Reja: yorug’lik ekologik omil sifatida



Download 28,39 Kb.
bet1/3
Sana03.03.2022
Hajmi28,39 Kb.
#480972
  1   2   3
Bog'liq
3-мавзу


MA’RUZA – 5 
 
Mavzu: Asosiy abiotik omillar: YOrug’lik va issiqlik (harorat) – ekologik omil sifatida. 
Organizmlarning yorug’lik va issiqlik omiliga moslashuvi 
 
Reja: 

1. YOrug’lik - ekologik omil sifatida. 
2. O’simliklarning yorug’lik omiliga moslashuvi. YOrug’likning hayvonlar hayotidagi ahamiyati. 
3. Issiqlik - ekologik omil sifatida, o’simliklarning issiqlik omiliga moslashuvi.  
4. Hayvonlar hayotida issiqlikning ahamiyati va moslanish yo’llari. 

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Geleofit, stsiofit, fakultativ geleofitlar, fotoperiodizm, 
biolyuminestsentsiya, foydali harorat miqdori, poykiloterm, gomoyoterm, termofil, psixrofil, fizik, kimyoviy 
termoregulyatsiya, xulq-atvor moslanishi. 

1 – asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: YOrug’lik omili - ekologik omil ekanligini va 


o’simliklarning yorug’lik omili munosabatiga ko’ra guruhlari haqida malumot berish.
Eng muhim ekologik omil - hayot omillaridan biri – bu yorug’lik hisoblanadi. YOrug’lik fizikaviy 
nuqtai nazardan olganda yorug’lik manbaidan chiqayotgan elektromagnit to’lqinlaridan iborat energiya 
nuridir. Bu yorug’lik nuri tirik organizmlar hayotida muhim rol o’ynaydi. 
Ultrabinafsha nurlar orasida er yuzasiga etib keladigan faqat uzun to’lqin uzunlikdagilar to’lqin 
uzunligi 290 - 380 nm) hisoblanadi. Qiska to’lqin uzunlikdagi nurlar esa tiriklikni halok qiluvchi hisoblanib, 
20 - 25 km balandlikda O
3
molekulasidan tashkil toptan ozon ekrani tomonidan to’liq yutiladi. To’lqin 
uzunligi uzun bo’lgan ultrabinafsha nurlar yuqori kimyoviy faollikga ega. Uning katta miqdori organizmlar 
uchun zarar bo’lib, kamroq miqdordagisi esa ko’pchilik nurlar uchun zarur hisoblanadi. 
Demak, yorug’lik manbai Quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Butun tushayotgan quyosh radiatsiyasining 
– 2 foizi atmosfera orqali qaytariladi, 15 foizi atmosferani isitishga ketadi, faqatgina 43 foizi er yuziga kelib 
tushadi. O’simliklar tamonidan yil bo’yi qabul qilinadigan yorug’lik – faqatgina yorug’lik tezligiga bog’liq 
bo’lib qolmasdan, u kunning uzunligiga ham bog’liq bo’ladi. 
Kunning uzunligi ekvatordan kutblarga tomon oshib boradi. O’simliklar qoplami uchun butun yil 
bo’yi qabul qilinadigan radiatsiya yig’indisi emas, balki yil davomida o’simliklar o’sish mavsumidagi 
yorug’lik miqdori ahamiyatga egadir. 
O’simliklar faqat o’ziga bevosita to’g’ri tushadigan yorug’likdan emas, balki tarqoq holda tushadigan 
yorug’likdan ham foydalanadi. 
To’g’ri tushadigan quyosh nurlari ko’pincha o’simliklar uchun xavfli bo’ladi. Chunki nurning tasiri 
natijasida o’simliklar tsitoplazmasi va xlorofilllari nobud bo’ladi. Tarqoq holda tushadigan yorug’lik 
o’simliklar tamonidan to’la o’zlashtiriladi. U foydaliroq bo’lib, uning 50 – 60 % fotosintez jarayoni uchun 
muhim bo’lgan zangori - qizil nurlardan iboratdir. To’g’ri tushadigan yorug’likda bu xildagi nurlar miqdori 
30 – 35 % dan oshmaydi. 
YOrug’lik sezuvchi o’simliklarda barglar asosan kunning eng xavfli soatlarida radiatsiyani kam qabul 
qilishga moslashgan. Barglar gorizontal tekislikka nisbatan katta burchak bilan joylashgan, barglarning 
bunday joylanishini daraxtlardan evkalipt, mimozada ko’rishimiz mumkin, juda ko’p o’tchil o’simliklarda 
uchraydi. Masalai, yovvoyi lagun o’simligida hamma barglari shimoldan janubga tomon qaratilgan. Buning 
natijasida tush paytlaridagi kuchli quyosh nurlari oz miqdorda qabul qilinadi. Bunday o’simliklarga kompas 
o’simliklar deyilali. Quyosh yorug’ligi - turli xil to’lqin uzunligidagi, turli xil rangli nurlardan tashkil topadi. 
Masalan, qizil, sariq-havorang, ko’k, zangori, binafsha rang. O’simliklar uchun yorug’lik spektrining 
zangori - qizil, ko’k-binafsha nurlari muhimdir. Sariq-yashil nurlar, hammasidan ham kam yutiladi. 
Infraqizil nurlar deyarli yutilmaydi. Yuqori harorat sharoitida infraqizil nurlar o’simlikka salbiy tasir qiladi. 
Sababi, bu nurlar barg pigmentlari tamonidan yutilmasdan, balki to’qimalardagi suv tamonidan yutiladi, bu esa 
o’simliklarning qizib ketishini vujudga keltiradi. 
YOrug’lik yashil o’simliklar uchun juda zarur: fotosintez natijasida yutilgan yorug’lik energiyasi 
kimyoviy energiyaga aylanadi. O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi uchun zarur hisoblangan organik 

23
moddalar hosil bo’lishida ishtirok etadi. YOrug’likka bo’lgan talabiga qarab o’simliklarning quyidagi ekologik 


guruhlari farq qilinadi: 
1. YOrug’sevar o’simliklar (geliofitlar). 2. Soyasevar o’simliklar (stsiofitlar).
3. Oraliq o’simliklar (fakultativ geliofitlar). 
1. YOrug’sevar o’simliklar - yorug’lik etarli bo’lgandagina normal o’sishi, rivojlanishi mumkin. 
Bular soyaga chidamsiz bo’ladi. Bu guruhga dasht va cho’l zonalari o’simliklari, o’tloqlarda o’suvchi 
yaltirbosh, ariq bo’yi va o’rmonlarning birinchi yarusini tashkil qiluvchi baland bo’yli daraxtlar, 
qirg’oq va suv o’tlari, ochiq erlardagi ko’pchilik izdaniy o’simliklar kiradi. Ko’p yillik o’t 
o’simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari ham kiradi. 
2. Soyasevar o’simliklar yoki soyada o’suvchilar - yorug’lik kuchsiz tushadigan joylarda o’sadi. 
Ular kuchli yorug’likni yoqtirmaydi. Bularga, o’simlik qoplamining pastki yaruslarida o’suvchi 
turlar, moxlar, paporotniklar, tog’ binafshasi misol bo’ladi. Undan tashqari ko’pchilik xona va 
o’simlik jamoasining pastki yarusidagi o’simliklar ham. YOrug’sevar va soyasevar o’simliklarni 
solishtirib qaraganda ularning anatomiya, morfologiya, fiziologiyasida sezilarli farq borligini ko’rish mumkin 
(jadval).
3. Fakultativ geliofitlar - yaxshi yorug’lik tushib turganda yashaydi, lekin soyaga ham chidamli 
bo’ladi. Bu guruhga asosan o’rmon o’simliklari kiradi. Bu 3 ta ekologik guruh aniq bir chegaraga ega 
emas, chunki ularning orasida bir-biriga o’tadigan shakllari bor. 
Jadval - 
YOrug’lik va soyasevar o’simliklarning asosiy xarakterli belgilari 

Download 28,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish