Irrigatsiya va melioratsiya +998942329333
Temir-beton elementlarning zuriqish nazariyasining asoslari va ularni xisoblash usullari MAVZU
5
Injenerlik konstruksiyalari
FAN:
Ulashov Qudratilla
+998942329333
REJA: 1.Temir-beton elementlarning zuriqish nazariyasining asoslari va ularning chegaraviy xolatlar buyicha xisoblash.
2.Oldindan zuriqtirilgan temir-beton elementlarning tashqi yuklar quyilguncha bulgan zuriqqanlik xolatlari.
3.Beton va armaturalarning normativ va xisobiy tasniflari.
4.Temir-beton elementlarning tashqi yuk ta’sirida deformasiya-zuriqqanlik xolatlari.
OLDINDAN ZO’RIQTIRILGAN TEMIR-BETON КONSTRUКSIYaLAR ASOSIY TUShUNChALAR VA TEXNIК - IQTISODIY USTUNLIКLAR (AFZALLIКLAR) Tayyorlanish vaqtida betonda sun’iy (dastlabki) siqish kuchlanishlari va armaturada cho’zilish kuchlanishlari hosil qilingan temir-beton konstruksiyalar oldindan zo’riktirilgan konstruksiyalar deb ataladi.
Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarning afzalliklari yuqori darzbardoshligi va bikirligidir, ulardan foydalanish odatdagi temir - betondagiga qaraganda armatura sarfini 30...70 % kamaytirishga imkon beradi. Bunda beton sarfi xam konstruksiyaning o’z og’irligi xam ancha kamayadi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarda V20...V60 klassidagi betonlar va o’ta mustaxkam po’latlar ishlatiladi. O’ta mustaxkam materiallardan foydalanish temir - beton konstruksiyalar kesimini kuchaytirishga olib keladi, bu esa ularni arzonlashtirishga imkon beradi. Yuqorida aytib o’tilgan konstruksiyalar korroziyaga qarshi chidamliligi yuqoriligi va uzoq xizmat ko’rsatishi hamda chidamliligi bilan ajralib turadi. Betonda cho’zuvchi kuchlanishlar xosil bo’lish ehtimoli bor konstruksiyalarda oldindan zo’riqtirilgan temir - beton konstruksiyalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Oldindan zo’riqtirilgan temir - beton konstruksiyalarning kamchiliklari ularni tayyorlash sermehnatli ekanligini kiritish mumkin; ularni tayyorlash uchun maxsus jihozlar, yuqori malakali ishchilar va hokazolar kerak bo’ladi. Oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarda odatda qo’shimcha kuchlar (masalan, siqish kuchlari) ta’sir etadi, ular faqat siquvchi emas, balki chuzuvchi kuchlanishlar xam hosil qiladi, bu esa konstruksiyalarni tayyorlash va montaj qilish vaqtida betonda darzlar paydo bo’lishiga olib keladi. Zo’riqtirilgan armaturaning betonga ancha katta kuchni uzatishi natijasida. beton mahalliy emirilishi mumkin (ankerlar ostidagi toresi bo’yicha). Bu holda maxsus konstruktiv choralar ko’rib, oldini olish mumkin.