YOYIQ BURCHAK BURCHAK GRADUSI
Reja:
1. Burchak.Uning ta’rifi.
2. Burchakning turlari.
3. Burchakning gradus o’lchovi,burchakni o’lchash.
4. Parallel va perpendikulyar to’g’ri chiziqlar.
5. XULOSA
6. FOYDALANILGAN ADABIYOT
KIRISH
Tayanch iboralar:burchak, tomon, uchi, soha, to’gri burchak, yoyiq burchak, vertical burchak, qo’shni burchak.Umumiy uchga ega bo’lgan ikki nurdan tashkil topgan geometrik shakl burchak deb ataladi.
Nurlar burchakning tomonlari, ulaming umumiy nuqtasi burchakning uchi deb ataladi. 0 nuqta - burchakning uchi; OA va OB nurlar - burchakning tomonlari. Burchak ^ UAOB yoki Ao ko’rinishda belgilanadi.
rasmda burchakning ichki qismi (sohasi) chizib ko’rsatilgan.
Agar burchaklaming tomonlari bir to’qri chiziqni tashkil qilsa, burchakyoyiq burchak deb ataladi.
Burchakning tomonlari tekislikni ikkita bo’lakka ajratadi. Burchak tomonlaridagi nurlardan ixtiyoriy birini to’qri chiziqqa to’ldiraylik. Bu to’qri chiziq tekislikning burchak hosil qilgan bo’laklaridan qaysi birini kesmasa, shu bo’lak burchakning ichki qismi (sohasi) deb ataladi, ikkinchisi esa tashqi qismi (sohasi) deb ataladi.
Agar alohida ta’kidlanmasa, burchak deganda tekislikning shu burchak tomonlari bilan chegaralagan ichki sohasi tushuniladi.
ta’rif. Aylana to’la yoyining 4 (to’rtdan bir) qismi 900 ga teng. Kattaligi 900 ga teng burchak to’qri burchak deyiladi.
ta’rif. To’qri burchakdan kichik burchak o ’tkir burchak deyiladi.
ta’rif. To’qri burchakdan katta, ammo yoyiq burchakdan kichik burchak o’tmas burchak deyiladi.
ta’rif. Bir nuqtadan chiqqan nur, o’sha nuqta atrofida aylanib, avvalgi holatini olishi natijasida ho- sil bo’lgan burchak to’la burchak deyiladi (4- rasm).
Har qanday to’qri burchaklar bir-biriga teng, yoyiq burchak 180° bo’lgani uchun u ikkita to’qri burchakka teng.
O’tmas burchak
to’g’ri burchak
O’tkir burchak
To’la burchak
Er ustida o’lchashlarda burchaklarni o’lchash uchun ekker, astrolyabiya va teodolit nomli asbob- lardan, o’quv jarayonida esa burchaklarni o’lchashda transportirdan foydalaniladi.
To’qri burchakning kattaligi d harfi bilan belgilanadi (frantsuzcha «droit - to’qri» so’zining birinchi harfi): Jn = D90°.
Bittadan tomonlari umumiy bo’lib, qolgan tomonlari to’qri chiziqni tashkil etgan burchaklar qo’shni burchaklar deyiladi (5- rasm).
zf UBOC va CAOB - qo’shni burchaklar.
Qo’shni burchaklar birgalikda yoyiq burchakni tashkil qilgani uchun ularning kattaliklari yiqindisi 180° ga teng bo’ladi.
Berilgan har qanday burchak uchun uning har bir tomonini davom ettirib, ikki usul bilan qo’shni burchaklarni yasash mumkin (6- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |