Shukurova H,Abduraxmonova D



Download 38,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana12.07.2022
Hajmi38,13 Kb.
#780234
  1   2   3   4
Bog'liq
126-Article Text-284-1-10-20201103



OG’ZAKI VA YOZMA NUTQNING O’ZARO BOG’LIQLIGI 
Katta o’qituvchi: H.Shukurova 
O’qituvchi: D.Abduraxmonova 
 
Annotatsiya: 
ushbu maqolada kichik yoshdagi o'quvchilarni nutqini o'stirish 
olib borilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan metodik tavsiyalar berib o'tilgan. 
Kalit so’zlar:
bolalar nutiqini rivojlantirish, og'zaki nitq, yozma nutq, nutq 
mahorati, bolalar hayotidan hikoyalar, o'qish, yozish, amaliy mashqlar. 
Annotation.
this article provides methodological recommendations on the 
work that needs to be done to improve the speech of young students. 
Keywords:
children's speech development, oral speech, written speech, 
speaking skills, stories from children's lives, reading, writing, practical exercises. 
O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki kunlaridanoq yangi 
rivojlangan jamiyat qurish yo'liga kirdi. Zahmatkash xalqimiz o'zining fidoyi-
mehnati va tinch hayoti bilan dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoridan 
mustahkam 
o'rin 
egallash 
maqsadida 
barcha 
sohalarda 
chuqur 
islohatlarni amalga oshira boshladi. Kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida 
amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o'zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimiz 
qalbi, ongi va shuuriga ulkan ta'sir ko'rsatamoqda. XXI asrga qadam qo'ygan 
o'zbek xalqining milliy taraqqiyot yo'lidagi bosh g'oyasi – bu Ozod va obod vatan, 
erkin va farovon hayot barpo etishdir. Albatta, ushbu g'oyani amalga oshirishda 
siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy yo'nalishlar bilan bir qatorda barkamol avlodni voyaga 
yetkazish, ular nutqini o'stirish muhim o'rin tutadi. Bola nutqining rivoji ko'p 
jihatdan uning ruhiyatiga, sog'lom, tetik o'sishiga, ahloqiy sifatlariga o'quv 
dasturini o'zlashtirishiga bog'liqdir. Bu masalalar boshlang'ich ta'limda o'z 
yechimini topishi va o'z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga 
qaratilishi zarur. 1997-yil 29-avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
hamda “Ta'lim to’g’risidagi” Qonun qabul qilindi. Qonunda va Milliy dasturda 
ta'kidlanishicha, kelajagimiz bo'lgan yoshlarni o'z fikrini mustaqil bayon etishga 
o'rgatish, o'zgalar fikrini to'g'ri aniglash, fikr ifodalash imkoniyatlariga e'tibor 
berish, chet el tajribalaridan unumli foydalanishga va qo'llash chet tilini o'rgatish 
masalalariga alohida urg'u berildi. Shuning uchun ham biz tanlagan mavzu 
bugungi kunda juda dolzarbdir. Bizning maqsadimiz: 
1.
Bolalar nutiqini rivojlantirishning mantiqiy va ilmiy asoslanganligini 
ishlab chiqish; 
2.
Bolalarning og'zaki va yozma nutq mahorati malakalarini rivojlantirish 
ishlarini vujudga keltirish
3.
Muommoga oid ijtimoiy-falsafiy, pedagogik, psixologik va metodik 
manbaalarni o'rganish; 


4.
Nutq o'stirishga oid pedagogik-psixologik va ilmiy-metodik adabiyotlarni 
tahlil qilish; 
5.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni fikr ifodalash darajasini qiyoslash; 
6.
Bolalarning nutq malakalari qay tarzda rivojlanganligini aniqlash; 
7.
Nutq o'stirishga oid materiallarni tayyorlash
8.
Nutq o'stirish bo'yicha ishlab chiqilgan usullarning samaradorligini 
tajribada tekshirish. 
Rus pedagogi K. D. Ushinskiy (1824-1870) rus burjua-demokratik 
pedagogikasi, xususan, maktabgacha pedagogikaning asoschisi hisoblanadi. U 
bolalarni maktabgacha tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti masalalarini 
boshlang'ich ta'lim muammosi bilan bog'lagan. Ushinskiy pedagogika tizimining 
asosiy yetakchi g'oyasi xalqona tarbiya g'oyasi hisoblanadi, bunda u har bir 
xalqning u yashaydigan va mehnat qiladigan tarixiy, tabiiy shart-sharoitlari bilan 
bog'liq bo'lgan o'ziga xosligini tushunadi. Ushinskiy ona tili xalqonalikning eng 
yaxshi ifodasini tan olgan, hamda ta'lim va tarbiya ishida ona tili asosiy o'rinni 
egallashi lozim, deb hisoblagan. Ona tilining bola ruhiy kuchlarini rivojlantirish, til 
mohiyati va uning vujudga kelishining bosh manbai ekanligi haqida ta'limot K. D. 
Ushinskiy pedagogik ta'limotida markaziy o'rinlardan birini egallaydi hamda uning 
metodik tizimini tushunish uchun asosiyek K. D. Ushinskiy ona tilini birlamchi 
o'qitishning uchta asosiy maqsadlarini shakllantirgan: 
I.
so'z imkoniyatlarini rivojlantirish; 
II.
bolaga fikrini ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan 
foydalanishni o'rgatish, bolalarning ona tilinining boyliklarini egallashga jalb etish
III. til qonunlari, uning grammatikasini o'rganish. 
Ona tilini birlamchi o'qitishning uch maqsadiga ketma-ket emas, balki bir 
vaqtning o'zida erishiladi. 1861-yilda Ushinskiyning "Ona tili" nomli asari chop 
etildi. Mazkur asar Konstantin Dmitrivichning bolalarga birlamchi savod o'rgatish 
va ularni tarbiyalash bilan bog'liq pedagogik g'oyalari hamda estetik 
tamoyillarining o'ziga xos yakunlari va amaliy ifodasi bo'ldi. O'qish kitobining 
butun mazmuni muayyan tizim bo'yicha berilgan. “Ona tili” kitobi nafaqat bilimlar 
qomusi balki badiiy-estetik ensiklopediya ham hisoblanadi. Uning bir qismidan 19 
ta ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 tez aytish, 14 ta qo'shiq, 14 
taturli shoirlar she'rlari hamda Ushiniskiyning o'zi yozgan 43 ta hikoyalar joy 
olgan. 
Ushinskiy 7-yoshgacha bo'lgan bolalar nutqini tavsiflar ekan, uning ayrim 
xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi, lug'at boyligining yetarli 
emasligi, o'zaro bog'liqlikning yo'qligini alohida ta'kidlagan. U bolalar bilan 
mashg'ulot o'tkazishning turli shakllarini taklif qilgan: 
-
bolalar hayotidan hikoyalar; 


-
bolalarga narsalarning xususiyatlarini ko'rishda,7 yoshga kelib esa narsalar 
juftligini bir-biriga taqqoslash, ular o'rtasidagi umumiylik va farqlarni topishda 
yordam beruvchi mashqlar; 
-
suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga javob berish, so'ngra 
esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o'rgatadi; 
- bolalarni o'qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar. 
K.D.Ushinskiyning til va uning bolaning ruhan shakllantirishida tutgan o'rin 
haqidagi ta'limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mustaqil fan sifatida ajratish 
uchun muhim ahamiyatga egadir. 
1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqida ta'limot-metodikaning nazariy 
asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning rivojlanishida tutgan o'rni ko'rsatib 
berildi, bu esa bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o'rin 
tutishini asoslash imkonini beradi. 
2. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta'limiga qadar boshlanadigan ish 
sifatida alohida bo'limga ajratilgan. 
3. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, 
uning mazmuni va shakllarini o'zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu 
murakkab jarayon ustoz tomonidan to'g'ri va faol rahbarlik qilishni talab qiladi. 
4. Ona tilini o'qitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoidalari. Ona 
tilini birlamchi o'qitishning birlamchi maqsadlari; ularni amalga oshirish mazmuni 
va shakli; nutqni rivojlantirishda ko'rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan 
va asoslab berilgan. 
5. Bola 

Download 38,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish