Rasmiylashtirish. Berilgan stansiya gorlovinasi uchun marshrutlar ro‘yxati.
2. Stansiyani signallashtirish (bir ipli reja)
Izoh. Talaba svetoforlarni quyida keltirilgan holatlarni inobatga olib mustaqil ko‘rib chiqadi.
Poyezdlar to‘xtovsiz o‘tkaziladigan yoki yassi strelka bo‘ylab 50 km/soat dan yuqori tezlik bilan harakatlanadigan asosiy va yon yo‘llarda machtali svetoforlar o‘rnatiladi. Shuningdek, guruhli svetoforlar (poyezdli va manyovrli), depodan chiqish, tortish, manyovr tarkiblarini to‘xtash yo‘llaridan chiqishni ihotalovchi svetoforlar ham machtali bo‘lishi kerak. Qolgan chiqish va manyovr svetoforlari qoida bo‘yicha pakana svetoforlar bo‘lishi kerak.
Gorlovinada manyovr svetoforlarning joylashtirilishini shunday hisob-kitob bilan amalga oshirish kerakki, parallel manyovr harakatlanishlar imkoniyati ta’minlansin va burchak kirishlarda ko‘p qatnovni bartaraf etilsin.
Harakatlanuvchi birlikni bir yo‘ldan boshqasiga qayta o‘rnatish imkoniyati shu yo‘lga olib boruvchi strelkalardan oldin manyovr svetoforlarini o‘rnatish bilan amalga oshiriladi.
Agar qabul-qilish jo‘natish yo‘li maxsuslashtirilgan – chiqish svetofori bir tomondan o‘rnatilgan bo‘lsa, unda qarama qarshi tomondan manyovr svetofori qo‘yish ko‘zda tutiladi. Stansiya gorlovinasidagi strelkasiz seksiyalar qoidaga binoan ikkala tomonidan manyovr svetoforlari bilan ajratiladi.
Qabul qilish-jo‘natish va stansiya va peregonning boshqa yo‘llaridan strelkali hududlar tutashmalar bilan ajratiladi. Kirish svetofori va birinchi kirish strelkasi orasida izolyatsiyalangan uchastka (seksiya) bo‘lishi nazarda tutiladi.
Agar stansiya gorlovinasi ikki yo‘lli peregonga tutashgan bo‘lsa, unda oxirgi chiqish strelkasi va stansiya chegarasi orasidagi seksiya chiqish strelkasida manyovr svetoforini o‘rnatish ko‘rib chiqiladi. Stansiya chegarasida bitta peregon yo‘li bo‘ylab boshqa yo‘l tubdan ta’mirlanayotganda ikki tomonlama harakatni tashkillashtirish uchun qizil va ikki sariq chiroqli qo‘shimcha kirish svetofor qo‘yishni ko‘zda tutish kerak. Undan keyin strelkali hududlarni seksiyalarga bo‘lishni amalga oshirish kerak.
Bitta seksiya uchtadan ortiq bittalik yoki ikkitadan ortiq kesishgan strelkali o‘tkazgichni qamrab olishi mumkin emas. Parallel yo‘llar oralig‘idagi qiyalik strelkalari bir biridan izolyatsiyalanadi, aks holda ikkala strelka bo‘ylab birvaqtda bir biriga zid bo‘lmagan harakat mumkin emas. Seksiyada strelkalar birlashtirilganda bir biriga zid bo‘lmagan marshrutlar bo‘yicha bir vaqtda harakatlanish imkoniyatini maksimal darajada ta’minlash zarur.
Yon yo‘llardan (qoidaga binoan, 3 va 4 yo‘llar bo‘yicha) poyezdlarni to‘xtovsiz o‘tkazishni ta’minlash uchun 1/18 markali strelkali o‘tkazgichlardan foydalaning. Kirish svetoforida bunday holatda bitta yashil tasmadan qo‘llanilgan signallashtirish ko‘zda tutilishi kerak.
Shuni nazarda tutish kerakki, qiya strelkalar kesishib o‘tgan s’ezdlarga qo‘yilmaydi.
Rasmiylashtirish. Stansiyaning sxematik rejasida belgilangan ishoralarda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: yo‘llar, izolyatsiyalovchi tutashmalar, strelkalar, signallar, markazlashtirish posti, releli budkalar, releli shkaflar, batareyali dastalar, manyovrli ustunlar. SHuningdek strelka va signallarni sonini sanab, yozib qo‘yish kerak bo‘ladi:
markazlashtirishga quyidagilar kiritiladi: strelkalar – …, signallar – …, ulardan: kirish – …, chiqish – …, manyovrli – ….
Tushuntirish xatida stansiyaga ta’rif berish kerak va signallarni joylashtirishni asoslab berish kerak.
3. Tizim tanlashni asoslash va uning qisqacha ta’rifi
Izoh. Loyihalanayotgan stansiyada strelka va signallarni bo‘lib boshqarish ko‘zda tutilishi kerak. Berilgan turdagi strelka va signallarni boshqarishni seksiyali uzish va seksiyasiz uzish ko‘rinishida tadbiq qilish mumkin.
Seksiyasiz uzish tizimi o‘zaro amalga oshirilmaydigan marshrutlar guruhiga 1ta sxemalar majmuini qo‘llash va turli marshrutlar guruhlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik shartlari bajarilganda quriladi. Markazlashtirishga manyovr marshrutlarini qo‘shish nazarda tutilgan, shuningdek gorlovinaga bir nechta yaqinlashuv uchastkasi bor stansiyalarda marshrutlar guruhining umumiy soni tezkor o‘sadi, bu esa tizimning murakkablashuviga va qimmatlashuviga olib keladi. RSM, RSSM seksiyasiz uzish tizimi hisoblanadi.
Seksiyali uzish tizimlari, stansiya gorlovinasida joylashgan bitta stansion rels zanjiri sifatida ko‘zda tutilgan, elementar marshrut uchun bitta sxemalar majmuasi hisobidan quriladi. Elementar marshrut uchun sxema barcha kategoriyadagi marshrutlar va harakat yo‘nalishlari uchun birlashtirilgan bo‘ladi. Shuning uchun ular markazlashtirishga ko‘p miqdordagi poyezdli va manyovr marshrutlarini kiritish nazarda tutilgan stansiyalarda qo‘llaniladi. Seksiyali uzish tizimlari bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi: unifikatsiyalashtirilgan, blokli (BEM) [4, 7-bob], stativ montajli [4, 6-bob].
Do'stlaringiz bilan baham: |