nutqi uning fikrlashi, ma'naviy va estetik his-tuyg'ulari bilan
birgalikda rivojlantirishni ta'minlovchi ish usullari ko'rsatib berilgan.
Boshlang'ich sinf bolalari nutqini rivojlantirish - bu murakkab psixologik
jarayon bo'lib, u faqat bolalarning eshitgan nutqiga taqlid qilish jarayon emas. Bu
jarayon bolalardan umuman muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda,
muloqotga ehtiyoj borligi bilan bog'liqligidir. Bolaning borliqning yangi
tomonlariga yo'naltirilganligi, amaliy faoliyatdan olamni, so'ngra, odamlarni,
ularni munosabatlarini o'rganishga o'tish yangi maqsadlarga xizmat qiluvchi yangi
muloqot vositalari zaruratini keltirib chiqaradi. Bola leksikasini kengaytirish, uning
o'z kechinmalarini yanada keng va xilma-xil ifodalanishni o'zlashtirishi uchun
imkoniyat yaratadi. Nutqni zamonaviy va to'laqonli rivojlantirish uchun atrofdagi
hayot bilan o'zaro hamkorlik bolaning muloqotga bo'lgan ehtiyoj tarkibini boyitish
zarur. Bolalarning nutqni egallab olishlarini sababi, ularning muloqot
faoliyatlarining asosini ehtiyoj-motivatsiya tashkil qilishi, uning tarkibi
o'zgarganligidir. Verbal bosqichda bolada sust nutq shakllanadi. Ushbu bosqichga
bo'lgan davrning asosiy ahamiyati shundaki, uning ichida navbatdagi bosqich-faol
nutq paydo bo'lishi bosqichiga o'tish uchun zarur bo'lgan sharoit vujudga keladi.
Bolaning faol nutqning o'zlashtirishning ikkinchi bosqichida uchta asosiy jihat
ajralib chiqadi: emotsional munosabatlar; birgalikda faoliyat (hamkorlik)
davomidagi munosabatlar; tovushli munosabatlar.
Bolaning kattalar bilan muloqot qilishining ko'rib chiqilayotgan har bir jihati
uning oldiga kattalar tomonidan qo'yilayotgan va so'zdan jamiyatda o'zaro bir-
birini tushunish uchun shartli ravishda qabul qilingan vosita sifatida foydalanishni
talab qilishdan iborat bo'lgan kommunikativ vositani hal etishlariga qabul
qilishlariga yordam beradi. Bundan tashqari, kommunikativ omilning ko'rib
chiqilayotgan har bir jihati yoki bu darajada va o'z holicha bolalarning
kommunikativ vazifani hal etishlariga yordam beradi. Nutqni rivojlantirishning
uchinchi bosqichida- uning materiyasi (leksika va grammatika) bolaning muloqot
vazifasini o'zgartirgan holda kattalar bilan muloqotga bo'lgan ehtiyojiga va uning
tarkibiga uzviy bog'liq bo'ladi. Bola nutqining yangi, yanada murakkab va keng
qamrovli jihatlani o'zlashtirishga olib keladi. Bolaning ruhan shakllanishida
nutqning hal qiluvchi o'rni egallashi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam
beruvchi shart-sharoitlar va omillarning ahamiyatini yanada oshiradi. Nutq rivojini
harakatlantiruvchi kuchlar haqidagi masala ular shiddati bilan va to'satdan amalga
oshirilishi tufayli ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar nutqini rivojlantirishni
rivojlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kucharni aniqlash ushbu jarayonda aniq
maqsadni ko'zlagana holda pedagogik sa'y-harakatlarni uyushtirsh kalitidir.
Haqiqadan ham, til bilan tafakkur bir-birisiz yashamaydi,- deb yozadi A.M
Borodich - Garchi til bilan tafakkur bir-birisiz yashay olmasa ham ular o'zida
aynan bir hodisani ifodalamaydi. Tafakkur-ob'ektiv borliqning intihosi, til esa
fikrning boshqa kishilarga yetkazish va mustahkamlash vositasi. So'z bilan
tushuncha diologik tarzda bir-birini taqazo etadi. Ma'lumki, katta yoshdagi bolalar
nutqini rivojlantirish faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi; tabiat
ob'ektalari bilan tanishtirish mashg'ulotlarida; savod o'rgatishda; o'yin faoliyatida;
ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarning bajarilishida. Biroq A.M.
Borodich, T.A. Soxin, Ye.L.Tixeeva, O.S. Ushakova va boshqa tadqiqiotchilar
ko'rsatib o'tganlaridek nutqni rivojlantirish maxsus rejalashtirilgan va tashkil
etilgan mashg'ulotlarda amalga oshirilishi har jihatdan maqsadga muvofiqdir. Shu
bilan birga, mashg'ulotlarni tashkil etishda eng ma'qul natijalarga erishish uchun
quyidagi talablarga rioya qilish zarur bo'ladi:
-mashg'ulotlarni ularning maqsadi, mazmuni va o'tkazilish muddatini hisobga
olgan holda rejalashtirish;
-bolalarning analitik-sintetik xarakterdagi nutqiy vazifalarni yechish
mashg'ulotlarida mustaqil faoliyatlarini aniq belgilash;
-bolalarda nutqni shakllantirishga oid mashg'ulotlarga qiziqish uyg'otish; -
rejalashtirilgan mashg'ulotlar o'rtasida izchillikka rioya qilish.
Ma'lumki, nutqda belgilarni qo'llash an'anasi hech kishi tomonidan
boshqarilmaydi. Vujudga kelgan an'anani ulash va undan foydalanish kerak.
Shunung uchun ham, nutqga ega bo'lish uchun til belgilaridan foydalanish
an'anasini(ularning kombinatsiyalari) bir-birini almashtira olishni bilishi lozim.
Ana shu munosabat bilan tadqiqotchilardan L.P. Federanko va P.A. Fomechivkalar
metodik jihatdan muhim g'oyani ilgari suradi: "Bolani nutqqa o'rgatish, - deb
yozadi ular, -unga til materiyasini (nutq organlarini mashq qildirish) til belgilari,
leksik va grammatik belgilar (intellektni mashq qildirish) borliqni baholashni
ifodalashni o'rgatish, adabiy til me'yorlarini eslashni osonlashtirishga ko'mak
berish demakdir". Bola tomonidan nutqni o'zlashtirishga asosli yondashuv bilan
kelishgan biz shunga etiborimizni qaratdikki, ushbu qo'llanma mualliflari tez-tez
"yordam berish", "mashq qildirish", va boshqa iboralarni qo'llaydilar - u, biroq qay
tarzda yordam berish, mashq qildirish mumkinligiga kam e'tibor qaratadilar.
Bolani maktabda muvoffaqiyatli ta'lim olishga tayyorlash uchun unga ona
tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish
zarur. O'qituvchining asosiy vazifalaridan biri bolalarning o'z xalqining badiiy
tilini
o'zlashtirib
olishlari
natijasida
ularning
to'g'ri
og'zaki
nutqini
shakllantirishdan iboratdir. Bu umumiy vazifa quyidagi maxsus vazifalardan
iboratki:
nutqning
tovush
madaniyatini
tarbiyalash:
lug'atni
boyitish,
mustahkamlash
va
faollashtirish;
nutqning
grammatik
to'g'riligini
takomillashtirish; og'zaki (diologik) nutqni shakllantirish; ravon nutqni
rivojlantirish; badiiy so'zga qiziqishni tarbiyalash; savod o'rgatishga tarbiyalash.
Bolalar nutqini rivojlantirishni tegishli dastur asosida amalga oshirish zarur.
Ushbu dasturda atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi va lug'at hajmi, har bir yosh
bosqichida bolalarda shakllanishi lozim bo'lgan nutqiy mahorat va ko'nikmalar
belgilangan bo'lib, u shaxsning muayyan sifatlarini (kirishimlilik, xushmuomalalik,
samimiylik, bosiqlik)tarbiyalashni ko'zda tutishi lozim.
Nutqni rivojlantirish dasturi bola faoliyatining o'quv, o'yin, mehnat va
maishiy kabi shakllarida amalga oshadi. Jamoat tarbiyasi sharoitida ta'lim- bola
nutqining shakllantirishning yetakchi vositasi hisoblanadi.
Ona tilini o'qitish-bolalarning bilish qobiliyatini rejali, aniq maqsadni
ko'zlagan holda rivojlantirish, ularning atrof-olam haqidagi eng oddiy bilimlarni va
tegishli lug'atni o'zlashtirish nutqiy mahorat va ko'nikmalarni shakllantirish
jarayonidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitishning asosiy shakli-
mashg'ulotlardir. Didaktik maqsadlar bo'yicha quyidagi mashg'ulotlar turlarini
ajratib ko'rsatish mumkin: yangi materialni ma'lum qilish mashg'uloti; bilimlar,
mahorat va ko'nikmalar mustahkamlashga oid mashg'ulotlar; bilimlarni
umumlashtirish mashg'ulotlar; yakuniy mashg'ulotlar yoki hisob-tekshiruv
(nazorat) mashg'ulotlari.
Bolalarga ona tilini o'qitishga doir mashg'ulotlar har bir guruhda bolalarning
yosh imkoniyatlarini va har bir bolaning nutqiy rivojlanganlik darajasini hisobga
olgan holda amalga oshiriladi. Chunki bilimlar mazmuni, ularning tarkibi metod va
usullarni tanlash, haftasiga o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni, har bir
mashg'ulotning davomiyligi shunga bog'liq bo'ladi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bolgan
bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg'ulotlarni didaktik o'yinlar, sahna
ko'rinishlari shaklida o'tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko'ngilchang tusga,
balki albatta ta'lim tusiga ega bo'lishi lozim. 3
y
oshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar
nutqini rivojlantirish emotsional tusga ega bo'lishi lozim. Bunda, ko'rgazmalilik,
o'yin usullari va didaktik o'yinlari keng qo'llash zarur.
Mashg'ulotlarda pedagog nutqiy vazifalardan tashqari o'quv faoliyatini yo'lga
qo'yish qobilyatini shakillasntirish(diqqat-e'tiborli bo'lish, pedagog topshirig'ini
tinglash, tushunish va uni aniq bajarish, bolalar jamoasi oldida fikr oldira olish,
tengdoshining javobiga oddiy baho bera olish va h.k) vazifani ham bajaradi.
Bolalar nutqini rivojlantirishning asosiy bosqichlari.
Bolalar nutqini rivojlantirishda quyidagi metodlar guruhlarini ajratish
mumkin: Ko'rgazmalilik usullari - kuzatish, uning turlari; binoni ko'zdan kechirish,
ekskursiya, tabiiy buyumlarni ko'rib chiqish. Pedagog kuzatishdan ob'ektni
to'g'ridan to'g'ri (gullar ochilishi, toshbaqa haralati va boshqalar) va vositali (agarda
ob'ektni bevosita kuzatishning imkoni bo'lmasa ( yovvoyi hayvoonlar, shaharlik
bolalar uchun qishloq aholisining mehnati, qishloq aholisi uchun shahar transporti
kabi) kuzatish mumkin bo'lgan holatlarda-suratlar, fotosuratlar, kinofilmlar,
diafilmlar va vediofilmlar namoyishida foydalanadi. Ko'rgazmali narsalar,
hodisalar, ko'rgazmali narsalardan foydalanishda suhbat, mulohaza mavzusini
belgilaydigan manbaa bo'lib xizmat qiladi. Bolalarning qabul qilish hissini so'zlab
berish orqali yo'naltirayotgan tarbiyachi ko'rib chiqilayotgan narsa nomini aytadi
va uni tushuntirib beradi.
So'zli usullar - kattalar va bolalarning so'zlari har qanday ko'rgazmali va
amaliy metod tarkibiga kiradi. Biroq, bolalarda so'zli-mantiqiy fikrlashning
rivojlanishi, atrofdagi narsalar, hodisalar haqidagi tasavvurlarning yig'ilishiga
qarab nutqni rivojlantirishning so'zli usullari mustaqil metod tusini oladi. Unga
badiiy asarlarni o'qish, she'r yod olish, bolalarning hikoyalari, suhbatlar va
tarbiyachining hikoyalari kiradi. So'zli usullar sof ko'rinishda da
juda
kam
qo'llaniladi, chunki maktabgacha 3-7 yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari
ko'proq ko'rgazmalilikka tayanishni talab qiladi. Shuning uchun deyarli (yosh
xususiyatlari) barcha so'zli usullarda ko'rgazmali usullardan (narsa o'yinchoqlarni
qisqa vaqtga ko'rsatish, illyustratsiyalarni ko'zdan kechirish) yoki bolalarni dam
oldirish maqsadida ko'rgazmali ob'ektni namoyish qilishdan foydalaniladi. Amaliy
metodlarga mashqlar, o'yin metodlari kiradi va u bolalar nutqini rivojlantirishda
keng qo'llaniladi. Ularning maqsadi bolalarga olingan bilimlarni amaliy faoliyatda
qo'llashni o'rgatish, nutqiy mahorat va ko'nikmalarni o'zlashtirishda ularga yordam
berishdan iborat.
Didaktik o'yinlardan nutqiy rivojlantirishga oid barcha vazifalarni hal etish
uchun foydalaniladi. Nutqiy mashqlar (mashq qilish va ijodiy mashqlar) yordamida
esa o'z fikrlarini aniq va tushunarli qilib ifodalash, mulohaza yuritish , isbotlash
hamda so'zlarni aniq va tushunarli qilib ifodalash, talaffuz qilish shakllanadi.
Har bir metod didaktik vazifalarni hal etish - ya'ni bolalarga yangi narsalarni
shakllantirish, mahorat va ko'nikmalarni mustahkamlash, o'zlashtirilgan narsalarni
ijodiy ravishda qayta ishlash uchun xizmat qiladigan usullar majmuidir. Metod
deb, bilimlarni birdan ikkinchisiga berish maqsadida o'qituvchi va o'quvchi
tomonidan amalga oshirilayotgan harakatga aytiladi. O'qitish usuli- bu metodning
bir elementidir. Usullarni ko'rgazmaviyligi va emotsionalliliga qarab so'zli,
ko'rgazmali, o'yinli usullarga ajratish mumkin. Eng ko'p tarqalgan usullardan biri-
nutqiy namunadir. Nutqiy namuna - bu o’quvchichining to'g'ri, ilgaridan mashq
qilingan nutqiy faoliyatdir. Nutqiy namunadan izohlash, ko'rsatmalar berish bilan
(mashq qilingan) birgalikda foydalaniladir. Nutqiy namunadan izohlash,
ko'rsatmalar berish bilan (mashq qilingan) birgalikda foydalaniladi. Namuna
bolalarga aniq, tushunarli, baland va bosiq ovozda namoyish qilinadi. Takrorlash-
esda saqqlab qolish maqsadida aynan bitta nutqiy elementdan (tovush, so'z, ibora)
bir necha marta foydalanish. Takrorlash tarbiyachining o'zi yoki bola (ikki nafar
bola) tomonidan hamda bolalar tomonidan jo'r ovoz bo'lib amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |