Texnologiya va dizayn metallarga ishlov berish texnalogiyasi pdf



Download 208,22 Kb.
bet4/5
Sana08.09.2021
Hajmi208,22 Kb.
#168549
1   2   3   4   5
Bog'liq
87-99
8-sinf-adabiyot-konspekt-namuna, 8-sinf-adabiyot-konspekt-namuna, Titul-usti, KURS ISHI, Russkiy, 2 5291921787716634114, 2 5190643559774029423, 2 5399889873899361617
\

\

a
hakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan farq qilgan. 0‘rta Osiyoda qadimdan metallni qayta ishlash, ya’ni hunarmandchilik qurollari ishlab chiqarish uchun sharoit deyarli mavjud edi. Misning tabiiy zapaslari, kumush, qo‘rg‘oshin, alyuminiy kabi materiallar juda ko‘p edi.

H
122- rasm. Qinli qilich va oybolta (Xiva XIX
asr).

unarmandlar qadimdan bir-biri bilan birikib bir mahallada yashaganlar, shuning uchun mahallalarining nomi ko‘pchilik qaysi hunar bilan shug‘ullansa shu nom bilan yurgizilgan. Masalan, zargarlik bilan shug‘ullansa zargarlik (zargaron), misgarlik bilan shug‘ullansa misgarlik (misgaron) va hokazo mahallalar


deb yuritilgan. Buxoroda «So‘fikordgar» qishlog‘ining nomi hali ham saqlanib qolgan. U yerda hozir ham pichoqsozlar avlodi yashaydi. 0‘rta Osiyo territoriyasidagi viloyatlarda bunday mahallalar ko‘p bo‘lgan. Pichoqdan kesuvchi asbob tariqasida kunda foydalanilsa, qadimda 0‘rta Osiyoda yerkaklarning yeng zarur ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan.

Pichoqlarni badiiy bezak bezash ham katta rol o‘ynagan. Shuning uchun ham Sharq madaniyatining yeng yaxshi an’analarini qayta tiklash va o‘zlashtirish natijasida 0‘zbekistondagi pichoqsozlar milliy pichoqni san’at darajasiga ko‘targanlar. Mashhur venger sayyohi A. Vamberi o‘zining ajoyib «0‘rta Osiyo bo‘y lab sayohat» asarida Qashqadaryoning pichoqchiligi haqida bunday deydi: “...bir xillari sifat jihatidan hisorlilarnikidan ustun bo‘lmasa ham, ammo, butunlay 0‘rta Osiyoga tarqalgan bo‘lib, xo‘jalar tomonidan hatto Yeron, Arabiston, Hindistonga olib borilar va o‘z mahalliy joyidan kura, chet yellarda pichoqlar 3— 4 baravar qimmat sotilar edi”

Hunarmandchilikni rivojlantirish borasida bir qancha qarorlar qabul qilindi. Shular qatori pichoqchilikni yanada rivojlantirish uchun 0‘zbekistonning turli viloyatlarida artellar va hunarmandlar tayyorlaydigan o‘kuv yurtlari ochildi. 1932 yilda Chustda sobiq sobiq «Qizil kuch» nomli artel tuzildi. Bu yerda pichoqlar ishlab chiqarila boshlandi. 1949 yildan boshlab Artel rayon maishiy xizmat ko‘rsatish kombinati deb yuritildi. 1970 yilda sobiq 0‘zSSJ Ministrlar Sovetining qaroriga binoan Chust shahrida pichoq ishlab chiqarish zavodi qurildi. Chust pichoqlarining dovrug‘i butun mamlakatga taraldi. Chust pichoqlari Butunittifoq. ko‘rgazmalaridagina yemas, balki, Hindiston, Suriya, Polsha, Turkiya, Bolgariya, Vengriya, Belgiya, Shvesiya va boshqa chet mamlakatlardagi ko‘rgazmalarda munosib o‘rinlarni egalladi. 1980 yili Nyu-Delida ochilgan III Xalqaro Osiyo yaramarkasiga 10 xil Chustpichog‘i yuborildi. Ulardan to‘rttasi Hindistondagi sobiq SSJI yelchixonasining doimiy yekspozisiyasiga aylanib qoldi. 1978 yilda Chust shahrida umumiy ta’lim-tarbiya maktablarida yuqori sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqarish kombinati tashkil yetildi.

Demak turmushda foydalanish moxiyatiga va tarixiy manbalarning asosiga ko‘ra metallsozlik hunarmandchiligini rivojlanish bosqichlari quyidagicha bodishi mumkin:

  1. Dastlaki bosqich insoniyatning ibtidoiy va sinfiy jamiyati davrini uz ichiga olgan hunarmandchilik texnologiyasi xisoblanib, metaldan turmush zaruriyati tufayli asbob-uskuna hamda jixozlarni metall tarkibini uzgartirmasdan ishlab chikarish bulgan.

  2. Ikkinchi bosqich XII asrdan to XVIII asrgacha davom yetgan metallga ishlov berish, ular tarkibini uzgartirish, hunarmandchilik mahsuloti sifatini oshirish uchun ilmiy asosli ishlab chiqarish xisoblanadi.

  3. Uchinchi bosqich XVIII asrdan to hozirgi davrgacha bodib, barcha ishlab chikarish sohalari kabi temirchilik bo‘yicha hunarmandchilikning metallarga ishlov berishni takomillashtirgan usullari orqali qora va rangli metallardan zamon talabini qondiruvchi sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish bilan harakterlanadi. Metallsozlik bo‘yicha chilangarlik, misgarlik, zargarlik va boshqa sohalarida yuqorida keltirilgan bosqichlarda hunarmandchilik texnologiyalari rivojlanib bordi. Mustaqillik yillarida hunarmandchilikni boshqa sohalari qatori temirchilikka oid hunarmandchilikni takomillashuvi va rivojlanishiga katta ye’tibor qaratildi.

    1. METALLARGA ISHLOV BERISH BO‘YICHA T AY Y ORL AN GAN

BUYUMLAR VA MAHSULOTLAR


Download 208,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash