Rasmiylashtirish. Stansiya gorlovinasi uchun knopkali rele, yo‘nalish relesi va bekor qilish komandalari relesi sxemalarini va ularning ishlash sikllarini qisqacha izohi. Tushuntirish xatida elektr zanjirlarning shartli yozuvlarini keltirib berish.
9. Boshlang‘ich va yakuniy rele sxemasi Boshlang‘ich va yakuniy relelar, KS, S, 1M, 2M sxemalarida, foydalanilmaydigan marshrutlarni bekor qilish sxemasida va burchak kirish joylarida foydalanilmaydigan manyovrli marshrutlar qismlarini uzish sxemasida harakatlanish yo‘nalishi va turlari uchun birlashtirilgan marshrut boshi va oxirini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Marshrut boshi boshlang‘ich relesi bilan aniqlanadi.
Har bir poyezdli marshrutdagi kabi, manyovrli marshrutga ham tegishli signal blokida o‘rnatilgan o‘z boshlang‘ich relesi mos keladi. Chiqish svetoforlari uchun ikki boshlang‘ich rele ko‘zda tutilgan: poyezdli N va manyovrli NM.
Boshlang‘ich relelarning ishga tushish zanjirlari NM (CHM) mos keluvchi ta’minot shinasiga svetoforning knopkali rele kontakti yordamida izolyatsiyalangan uchastkadagi marshrut yurishida birinchi tutashuvchi relening ro‘para kontakti orqali ulanadi. Marshrut o‘rnatilgandan keyin boshlang‘ich rele tutashuvchi relening orqa kontakti va o‘zining ro‘para kontakti orqali o‘zi bekitiladi va to‘liq uzilguniga qadar va marshrutning birinchi seksiyasi to‘liq bo‘shashiga qadar tokli holatda qoladi .
Marshrut oxiri yakuniy relesi bilan aniqlanadi. M I va M II bloklaridagi yakuniy manyovrli relesi svetofor oldidagi yoki svetofordan keyingi uchastkalarning SP-M bloklarida o‘rnatilgan Z relesining ro‘para kontakti orqali NVCHM (NVNM) ta’minot shinalaridan ishga tushirilgan. (M I blokida berilgan svetoforga ko‘ra manyovr marshrutlarning boshi va oxiri yo‘l yo‘lakay yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi va marshrut svetofordan oldingi SP uchastkasida tugallanadi). M II blokidagi qo‘sh manyovr svetoforlarning boshlanishi va tugallanishi svetoforlardan biri bo‘yicha har xil yo‘nalishda aniqlanadi, marshrut svetofor ortida tugallanadi. UP-M va P-M bloklaridagi yakuniy manyovr relesi 1M (2M) va CHI (NI) relelarining ro‘para kontaktlari orqali NVNM (VCHM) ta’minot shinalaridan ishga tushiriladi.
KM relesining ishga tushirish zanjirlarida yakuniy knopkali rele kontakti bo‘lmaydi, shuning uchun VCHM (VNM) shinasida tok paydo bo‘lishi bilan ushbu yo‘nalishdagi KM relesining guruhli yoqilishi ro‘y beradi, lekin o‘zaro bloklanish zanjiri bo‘yicha marshrut tutashuvidan keyin o‘rnatilgan marshrut oxirini aniqlovchi faqatgina bitta KM relesi tokli holatda qoladi.
10. Seksiyani nazorat qilish relesi (KS) sxemasi Izoh. Seksiyani nazorat qilish relesi sxemasi – bu signallarni boshqaruvchi birinchi kaskad bo‘lib, unda svetoforni ochish komandasini qabul qilish imkoniyatini beruvchi harakat xavfsizligi shartlari tekshiriladi.
Bloklarni funksional sxemaga mos ravishda joylashtirib, bloklarda faqatgina ijrochi guruhning to‘liq sxemasining birinchi zanjirini – KS sxemasini ko‘rsatish kerak. Har bir stansiya gorlovinasiga yondashuvda erkin montaj stativida o‘rnatiladigan OKS relesini ko‘rib chiqish zarur.
Strelkalar holati bo‘yicha mos keluvchi (gorlovinadagi hamroh va qarshidagi marshrut) qarama-qarshi marshrutlarni istisno qilish o‘rnatilgan marshrutning boshlang‘ich va yakuniy rele kontaktlari yordamida KS rele zanjirini uzish bilan amalga oshiriladi. Shuningdek ushbu shartlar KS sxemasiga ta’minot manbai qutblarini ulash yo‘li bilan amalga oshiriladi - marshrut boshlanish tomonidan doimo P qutbi, oxirgi-chekka tomonidan esa – M qutb ulanadi.
Berilgan relelarning zanjirlaridagi harakat xavfsizligi shartlarini nazorat qilish quyidagi kontaktlar yordamida amalga oshiriladi:
– izolyatsiyalangan strelkali uchastkalarning, stansiya gorlovinasidagi yo‘l uchastkalarning bo‘shligini nazorat qilish – SP1 va P1 yo‘l relelarining takrorlovchilarining ro‘para kontaktlari bilan;
– strelkalar holatiga tegishli nazorat (strelka mexanik jihatdan berk, ramali rels va yopishgan ostryak orasidagi tirqish 4 mm dan kam, qochgan ostryak 125 mm dan kam bo‘lgan masofaga qo‘yilgan, nogabarit uchastkalar bo‘sh, saqlovchi strelkalar himoyalangan holatda) – kesib o‘tuvchi (vzreznoy) Vz rele kontaktlari bilan;
– strelkalar holatiga muvofiq ravishda sxemalar kommutatsiyasi – PK rele kontaktlari bilan;
– qarama-qarshi gorlovinadan qabul qilish-jo‘natish yo‘liga o‘rnatilgan qarama-qarshi marshrutlar yo‘qligini nazorat qilish – NI (CHI) istisno relesi kontakti bilan;
– stansiyaning qarama-qarshi gorlovinasidan ro‘para markazlashtirilmagan marshrutlarning yo‘qligini nazorat qilish – MI marshrutli istisno qiluvchi rele kontakti bilan;
– ro‘para manyovr marshrutlarning yo‘qligini nazorat qilish – 1KM rele kontaktlari bilan;
– hamroh qarama-qarshi manyovr marshruti yo‘qligini nazorat qilish – 2KM rele kontaktlari bilan (agar DSP signal dastagini turtib o‘ynasa, u holda 2KM ishlab ketishi mumkin va hamroh manyovr zanjiri bo‘ylab poyezd marshrutida KS ishga tushishini ta’minlashi mumkin. Sxemadagi bu kamchilik signalli rele zanjirida bartaraf etiladi);
– oldin o‘rnatilgan hamroh qarama-qarshi manyovr marshruti yo‘qligini nazorat qilish – N rele kontaktlari bilan.
Sxemani dastlabki holatiga keltirish uchun (bekor qilish siklining oxirida sxemani o‘chirish) R ajratish relesi orqa kontaktidan foydalaniladi.
P-M blokida CHKM (NKM) yakuniy manyovr rele kontaktlari orqali ketma-ket ulangan CHI (NI) istisno relesi kontaktini shuntlash xuddi shu bitta yo‘lga qarama-qarshi gorlovinadan manyovr marshrutlarni bir vaqtning o‘zida o‘rnatish imkonini beradi.
Poyezdli marshrutlarda elektrta’minot fiderlarini o‘chirib-ulashda signallarni to‘sish cheklangan. Fiderlarni o‘chirib-ulash mobaynida KS rele zanjirlari yo‘l va nazorat strelkali rele kontaktlari bilan uziladi, so‘ngra strelkali rele kontakti orqali tiklanadi.