Tasdiqlayman Maktab direktori: Z. Hayotov



Download 14,06 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi14,06 Kb.
#544835
Bog'liq
Shukurova Dilora


Tasdiqlayman
Maktab direktori: Z.Hayotov.
Jondor tuman 5-umumta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida psixokorreksion usullarni olib borish va 1-sinflar o’rtasida maktabga moslashuvchanlikni diagnostika qilish bo’yicha o’tkazilgan mashg’ulotlar
Bayonnomasi.
2021.24.09.
Qatnashdilar.
Maktab psixologi:D.Shukurova.
1-A sinf rahbari:Chosheva Nasiba.
1-B sinf rahbari:Aliyeva Navbahor.
1-D sinf rahbari:Musayeva Ràno. Kun tartibi.
1.O’quvchilarga maktab to’g’risida tushuncha berish.
2.N.G.Luskanova.so’rovnomasini o’tkazish.
3.O’quvchilarni maktabga moslashuvchanligini oshiruvchi treninglar o’tkazish.
4.Sinf rahbarlarga o’quvchilar to’g’risida psixologik tavsiyalar berish.
1-sinf o’quvchilari: 98-nafar bo’lib,6-sentabr kuni pandimiya qoidalariga rioya qilib,o’quvchilarni masofa saqlagan holda,ularning tana haroratini o’lchab,qo’llariga antiseptik sepib,sinf xonalariga kuzatib qo’ydik,hamda maktabning ichki qoidalarini tushuntirdik.Bunda :maktabga maktab formasida kelishlari hamda belgilangan soatda darsga kelishlarini tushuntirdik.
1-A , 1-B,1-D sinflari bilan Luskanova so’rovnomasi o’tkazdik.
Mazkur metodika 7- yoshdagi bolalarning o’quv motivasiyasi ,maktabga bo’lgan munosabati,o’qish bilan bo’g’liq vaziyatga nisbatan emosional reaksiyani aniqlashga qaratilganlig sababli ushbu metodikani o’tkazdik.
Maktabga qabul qilingan 7 yoshli bolalar bilan korreksion rivojlantiruvchi mashqlarni o’tkazdik.Bu mashqni o’tkazishimizdan maqsad,barcha
7-yoshli o’quvchilarni maktab ta’limiga moslashtirish,ularda o’quv motivasiyasini shakillantirish ,muloqot ko’nikmalari ,bir-birini o’zaro tushunish ,sherikchilik,o’zaro mas’uliyatni sezish kabi xislatlarni bilish jarayonlari,jumladan diqqat,sezgi,idrok,xotira,xayol,tafakkur xususiyatlarini korreksiya qilish va rivoj lantirishdan iborat.
Metodika haqida qo’shimcha ma’lumot:so’rovnomadagi savollar 6-8 yoshdagi o’quvchilar bilan o’tkazilgan so’rov asosida bolalarning maktabga o’qish jarayoniga bo’lgan munosabatini to’liqroq aks ettiruvchi savollar sifatida ajratib olindi.Shu bois ushbu so’rovnomani o’quvchilar o’rtasida o’tkazdik.
Maktabga qabul qilingan 7-yoshli bolalar bilan maktabga moslashuvchanligini o’tkazishdan maqsad:o’quvchilarning diqqat,xotira ,xayol va tafakkur xususiyatlarini rivojlantirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan iboratligi sababli ushbu treningni o’tkazdik.
1-A , 1-B,1-D sinf rahbarlariga ko’proq o’quvchilarni diqqatini jalb qilishlari,o’quvchilarbni zeriktitmay,tetiklashtiruvchi mashqlardan foydalanishlarini tavsiya qildim.
Maktab psixologi: D.Shukurova.

Tasdiqlayman.


Maktab direktori: Z.Hayotov .

Jondor tuman 5-umumta’lim maktabida 1-sinflar bilan korreksion rivojlantiruvchi mashg’ulotlar


Bayonnomasi.
2021.18.10.
Qatnashdilar.
Maktab psixologi:D.Shukurova.
1-A sinf ranbari:Chosheva Nasiba.
1-B sinf ,1-D sinf rahbari:Aliyeva Navbahor ,Musayeva Ràno.
Kun tartibi:
1.O’quvchilarga dars to’g’risida tushuncha berish.
2.Suv,havo,yer mashqini olib borish.
3.O’qituvchilarga o’quvchilar to’g’risida psixolgik maslahatlar.
O’quvchilar psixologik darsga tayyor.O’qituvchi darsni boshlashdan oldin o’tilgan dars yuzasidan savollar berib,barcha o’quvchilarni diqqatini jalb qilgan holda yangi mavzuni boshladi.Darsni to’la tushuntirgach o’quvchilarni zeriktirmaslik uchun Suv,Havo,Yer mashqini o’tkazdik.
Suv,havo,yer mashqini olib borishdan maqsad:o’quvchilarning eshitish va harakat sezgilarini,diqqat jarayonlarini rivojlantirish iborat bo’ldi.
Bunda ishtirokchilar:aylana bo’lib o’tirdilar.
Olib boruvchi o’yin shartlari bilan tanishtirdi.
Agar u Yer desa hamma qo’lini pastga,tushirdi.
Agar u Suv desa qo’llarini harakatlantirdi.
Agar u Havo desa qo’llarini osmonga ko’tardi.
Bu treningni o’tkazishdan maqsad:o’quvchilarni diqqati,eshitishi qay darajada ekanligini bilib oldik..
Sinf rahbarlariga darsda faol qatnashmagan o’quvchilar bilan dars so’ngida qayta shug’ullanishini tavsiya qildik.Hamda o’quvchilarni zeriktirmay,har xil o’yinlardan foydalanib dars o’tishlarini tavsiya qildik.
Maktab psixologi: D.Shukurova.

.

Tasdiqlayman.


Maktab direktori: Z.Hayotov.

Jondor tuman 5-umumta’lim maktabida 1-sinflar bilan korreksion rivojlantiruvchi mashg’ulotlar o’tkazish


Bayonnomasi 2021.8.11.
Kun tartibi.
1.O’quvchilar darsga psixologik tayyorgarlik ko’rish.
2.Antonim so’zlar.
3.Suhbat.
4.O’qituvchi o’quvchilar to’g’risida maslahatlar berish.
O’quvchilarni darsga tayyor bo’lmasa psixologik usullar bilan ularni darsga tayyorlab,dars jarayonini boshlash ,buning uchun o’quvchilarni har tomonlama ,tayyorgarligi,masalan:o’quv qurollaringni tekshirib ko’rchi usuli va diqqatini jamlash uchun 1ga 3 nachchi,5dan ayiriluv 2,shunga o’xshash savollarni o’yin tariqasida o’tkazib o’quvchilarni diqqatini darsga jamlab oldik.Hamda o’quvchilar bilan Antonim ya’ni bir-biriga qarama –qarshi bo’lgan so’zni topib ayt treningni o’tkazdik.
O’quvchilar bilan Antonim so’zlar mashg’ulorini o’tkazishda maqsad ,bu o’yin mantiqiy tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi.
O’yinni individual tarzdaham ,guruh bilan o’tkazdik.
O’yin sharti quyidagicha:O’qituvchi yoki psixolog bolaga bir so’zni aytadi,bola shu so’zning ma’nosiga qarama-qarshi,bo’lgan so’zni topib aytishi kerak.Shu tariqa bu o’yinni o’quvchilar bilan o’tkazdik.Bu jarayon shun day olib borildi:
Masalan:
Katta-kichik.
Yaxshi-yomon.
Issiq-sovuq.
Yumshoq-qattiq.
Baland-past va hokazo…
O’quvchilarga barcha shartni tushuntirib,o’yin o’zgacha kayfiyatda o’tdi.
O’quvchilar bilan suhbatda,ular o’zidagi ishtiyoq balandligi bilan darsga faol qiziqish bilan o’zlarini namoyon qilishga harakar qildilar.
O’qituvchiga darsga yetarlicha qatnashib olmagan o’quvchilar bilan,alohida ishlash hamda o’quvchini o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishi uchun ,o’quvchilatni rag’batlantirishni tavsiya qildik.
Maktab psixologi: Shukurova D.

Tasdiqlayman.

Maktab direktori: Z.Hayotov.

Jondot tuman 5-umumta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida psixokorreksion usullarni olib borish,va 1-sinflaro o’rtasida maktabga moslashuvchanlikni diagnostika qilish bo’yicha o’tkazilgan mashg’ulotlar


Bayonnomasi.
2021.1212.
Qatnashdilar:
Maktab psixologi:Shukurova D.
Sinf rahbarlari:Chosheva N,Aliyeva N,Musayeva R.
Kun tartibi:
1.O’quvchilarni darsga psixologik tayyorgarligini kuzatish.
2.Umumlashtiruvchi trening .
3.Qaysi harf yetishmayabdi.
4.Sinf rahbarlariga psixologik tavsiyalar.
O’quvchilarni darsga tayyorgarligini har tomonlama kuzatib,ularga qo’limizdan kelgancha yozishda qiynalayotgan o’quvchilarni qo’llaridan ushlab,yozishni o’rgatdik .
Umumlashtiruvchi treningni o’tkazishdan maqsad:
Diqqatning turg’unligi ,tasavvurlar aniqligi,mantiqiy fikrlashning rivojlanganlik darajasini aniqlashdan iborat.
Rasmlarni diqqat bilan ko’rib chiqish,ularni shakliga qarab birlashtirish va ajratish.Ularni qanday belgilarga ajratilganini aytib berish o’quvchilarga tushuntirildi.
Qaysi harf yetishmayabdi:
Maqsad:Diqqat xotirani rivojlantirishdan iborat edi.
Bolalarga ixtiyoriy ravishda 8yoki 10ta harf ko’rsatildi.Eslab qolishlari uchun10 sekund vaqt berildi.Bolalarga ko’rsatilmasdan bitta harf olib qo’yildi .Bolalar qaysi harf eshitmayotganligini aytishlari kerak.Agar bolalar topshiriqni osonlikcha bajarsalar u holda vazifani murakkablashtirish ya’ni bitta emas balki 2-3ta harfni olib qo’yish mumkin bo’ladi,bu mashg’ulotda o’quvchilar qiziqish bilan qatnashdilar.
O’qituvchilarga o’quvchilar bilan ko’proq ish olib borib, o’quvchilar bilan dars so’ngida darsga qatnasha olmagan o’quvchilar bilan va yozuvi hunuk bo’lgan o’quvchilar bilan ko’proq shug’ullanishlarini tavsiya qildik.
Maktab psixologi: Shukurova D.

Tasdiqlayman:


Maktab direktori: Z.Hayotov.

Jondor tuman 5-umumta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida “Biz zo’ravonlikka qarshimiz”16-kun aksiyasi yuzasidan


Bayonnomasi
2020.16.12.
Qatnashdilar:
Maktab psixologi:
Sinf rahbarlari:
Kun tartibi:
1.Ota-onalarga va o’quvchi yoshlarga “Biz zo’ravonlikka qarshimiz”aksiyasi haqida tushuncha berish.
2.O’qituvchilar bilan so’rovnomalar o’tkazish.
.3.”Men Baxtliman”trening o’tkazish.
Ota-onalarga hamda o’quvchi yoshlarga zo’ravonlikning kelib chiqadigan oqibatlari haqida tushuncha berdik.
Bolalarga ozor beruvchi va ularning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi harakatlar jismoniy zo’ravonlikdir.Bolalarni urish,kaltaklash ,shapalash,siltash,urish,jismoniy zo’ravonlik hisoblanadi.
Jismoniy zo’ravonlik boshidan kechirgan bola muntazam ravishda qo’rquvda yashashi mumkin.Bolada tushkunlik,ta’lim olish bilan bog’liq qiyinchiliklar ,o’ziga bo’lgan ishonchi pasayishi kuzatiladi.
Bolalar hayvonlarga nisbatan tajavvuskor bo’lib shavqatsizlikni namoyon qilishi mumkin.
Zo’ravonlik avloddan-avlodga o’tishi mumkin.Chunki biz ulg’ayganimizda ko’pincha,oilamizda ko’rganlarimizni takrorlaymiz.
Bolalarga nisbatan nisbatan jismoniy zo’ravonlikni qo’llamasligi uchun ota-onalarimizga,quyidagi maslahatni berdik.
Bolani yaxshi ko’rish,undagi xislatlarni boricha qabul qilish,hurmat qilish,bolani fikrini qabul qilish,o’zini xatolarini ko’rish va ularni tan ola bilish.Oilaviy qoidalarni belgilab olish,namuna bo’lish,izchil bo’lib bergan va’dalarini bajarishlarini gapirib o’tdik ota-onalar va o’quvchilar etarlicha tushunchaga ega bo’ldilar.
O’qituvchilarga ham “Zo’ravonlik “haqida tushuncha berdik.
Barcha sinf rahbarlari bilan so’rovnomalar o’tkazdik.So’rovnoma so’ngida o’qituvchilarga,o’quvchilarga nisbatan ru’hiy zo’ravonlik bu tahdid,haqorat,yakkalash,doimiy tahdid bolani o’zidan uzoqlashtirishi.Buning oqibatida quyidagilar yuzaga keladi:imunitet pasayishi va tez-tez kasal bo’lish,diqqat va xotiraning pasayishi,hissiyotni boshqarishga qiyinchiliklar va o’zini ehtiyot qilmasliklari kuzatiladi.
Shuning uchun o’qituvchilarga har tomonlama o’quvchi bilan murojaat qilganda,chegaradan chiqmasdan,qo’lidan kelgancha do’stona ish olib borishlari tavsiya qildik.
O’quvchilarga yetarlicha “Biz zo’ravonlikka qarshimiz”aksiyasini har
tomonlama tushunarli qilib,treninglar orqali tushuncha berdik.Treningda barcha birday faol qatnashdi.Treningdan ko’zlangan maqsad:farzandlarimizga bo’lgan mehrimizni ayamasdan doimo yaxshi ko’rishimizni eslatib turishimiz,hamda o’quvchilar orasida kattalar kichich yoshdagi o’quvchilarga bo’lgan yomon xislatlaridan voz kechib,har tomonlama qo’lidan kelgancha ko’maklashishlarini aytib o’tdik.
Barchamiz Bolalarga nisbatan “Zo’ravonlikni “birga to’xtataylik.Buning uchun qo’limizdan kelgancha har tomonlama “Zo’ravonlik uchun kurashaylik”.Har doim barchaning ko’nglida Mehribonlik hislarini uyg’otaylik.
Maktab psixologi: D.Shukurova.
Jondor tuman 5-umumta’lim maktabi “Biz zo’ravonlikka qarshi 16-kun aksiyasi”doirasida maktabda qilingan ishlar

HISOBOTI.



Maktabimizda “Biz zo’ravonlikka qarshi 16-kun “aksiyasini o’tkazildi.
Birinchi navbatda o’quvchilarga tushuncha berildi.
Bunga barcha o’quvchilar ,o’qituvchilar hamda ota-onalar jalb etildi.
“Biz zo’ravonlikka qarshimiz “mavzusi yuzasidan :O’quvchilar bilan suhbatlar,o’tkazildi.Hamda Men baxtliman treninggi o’tkazildi.
O’qituvchilar bilan so’rovnomalar olib borildi.
O’quvchilarning o’ta-onalariga ham “Zo’ravonlik haqida tuchuncha berilib ,buning kelib chiqishi ,oqibatlari aytib o’tildi.BundaBolalarga ozor beruvchi va ularning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi harakatlar,zo’ravonligi haqida,bolalarni urish,kaltaklash ,shapalash,siltash ,urish,hamda verbal zo’ravonlik haqida tushunchalar berib borildi.
Jismoniy zo’ravonlikni boshidan kechirgan bola muntazam ravishda qo’rquvda yashashi,bolada tushkunlik ta’lim olishi bilan bog’liq qiyinchiliklar o’ziga bo’lgan ishonchi pasayishi haqida aytildi.
Buning oqibatida bollalar ham hayvonlarga nisbatan tajavuzkor bo’lib shavqatsizlikni namoyon qilishi mumkinligi aytildi.
Zo’ravonlik avloddan –avlodga o’tishi.Chunki biz ulg’ayganimizda ko’pincha oilamizda ko’rganlarimizni takrorlaymiz.Biz bolalarga nisbatan jismoniy zo’ravonlikni qo’llamasligi uchu ,ota –onalarga quyidagilarni maslahar berdik:
Bolalarni yaxshi ko’rish ,undagi xislarlarni boricha qabul qilish ,hurmat qilish,bolani fikrini qabul qilish,o’zini xatolarini ko’rish va ularni tan ola bilish.
Oilaviy qoidalarni belgilab olish,namuna bo’lish,izchil bo’lib bergan va’dalarini bajarishlarini gapirib o’tdik.
Ota-onalar va o’quvchilar yetarlicha tushunchaga ega bo’ldi.
O’quvchilar so’zga chiqib,ularga har tomonlama ko’mak,qo’llab –quvvatlash kerakligini aytib o’tishdi.
O’qituvchilarga ham zo’ravonlik haqida tushuncha berildi.
Barcha sinf rahbarlaridan so’rovnomalar olindi.
So’rovnoma so’ngida o’qituvchilarga,o’quvchilarga nisbatan ruhiy zo’ravonlik:bu tahdid,haqorat,yakkalash,doimiy tahdid bolani o’zidan uzoqlashtirishi.
Buning oqibatida quyidagilar yuzaga kelishi haqida.
Imunitet pasayishi,
Tez-tez kasal bo’lishi,
Diqqat va xotiraning pasayishi,
Hissiyotini boshqarishdagi qiyinchiliklar,
O’zlarini ehtiyot qilmasliklari,
O’zlarini hech kimga kerakmas deb hisoblashlari kuzatilishi ,buning oldini olish uchun barcha birdamlikda o’quvchi yoshlarni qo’llab quvvatlashlari kerakligi hamda yoshlar bilan muroja’t qilganlarida diliga ozor beruvchi so’zlar bilan emas,balki ularni qo’lidan kelgancha ko’maklashib ,bilmagan narsasini o’rgatib,do’stona ish olib borishlari aytib o’tildi.
O’quvchilarga yetarlicha “Biz zo’ravonlikka qarshimiz”aksiyasini har tomonlama tushinarli qilib ,treninglar orqali tushunchalar berildi.
Treningda barcha birday faol qatnashishdi. Bu treningdan ko’zlangan maqsad:Farzandlarimizga bo’lgan mehrimizni,ayamasdan ,doimo yaxshi ko’rishimizni eslatib turish kerakligi haqida tushunchalar berish.
O’quvchilar orasida:kattaga hurmat,kichikka izzatda bo’lishlari ,yomon xislatlardan voz kechib,har tomonlama qo’lidan kelgancha yaxshilik sari intilishlari aytildi.
Barchamiz Bolalarga nisbatan “Zo’ravonlikni”birga to’xtataylik.
Buning uchun qo’limixdan kelgancha har tomonlama “Zo’ravonlik uchun kurashaylik.
Har doim barchaning ko’nglida Mehribonlik hislarini uyg’otaylik
Download 14,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish