Содержание проекта



Download 2,85 Mb.
bet1/10
Sana25.04.2022
Hajmi2,85 Mb.
#580293
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ТУСС лотин


LOYIHANING MAZMUNI
Kurs loyihasida berilgan stansiyani blokli releli markazlashtirish qurilmalari bilan jihozlash taklif qilinadi.
Loyiha ekspluatatsion va texnik qismlardan iborat.
Ekpluatatsion qismda signallashtirish, stansiya yo‘llarini to‘la izolyatsiyalash va berilgan gorlovinada harakatni marshrutlashtirish masalalari yechiladi.
Texnik qismda elektr markazlashtirish sxemalari ishlab chiqiladi.
Loyihani muvaffaqiyatli bajarish uchun elektr markazlashtirish tizimlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni elektr sxemalarga alohida e’tibor qaratib, diqqat bilan o‘rganish lozim.


Boshlang‘ich ma’lumotlar
Boshlang‘ich ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan to‘ldirilgan namunaviy blanka ko‘rinishida taqdim qilinadi. Stansiya variantlari 1-ilova keltirilgan.


Loyihani rasmiylashtirish
Loyiha chizma va hisob-tushuntirish xati ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Hech qaysi holatda tushuntirish matnlarini, ko‘rsatma yoki adabiy ma’nbalardan ko‘chirmalar ko‘chirilmasin; ko‘chirilgan matnli kurs loyihalar bajarilgan hisoblanmaydi. Tushintirishlar loyihaning qabul qilingan yechimlarini asoslashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Elektr sxemalarini tavsifi aniq, ko‘rilayotgan marshrut va unga mos rele, kontakt va h. k. belgilanishlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Tushintirish xatida bo‘lim boshi ko‘rinishida qo‘yilgan masala ko‘rsatiladi, ya’ni loyiha nomlanishi va boshlang‘ich ma’lumotlar.
Chizmalar millimetr to‘rli qog‘ozda qalam bilan chiziladi.
Chizma varog‘ining o‘lchami hisob-tushuntirish varog‘i (210x297 mm) standart o‘lchamini ikki baravaridan katta bo‘lmasligi kerak.
Har bir chizma, chizma nomi va varoq raqami ko‘rsatilgan ramkaga ega bo‘lishi kerak. Tushintirish xatiga chizmalarni tikish qulay bo‘lishi uchun varoqlarning chap tomonidan 25-30 mm kenglikda joy qoldirilishi ko‘zda tutiladi.
Loyihani bajarish dasturi va uslubi
1. Ekspluatatsion qism.

  1. Stansiyada harakatlanishni marshrutlashtirish

Izoh. Ekspluatatsion savollar, marshrutlar ro‘yxatidan tashqari, faqatgina berilgan gorlovina uchun emas barcha stansiyalar uchun ishlab chiqilishi kerak.
Stansiyani berilgan sxematik planida poyezdlar qatnovi uchun yo‘llarni ixtisoslashtirishni ko‘rsating. Asosiy yo‘llar peregonlar yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashtiriladi. Poyezdlarni juft va toq yo‘nalishlarda to‘xtovsiz o‘tkazish uchun yo‘llarning nomerlarini ko‘rsating. Shuningdek berilgan stansiyada to‘xtab o‘tishga mo‘ljallangan yo‘lovchi poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish amalga oshiriladigan yo‘llar nomerini belgilang.
Harakatlanuvchi tarkibning poyezdli yoki manyovrli tartibda o‘tishiga tashkillashtirilgan yo‘l marshrut hisoblanadi.
Qabul qilish, jo‘natish va poyezdlarni parkdan parkka yetkazish bo‘yicha barcha poyezdli qatnovlar signallar bo‘yicha amalga oshiriladi va albatta marshrutlashtiriladi.
Manyovrli harakatlanishlar ham marshrutlashtiriladi, stansiyani izoliyasiyalangan rayonlari bundan mustasno, u yerda saralash ishlari amalga oshiriladi va strelkalar mahalliy boshqariladi.
Manyovr ishini xarakteriga qarab manyovr svetoforlarini qu‘yidagi holatlardan kelib chiqqan holda joylashtirish mumkin:
- qabul qilish jo‘natish yo‘llaridagi manyovr svetoforlari, shu bilan birga chiqish svetoforlariga qo‘shilgan ular mavjudligida, park yo‘llarida manyovr ishlarini tashkillashtirishga va yo‘llar tomonidan stansiya gorlovinasini to‘sish uchun manyovr svetoforlari;
- qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomon yo‘nalgan manyovr svetoforlari, har bir park yo‘llaridagi shuningdek parklar aro manyovr ishlarini tashkillashtirish uchun xizmat qiladi (depo yo‘llarini, park va yurish yo‘llarini tutashtiruvchi markazlashtirilmagan hududdan markazlashtirilgan hududga kirishga ruxsat etuvchi manyovr svetoforlari);
- stansiya gorlovinasining qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomonga yo‘naltirilgan manyovr svetoforlari, ular qabul qilish yo‘nalishida uzun va murakkab marshrutlarni bo‘lish uchun xizmat qiladi;
- stansiya gorlovinasining peregon tomonga yo‘naltirilgan manyovr svetoforlari, ular jo‘natish yo‘nalishida murakkab manyovr marshrutlarini bo‘lish uchun xizmat qiladi.

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish