Reja: O’zbekiston modelida kuchli ijtimoiy siyosat asosiy bo’g’in sifatida Manzilli ijtimoiy muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining yo’nalishlari Ijtimoiy muhofaza



Download 142 Kb.
bet1/7
Sana13.02.2023
Hajmi142 Kb.
#910611
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining


O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining o’ziga xos xususiyatlari


Reja:
1. O’zbekiston modelida kuchli ijtimoiy siyosat asosiy bo’g’in sifatida
2. Manzilli ijtimoiy muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
3. O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining yo’nalishlari

1. Ijtimoiy muhofaza siyosati: uning tamoyillari va yo’nalishlari
Daromadlar siyosatining funktsiyalaridan biri - ijtimoiy muhofazalash funktsiyasidir. Ijtimoiy muhofazalash deganda, ma‘lum (murakkab, xavfli) vaziyatlarda aholi daromadlarini tutib turish, ayrim ijtimoiy guruhlarga yordam ko’rsatish bo’yicha davlat tomonidan ko’riladigan chora-tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Sovet davlatining ijtimoiy muhofazalash siyosati asosan byudjetdan moliyalanadigan, qat‘iy markazlashgan ijtimoiy kafolatlar tizimini aks ettirar edi.
U davrlarda ijtimoiy muhofazalashning minimal darajasi ta‘minlangan, ammo u mehnatkashlarning ko’plab guruh va qatlamlarini qamrab olgan edi. Ta‘kidlash joizki, mehnat sharoitlari, mehnatni muhofazalash, ijtimoiy ta‘minot ko’proq deklarativ xarakter kasb etgan, chunki mablag’ va zahiralar asosan zararli va xavfli mehnat sharoitlarini kompensatsiyalashg (qo’shimchalar, imtiyozlar, imtiyozli pensiyalar va h.z.) yo’naltirilgan, mehnatni muhofazalash tizimi esa ijtimoiy sug’urta tizimi bilan bog’lanmagan edi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy muhofazalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub‘ektlari roli va vazifalarini o’zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy muhofazalashga ajratiladigan byudjet mablag’lari salmog’ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko’proq og’irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug’dirib, ularning ijtimoiy muhofaza bo’yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog’lab qo’yadi.
Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun‘iy ravishda tutib turish, shu hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy muhofazalashning barcha yo’nalishlari bo’yicha dotatsiyalarni oshirishni ko’zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko’rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, pensionerlar, veteranlar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo’llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustuvor maqsadlar hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo’nalishni ajratib ko’rsatish mumkin: aholini ijtimoiy ta‘minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta‘minot pensiya ta‘minoti, nafaqalar bilan ta‘minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyoz va kompensatsiyalar tizimi hamda ijtimoiy xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Ikkinchi yo’nalish esa jamiyatning bir me‘yorda rivojlanishini, ya‘ni sog’liqni saqlash, ta‘lim, madaniyat va sog’lomlashtirish, shuningdek, turar-joyga ega bo’lish huquqini ta‘minlash bilan bog’liq.
Davlat ijtimoiy ta‘minoti - bu O’zbekiston Respublikasi fuqarolarni keksayganda, kasallik ro’y berganda, mehnatga layoqatini qisman yoki butunlay yo’qotganda, boquvchisini yo’qotganda, shuningdek, bolali oilalarni moddiy ta‘minlash va ularga xizmat ko’rsatish davlat tizimidir.
Ijtimoiy ta‘minot quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi: davlat ijtimoiy sug’urtasi, respublika byudjeti mablag’lari, mahalliy byudjetlar mablag’lari. Iqtisodiyotni isloh qilish davrida ijtimoiy ta‘minotning jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar faoliyati bilan bog’liq shakllari rivoj topadi.
Mehnatkashlarni ijtimoiy muhofazalashni bir vaqtning o’zida amal qiladigan va bir-birini to’ldiruvchi to’rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular: davlat ijtimoiy ta‘minoti, davlat ijtimoiy sug’urtasi, jamoa ijtimoiy sug’urtasi va shaxsiy sug’urta.
Davlat ijtimoiy ta‘minoti aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga pulli nafaqalar vositasida ko’rsatiladigan yordamdir. Soliqlar va boshqa byudjet tushumlari hisobiga moliyalanadigan bu yordam ularga belgilangan minimal turmush darajasini kafolatlaydi.
Davlat ijtimoiy sug’urtasi zarur turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy bo’lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug’urta badallari, davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalanadi.
Jamoa sug’urtasi etarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin, bunda ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug’urta badallari to’lov manbalari bo’lib xizmat qiladi.
SHaxsiy sug’urta farovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi, u ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning sug’urta badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Birinchi ikki quyi tizimning ish tamoyili - birdamlik, uchinchisiniki subsidiyalash, to’rtinchi, ya‘ni shaxsiy sug’urtaniki esa mutanosiblik tamoyilidir. Birdamlik tamoyili yordamni muhtojlik darajasiga qarab, fuqaro to’lagan soliqlar va sug’urta badallari miqdorini hisobga olmasdan taqsimlanishini ko’zda tutadi. Subsidiyalash tamoyilida esa muhtojlik darajasiga qarab, ammo badallar miqdori va mos ravishda to’lovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam ko’rsatiladi. Mutanosiblik tamoyili to’langan sug’urta badallariga proportsional miqdorda yordam ko’rsatishni ko’zda tutadi.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari ijtimoiy muhofazaning yana bir necha tamoyillari qo’llaniladi:
1) umumiylik;
2) ochiqlik;
3) ko’ptomonlamalik;
4) ta‘minot turlarining turfa xilligi;
5) muvofiqlik (ya‘ni ijtimoiy yordam miqdorining iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mosligi).
Birinchi ikki tizim o’zaro bog’liq va bir-birini to’ldiradi. Davlat ijtimoiy ta‘minoti va sug’urtasining quyidagi turlari mavjud:
- davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy nafaqalar;
- davlat pensiya ta‘minoti;
- uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat ko’rsatish;
- nogironlarni protez-ortopedik buyumlar va harakatlanish vositalari bilan ta‘minlash;
- bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va tarbiyalash;
- nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;
- aholini sanatoriya-kurortlar va dori-darmonlar bilan ta‘minlash;
- uylarda ijtimoiy xizmat ko’rsatish.



Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish