GLOSSARIY
Bilim olish- Borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba
asosida xulq-atvor va faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud
bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni
Boshqarish- Ta’lim jarayonini tartibga solish va yo‘naltirish jarayoni
Jarayon- O‘quv faoliyatining izchil tashkil etilishi, rivoji
Nazorat- O‘quvchilar tomonidan BKMni o‘zlashtirilishi ustidan doimiy kuzatish,
tekshirish
Natijalarni baholash va tahlil qilish- O‘quvchining xatti-harakati yoki BKM
darajasiga baho berish hamda o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish orqali olingan
natijalarni turli jihatdan tekshirish
Rejalashtirish- Ta’lim jarayonini tartibga solish va boshqarish rejasini tuzish
Tashkil etish- Ta’lim jarayonini barcha omillarni inobatga olgan holda oqilona
uyushtirish
Ta’lim- Bilim berish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish jarayoni
Faoliyat- O‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi harakati
O‘qituvchi- Pedagogik, psixologik va maxsus ma’lumotga ega mutaxassis
SHaxs- Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi
O‘quvchi- Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan
shaxs
Ta’lim- O‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon
Tarbiya- Muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni
Bilim- SHaxsning ongida tushunchalar, jadvallar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida
aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui
Tarbiya nazariyasi- Tarbiyaviy jarayon mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, uni
tashkil etish masalalari, metodikasi, shakllari, metodlari, vositalari va usullarini
hamda muammolarini o‘rganadi
Tarbiya mazmuni- SHaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar
mohiyati
Tarbiya- SHaxsni ijtimoiy maqsadga muvofiq kamolga yetkazish uchun
yushtirilgan pedagogik jarayon
Tarbiya jarayoni- O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi va aniq
maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayoni
O‘zini o‘zi tarbiyalash- SHaxsni o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘lgan fazilatlarni
hosil qilish va takomillashtirish, salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan ichki
faoliyat
O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash- SHaxsning o‘zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi
zararli sifatlarni yo‘qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati