Oliy nerv faoliyatining tiplari Abdulazizova Xurshida reja



Download 200,04 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi200,04 Kb.
#562509
Bog'liq
Oliy nerv faoliyati tiplari

Oliy nerv faoliyatining tiplari

Abdulazizova Xurshida

REJA

  • Oliy nerv faoliyatining tiplari.
  • Odamning oliy nerv faoliyati yosh xususiyatlari.

Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Bosh miya yarim sharlari va ularning po’tloği markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bŏlib hisoblanadi.Odamning xulqi idroki, fikrlashi ongi, va barcha ruxiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bŏlib, u bosh miya yarim sharlari va ular pŏstloğida joylashgan nerv markazldarining reflekslari orqali nomayon bŏladi. Bu reflekslar odamning tashqi muxit bilan boğlanish, uning xar xil sharoitga moslashuvini ta’minlaydi.Birinchi va ikkinchi signal ssitemasi. Odamda birinchi signal sistemasi bŏladi. Odamning oliy nerv faoliyati ŏziga xos anglash, abstrakt fiklash, sŏzlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqelikning ikkinchisignalsistemasi vujudga kelgan. Ikkinchisignal sistemasi sŏzlardan iborat bŏlib,predmetlarningayrim belgilarini vujudga keltirish xususiyatiga ega.
Kŏrish eshitish, hid sezin, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi organlari birinchi signal sistemasi bŏlib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyali ŏxshash. Bu sezgi organlar orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning yuksak xayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda oğzaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muxit bilan aloqa boğlanishning yangi shakllari paydo bŏladi. «rivojlanib borayotgan hayvonotdunyosida, - deb yozgan edi. I.P. Pavlov,- odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nixoyatda katta qŏshimcha qŏshildi». Bu qushimcha odamda nutq paydo bŏlishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bŏladi. Organik dunyo taraqqiyotining bosqichida muhit bilan aloqa boğlanishning yangi faqat odamgagina xos bŏlgan ikkinchi signal sistema qaror topdi. “Home sapens” oilasi paydo bŏlguncha hayvonlar, deb yozgan edi I.P. Pavlov - atrofdagi duyoning havonlaridagi xilma xil retseptor mexanizmlar ta’sir etadigan va markaziy nerv sistemasining tegishli xujayralariga etib boradigan turli agentlaridan kelib chiquvchi bevosita taasurotlari orkaligina ŏsha dunyo bilan aloqilar edi.
Bu tasurotlar tashqi ob’ektlarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali – talaffuz etiladigan, eshitiladigan, kŏriladigan sŏzlar kŏrinishda paydo bŏlib,rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi. Odamda sŏz aloxida ahamiyat kasb etdi. Sŏz deb yozadi I.P .Pavlov, birinchisignallarning signali bŏlib voqelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasining tashqil bŏlib, voqelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasini tashqil etdi. Nutqning rivojlanishshi odamlarning bir- biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlarini kŏpaytirishga, ong rivojlanishiga sabab buldi. Pavlov: «Nutq bizni odam qildi»-degan edi. Odamda shartli refleks shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanib boorish asosidagina emas, nutq yordamida ham xosil bo’lishi mumkin. Masalan, boshlang’ich maktab o’quvchilarida qo’ng’iroq ovoziga javoban shartli refleks paydo bo’lgandan co’ng, shu ovoz o’rniga og’zaki yoki yozma shakldagi qo’ng’iroq co’zi ishlatilsa, bola qo’ngiroq ovoziga qanday reaksiya ko’rsatgan bo’lsa qo’ng’iroq so’zining o’ziga ham birinchi martada`q xuddi o’shanday reaksiya ko’rsatadi. Nutq faoliyat asosida shartli refleks hosil bolishi odam oliy s faoliyatining sifat jihatidan o’ziga xos bo’lgan xususiyatidit. Shartsiz refleks asosida hosil bo’ladigan aloqalar postloq proceslari harakatining qanday qonunlariga bo’ysunsa odam bosh miyasi postlogida nutq asosida yuzaga kelgan bog’lanishlar ham xuddiO’sha s qonunlarida bo’sinadi.
I.P.Povlov ko’rsatio’tganidek, oliy nerv fa oliyatining faqat odamga xos bo’lgan husisiyati ,yani birinchi signal sistemasiga bog’liqdir. Mulohaza qilish va umumlashtirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro ta’sir qilib turishi natijasidir.Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, bir- biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. So’zining signal sifatidagi ahamiyati bir-biri bilan qo’shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so’zning lug’aviy ma’nosi bilan bog’liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so’zga yoki jumlaga javoban shartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so’zning lug’aviy ma’nosiga bog’liq bo’lmasdan , bir-biri bilan qo’shilib kelgan muayyan tovishlarga bog’liq bo’ladi. Tovishlarning qo’shilib kelishi jihatidan bir-biriga o’xshash so’zlar tanlab olinadigan bo’lsa, u holda it bunday so’zlarga, signal ma’nosi garchi boshqacha bo’lsa ham, bir xil reaktsiya bilan javob beraveradi.Bolada ikkinchi signal sistemasining shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog’langan. Bola hayotining birinchi yilidagi so’ngi oylari va butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutqning qaror topishi protsessi shartli reflekslar hosil bo’lish qonunlariga muvofiq o’tadi. Bolarda nutq reflekslari taqlid yo’li bilan hosil bo’la boradi, bu reflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doiniy aloqa qilib turshiga, ya’ni ta’lim olishi,o’rganishiga asoslangan.
Bolada yarim tovish va fonemalar hayotining dastlabki oylarida ham paydo bo’lsada, lekin bular hali ikkinchi signallar rolini o’ynamaydi va faqat odamga xos bo’lgan signal sistemasining ishga tushishi uchun go’yo tayyorgarlik davri bo’lib hisoblanadi. Shartli ta’sirot bo’lmish so’z avvaliga faqat muayyan vaziyatda ma’lum bir ohang bilan talaffuz qilinganda ta’sir ko’rsatadi, bola hayoti ikkinchi yilining birinchi yarmi oxiriga kelganda esa u signallarning signali bo’lib qoladi. Bolaning ayrim so’zlarni, goho bularning ma’nosini tushunmasada, oson takrorlay olishi va eslab qolish qobiliyati ham ana shu davrda ribojlanib boradi. Hayotining ikkinchi yili davomida lug’at zapasi ancha tez ortib boradi. 3 yoshgacha bo’lgan davr nutq qaror topib, shakllanib boradigan davr hisoblanadigan eng optimal davrdir. Adabiyotda tasvirlangan voqealar bunga misol bo’la oladi.
Og’zaki va yozma nutq bosh miya po’stlog’idagi nerb markaz larida shartli reflekslar hosil qilish xossasiga ega. Nutq yordamida biz tashqi muhitning rang-barangligini anglayniz, boshqalar bilan muloqatda bo’lamiz, atrofdagi voqealarni qabul qilib, ular haqida fikrlaymiz va fikrimizni boshqalarga bayon qilamiz. Nutq yordamida bilim olamiz, xunar o’ganamiz, kasb egallaymiz. Nutq va fikrlash bir-biriga chambarchas bog’liq, chunki boshqalar nutqini qabul qilib, uning ma’nosiga qarab bizda fikrlash bujudga keladi, o’z fikrimizni esa nutq orqali bayon etamiz. Nutq ikkinchi signal sistemasi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal sistemasi asosida paydo bo’lib rivojlanadi.Bola bir yoshga kirganda u 5-10 ta so’zni ayta oladi, 2 yoshda uning so’z boyligi 300 taga, 3 yoshda 1000 taga, 4 yoshda 2000 taga etadi. Bolaning so’z boyligi uning sog’ligiga, ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga , ular olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog’liq. Maktab yoshigacha va boshlang’ich sinflarda hosil bo’lgan shartli reflekslar, o’rgangan so’zlar miya xujayralarida mustahkam iz qoldirib, uzoq yillar saqlanadi. Shuni alohida qayt qilish kerakki, bolada nutq qobiliyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun uning markaziy nerv sistemasining tuzilishi funksiyasi normal rivojlangan bo’lishi zarur. Avvalo uning eshitish organlari va bosh miya po’stlog’ining chakka qismida joylashgan eshitish markazi sog’lon bo’lishi kerak. Chunki boshqalarning so’zini eshitish uchun uning eshtish qobiliyati normal bo’lishi lozim.
Shu bilan birga miya yarim sharlari postlog’idagi gapirish markazi normal rivojlangan , sog’lom bolishi zarur. Bu ikkala markazning bittasi normal rivojlanmagan bo’lmasa , bolada nutq paydo bo’maydi. Odamning nutqi tarbiya , o’qish, bilim olish, jarayonida rivojlanadi. Nutqning rivojlanishida ovoz chiqarib o’qish, she’r aytish, qo’shiq kuylash, musiqa tinglash muhim rol o’ynaydi. Nutqning rivojlanishi o’z navbatida odamning o’qishi, bilim olishi, xunar o’rgaishiga fikrlash qobiliyatiga va ijodiy ravnaqi yanada takomillashuviga imqon beradi.Shartli reflekslar- 1863 yilda rus fiziologiyasining asoschisi I. M. Sechenov bilan I.P. Povlovga qadar tadqiqotchilar “ruhiy faoliyatni o’rganish yo’llarini bilishmasdi.Organizmda ikkita reflekslar farqlanadi. Bular shartli va shartsiz reflekslardir. M.S.S-si faoliyatining reflector faoliyati tog’risidagi I.P.Povlov ta’limoti asosida 3 ta asosiy prinsip yotadi: 1-chidan -determinizm prinsipi-bu dialektik materializmning asosiy qoidalaridan biridir. Tabiatda, demak organizmda ham hech bir narsa sababsiz ro’y bermaydi. Har qanday reflector aktning ham sababi bo’ladi.
bo’limi retseptorlarimizga tushadigan murakkab ta’sirotlarni o’z faoliyati davomida ancha oddiy tarkibiy elementlarga ajratadi(analiz) va bularni o’sha zahoti yana sistemalarga birlashtiradi(sintez).Struktura prinsipi- bu prinsipga muvofiq har qanday reflector akt muayyan morfologiya strukturaga bog’liqdir. Miyada bo’lib o’tadigan hamma prosesslar ham, huddi butun organizmda bo’lib turadigan barcha jaroyonlar singari, moddiydir- ularning asosida nerv sistemasining ma’lum ro’y beradigan moddiy prosessdir.Shartli reflekslar tug’ma bo’maydi va tug’ilish vaqtida tayyor holda bo’lmaydi. Shartli reflekslar umr bo’yi paydo bo’lib , mustahkamlanib boradi, so’nadi va yo’q bo’lib ketadi hamda juda individual bo’ladi.Shartsiz reflekslar – tug’ma bo’ladi. Butun xayoti davomida rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Ularning yuzaga chiqishida M.N.Sning asosan po’stloq osti bo’limlari ishtirok etadi. Shartsiz reflekslarning reflector yoyi M.N.Sning har qanday bo’limlari orqali o’tilishi mumkin. Bu reflekslar katta yarim sharlar postlog’ining ishtirokisiz yuzaga chiqa oladi. Shartli refleks bosh miya po’stlog’ining funksiyasidir. Shartli refleks yoyi bosh miya po’stlog’ida tutashadi. Biroq shartli refleksni bosh miyasining po’stlog’I bolmaydigan yoki juda sust rivojlangan hayvonlarda ham hosil qilsa bo’ladi.
Shartli refleksning hosil bo’lishi uchun quyidagi shart-sharoitlar bo’lishi kerak.1-Shatsiz indifferent qitiqlagich bilan shartli qitiqlagichning bir necha bor baravar takrorlanishi.2-Shartsiz qitiqlagich shartli qitiqlagichdan bir necha daqiqa oldin berilishi kerak.3-Yangidan shartli refleks hosil qilinadigan organism sog’lam va tetik bo’lishi kerak.4- Shartli refleks hosil qilinishida organizmda boshqa aktiv faoliyat bo’masligi kerak.5- Shartsiz va shartli qitqlagichlarning kuchi etarlicha bo’lishi kerak.Bosh miya yarim sharlari po’stlog’da qo’zg’lish va tormozlanish.Shartli reflekslarning hosil bo’lishi miya yarim sharlari po’stlog’ida doimiy ravishda sodir bo’lib turadigan qo’zg’lish va tormozlanishning almashinib turishidir. Har qanday shartli reflekslarning yuzaga kelishi ma’lum bir markazlar ishining qo’zg’lishi, ikkinchi bir xillarining esa tormozlanish bilan xarakterlanadi Miya yarim sharlarining po’stloq qismida yuz beradigan tormizlanish jaryonini I.P.Povlov chuqur o’rganib, ikki tormizlanish mavjudligini qayd qiladi, ya’ni shartsiz-tashqi tormizlanish va ichki- shartli tormizlanish.
Shartli- ichki tormozlanish: Bu tormozlanish M.N.S.sining yuqori bo’limlariga hos bo’lib, shartli qitiqlagich shartli qitiqlovchi bilan mustahkamlanmaganda, ikkita qo’zg’alish o’chog’I vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo’ladi.Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin paydo bo’ladi. Shartli tormozlanish so’nuvchi, qiyosiy ba kechiktiruvchi turlarga bo’linadi.So’nuvchitormozlanish: Agar egallagan bilim, hunar- kasbini uzoq payt davomida takrorlab turmasa esidan chiqaradi, hosil bo’lgan shartli refleks so’nadi,ya’ni bu refleksning miyadagi markazida ichki so’nuvchi tormozlanish holati yuzaga keladi. Natijada odamning o’rgangan bilimi, hunari esidan chiqadi. Biroq bu bog’lanish yoqolsa ham ma’lum vaqtgacha uning izi qoladi, natijada odam unutgan narsalarini takrorlasa u tezda esiga keladi, Odamning kundalik hayotida so’nuvchi tormozlanish muhim ahamiyatga ega. So’nuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mumkin. Bu nerv sistemasining tipiga, so’nish darajasiga, bolaning yoshiga bog’liq bo’ladi.
Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po’stlog’ida joylashgan nerv xujayralari (nerv markazlari)ning normal funksiyasiga yoki ulardagi qo’zg’lish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir- biriga munosabatiga bog’liq bo’ladi. Shartli reflector faoliyati nerv sistemasining individual xossalariga bog’liq. Oliy nerv faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig’indisi xar bir organizmningirsiy xususiyatlariga va avvalo hayot tajribasiga bog’liq bo’lib, nerv sistemasining tipi deyiladi.I.P.Povlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning xujaylaridagi qo’zg’lish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir- biriga munosabatiga ko’ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo’lgan .1-Kuchli qo’zgfaluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip- xolerik. Bu tipda qo’zg’lish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo’zg’lish tormozlanishdan ustun turadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo’ladi,o’rta o’zlashtiradi, biror ishga tez kirishib, tez sovuydi, emotsional reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob berib o’z fikrlarini maqullaydigan, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo’lgan shartli reflekslar tez so’nadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi, nutqi tez va qo’pol, xarakteri o’zgaruvchan, o’z xissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish faoliyatiga ega bo’ladi.
2-Kuchli qo’zg’luvchan, muvozanatlashgan, ser harakat tip.(sangvinik). Bu tip nerv jaroyonlarining kuchliligi, qo’zg’lish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo’lib, tez so’nadi va tez tiklanadi, maktab hayotiga tez ko’niladi, o’qish va yozishni tez o’rganadi, ular namunali hulqqa ega bo’ladilar, darslarni a’lo darajada o’zlashtiradilar, uyga berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarib kelishga harakat qiladilar, nutqi tez va ravon, so’z boyligi ko’p, aytilgan tez ilg’ab oladi, jonli harakatlari tez, turli imo- ishoralar bilan o’z fikrini ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.3-Kuchli,qo’zg’luvchan, muvozanatlashgan, kam harakat tip. Bu tipda qo’zgalish va tormozlanish kuchli, ammo ularning almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo’ladi, tez so’nadi va sekin tiklanadi, ular o’qish, yozish va gapirishni tez o’rganadilar, ularning hulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so’z boyligi bo’ladilar.
4-Nimjon yoki sust tip. Bu tipda nerv jaroyonlari sustl kam qo’zg’luvchanligi va muvozanatlashmaganligi, ya’ni tormozlanish jaroyonining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobiliyati past, nutqi sekin , yaxshi rivojlanmagan, so’z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo’rqadigan, tez charchaydigan, o’qish, yozishni sekin o’rganadigan, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi, o’z o’rtog’ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadi, o’zlashtirish past, xarakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan ifodalanadi.
Etiboringiz uchun Rahmat
Download 200,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish