1. Кirish. Tuproqshunoslik fanining maqsadi, vazifalari va ahamiyati



Download 78,5 Kb.
bet1/2
Sana14.01.2022
Hajmi78,5 Kb.
#361591
  1   2
Bog'liq
AGROKIMYO MUSTAQIL ISH

Mavzu: Tuproqshunoslik fanining maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Fanning rivojlanish tarixi. Agrokimyo fanining maqsadi va vazifalari va boshqa fanlari bilan bog’liqligi. Agrokimyo fanining rivojlanish tarixi


Reja:
1.Кirish.



2. Tuproqshunoslik fanining maqsadi, vazifalari va ahamiyati.

3.Tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi.

4.Tuproqning paydo bo’lish jarayonlari.

  1. Agrokimyo fanining maqsadi vazifalari va usullari.

  2. Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.



Tuproqshunoslik - tuproq haqidagi fan; uning tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, geografik tarqalishi, unumli foydalanish usullari va unumdorligini oshirish yoʻllarini oʻrganadi. T. tabiiytarixiy fanlarga mansub boʻlib, tuproqni tabiat mahsuli, mehnat predmete, ishlab chiqarish. vositasi sifatida tadqiq etadi. T. iklimshunoslik, geomorfologiya, petrografiya, oʻsimliklar fiziologiyasi kabi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bogʻliq. Qishloq xoʻjaligida tuproq unumdorligini oshirish, sanoat oʻgʻitlarini qoʻllash, yerning meliorativ holatini yaxshilash, tuprok, eroziyasiga qarshi kurash va boshqa masalalarni hal qilishda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Tuproq 18-asr oxirlaridan oʻrganila boshlandi. 19-asr oʻrtalarida tuproqni geologik hosila deb qarovchi agrogeologik yoʻnalish vujudga keldi. 19-asr oxirlarida V.V. Dokuchayev Rossiyada tirik va ulik tabiat xususiyatlariga ega tabiiytarixiy jins — tuproq toʻgʻrisidagi tushunchani asoslagan genetik T.ni yaratdi. T.ning agronomik yoʻnalishi (tuproq bilan oʻsimlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, tuproq unumdorligi)ni P.A. Kostichev, geografik yoʻnalishi (tuproq kesmasining tuproq hosil boʻlish jarayoni bilan bogʻliq holda solishtirma tahlili)ni esa K.D. Glinka, N. M. Sibirsev va boshqa rivojlantirdi. Agronomik, oʻrmon va meliorativ T. — T.ningamaliy sohalaridir. 20-asr boshlarida T.ning yangi — kimyoviy yoʻnalishi vujudga keldi. Bu yoʻnalishni tuproq kolloid kimyosi asoschisi K. K. Gedroys yaratdi.

20-yillarda V. I. Vernadskiy tuproq hosil boʻlishida tirik organizmlar ahamiyatini oʻrganib, T.da biogeok i m yo yoʻnalishga asos soldi. 30-yillarga kelib, tuproq fizik kimyosi, fizikasi, mineralogiyasi, mikrobiologiyasi kabi boshqa boʻlimlar ham shakllandi. T.ning shu davrdagi hamda keyinchalik rivojlanishida N.A.Dimo, N.A. Gerasimov, Ye.N.Ivanova, V. A. Kovda, B.B. Polinov, L. I. Prasolov, N. N. Rozov, I. V. Tyurin va boshqalarning ishlari yetakchi axamiyatga ega boʻddi.

T.ning Oʻzbekistonda rivojlanishi Turkiston unti qoshida Tuproqshunoslik va geobotanika intining tashkil etilishi bilan uzviy bogʻliq (qarang Tuproqshunosyaik va agrokimyo institutoʻ). Bungacha Oʻrta Osiyo hududi tuproqlarini A. Middendorf, A.N. Krasnov, N. Teyx tadqiq etgan. P. S. Kossovich ragʻbarligida Yer tuzish va dehqonchilik bosh boshqarmasining qishloq xoʻjaligi. kimyosi lab. (Rossiya; 1897-yilda tashkil kilingan) tomonidan Mirzachoʻl va Andijon tajriba dalalari tuprogining kimyoviy va granulometrik tarkiblari tadqiq qilindi. Bu tadqiqotlar natijasida sur tuproklarda fosfor, kaliyning koʻpligi, gumus (chirindi)ning esa kam ekanligi va karbonatlarga toʻyinganligi aniqlandi. S. S. Neustruyev ishlarida tipik sur tuproklar tavsiflangan va shu tipdagi tuproklar terminologiyasiga asos solingan.

T.ning geografik, kimyoviy va biogeokimyo yoʻnalishlari sintezi tuproqning 4 asosiy: qattiq, suyuq, gazsimon va tirik qismlardan iborat ekanligini koʻrsatdi. Tuproqning bu tarkibiy qismlarida modda va energiya almashinuvi doimo oʻzaro taʼsir etib, uzluksiz kechadi. Tuproqda tirik organizmlarning boʻlishi uni biosferaning tirik mavjudotlari katoriga kiritish imkonini berdi. Shu asosda tuggroq unumdorligi, tasnifi va diagnostikasi haqidagi taʼlimot takomillashtirildi.

Oʻzbekistonda T. rivojida M. B. Bahodirov, B. V. Gorbunov, V. B. Gussak, N.V. Kimberg , M. A. Orlov, M. A. Pankov, A. M. Rasulov, S. N.Rijov. X. Maxsudov, M. U. Umarov, O. Komilov va boshqalarning hissasi katta. Oʻzbekiston tuttroqshunoslari sugʻorma dehqonchilik mintaqalari uchun afokompleks tadbirlar sistemasi, yaʼni yerni chukur haydash, sugʻorish, mineral va mahalliy oʻgʻitlardan unumli foydalanish; shoʻrlangan va botqoqlangan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash choralari va boshqalarni ishlab chiqdilar. Tuproqshunoslik va afokimyo intida tadqiqot natijalari umumlashtirildi, kam oʻrganilgan va hali oʻrganilmagan joylar tuproqlari eroziongeografik jihatdan tadqiq etiddi. Yangi maʼlumotlar tuproq tasnifini nazariy tomondan qayta koʻrib chiqishni va uning yangi variantini yaratish imkonini berdi.

T.ning ilmiy, nazariy va amaliy masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti, qishloq xoʻjaligi. oliy oʻquv yurtlari va OʻzMU ning tuproqshunoslik kafedralari va boshqa ilmiy muassasalarida oʻrganiladi. Ilmiy ishlar natijalari davriy ilmiy jurnali lar, shuningdek, ilmiy toʻplamlarda nashr qilinadi.


Yerdan ilm-fan tavsiyalari asosida samarali foydalanish, uning muhofazasini to’g’ri ta’minlash shak-shubhasiz qishloq xo’jaligini rivojlanishini asosiy omillaridan biridir. Tuproqni har tomonlama yaxshilash hosildorligini va iqtsodiy samaradorligini oshirish qishloq xo’jaligining kelgusida rivojini muhim masalalaridan biridir. Ishlab chiqarishning har qanday vositalaridan to’g’ri va samarali foydalanish jihatdan tuproqning eng muhim xususiyatlarini qanchalik chuqur va har tomonlama o’rganishga bog’liq. Bu, eng avvalo tuproqqa tegishli bo’lib undan oqilona foydalanish, tuproqni unumdorligi oshirish, sifatini, bonitirovkasini, iqtisodiy bahosini muhofazasini bilish, har xil o’simliklarni tuproq holatiga ko’ra ilmiy asoslangan ketma-ketlikda ekish, tuproqqa ekologik “toza” ishlov byerish usullaridan o’g’itlash, tuproqni fizik xossalari asosida qulay agrotexnika muddatlaridan muayyan texnologik ketma-ketlikda foydalanish tuproq eroziyasiga va boshqalarga qarshi tadbirlarning muayyan elementlari aniq qonunchilik yo’li bilan boshqarishni talab qiladi.

Vujudga kelgan vaziyatda O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”, “Yer kadastiri to’g’risida”gi qonun va boshqa agrar sohasidagi islohatlarni huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlar va me’yoriy xujjatlarni qabul qilinishi, “Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirish dasturi (1998-2000yil)”- yerdan oqilona foydalanish, muhofaza qilish, qishloq xo’jaligini ilmiy jihatdan ta’minlashning huquqiy asosini yaratadi.

Tuproqshunoslik ko’plab qishloq xo‘jalik fanlarining negizi bo’lishi bilan bir qatorda, insonlarni ardoqlab, noz-ne’matlar bilan to’ydirayotgan bitmas-tuganmas boylik hamda zaruriy oziq mahsulotlari va kyerakli xom-ashyo etishtiradigan manba-tuproq haqidagi fandir.

Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi bo’lmish yer-tuproq bioqatlamining barqarorligi va uning ekologiya holatini saqlab turishda ham nihoyatda katta rol o’ynaydi. Bo’lajak agronom, meva-sabzavotchilik, tuproqshunoslik-agrokimyo mutaxassisi o’zi faoliyat ko’rsatayotgan xo‘jalik yoki alohida hudud tuproqlarini batafsil o’rganish, shu bilan birga tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini qo’llashning sir-asrorlarini juda yaxshi bilishi lozim. Tuproqshunoslik-tuproq haqidagi fan bo’lib, tabiiy jins va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, unumdorligi hamda geografik tarqalishi qonuniyatlarini o’rganadi. Tuproq va uning xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar va bilimlar qadimgi davrlardan boshlab dehqonchilik talablari asosida yuzaga kela boshladi. Ilmiy fan sifatida tuproqshunoslik fani mamlakatimizda 19 asrning oxirlarida shakllana boshladi va rivojlandi. Tuproq deganda suv, havo hamda turli tirik va o’lik organizmlar ta’sirida tabiiy ravishda o’zgargan tog’ jinslarining yuza yoki tashqi gorizontlariga aytiladi. Unumdorlik, tuproq o’simliklarni turli oziq moddalar, suv, havo hamda issiqlik bilan ta’minlash qobiliyatidir. Tuproqshunoslik dehqonchilik hamda agrokimyo kabi qator muhim agronomik fanlardan biridir. Yerga ishlov byerish, o’g’itlash va almashlab ekish sistemasini qo’llash, kimyoviy meliorasiyalash, yerning sho’rlanishiga qarshi kurash tadbirlarini olib borishda tuproq xossalarini yaxshi bilish kyerak.

Tuproqshunoslik fan sifatida uncha katta tarixga ega bo’lmasada, tuproq haqidagi dastlabki ma’lumotlar bundan 2-2,5 ming yillar oldin yuzaga kelgan. Qadimgi Xitoy, Misr, Xindiston, Vavilon, Armaniston va Assuriyalik olimlar, faylasuflarning asarlarida uchraydi. O’sha davrlardayoq, insonlar yerga solinadigan maxalliy o’g’itlar va shuningdek dukkakli, boshoqli ekinlar, ekinlar hosildorligini oshirishning muhim omili ekanligini tajribalardan bilganlar.

«Tuproq - deb yozadi V.V. Dokuchayev - har qanday o’simlik va hayvonot organizmi kabi goh rivojlanib, goh parchalanib, goh progressivlashib, gox regressiyalashib, abadiy yashaydi va o’zgaradi». Olim butun yer yuzida qutb, shimoliy, o’rmon, dasht, cho’l va subtropik zonalardan iborat beshta tabiiy zonaga ajratib bu zonalarning hammasini batafsil ta’riflab beradi. Dokuchayev har bir tuproqning hosil bo’lishi tabiiy zonadagi iqlimga, o’simliklar va hayvonot olamiga, tuproq paydo qiluvchi jinslarga, joyning relefi va yoshiga bog’liq ekanligini isbotladi. Кeyinchalik O’rta Osiyoda tuproqshunos olimlar tuproqlar geografiyasi, fizikasi va meliorasiyasi borasidagi ishlari bilan bir qatorda, ayniqsa paxtachilik rayonlari tuproqlarini o’rganishda, A.M.Pankov, M.U.Umarov, M.B.Baxodirov, A.M.Rasulov va boshqalarning xizmatlari katta bo’ldi.

Tuproq paydo bo’lishi nihoyatda murakkab biofizik-kimyoviy jarayondir. Olimlarning ko’rsatishicha, tuproq paydo bo’lish jarayoni deb moddalar va enyergiyaning tuproq qatlamida o’zgarishi va harakati singari hodisalar yig’indisiga aytiladi. Tog’ jinslarining tuproq-qa aylanishi bir vaqtning o’zida kechadigan nurash va tuproq paydo bo’lishi kabi ikki jarayonning birgalikdagi natijasida yuzaga keladi. Demak, o’simlik ham tuproqqa aylanayotgan tog’ jinslari orasida kul elementlari va azotning aylanishi yuzaga keladiki, bu jarayon uzluksiz ravishda boradigan organik moddalarning sintezi va parchalanish jarayonlari bilan bog’liqdir. Ular quyidagilardan iborat.


  1. Tuproqda yangi minyerallarning hosil bo’lishi va o’simliklar uchun tez o’tadigan harakatchan shakldagi elementlarning turli minyerallaridan ajralib to’planishiga olib keladigan turli o’zgarishlar.

  2. Jinslarning yuza va yuqori qismlarida organik moddalarning to’planishi va uning minyerallashuvi hamda gumusli moddalarga aylanishi (gumlfikasiya) natijasida kul va azot moddalarini to’planishi.

  3. Minyeral va organik moddalarning o’zaro ta’sirlashuvi natijasida turli darajada harakatchan organik minyeral birikmalarning hosil bo’lishi.

  4. Tuproqning yuqori qismida qator biofil elementlarining to’planishi.

  5. Tuproq paydo bo’lish jarayonida yuzaga keladigan minyeral, organik va organik - minyeral birikmalar tarzidagi elementlarning tuproq qatlamlaridagi harakati aralashuvi va cho’kib to’planishi.

Tuproqning rangi (tusi) ko’zga yaqqol tashlanib turadigan eng muhim morfologik belgilardan biridir. Shuning uchun ham aksariyat tuproqlar uning rangi tusiga ko’ra nomlanadi. (podzol, qizil, sariq qora, bo’z tuproqlar va h.z.). Tuproq strukturasi. Tuproqning alohida agregat bo’laklar (donalarga) ajralib ketishiga tuproq strukturasi deyiladi.

Tuproq paydo bo’lish jarayonlarida vujudga keladigan va tuproq gorizontlarida to’planadigan turli shakl va kimyoviy tarkibli modda yangi yaralma deb ataladi.

Tuproqda boradigan fizikaviy, kimyoviy hamda biologik jarayonlar natijasida o’simlik va hayvonot olamining bevosita ta’siridan, hosil bo’lishiga ko’ra kimyoviy va biologik yangi yaralmalarga ajratiladi.

Qo’shilma deb tuproq paydo bo’lish jarayonlari bilan bog’liq bo’lmagan, lekin keyinchalik tashqaridan aralashib qo’shilib qolgan organik va minyeral moddalarga aytiladi. Hayvonlarning suyaklari, turli chig’anoqlar, o’simlik qoldiqlari biologik qo’shilma bo’lib, tosh shag’al va boshqa jins bo’lakchalari minyeral qo’shilmalar hisoblanadi.

Tuproq unumdorligini va qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda o’g’itlarning katta ahamiyatga ega ekanligi ilmiy tashkilotlarning juda ko’p tajribalarida isbotlangan va jahon dehqonchiligi tajribasida tasdiqlangan. Mineral o’g’itlardan foydalanish faqat XIX asrning ikkinchi yarmidangina boshlandi. Keyinchalik ulardan foydalanish yildan-yilga ortib bordi. Shunga ko’ra ularni ishlab chiqarish ham ancha ko’paydi: 2000 yilga kelib dunyo bo’yicha 307,2 mln. tonna mineral o’g’it jumladan 170 mln. tonna kaliyli o’g’it ishlab chiqarilishi kerak. Lekin shunga qaramay go’ng qishloq xo’jaligida muhim o’g’itlardan biri bo’lib qolmoqda, chunki uning tarkibida o’simliklar uchun zarur barcha oziq elementlari bor, demak u qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini ortishiga kuchli ta’sir etadi.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko’ra, hosildorlikning 50 foizi o’g’itga va 50 foizi boshqa omillar (agrotexnika, sort, meliorasiya va xokazo)ga bog’liq. Hozirgi kunda O’zbekistonda mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish va qishloq xo’jalik ekinlariga ishlatish shu bilan birga atrof-muhitni ifloslanishining oldini olishga juda katta ahamiyat berilayapti


Jeroy-Sardara fosforitlar konidagi Marokash turiga mansub donador Fosforitlarning aniqlangan zahirasi taxminan 100 mln. tonnani tashkil etadi. Uning negizida Qizilqum fosforit kombinati ishga tushdi. Unda 2,7 mln tonna fosforit konsentrati olinadi.


O’zbekistonda fosforit o’g’itlar-ammofos va ammoniylashtirilgan superfosfat ishlab chiqaradigan juda katta korxonalar barpo etilgan.

O’zbekistonda juda katta kaliy tuz mavjud, bular Qashqadaryo viloyatidagi Tubakat va Surxondaryo viloyatidagi Xujaykon konlaridir. Taxminiy hisoblarga qaraganda kaliy tuzlari 100 yildan ko’proqqa etadi.

Hozirgi kunda O’zbekistonda 7 ta o’g’it ishlab chiqarish ximiya zavodi ishlab turibdi va quyidagi o’g’itlar ishlab chiqarilmoqda: mochevina, ammofos, ammiakli selitra, ammoniylashtirilgan superfosfat, ammoniy sulfat.

Agromkimyo - tuproq, o’simlik va oziq moddalarning o’zaro aloqasini tekshirib turli o’g’itlarni ishlatish yo’li bilan ekinlardan tobora yuqori va sifatli hosil olish haqidagi fan.


Agrokimyoda o’rganiladigan uchta asosiy ob’ekt – o’simlik, tuproq va o’g’itlar bir biriga ta’sir etib turadi. Bu bog’lanishlar sistemasini D.N.Priyanishnikov uchburchaklik ko’rinishda tasvirlaydi, uning uchta uchi o’simlik, tuproq va o’g’itni ifodalaydi.


«O’simlik, tuproq va o’g’it orasidagi munosabatlarni o’rganish deb yozgan edi: D.N.Priyanishnikov – hamma vaqt agrokimyogarlarning asosiy bo’lib kelgan».

U faqat agrokimyogina tuproq unumdorligi va qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirish uchun tegishli o’g’itlarni yuqorida aytilgan o’zaro ta’sir etadi deb uchta omilni nazarda tutib ishlatishga doir bilimlarni tarkib toptirish bilan shug’ullanadi deb ta’kidlangan edi. Agrokimyoning unga yaqin fanlaridan (o’simliklar fiziologiyasi, dehqonchilik, tuproqshunoslik va boshqalardan) farqi ham ana shunda.

Agrokimyoda nazariy va amaliy masalalarni o’rganishda tekshirishning turli xil usullari qo’llaniladi, chunonchi:


  1. O’simlik, tuproq va o’g’itlarning laboratoriya analizlari (kimyoviy va fizik kimyoviy analizlar) o’tkaziladi;

  2. Sun’iy sharoitda (vegetasion uychalari, issiq xonalar, lizimetrlar) o’simliklar bilan vegetasion va lizimetrik tajribalar olib boriladi;

  3. Har xil tuproq iqlim sharoitida o’g’itlar bilan tajribalar o’tkaziladi;

  4. Katta maydonlarda ishlab chiqarish tajribalari o’tkaziladi.

Dala tajribalari va ishlab chiqarish tajribalarining natijalari asosida o’rganilayotgan o’g’itlar hamda ularni ishlatish usullarini iqtisodiy samaradorligi baholanadi va shunga qarab ishlab chiqarishga amaliy tavsiyanomalar beriladi.

Agrokimyoning qishloq xo’jaligi amaliyotiga tadbiqi, asosan sanoatda ishlab chiqariladigan va mahalliy o’g’itlardan samarali foydalanish xususida amalga oshiriladi. Agrokimyo dehqonchilikni kimyolashtirishning asosiy nazariy asosi hisoblanadi.

Agrokimyo fanining asoschisi, rus olimi akademik D.N.Priyanishnikov 1906 yildayoq mustaqil agrokimyo fani bilan yaqin aloqada bo’lgan fanlarni sanab o’tgan edi. O’simlikshunoslik tabiatni muxofaza qilish, dehqonchilik, tuproqshunoslik, meteorologiya, o’simliklar kimyosi, agrofizika va boshqa bir qator fanlar shular jumlasidandir.

Agrokimyo fani barcha o’simliklarning o’g’itlarga bo’lgan munosabatini o’rganuvchi fan bo’lib, uning vazifasi o’simliklarning o’g’itga bo’lgan talabi, o’g’itlar etishmagan yoki ortiqcha bo’lgan hollarda ro’y bergan kasalliklar belgilarini, hosildorlikni oshirish yo’llarini, shuningdek tuproq tarkibidagi o’simliklar uchun muhim bo’lgan azot, fosfor, kaliy va bir qator mikroelementlarning miqdorini aniqlashdan iborat.

Ko’pchilikka ma’lumki qadimgi Turkistonda ham dehqonchilik rivojlangan va o’simliklarning oziqlanishiga oid fikrlar bo’lgan.

Markaziy Osiyo qadimiy dehqonchilik markazlaridan biri hisoblanadi. Meloddan avvalgi VI-V ming yilliklarda avvaldan dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan qabilalar hozirgi Eron hududidan janubiy Turkistonga ko’chib o’tadilar va bu erda «Jaytun» deb nomlangan dehqonchlik erlarni bostirib sug’orish asosida, to’g’rirog’i, bahorda daryolar toshgan paytda suv bosgan joylarga ekin ekish asosida amalga oshirilar edi.

Bronza (ml.avv.VI-III ming yillar) davriga kelib Zarafshon vodiysida ham dehqonchilik bilan shug’ullana boshladilar. Uzunligi uch kilometrga etadigan kichik shox ariqlar qazilib, unumdor erlarga suv chiqarilishi dehqonchlik tarixidagi muhim qadamdir.

Buyuk ensklopedist olim Abu Rayxon Beruniy (973-1048) ning mashxur asari «Kitob-ul jamoxir-fi ma’rifatil javoxir» tuproq mineral qismining xossalarini o’rganish bo’yicha saqlanib qogan dastlabki muhim qo’llanma hisoblanadi.




Download 78,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish