Mavzu: Dars – ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari



Download 75,28 Kb.
bet1/18
Sana10.04.2022
Hajmi75,28 Kb.
#541507
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
mavzu
calculus3-Nuriddin, daftar, , amir temur va temuriylar davridagi odob-axloq va tarbiyasi togrisidagi, Jorj Oruell. Hayvonlar xo'jaligi haqida g'aroyib qissa, Elektrotexnika, Elektrotexnika, transformatorlarni-kuchlanishini-avtomatik-rostlash, Энергетика Турции — Википедия, Portfolio 1. Variant 4, психологик тренинг асослари 2018 НД , Reja neft haqida tushuncha neftni fizik kimyoviy xossalari gaz , umumiy orta talim maktablarining 10-sinfida fizikaning ozgarmas tok qonunlari bobiga doir bazi mavzularni oqitishda zamonaviy pedagogic metodlarni qollash, umumiy orta talim maktablarining 10-sinfida fizikaning ozgarmas tok qonunlari bobiga doir bazi mavzularni oqitishda zamonaviy pedagogic metodlarni qollash, umumiy orta talim maktablarining 10-sinfida fizikaning ozgarmas tok qonunlari bobiga doir bazi mavzularni oqitishda zamonaviy pedagogic metodlarni qollash


-mavzu: Dars – ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida.
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari.


Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari.
Ta’lim mazmunini oʻzlashtirish boʻyicha oʻquvchilarning faoliyati unga ta’sir etuvchi faktorlar (ta’limning maqsad va vazifalari; oʻquvchilar soni; alohida oʻquv muassasining oʻziga xosligi; oʻquvchilarning oʻquv ishlari vaqti va joyi; darslik va oʻquv qoʻllanmalari bilan ta’minlanganligi) xarakteridan kelib chiqib turli shakllarda amalga oshiriladi.
Didaktikada ta’lim tashkil etish shakllariga ta’rif berishda quyidagicha qoidalar mavjud:
“Oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini tashkil etish vaqtida oʻqituvchining faoliyati bilan oʻzaro bog‘langan oʻquv jarayonining eng muhim tarkibiy qismi” (O.N.Maksimov);
“Aniq boshqaruvga oldindan belgilangan tartib va rejimlarga asoslangan oʻquvchi va oʻqituvchilarning birgalikdagi faoliyati” (I.A.Lerner) va boshqalar.
Pedagogika va ta’lim tarixida ta’limni tashkil etishning 3 asosiy tizimi oʻrin olgan:
1) individual
2) sinf-dars
3) leksiya-amaliy tizimi.
Qadim zamonlarda mavjud boʻlgan oʻqitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. Oʻqishni tashkil etishning individual shakli antik davr va oʻrta asrlarda yagona usul boʻlgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan. Individual ta’lim tizimi ibtidoiy jamoa tuzumida bir odam boshqasiga, kattalar yoshlarga oʻz tajribasini oʻrgatishi asosida paydo boʻlgan. Yozuv paydo boʻlishi bilan oʻrgatuvchi ular bilan shug‘ullanib, oʻz fikrlarini belgilar vositasida ifodalagan. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi va ta’lim oluvchilar guruhining oʻsishi individal ta’limi tizimini individual guruhiy ta’lim tizimiga aylantirgan. Bunda oʻqituvchi 10-15 ta oʻquvchini individual oʻqitgan. Dastlab oʻqituvchi materialni bittasiga bayon etgan. Unga mustaqil ishlash uchun topshiriqni bergan va xuddi shunday davom etgan.
17-asrdan boshlab individual oʻqitish shaklining ahamiyati pasayib, uning oʻrnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’lim sanaladi. U Gʻarbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning gʻarbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk bor qoʻllanilgan va u sinf-dars shaklining asosi boʻlib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika” asarida nazariy jihatdan asoslab berildi va ommaviylashtirildi. Olim pedagogikaga oʻquv yili, oʻquv kuni, dars, mashgʻulotlar orasidagi tanaffus, oʻquv ta’tillari kabi tushunchalarni kiritdi.
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan boʻlsada, bugungi kunda ham keng koʻlamda qoʻllanilib kelinmoqda.

    1. asrda Ya.A.Komenskiy tomonidan sinf-dars tizimi ishlab chiqildi. Komenskiy oʻz zamonasining taraqqiyparvar maktablari tajribasini umumlashtirib, sinf-dars tizimini nazariy asoslab berdi. Uning mohiyati quyidagilardan iborat:

    • oʻquvchilar yoshlari va tayyorgarlik darajalariga koʻra sinflarga guruhlanadilar va umumiy ishni bajaradilar;

    • oʻquv predmetining mazmuni va bir qator boʻlim va mavzular esa bir qator baravar va izchil joylashtirilgan qismlarga ajratilib, ular birin-ketin ma’lum jadval boʻyicha keladilar; - darslar tanaffuslar bilan olib boriladi.

    • dars metodik jihatdan 3 tarkibiy qismdan iborat boʻlishi kerak: boshlanish (oʻqituvchi savollar yordamida avval oʻrganilganlarni oʻquvchilarning xotirasida tiklaydi va oʻtilganlarni qisqa bayon etadi), davomiylik (oʻqituvchi yangi mavzuni tushuntiradi), yakun (oxirida oʻquvchilar eshitganlarini mustahkamlaydilar va mashqlar bajaradilar).


Download 75,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
o’rta maxsus
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
таълим вазирлиги
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
haqida umumiy
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti