Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti Harbiy taʼlim fakulteti 2 bosqich talabasi Oʻroqov Javlonxonning Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan taqdimoti
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti Harbiy taʼlim fakulteti 2 bosqich talabasi Oʻroqov Javlonxonning Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan taqdimoti
1-Mavzu: Diqqatni taqsimlash. Diqqat — subʼyekt faoliyatining biror obʼyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzfgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) Diqqat va ixtiyoriy (aktiv) Diqqat Ixtiyorsiz Diqqat biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday Diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi.
Diqqat turlari: 1.Ixtiyorsiz diqqat deb tòsatdan ta‘sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil bòladigan diqqatga aytiladi.
Odamning kuz òngida paydo bòladigan juda yorqin rangli narsalar,
Òzining tashqi kòrinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmeti tòsatdan paydo bòlgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bòlishi mumkin.Masalan, hikoya òqish mashģuloti paytida tòsatdan uchib utgan reaktiv samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor òziga jalb qiladi.
2.Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevositaboģliq bòlgan diqqatdir. SHuning uchun ham ayni choģdagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan boģliq bòlgan narsalarning ta‘siri ixtiyorsiz diqqatga sabab bòladi. Masalan, yorqin òyin paytida zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini òyindan darhol òziga jalb qilib oladi. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki ―bu nima? refleksi tashkil qiladi. CHunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina Òzgarishi bizda darhol orientirovka refleksini yuzaga keltiradi.
1 Diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va b. xususiyatlari Diqqat ni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy Diqqat da psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu Diqqat irodaviy Diqqatdeb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy Diqqat vositasida amalga oshiriladi.
Olimlar inson ko'zi kuniga 100 000 marta harakat qilishini hisoblab chiqdi. Tasavvur qiling-a, bu harakatlar hech qanday tarzda bir-biri bilan bog'liq emas, butunlay maqsadsiz va boshqarib bo'lmaydi. Kuzatuvchi taassurotlarning bunday tartibsizligini tushuna olishi dargumon. Shuning uchun unga kuzatish yo'nalishini ko'rsatadigan o'ziga xos "kompas" kerak. Bunday "kompas" ning roli diqqat bilan amalga oshiriladi.
Diqqat - boshqalardan chalg'itganda, inson ongining muayyan ob'ektlarga qaratilishi va konsentratsiyasi. E'tibor qaratilayotgan narsa biz uchun "figuraga" aylanadi, qolgan hamma narsa esa "fon" ga aylanadi. Diqqatning inson hayotidagi ahamiyatini ortiqcha baholash qiyin, u faoliyatni tartibga soluvchi deb ham ataladi.
2