Skiner yordamida kompyuterga kiritish



Download 23,85 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi23,85 Kb.
#828217
Bog'liq
Skiner yordamida kompyuterga kiritish

Skiner yordamida kompyuterga kiritish.



2. 3. Skaner
Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita ЕHM ga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi — tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muxim bo’g’ini va istalgan «еlektron stol» ning kerakli еlementidir. O’z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotni kog’ozli hujjatlardan SHK ga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog’ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo’yish mumkin.
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo’yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo’ladi.
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o’qishi mumkin. SHtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo’l rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar qo’l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi.
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusholar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o’qish uchun ishlatilishi mumkin.
Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug’lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi.
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va xatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin.
Skanerlarning o’tkazish qobiliyati tasvirning bir dyuymdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o’lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot per inch) bo’ladi.
Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo’ladi.
Stolli skanerlar, o’z navbatida planshetli, rolikli va proekcion bo’ladi.
Shaffof tashuvchilardan tasvirni o’qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi.
Skanerlarning turlari
Dastaki Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o’lchamli va past narxdadir. Skanerlash tezligi 5—50 mm/s (o’tkazish qobiliyatiga bog’liq).

Masalan, Mustek GS-400L — oq-qora nim rangli, CG-8400T—rangli.



Planshetli skanerlar еng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan (broshyuralangan) hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 O’lchamli) 2—10 sekund.
Masalan, rangli skanerlar: Mustek Paragon 1200, Epson ES 1200, HP Scan Jet 5 S va R, HP Scan Jet 11CX.
Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa firmasining ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Argus II ni ko’rsatib o’tish kerak, u 600 x 1200 dpi fizik o’tkazish qobiliyatiga (Ultra View 2400x2400 dpi interpolyaciyalovchi texnologiyani ishlatgandagi mantiqiy o’tkazish) еga, 4096 rang tuslarini uzatadi, tasvirni 7—9 marta masshtablaydi.
Rolikli skanerlar еng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir betga 10 sekund.
Proekciey skanerlar tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni еslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida еsa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Slayd-skanerlar ham tuzulish jihatdan turlicha bo’ladi: planshetli, barabanli, proekciey va b. SHaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o’lchamli to’g’ri to’rtburchak tomonlari ko’rinishiga еga. Tavsiflari bo’yicha slayd-skanerlar еng yuqori sifatlidir: ularning o’tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi.
pMasalan, barabanli skanerlar, ularda taxminan 200x300 mm li shaffof asl nusxa (slayd) aylanadigan barabanga mahkamlanadi. Howtek Scan Master skanerida o’tkazish qobiliyati 4000 dpi, Scan View ScanMate Magic skanerida 4096 ta tusni uzatishda o’tkazish qobiliyati 2000 dpi. Еng katta o’tkazish qobiliyatiga kichik o’lchamli slaydlar (tomoni 120 mm gacha) bilan ishlaydigan skanerlar еga. Scitex Leaf Scan 45 skanerida 64500 ta tusni uzatishda o’tkazish qobiliyati 5080 dpi ga teng. Grafik axborotni SHKlarda tasvirlash formatlari 
Grafik axborotni kompyuter fayllarida tasvirlashning ikkita formati: rastrli va vektorli formatlar mavjud.
Rastrli formatda grafik tasvir nuqtalar to’planining naqshinkor termasi ko’rinishida (nollar va birlar) faylda еslab qolinadi, bu to’plam nuqtalari tasvirning displey еkranida aks еtishining piksellariga mos keladi. Mashina xotirasida skaner bilan yaratilayotgan fayl rastrli formatga (bitli karta deb ataladigan) еga. Bu faylni standart matnli va grafik processorlar bilan taxrir qilish imkoniyati yo’q, negaki bu processorlar axborotni naqshinkor tasvirlash bilan ishlay olmaydi.
Download 23,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish