Tasdiqlandi



Download 1,78 Mb.
bet1/10
Sana24.01.2020
Hajmi1,78 Mb.
#37055
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5249215892805388148

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

TASDIQLANDI

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

t.f.d., professor T.A.Nabiev_______

2018 yil “____”_________

DORI VOSITALARINING SANOAT TEXNOLOGIYASI”



kafedrasi

MUTAXASISLIKKA KIRISH”



fanidan


Мa’ruzalar matni

Bilim sohasi: 500000 – Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

Ta’lim sohasi: 510000 – Sog`liqni saqlash

Ta’lim yo’nalishlari: 5510600 – Sanoat f armatsiya (turlari bo’yicha)

Toshkent-2018
Tuzuvchilar:
Xaydarov V.R. – DVST kafedrasining mudiri, f.f.n., professor

Raximova O.R. – DVST kafedrasining dots.v/b, f.f.n.

Abdijalilova Z.X. – DVST kafedrasining katta o‘qituvchisi, f.f.n.

Raximova G.R. – DVST kafedrasining katta o‘qituvchisi, f.f.n.
Taqrizchilar:
Tureeva G.M. – DTT kafedrasining dotsenti, f.f.n.

Xamdamov M.Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi, sinov markazi rahbari
Fanning ma’ruzalar matni sanoat farmatsiya fanlari soha uslubiy kengashining 2018 yil ”____”________dagi____ sonli yig’ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Kengash raisi V.R .Xaydarov

Fanning ma’ruzalar matni MUK ning 2018 yil ”____”________dagi____ sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.


Markaziy uslubiy kengash raisi T.A. Nabiev

Fanning ma’ruzalar matni institut ilmiy Kengashining 2018 yil “____” _________ dagi ______ sonli yigh’ilishida muhokama qilinib va tasdiqlash uchun tavsiya etildi.


Ilmiy kotib V.R .Xaydarov
So’z boshi
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi aholisini yuqori samarador, turg’un va arzon dori-darmon bilan ta'minlash, farmatsevtik texnologiyaning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori-darmon, aholi extiyojining 10% qondira oladi xolos. Bundan ko’rinadiki, aholi uchun zarur bo’lgan dori vositalarining asosiy qismi horijiy davlatlardan valyuta hisobiga keltirilmoqda. Bu esa, dorining tannarhiga salbiy ta'sir ko’rsatmoqda, shuningdek undan foydalanish imkoniyatini cheklab qo’ymoqda.

Axolini dori-darmon bilan ta'minlashda tayyor dori vositalari (TDV) ning o’rni beqiyosdir. Xozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda tayyor dori vositalari umumiy dori vositalarining 99%, xamdo’stlik mamlakatlarida 90%, 2010 yilga kelib esa faqat tabletka dori turining o’zini 85% etkazildi.

O’zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo’llashga ruhsat etilgan dorilar ichida tayyor dori vositalarining ulushi 73% tashkil etadi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng esa bu ko’rsatkich 90% dan oshib ketdi va rivojlangan xorijiy mamlakat ko’rsatkichlariga tenglashib qoldi. Lekin bu ko’rsatkich asosan chetdan keltirilayotgan TDV hisobiga ekanligini aytib o’tish lozim.

Ushbu ma’ruzalar matni maxalliy ishlab chiqarishda TDVlarining ishlab chiqarilish ko’lamini kengayishida, talabalarga asosiy qo’llanma bo’la oladi. Sababi ushbu ma’ruzalar matni korxona sharoitida ishlab chiqariladigan qattiq (kukunlar, granulalar, tabletkalar, kapsulalar, drajelar), yumshoq (surtmalar, kremlar, linimentlar, pastalar, gellar) va suyuq dori shakllari (farmatsevtik eritmalar, in'ektsion va infuzion eritmalar, nastoykalar, suyuq, quyuq, quruq, moyli ekstraktlar) alohida-alohida, ularni ishlab chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni o’z ichida mujassam etgan xolda yozildi. Talabalar bevosita bu dori turlari bilan tanishib chiqadilar. Talabalarga mavzular hozirgi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida tushunarli qilib yoritilgan bo’lib, ular tegishli mavzularni o’zlashtirishda talabalarda korxona sharoitida ishlab chiqariladigan TDVlarining tayyorlanish texnologiyasi uchun zarur bo’lgan asosiy va yordamchi moddalar, shuningdek asbob-uskunalar va yordamchi materiallar to’g’risida umumiy va to’liq tushunchaga ega bo’ladilar.Shuningdek, talabalar mustaqil ta'lim bo’yicha berilgan topshiriqlarni bajarishda ushbu ma’ruzalar matnidan ham to’laqonli foydalanishlari mumkin. Sababi har bir tayyor dori shaklining ta’rifi, tavsifi, tasnifi bo’yicha ma'lumotlar ham ushbu ma’ruzalar matnida o’z aksini topgan.

“Мutahassislikka kirish” fani ixtisoslik fani hisoblanib, 1-semestrda o‘qitiladi, o‘quv fani sifatidagi ahamiyati, talabalarda mutaxassislik mahoratini mukammal shakllantirish, ularda sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan tayyor dori vositalar to‘g‘risida umumiy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. “Мutahassislikka kirish” fanining o‘quv fani sifatidagi vazifasi, mutaxassislik mahoratini egallash, dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan umumiy ko‘nikmalarni xosil qilish, saqlash sharoitlarini belgilash va turg‘unligini ta’minlashdan iborat.

NAZARIY MATERIALLAR



1- Ma’ruza: DORI VOSITALARI VA FARMATSEVTIKA FAOLIYATI
Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasida tayyor dori turlarini ishlab chiqarish tizimi.

  2. Dori turlarini ishlab chiqarish tiziimdagi boshqaruv organlar.

  3. Mahalliy farmatsevtik ishlab chiqaruvchilar va ularning turlari

  4. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun

  5. Dori vositalari ishlab chi qishda asosiy tushunchalar va atamalar


Таянч сўз ва иборалар: farmatsevtika faoliyati, farmakologik vositalar, tibbiy texnika, tibbiy buyumlar, sifatsiz dori vositasi va tibbiy buюм, retsept, dorivor o‘simlik xom ashyosi.

Ажратилган вақт: 2соат

Маърузанинг мақсади: O‘zbekiston Respublikasida tayyor dori turlarini ishlab chiqarish tizimi, дori turlarini ishlab chiqarish tiziimdagi boshqaruv organlar, мahalliy farmatsevtik ishlab chiqaruvchilar va ularning turlari, дori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun, дori vositalari ishlab chi qishda asosiy tushunchalar va atamalar хақида маълумотлар берилади.
O‘zbekistonning boy tabiiy resurslari asosida zamonaviy dori turlarini va standartlash usullarini yaratish, yaratilgan dorilarni belgilangan tartibda laboratoriya O‘zbekiston Respublikasini mustaqil deb e’lon qilinishi halq xo‘jaligining turli jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar bilan bir qatorda, dorishunoslik fani va amaliyoti sohasidagi mutaxassislar oldiga ham dori ta’minotida respublika mustaqilligini ta’minlashdek o‘ta muhim vazifani qo‘ydi.

Aholini yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan, bezarar va arzon dori vositalari bilan ta’minlash bugungi kunda zamonaviy tibbiyotning o‘ta muhim, ajralmas qismi bo‘lib, unda turli hil kasalliklarni oldini olish va ularni davolashda 90% dan ortiq holatlarda farmakoterapevtik usullardan foydalaniladi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq, respublika rahbariyati va xukumati tomonidan aholini dori ta’minoti sifatini oshirish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilashga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bular – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 29-avgustda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va 1997 yil 25-aprelda “Dori vositalari va farmatsevtik faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilinishi va ularni amaliyotga joriy etilishi bilan bu qonunlar ijrosini ta’minlash maqsadida chiqarilgan qator qonunosti hujjatlarida o‘z aksini topgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Milliy dori siyosati” bu borada muhim ahamiyat kasb etuvchi rahbariy hujjatlardan bo‘lib, unga asosan aholini dori ta’minotini yaxshilash borasidagi muhim tadbirlar rejasi belgilangandir.

Ularning birinchisi - va klinik sinovlardan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish bo‘lsa, ikkinchisi - mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, O‘zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan shuningdek, chet el zamonaviy texnologiyalari asosida olinadigan dori turlarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni mamlakatimizning ichki va tashqi farmatsevtika bozoriga chiqarilishini ta’minlash bilan davlat salohiyatini ko‘tarishga hissa qo‘shish vazifalarida belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14-iyundagi № PP-416-sonli “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab quvvatlash choralari to‘g‘risida” gi qarori xam mahalliy farmatsevtika sanoati korxonalarini kelgusida yanada rivojlanishini ko‘zda tutuvchi muxim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qarorga asosan farmatsevtika sanoati korxonalarini qo‘llab quvvatlash borasida davlat tomonidan qator imtiyozlarning berilishi bilan bir qatorda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlari Akademiyasi va qator vazirlik va idoralar zimmasiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi xom ashyo turlarini yaratish, ularni amaliyotga joriy qilishni jadallashtirish va zaxiralarini ta’minlash, shuningdek respublika ilmiy muassasalari va oliy o‘quv yurtlari tomonidan yaratilgan yangi, original dori vositalari bilan bir qatorda xayotiy zarur dori vositalari ro‘yxatiga kiruvchi generik dori vosiitalarini xam ishlab chiqarilishini o‘zlashtirishni tezlashtirish va aholining dori vositalariga bo‘lgan talabini yanada to‘laroq qondirish masalalarini qo‘yadi.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi aholisini yuqori samarador, turg‘un va arzon dori-darmon bilan ta’minlash, farmatsevtik texnologiyaning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori-darmon, aholi extiyojini 10%ni qondira oladi xolos. Bundan ko‘rinadiki, aholi uchun zarur bo‘lgan dori vositalarining asosiy qismi horijiy davlatlardan valyuta hisobiga keltirilmoqda. Bu esa, dorining tannarhiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek undan foydalanish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda. Markaziy Osiyo Respublikalarida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ekologik muvozanatning buzila boshlashi, qolaversa Orol fojeasi, qishloq xo‘jaligining turli sohalarida, uzoq yillar davomida zaharli, kimyoviy moddalarni nazoratsiz foydalanish ayrim kasalliklarni keskin ko‘payishiga olib keldi. Xususan qandli diabet, allergiya, bo‘qoq, jigar, buyrak va kamqonlik kabi kasalliklar bilan kasallangan bemorlarning soni ko‘payib, dori darmonga bo‘lgan ehtiyoj yil sayin oshib ketdi. Respublikada dori ta’minotini yaxshilash usullaridan biri, shu sohadagi mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ularni aniq maqsad sari yo‘naltirish, dorishunos, farmakolog va kimyogarlarning o‘zaro hamkorligini kengaytirishdir. Bu muammoni xal qilishning yana bir yo‘li, maxalliy xom ashyolardan oqilona foydalanib, yangi dori turlarini yaratish va amaliyotga tatbiq etishdir. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida dorivor giyoxlarga boy mintaqa hisoblanadi. Bu giyoxlar zaxirasini asrab avaylagan xolda foydalanish, ulardan biofaol moddalarni ajratib olib o‘rganish va amaliyotga tatbiq qilish mutaxassislar oldida turgan jiddiy masalalardan hisoblanadi. SHulardan kelib chiqqan xolda maxalliy dorivor o‘simlik xom ashyolaridan olingan quruq ekstraktlar va sun’iy usulda olingan biofaol moddalardan tabletka dori turini yaratish, tayyor maxsulotning miqdoriy taxlil usulini ishlab chiqish, ularni biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baholash farmatsevtik texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlaridandir.

Respublika rahbariyati va xukumati tomonidan, aholining dori ta’minoti sifatini oshirish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilashga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bular – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 25-aprelda “Dori vositalari va farmatsevtik faoliyat to‘g‘risida”gi va 1996 yil 29-avgustda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilinishi va bu qonunlar ijrosini ta’minlash maqsadida chiqarilgan qator qonunosti xujjatlarini amaliyotga joriy etilishida o‘z aksini topgan.

O‘zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan shuningdek, chet el zamonaviy texnologiyalari asosida olinadigan dori turlarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni mamlakatimizning ichki va tashqi farmatsevtika bozoriga chiqarilishini ta’minlash bilan davlat salohiyatini ko‘tarishga hissa qo‘shish muhim vazifalardan biridir.

2016 yil 4 yanvar, 399-sonli «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunining qabul qilinishi farmatsevtika faoliyatida ishlatiladigan atamalarga aniqlik kiritish va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Ushbu qonun 6 ta bob, 27 ta moddadan iborat.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida (yangi tahriri)

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.



3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:



dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;

dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo‘lgan yoxud tashxis qo‘yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;

dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llanilish uchun tayyor dori vositalari;

dorivor o‘simlik xom ashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari;

retsept — shifokorning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasi;

sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum;

tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;

tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar;

farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega bo‘lgan, klinik tadqiqot ob’ektlari bo‘lgan modda yoki moddalar aralashmasi;

farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;

qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to‘g‘risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum.

4-modda. Davlatning aholini asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash sohasidagi kafolatlari

Davlat asosiy dori vositalari, shuningdek tibbiy buyumlar olinishi imkoniyatini va ularning sifatini kafolatlaydi.



2-bob. Davlat organlarining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari

5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining dori vositalari hamda farmatsevtika faoliyati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.



6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:

dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

Asosiy dori vositalari ro‘yxatidagi dori vositalarining, shuningdek tibbiy buyumlarning davlat buyurtmasini shakllantiradi va ularning davlat tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi;

ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda imtiyozli berilishini ta’minlaydi;

dori vositalari va tibbiy buyumlar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;

Davlat farmakopeyasini tasdiqlaydi va chop etadi;

dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, sifati nazorat qilinishini, standartlashtirilishini va sertifikatlashtirilishini amalga oshiradi;

tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini, shuningdek etil spirtini realizatsiya qilish, berish, saqlash va hisobga olish tartibini belgilaydi;

Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan e’lon qiladi;

dori vositalari va tibbiy buyumlarning zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar mavjud bo‘lgan taqdirda ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizatsiya qilinishini to‘xtatib turadi. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini to‘xtatib turishga olib keladigan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ishlab chiqarilishini va tayyorlanishini to‘xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishini hamda tayyorlanishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi;

farmakologik nazoratni amalga oshiradi;

kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan Orfan dori vositalari ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlaydi;

Asosiy dori vositalari ro‘yxatini ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Tibbiy buyumlar ro‘yxatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

tegishli hududda davlat davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan ta’minlashda ishtirok etadi;

dori vositalari muomalasi va farmatsevtika faoliyati masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda ishtirok etadi.

farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-bob. Dori vositalari. Tibbiy buyumlar. Tibbiy texnika

8-modda. Davlat farmakopeyasi

Davlat farmakopeyasi dori vositalariga va tibbiy buyumlarga doir talablarni, umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish usullarini o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plami bo‘lgan rasmiy nashrdir.

Umumiy farmakopeya maqolasi dori vositalarining, tibbiy buyumlarning sifatiga, dorivor o‘simlik xom ashyosiga, ularning sifatini nazorat qilish usullariga, dori vositalarining sifatini nazorat qilishda foydalaniladigan standart namunalarga, reaktivlarga, dori vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan joylash-o‘rash materiallariga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilaydi.

Farmakopeya maqolasi muayyan dori vositasining, tibbiy buyumning, dorivor o‘simlik xom ashyosining, yordamchi moddaning sifatiga doir talablarni belgilaydi.

Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish Farmakopeya qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Farmakopeya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ekspert organidir.

Davlat farmakopeyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan besh yilda kamida bir marta chop etiladi. Davlat farmakopeyasining qayta nashrlari oralig‘idagi davrda Davlat farmakopeyasiga ilovalar chop etiladi.



9-modda. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari

Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik oldi tadqiqotlari farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini o‘rganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, biologik, mikrobiologik, farmakologik, toksikologik tadqiqotlarni hamda boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi.

Tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlari tibbiy buyumlarning xavfsizligini o‘rganish maqsadidagi kimyoviy, fizik, texnik, biologik, mikrobiologik, toksikologik tadqiqotlarni va boshqa tadqiqotlarni nazarda tutadi.

Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining yoxud tibbiy buyumlarning klinik oldi tadqiqotlarini tashkil etish va o‘tkazish ularni ishlab chiquvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda zarur moddiy-texnika bazasiga va tadqiqotning tegishli sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot muassasalarida, dori vositalarining sifatini nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda, oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin.



Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish