T.r.
|
Test savollari
|
To‘g‘ri javob
|
|
«Texnologiya» iborasiga to’g’ri ta’rif bering.
|
*Texnologiya – materiallarga ishlov yoki qayta ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar majmuini anglatadi
|
|
«Ishni tashkil qilish» so’ziga to’g’ri ta’rif bering.
|
Ishni tashkil qilish – so‘zi mexnatning barcha elementlarini (ishchilar va mashina - mexanizmlar mexnatini, ish qurollari va mablag’ni, ashyolar va buyumlarni, energiya va foydalanish mumkin bo’lgan boshqa manbalarni) oqilona muvofiqlashtirib maxsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan tadbirlar majmuini anglatadi
|
|
Texnik me’yorlash vazifalari nimalardan iborat?
|
YUqoridagi ishlarning barchasi (A, V, S)
|
|
Fotohisoblash – vaqt sarfini aniqlash usuli (texnik me’yorlash) qachon qo‘llaniladi?
|
*Fotohisoblash ish vaqti sarflarining belgilangan vaqt bo‘lagi mobaynidagi–qo‘lda bajariladigan,
mexanizatsiyalashgan, siklli va uzluksiz qurilish jarayonlarining xamma turlarini hisoblash uchun qo‘llaniladi
|
|
Xronometraj – vaqt sarfini aniqlash usuli (texnik me’yorlash) qachon qo‘llaniladi?
|
* Xronometraj qurilish jarayonlarining vaqti-vaqti bilan qaytarilib turadigan elementlari davomiyligini belgilash uchun qo‘llanadi
|
|
Ish kuni fottografiyasi – ish vaqti sarfini aniqlash uchun kuzatish usuli qachon qo‘llaniladi (texnik me’yorlash) qachon qo‘llaniladi?
|
*Ish kuni fotografiyasi bekor turib qolishlar davomiyligi va sabablarini, ularni bartaraf qilish usullarini aniqlash maqsadida ish vaqtining ta’minlanganligi darajasini baholash uchun qo‘llanadi
|
|
Texnik hisobga olish - ish vaqti sarfini aniqlash uchun kuzatish usuli qachon qo‘llaniladi (texnik me’yorlash) qachon qo‘llaniladi?
|
*Texnik hisobga olish mavjud me’yorlarni tekshirish maqsadida qo‘llaniladi
|
|
«Vaqt me’yori» iborasiga ta’rif bering?
|
Birlik xajmdagi ishni bajarishda yoki bir dona sifatli maksulotni ishlab chikarishda ishtirok etuvchi malakali ishchilar tomonidan sarflanadigan umumiy vakt mikdori (10, 100, 1000 m3gsoat yoki m3gish kuni)
|
|
«Mashina vaqti me’yori» iborasiga ta’rif bering?
|
Birlik xajmdagi ishni bajarishda yoki bir dona sifatli maxsulotni tayyorlashda mashina ishlashi lozim bulgan vakt mikdori (10, 100, 1000 m3gsoat yoki m3gsmena)
|
|
«Ishlab chiqarish me’yori» nimani anglatadi?
|
Birlik vaqt davomida (bir soatda yoki smenada) malakali ishchi tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan ish xajmi yoki maxsulot miqdori
|
|
“Materiallarni sarflash me’yori” tushunchasi ostida nima tushuniladi?
|
*Materiallar me’yori – bu ularning ishlar xajmi yoki mahsulot birligiga talab miqdori
|
|
Me’yoriy xujjatlarda (SHNQ 4.02.01-04) kabul kilingan sinflanishga asosan qurilishda gruntlar qaysi ko’rsatgichga bogliq xolda guruxlarga bo’linadi?
|
Gruntga ishlov berish murakkabligiga
|
|
Gruntlar massasi muvozanati – nima?
|
Qazilma va to’kma orasida gruntlarning teng taqsimlanishini ko’rsatuvchi xujjat
|
|
Ish xajmlari qanday klassifikatsiyalanadi?
|
Loyixaviy va bajarilgan ish xajmlari
|
|
Qurilish ishlari kaysi belgilari bo’yicha farqlanadi?
|
Ishlov beriladigan material turi va ish oxirida tayyorlanadigan maxsulot bo’yicha
|
|
Qurilish ishlarini bajarish uchun qaysi resurslar talab qilinadi?
|
*Qurilish mashinalari va mexanizmlari, mablag‘lar, ishchi kuchi, qurilish materiallari
|
|
«Yer» va «Beton» ishlari kaysi belgilari buyicha klassifikatsiyalanadi?
|
Ishlov beriladigan material turi bo’yicha
|
|
Kanallar dambalari qaysi inshootlarga kiradi?
|
Sifatli va doimiy inshootlarga
|
|
Ochiq konlar va zoxiralar qaysi inshootlarga kiradi?
|
Profilsiz va vaqtinchalik inshootlarga
|
|
Usimlikli faol katlamdan kirkib olinib tuplangan tuproktepalar kaysi inshootlarga kiradi?
|
Profilsiz va vaqtinchalik inshootlarga
|
|
Yer usti inshootlari qaysi belgilari bo‘yicha klassifikatsiyalanadi?
|
*Tabiiy yuzaga nisbatan joylashuvi bo‘yicha, xizmat muddati bo‘yicha, vazifasi bo‘yicha
|
|
Yer ishlarini bajarishning qaysi usullari mavjud?
|
Mexanik, gidravlik, portlatish va kul kuchida bajarish usuli
|
|
Yer ishlarini bajarish qaysi jarayonlardan tashkil topgan?
|
Gruntni qazish, tashish va joylashtirish
|
|
Yer ishlarida kaysi jarayon etakchi xisoblanadi?
|
|
|
Qaysi ko’rsatkich bir chumichli ekskavatorning asosiy tavsifnomasi xisoblanadi?
|
Ekskavator cho’michining sigimi va og‘irligi
|
|
Bir cho’michli ekskavatorning qaysi o’tish turlari mavjud?
|
Ro’paradan va yon tomondan gruntga ishlov berish
|
|
Qazish joyi, deganda nima tushuniladi?
|
*Ekskavator joylashgan maydonchani xisobga olgan xolda ekskavatorning ish zonasi, bir joydan tortib olinadigan tuproq massivi bir qismi, va yuk solinishi uchun trasport vositalari turadigan maydoncha
|
|
Ekskavatorning qanday ishlab chiqarish samaradorligini ekspluatatsion, deb ataladi?
|
*Ekskavatorning konkret sharoitlarda ishlashida muqarrar bekor turishlarni hisobga olgan holda o‘rtacha faktik ishlab chiqarish samaradorligi
|
|
Bir kovshli ekskavatorning ekspluatatsion ishlab chiqarish samaradorligi qaysi formula bo‘yicha aniqlanadi? Bunda: q – ekskavatoir kovshi sig‘imi, m3.; Kn – kovshning to‘lish koeffitsienti; Kr1 – yumshoq tuproq xajmini uning tabiiy zichligi xolatidagi dastlabki xajmiga keltirish koeffitsienti;n – ekskavatorning 1 minutdagi ish sikllarining soni; Kv – o‘zida sof ish vaqtining jami sarflangan vaqtga nisbatini aks ettiradigan mashina ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti;
|
* Pe = 60 q Kn Kr1 n Kv m3/chas
|