T a s d I q L a y m a n



Download 201 Kb.
Sana04.03.2020
Hajmi201 Kb.
#41513
Bog'liq
FMM 2

+O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI



Ro’yxatga olindi:

T A S D I Q L A Y M A N”

№__________________

«____» _______ 2019 y.



O’quv ishlari bo’yicha prorektor

_________________ R.A.Anorov

«___»_____________2019 yil



5320900 – “Yengil sanоat buyimlari konstruktsiyasini ishlash va texnоlоgiyasi”

bakalavriat ta`lim yo`nalishi uchun
«FASHION - MENEJMENT VA MARKETING»

fanidan

Bilim sohasi: 300000 - Ishlab chiqarish va texnik soha

Ta’lim sohasi 320000 – Ishlab chiqarish texnologiyalari


Ta’lim yo’nalishi: 5320900 – Yengil sanоat buyimlari konstruktsiyasini ishlash va texnоlоgiyasi (Tikuv buyumlari)

IV semestr


Mashg’ulotlar turi.

Umumiy soat

IV semestr

Ma’ruza

18 soat

18 soat

Seminar mashg’ulotlari

36 soat

36 soat

Mustaqil ta’lim

50 soat

50 soat

JAMI:

104 soat

104 soat

Farg’ona – 2019



Mazkur ishchi o’quv dasturi 5320900 – Yengil sanоat buyimlari konstruktsiyasini ishlash va texnоlоgiyasi (Tikuv buyumlari)” ta’lim yo’nalishi uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va amalga kiritilgan Davlat ta’lim standarti, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 apreldagi 137-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va amalga kiritilgan malaka talablari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida 201__ yil “___” ________da tasdiqlangan ta’lim yo’nalishining namunaviy dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
assistentN.Maxmudova __________

(lavozimi, darajasi va ilmiy unvoni) (imzo)
assistentG.Boyqo’ziyeva __________

(lavozimi, darajasi va ilmiy unvoni) (imzo)
Taqrizchi:
i.f.n., dotsent J.Qambarov _________

(F.I.SH. lavozimi, darajasi va ilmiy unvoni) (imzo)

Fanning ishchi o’quv dasturi «Menejment» kafedrasining 2019 yil 27 avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: ______ J.Qambarov 27 avgust 2019 yil

Fanning ishchi o’quv dasturi Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti kengashining 2019 yil “__” avgustdagi 1-son qarori bilan muhokama qilingan va Institut Ilmiy Kengashiga tavsiya qilingan.



Fakultet Kengash raisi:_______ I.Yormatov “___” ________ 2019 yil

KELISHILDI:
O’quv uslubiy

boshqarma boshlig’i:________ Mamajonov A. «__» __________ 2019 yil

(imzo) (F.I.SH.)
Institutning 2019 yil “____” avgustdagi ___ - son Ilmiy Kengashida muhokama etilgan va tasdiqlangan.

  1. Kirish


Zamonaviy dizaynerlar kiyim to’plamlarini yaratish jarayonida avval iste’molchini to’liq o’rganishi uchun avval marketing tadqiqotlarini o’tkazishi, yangi mavsumdagi modani bashorat qilib, aniq bir bozor segmenti uchun yangi mahsulot yaratishi mumkin bo’ladi. Yangi dizaynda yaratilgan bu mahsulotlar qisqa fursatda sotishini ta’minlash muhimdir.

Kelajakda talabalar yangi brendlar tuzib, zamon talablariga mos, sifatli, nafaqat o’zimizning bzozorimizda, balki, jahon bozorida raqobatlasha oladiganmahsulotlarni ishlab chiqarishini va sotishini ta’minlashda ushbu fanning ahamiyati juda muhimdir.

Ichki va tashqi bozorda zamonaviy, sifatli va jahon bozorida raqobatlasha oladigan tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishbi ta’minlashda, yangi brendlar tuzish malajalarini egallashda «Fashion-menejment va marketing» fani alohida o’rin tutadi.

  1. O’QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI


Fashion- menejment va marketing fanning maqsadi - talabalarni moda sanoatining segmentlari bilan tanishtirish, uning rivojlanishida marketing va menejment vazifalarini o’rganish, zamonaviy brendlar yaratish va rivojlanish bosqichlarini o’rganish, moda sanoati ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish uchun mo’ljallangan savdo joylarida merchandayzing tadbirlar va savdo do’konlarini loyihasini tuzish uchun asosiy kompozitsion vositalar yordamida ijodiy tafakkurni tug’dirish va nazariy bilimlarni shakllantirishdan iborat.

«Fashion-menejment va marketing» fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-moda sanoatini paydo bo’lgan davrdan hozirgacha bo’lgan rivojlanish bosqichlarini o’rganish;

-zamonaviy moda sanoatining rivojlanishida marketing va menejmentning tutgan o’rnini o’rganish;

-egallangan bilimlarni zamonaviy moda sanoatining rivojlanishi uchun qo’llash va xokazolar.
3. FAN BO’YICHA TALABALARNING MALAKASIGA QO’YILADIGAN TALABLAR

“Fashion-menejment va marketing” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida jarayonida talabalar quyidagi bilim malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim:

- modaning vujudga krlish tarixi;

-moda sanoatinining shakllanishi ba rivojlanishiga ta’sir etgan sabablarni, shakllantiruvchi vositalar va qo’llangan badiiy vositalar;

- marketing va menejmentning asosiy qonuniyatlari va qoidalari.

Tasavvurlarga ega bo’lishi:

-brend menejment tushunchasi;

-zamonaviy kompaniyalarning tashkiliy tuzilmasi;

-zamonaviy fashion-bayer vazifalari;

-iste’molchilarni psixoturga ajratish;

-merchandayzing tadbirlarini yushtirish;

-savdo do’konlarini loyihasini tuzish;

-iste’molchilar psixologiyasining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda savdo huduhini rejalasjtirish;
Bilishi va foydalana olishi:

-reklama tadbirlarini uyushtirishni;

-zamonaviy bpendlar yaratish va rivojlanish bosqichlarini qo’llab, shaxsiy brend yaratishni;

-yangi ishlab chiqariladigan mahsulot zamonaviy moda tendensiyalariga mos bo’lishini ta’minlash;

-kompaniyaning bo’limlari bajaradigan vazifalarini va xodimlarni boshqarishni;

-kompaniyaning marketing strategiyasini ishlab chiqish;

-bozorning ma’lum segmenti uchun marketing tadqiqotlarini o’tkazish;

-mijozlar psixoturlariga qarab xizmat ko’rsatish;

- savdo do’konlar interyerida ranglarni to’g’ri qo’llanishini nazorat qilish;

- savdo do’konlarida tovarlarni to’g’ri joylashtirish, savdo hududini zonalarga bo’lish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.



  1. O’QUV REJASIDAGI BOSHQA FANLAR BILAN BOG’LIQLIGI

Mazkur fan tanlov fani hisoblanib, uni o’rganish uchun talaba o’quv rejasida rejalashtirilgan iqtisodiy bilimlarga (“Iqtisodiyot asoslari”), umumkasbiy (“Kostyum grafikasi”) va ixtisoslik (“Kostyum kompozitsiyasi va tarixi”, “Yengil sanoat mahsulotlarini loyihalash asoslari”) fanlaridan yetarli bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishlari talab etiladi.


  1. FANNING ISHLAB CHIQARISHDAGI O’RNI

Bugungi milliy iqtisodiyotni yanada modernizatsiya qilish va rivojlantirish har bir yaratilayotgan mahsuloitlarning dizayni, ko’rinishi, qulayligi va foydaliligiga e’tibor qaratish, diversifikatsiya siyosatini yo’lga qo’yish va uni boshqarishni talab etadi. Endilikda biznes va tadbirkorlikda marketing tadqiqotlari va tajribalariga tayanish zarur.

Zamon talabiga mos mahsulotlarni yaratish orqali milliy bozorni to’yintirish, brendlar yaratish va jahon bozoriga chiqish masalalari ushbu fanni o’rganish zaruriyatini ko’rsatadi.




  1. FANNI О‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR QO’LLANILISHI

Talabalarning “Fashion-menejment va marketing” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda davlat standartlari namunalari va texnik shartlardan foydalaniladi. Ma‘ruza, amaliy mashg’ulot darslarida mos ravishdagi quyidagi ilg’or pedogogik texnologiyalardan foydalaniladi:

1.Shaxsga yo’naltirilgan ta‘lim. Bu ta‘lim o’z mohiyatiga ko’ra ta‘lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta‘limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma‘lum bir ta‘lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

2.Tizimli yondoshuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta‘lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta‘limni ifodalaydi.



3.Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarning psihologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

4.Hamkorlikdagi ta‘limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi o’rtasidagi sub‘ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

5.Muammoli ta‘lim. Ta‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta‘lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob‘ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi.

6.Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

7. Modulli ta’lim – mavzuni reja asosida mayda bo’laklarga, modullarga bo’lish, ularni o’rganishga doir tarqatma materiallar, nazorat topshiriqlarini ishlab chiqishga , talabani mustaqil ishlash , o’z- o’ziini nazorat qilishga asoslangan.

Keltirilgan kontseptual yo’riqlarga asoslangan holda, “Yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini loyihalash” kursining maqsad va vazifasi, tarkibiy tuzilishi va ta‘lim jarayonida tutgan o’rni, o’quv axborotining mazmuni va hajmidan kelib chiqib, ma‘lum sharoit va o’quv rejasida belgilangan vaqtda o’qitish, kommunikatsiya, axborot va ularni birgalikdagi boshqarishni kafolatlaydigan usullar va vositalar tanlovi amalga oshirildi.



1.O’qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy usul, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, amaliy ishlash usuli.

2.O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asolangan frontal, kollektiv va guruh.

3.Oqitish vositalari: o’qitishning an‘anaviy shakllari (darslik, ma‘ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.

4.Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

5.Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

6.Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

7.Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida yakuniy nazorat topshiriqlari yordamida tahsil oluvchilarning bilimlari baholanadi.


  1. «FASHION-MENEJMENT VA MARKETING» FANIDAN O’TILADIGAN MA`RUZA MAVZULARI VA AJRATILGAN SОATLAR


IV semester



Mavzu

Soatlar

Jami

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot



“Fashion menejment va marketing” fanining vujudga kelish tarixi

2

2

-



Marketing tadqiqotlari va marketingda nazorat

6

2

4



Marketing strategiyasi va rejalarini ishlab chiqish.

4

2

2



Moda industriyasining asosiy tushuncha va ob’yektlari

4

2

2



Moda industriyasining tasnifi.

2

-

2



Brending tushunchasi. Brending obyektlariga ko’ra brendlar turlari.

4

2

2



Zamonaviy korxonaning tashkiliy tuzilmasi.

2

-

2



Bayer(xaridor)lar uchun fashion – marketing

4

2

2



Modani bashorat qilishning usullari

2

-

2



Moda industriyasida merchandayzing

4

2

2



Hidlar, musiqa va yoruglik merchandayzing vositalari.

2

-

2



Merchandayzingda psixologiya.

4

2

2



Merchandayzingda rang marketing va vizual tadbirlar

2

-

2



Mijoz bilan ishlash texnikasi.

2

-

2



Moda industriyasi mahsulotlarini sotadigan savdo do’konlarining maxsus tarmoqlari

2

-

2



Savdo do’koni vitrinalari dizaynini yaratish. Zamonaviy manekenlar turlari va vazifalari

2

-

2



Reklama tushunchasi va tarixi. Qadoqlash brend imidji

4

2

2



Lyuks sinfidagi mahsulotlarni qalbakilashtirish

2

-

2

Jami

54

18

36


Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarining mazmuni



Ma’ruza mavzusi nomi

Mavzu mohiyati

Ajr.

vaqt



“Fashion menejment va marketing” fanining vujudga kelish tarixi

  1. XXI asrda marketing va menejment tushunchasi

  2. Marketing fanining vujudga kelish tarixi.

  3. Marketing fanining hozirgi zamon ta’riflari

  4. Marketing turlari va menejment tushunchasi

  5. Marketing va dizayn

2 m




Marketing tadqiqotlari va marketingda nazorat

  1. Marketing tadqiqotlari xtkazishning maqsadi va yo’nalishlari.

  2. Marketing tadqiqotlari xtkazish usullari va bosqichlari.

  3. Bozor sig’imi va uning potensiali

  4. Bozor ulushlarining firmalar o’rtasida taqsimlanishi

  5. Marketingda nazorat

2 m

4 p




Marketing strategiyasi va rejalarini ishlab chiqish.

  1. Marketing ma’lumotlarini yig’ish

  2. Marketing strategiyasi va rejalarini ishlab chiqish

2 m

2 p




Moda industriyasining asosiy tushuncha va ob’yektlari.


  1. Moda – ijtimoiy fenomen

  2. Moda industriyasi taraqqiyotining asosiy bosqichlari.

  3. Moda industriyasining faoliyati

2 m

2 p




Modani o’rganish va yaratish

        1. Moda nima?

        2. Zamonaviy moda yo’nalishlari

        3. Modani yaratish

2 p



Moda industriyasining tasnifi

  1. Moda industriyasining tasnifi

  2. “Haute Couture” va “Pret-a-porter” to’plamlari

  3. Moda iqtisodiyoti taraqqiyotining istiqbollari

2 p



Brending tushunchasi. Brending obyektlariga ko’ra brendlar turlari.

  1. Brending tarixi

  2. “Brend” tushunchasi ta’riflari

  3. “Brend” va “savdo belgisi”

  4. Brend xususiyatlari va turlari

  5. Brend menejerning vazifalari

2 m

2 p




Zamonaviy korxonaning tashkiliy tuzilmasi.

  1. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi

  2. Dizayn bơlimining vazifalari.

  3. Marketing va sotuv bơlimi.

  4. Ishlab chiqarishni kalkulyatsiya qilish bơlimi.

  5. Sifatni nazorat qilish bơlimi.

  6. Matolarni bichish bơlimi.

  7. Ishlab chiqarish bơlimi

2 p






Bayer(xaridor)lar uchun fashion marketing.

  1. Fashion bayer va uning vazifalari

  2. Muvaffaqiyatli bayerning xususiyatlari

  3. Boshqaruv malakalari

2 m

2 p



Modani bashorat qilishning usullari

  1. Dunyo moda namoyishlari’

  2. Moda tendensiyalarini bashorat qilish bosqichlari

  3. Ranglar prognozi

  4. Mashxur moda bashorat qiluvchi kompaniyalar

2 p



Moda industriyasida merchandayzing

  1. Merchandayzing tushunchasi.

  2. Moda industriyasida merchandayzing maqsadi va vazifalari.

  3. Merchandayzing bơlimi faoliyati

  4. Merchandayzingda interyer, savdo jihozlarining turlari va joylashtirilishi

2 m

2 p



Hidlar, musiqa va yoruglik merchandayzing vositalari.

  1. Savdo do’koni falsafasini ishlab chiqish

  2. Hidlarni ta'sir kuchi.

  3. Merchandayzingda musiqaning ơrni.

  4. Yorug’lik, chiroqlar- merchandayzing vositasi.

2 p



Merchandayzingda psixologiya.

  1. Merchandayzingda psixologiya.

  2. Psixografiya .

  3. Iste'molchilarning psixoturlari.

2 m

2 p



Merchandayzingda rang marketing va vizual tadbirlar

  1. Merchandayzingda rang marketingi.Ranglarning inson psixologiyasiga ta'siri.

  2. Ranglarning insonga ta'sir etishiga qarab ajratilishi.

  3. Ranglar xarakteristikasi.

  4. Magazin interyerida ranglarni qơllanishi.

2 p



Mijoz bilan ishlash texnikasi.

  1. Shopping tushunchasi va ta’riflari

  2. Savdo xodimlariga kerakli vazifalari

  3. Mijozlarga xizmat ko’rsatish qoidalari va standartlari

2 p



Moda industriyasi mahsulotlarini sotadigan savdo do’konlarining maxsus tarmoqlari


  1. Moda industriyasi maxsulotlarini sotadigan magazinlarning maxsus tarmoqlari

  2. Franchayzing tushunchasi.

  3. Keng tarmoqli universal magazinlar, univermaglar va supermarketlar

2 p



Savdo do’koni vitrinalari dizaynini yaratish. Zamonaviy manekenlar turlari va vazifalari

  1. Vitrinachilar faoliyati

  2. Vitrinalarni bezatish turlari

  3. Manekenlar va ularning vazifalari

2 p



Reklama tushunchasi va tarixi. Qadoqlash brend imidji


  1. Reklama tushunchasi, vazifalari

  2. Reklama tarixi

  3. Reklama turlari

  4. Reklama qilish qoidalari

  5. Qadoqlash rivojlanish tarixi

  6. Qadoq turlari va funksiyalari

2 m

2 p



Lyuks sinfidagi mahsulotlarni qalbakilashtirish

  1. Kontrafakt moda tovarlarini ishlab chiqarish turlari

  2. Lyuks sinfidagi moda mahsulotlarini qalbakilashtirish xavfi

  3. Kontrafakt tovarlar ishlab chiqarishga qarshi siyosatni olib borishda dunyo tajribasi

2 p

Jami

54



9. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni.

Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o’qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.


Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:


  • ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;

  • berilgan mavzular bo’yicha axborot (referat) tayyorlash;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash;

  • maket, model va namunalar yaratish;

  • ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tayyorlash va h.k.

Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar, masalalar to’plami ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha amaliy mashg’ulotlar bo’yicha masala va misollar yechish uslubi va mustaqil yechish uchun masalalar keltiriladi.

Fashion-menejment va marketing”fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.


Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi.
Uyga berilgan vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Fashion-menejment va marketing” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan vafan bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlariga rejalashtirilgan mustaqil ta’lim mavzulari quyidagi ko’rinishida shakllantirilgan.
“Fashion-menejment va marketing” fanidan o’tiladigan mustaqil ish mavzulari va ajratilgan sоatlar



Mavzu nomlari

Talabalar mustaqil ishi mavzusi va mazmuni

Hisobot shakli

Bajarilishihaqidama’lumot

soat

Oy va kun



Mashxur brendlar kelib chiqishi, reklama va merchandayzing tadbirlari

OAV orqali va internetda chop etilgan mashxur brendlar kelib chiqishi, reklama va merchandayzing tadbirlarini o’rganish va fikrlarini og’zaki hamda taqdimot ko’rinishida tayyorlash

taqdimot

25

15-hafta



Milliy brend yaratish, unga reklama va sotish tadbirlarini ishlab chiqish

O’z kreativ g’oyasi asosida milliy mahsulot brendini yaratish hamda reklama va sotish tadbirlarini topish

taqdimot

25

17-hafta
*yuqoridagi mustaqil ta’lim mavzulariga qo’shimchalar kiritilishi mumkin.
Mustaqil ta’limni bajarishdagi harakatlari va bilimi talabaning o’quv yilida umumiy baholashda hisobga olinadi.


10. «Fashion-menejment va marketing» fanidan reyting tizimiga ko’ra talabalar bilimini baholash turlarini o’tkazish jadval


Fanning nomi: “FMM”

Fan uchun 7 semestrga

ajratilgan soat jami – 86



Ta’lim yo’nalishi: 5320900-“ESBKIT”

Jumladan:




ma’ruza

- 18

Maksimal baho - 5, 86 soat

laboratoriya

- 18

Saralash baho – 3

mustaqil ta’lim

- 50

Baholash turi

Baho

Baholash uchun mashg’ulot turi

X A F T A L A R

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

OB

5

Ma’ruza mashg’ulot

 

 

 

 

 

 

 




5




 

 

 

 

 




 

5




YaB

5

Yozma

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 






Izoh
:Jadvalda keltirilgan ON va YaN lar uchun baholarda ifodalangan bilimi talabaning o’zlashtirish ko’rsatkichini ifodalaydi.

Qo’yilgan topshiriqni yaxshi o’zlashtirib, mustaqil mulohaza yuritsa, mohiyatini tushunsa va bilsa, ma’lum tasavvurga ega bo’lib, ijodiy fikrlay va xulosa chiqara olsa 5 baho bilan (ya’ni «a’lo») baholanadi.

Topshiriqni o’zlashtirib mustaqil mulohaza yuritsa, mohiyatini tushunib va bilib, ma’lum tasavvurga ega bo’lsa, biror amaliyotga qo’llay olsa, ammo ijodiy yondosha olmasa va xulosa qila olmasa 4 baho bilan (ya’ni «yaxshi») baholanadi.

Topshiriqni o’zlashtirib, yuzaki (yoki qisman) ochib bergan bo’lsa, lekin ular bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni bermagan va bayonda mantiqiy yaxlitlikka erishmagan bo’lsa 3 baho bilan (ya’ni «qoniqarli») baholanadi.

Agar talaba topshiriqni yomon o’zlashtirib, aniq tassavvurga ega bo’lmasa va bilmasa uni 0-2 gacha baho bilan (ya’ni «qoniqarsiz») baholanadi.

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati


Asosiy adabiyotlar :
1.Ф.Котлер, К.Л.Келлер.Маркетинг .Мененджмент 12-е издание.Питер. 2009.-815 стр.

2. Fashion Marketing Theory, Principles, Praktice Marianne C.Bickle.New York.2011

3. Fashion Merchandayzing Virginia Grose, AVA publishing SA 2012

4.А.Пименов.Хочу-Вижу, изд. Омега. Москва.2010.

5. S.S.G’ulomov. Marketing asoslari. 2002 yil.

Qoshimcha adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2017 yil, 488- bet.

2. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2016 yil, 56-bet

3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. 2017 yil, 48- bet.

4. Маркетинг в индустрии моды, изд Гревцов Паблишер, 2009.-315 с

5. А.Пименов.Хочу-Вижу.-Минск: Омега, 2010.-250с

6. Н.Гузелевич.Фокусы мерчандайзинга.-СПб.: изд.Питер, 2010.-155 с


Internet saytlari:
1. www.modanews.ru

2. www.lex.uz

3.www.ziyonet.uz

4. www.shoppingvillages.com

3. www.mozaic-fashions.co.uk

4. www.edu.uz



5. www.ELLE.ru




Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish