — bularning
hammasi o ‘z-o‘zidan darmon bo‘lib xizmat qiladi va xavo-
tirlikdan xalos qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Hamshira tarbiyachi
hamda tushuntirish ishlarini olib boruvchi kasb-kor egasi hisob-
lanadi. Davolash muassasasida bemorni qabul qilish,
kelgan
vaqtidan boshlab unga kerakli ma’lumotlarni berish, kasalxona
kun tartibi bilan tanishtirish, shifokor tomonidan yozilgan
ko‘rsatmalarni bajarish hamshira tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi vazifalarni ado
etish hamshiralardan yuqori
malaka va chuqur bilimlar talab qiladi. Psixopatiya bilan og‘-
rigan bemorlar bilan muomala qilishda o‘rta tibbiyot xodimlari
sabr-toqatli, vazmin bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Shuni esdan
chiqarmaslik kerakki, bemor davolanishga muhtoj bo‘ladi va
shuning uchun ham tibbiyot xodimi barcha qiyinchiliklarga
qaramay, unga zarur yordam ko‘rsatishi shartdir.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: