Содержание проекта



Download 2,85 Mb.
bet3/10
Sana25.04.2022
Hajmi2,85 Mb.
#580293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ТУСС лотин

Rasmiylashtirish. Tushintirish xatida berilgan stansiyaga muvofiq tizimning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib, prinsipial sxemalarni ishlab chiqish uchun aniq tizimni tanlash kerak.
4. Stansiyani rels zanjirlari bilan jihozlash
Izoh. Kurs loyihasida quyidagi rels zanjirlari turlaridan foydalanish tavsiya etiladi:
a) tonal RZ [2, 1.3-bob]:
stansion TRS biri boshqasidan izolyatsiyalovchi tutashmalar yordamida bir biridan ajratiladi. TRSda izotutashmalar bo‘shab qolganda ro‘y beradigan xavfli buzilishga yo‘l qo‘ymaslik qo‘shni rels zanjirlarida 420, 480, 580, 720, 780 Gs tutuvchi chastotali amplituda-modulyatsiyalangan va 8 yoki 12 Gs (chastotali usul) modulyatsiya chastotali signallarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Ikki yo‘lli liniyalardagi stansiyaning asosiy yo‘llaridagi qiyalikning (s’ezd) izolyatsiyalovchi tutashmalari izolyatsiyalovchi tutashmalarning chiqib ketishini (qisqa tutashuvi) nazorat qilish sxemasi bilan jihozlanishi kerak – KSS rejimi.
KSS sxemasi poyezdlarning parallel harakatlanishida qiyalikdagi izolyatsiyalovchi tutashmalar chiqib ketishi holatida LASning “begona” kodni o‘ziga olish imkoniga yo‘l qo‘ymaydi.
Qiyalikning izolyatsiyalovchi tutashmalarida qabul qiluvchi oxiri uchun KSS sxemasi yoki qo‘shni TRZ umumiy ta’minot oxiriga ega KSS sxemasi quriladi.
Izolyatsiyalovchi tutashmalar bo‘shab chiqishi holatida qiyalikning qo‘shni TRZdan yo‘l qabul qilgichlariga keladigan signallar qarama-qarshi fazada bo‘lishi kerak.
Qabul qiluvchi uchlaridagi KSS sxemasidan foydalanganda qo‘shni TRZning qabul qilish uchlaridagi kabellarni yechish uchun transformatsiya koeffitsiyentli (ikkita birlamchi yarimcho‘lg‘amidan foydalaniladi) PRT-A tipidagi RT transformatorlari qo‘llaniladi.
Umumiy ta’minot oxirili KSS sxemasini qiyalikning qo‘shni TRZ simmetrik bo‘lgan holatlarda (ya’ni tarmoqlar va yo‘l qabul qilgichlari baravar miqdorda, tarmoqlarning uzunligi taxminan teng) qo‘llash tavsiya qilinadi.
Kodlanadigan strelkali uchastkalarda tarmoqlarda chiqish signallari mavjud bo‘lganda tarmoqlarni navbat bilan band qilishni nazorat qilish nazarda tutiladi – KZO rejimi.
KZO rejimi ruxsat berilmagan chiqish yo‘lida strelkali seksiyasiga boshqa yo‘ldan marshrut berilganda LASning ruxsat etuvchi signallarini o‘ziga olishni ta’qiqlaydi.
Izolyatsiyalovchi tutashmalar bo‘shab chiqishi holatida qo‘shni TRZ o‘zaro ta’sirlardan himoya qilish talablarga rioya qilgan holda izolyatsiyalovchi tutashmalarda RZning ta’minot va rele uchlarini ulash orqali amalga oshiriladi 1-jadval.
Izolyatsiyalovchi tutashmalarda qo‘shni TRZ uchlarini ulash ruxsat etilgan variantlar.

1-jadval


fn, fm
Gs

420

480

580

720

780

8

12

8

12

8

12

8

12

8

12

420

8

p/p*

p/p

p/p






















12

p/p

p/p*




p/p



















480

8

p/p




p/p*

p/p



















12




p/p

p/p

p/p*



















580

8













p/p*

p/p













12













p/p

p/p*













720

8



















p/p*

p/p

p/p




12



















p/p

p/p*




p/p

780

8



















p/p




p/p*

p/p

12






















p/p

p/p

p/p*

fn, fm - tutib turuvchi chastota va o‘zaro mos modulyatsiya chastotasi


p/p – qo‘shni TRZning har qanday uzunligida ta’minot uchlarini birlashtirishga ruxsat etiladi
p/p* - ta’minot uchlarini birlashtirishga ruxsat etiladi, agar qo‘shni TRZ uzunliklaridagi farq 150 m dan oshib ketmasa.
Qolgan holatlarda har qanday uzunlikdagi qo‘shni TRZning uchlarini har qanday joylashishga imkon beriladi (p/p, p/r, r/r).
Rele uchlarini tutashtirishda KSS sxemasidan foydalanishda qo‘shni TRZda turli chastotalarni qo‘llash tavsiya etiladi, ta’minot uchlarini tutashtirishda – qo‘shni TRZ ta’minoti bitta generatordan amalga oshiriladi.
Stansiyaning parallel yo‘llaridagi TRZni o‘zaro ta’sirlardan himoya qilish turli tutib turuvchi chastota va modulyatsiya chastotalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
Stansiyaning elektrlashtirilgan yo‘llarida (1-rasm) izolyatsiyalovchi tutashmalarda qaytuvchi tortqi tokini o‘tkazish uchun DT-1-150 ( ) tipidagi drossel-transformatorlar o‘rnatiladi.
Ta’minot va rele uchlari apparaturalarini rels liniyasi bilan moslashtirish uchun POBS-2A ( ) tipidagi PT yo‘l transformatorlari o‘rnatiladi. DT-1-150 yetishmaganda POBS-2A ( ) ishlatiladi.
TRZ ta’minot va rele uchlarining kirish qarshiliklarini kabel liniyasi uzunligiga bog‘liqmasligini ta’minlash uchun RZning ko‘rsatilgan uchlarida 7157 (400 Om; 0,2 A) tipidagi Rk rostlanadigan rezistorlari o‘rnatiladi.
Yuqori kuchlanishdan TRZ asboblarini himoya qilish RVNSH-250 tipidagi razryadlagich yordamida amalga oshiriladi.
TRZni tortqi tokining assimmetriyasidan himoya qilish AVM-2 avtomatik uzgichlar va Rz himoya rezistorlari yordamida amalga oshiriladi.



1-rasm. O‘zgaruvchan tok elektr tortqili LAS ko‘rsatilgan stansion TRZ

b) pastchastotali fazasezgirli, qo‘shni rels zanjirlarini ajratib turuvchi izolyatsiyalovchi tutashmalarning bo‘shab chiqishi oqibatidagi xavfli ishdan chiqishida qo‘shni rels liniyalariga ta’minot manbalarini qarama-qarshi fazali ulash hisobiga yo‘l qo‘yilmaydi (fazali usul):


avtonom tortqida ta’minot va rele uchlarida PRT-A transformatorli va DSSH tipidagi yo‘l releli kodlanadigan va kodlanmaydigan seksiyalar uchun;
doimiy tokli elektr tortqida ta’minot uchida BP blokli va rele uchlarida PRT-A transformatorli va DSSH yo‘l releli kodlanmaydigan seksiyalar uchun; kodlanadigan seksiyalar uchun o‘sha asboblar ishlatiladi BPKga almashtiriladigan BP blokidan tashqari;
o‘zgaruvchan tokli elektr tortqida ta’minot va rele uchlarida PRT-A transformatorli va DSSH yo‘l releli kodlanadigan va kodlanmaydigan seksiyalar uchun [3].
Sanab o‘tilgan rels zanjirlari uzunligi 1200 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Uzunligi 1200 m dan oshib ketadigan izolyatsiyalangan uchastkalar ikkita rels zanjirlari bilan jihozlanadi.

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish