Reja: O’zbekiston modelida kuchli ijtimoiy siyosat asosiy bo’g’in sifatida Manzilli ijtimoiy muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining yo’nalishlari Ijtimoiy muhofaza


O’zbekiston modelida kuchli ijtimoiy siyosat asosiy bo’g’in sifatida



Download 142 Kb.
bet4/7
Sana13.02.2023
Hajmi142 Kb.
#910611
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining

1. O’zbekiston modelida kuchli ijtimoiy siyosat asosiy bo’g’in sifatida
O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning markazida ijtimoiy siyosat masalasi turadi. Bu siyosatning zarurati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida aholi boshiga tushishi muqarrar mushkulliklarni yengillashtirish bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, har qanday jamiyatda doimo shunday shaxslar toifasi mavjudki, ular ob‘ektiv sabablarga ko’ra (yoshi, sog’ligining yomonligi, mamlakatdagi ishsizlik darajasi va boshqalar) ishlab chiqarishda ishtirok eta olishmaydi. Shuning uchun ular to’g’risida qayg’urishni davlat o’z zimmasiga olishi zarur, ya‘ni yaratilgan milliy daromadning bir qismini ular foydasiga qayta taqsimlashi lozim.
Kambag’allik va aholi o’rtasida kuchli iqtisodiy tengsizlikning oldini olish maqsadida daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bo’yicha davlat chora-tadbirlari tizimi ijtimoiy siyosat deb yuritiladi.
Keng ma‘noda ijtimoiy siyosat deganda, shaxs hayot faoliyatining shunday sharoitlarini yaratish va tutib turish bo’yicha ko’rilgan barcha chora-tadbirlar tushuniladiki, u shaxsning rivojlanishiga yordam beradi va uning ijodiy imkoniyatlarini to’liq namoyon qilishini rag’batlantiradi.
Bu dastur o’tkazilayotgan barcha islohotlarning pirovard maqsadi - inson hayoti va faoliyati uchun munosib shart-sharoit yaratish bilan chambarchas bog’langan. «Islohot inson uchun» degan tub qoida O’zbekistonda islohotning «jazava» usullarini qo’llashni istisno etdi va bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichidayoq kishilarni ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan kuchli, ogohlantiruvchi choralarni ko’rish zarurligini taqozo qildi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning ilk bosqichlaridagi ijtimoiy muhofaza tadbirlari butun aholiga nisbatan qo’llaniladi, bu esa mamlakatda barqarorlikni saqlashning muhim omili bo’ldi. Muntazam ravishda ko’rib chiqilayotgan turli miqdordagi ish haqi, pensiya, stipendiya va har xil nafaqa, tovon puli ko’rinishidagi bevosita pul to’lovlari keng qo’llanildi, imtiyozlar hamda turli qo’shimcha to’lovlar tizimi aholini ijtimoiy muhofazalash darajasini birmuncha oshirdi. Eng kam miqdordagi mehnat haqi va pensiyalarning soliqqa tortilmasligi belgilab qo’yildi. Korxonalarning o’z xodimlariga ijtimoiy yordam ko’rsatish borasidagi xarajatlari qisman byudjet mablag’lari hisobidan to’ldirildi. Ommaviy ravishda talab qilinadigan ko’pgina tovar va xizmatlar turlarining narxlari o’rtasidagi tafovutning o’rni qoplandi.
Ayni vaqtda, qo’shimcha ijtimoiy tadbirlarning bu­tun bir majmui - ikki yoshga to’lmagan bolalarniig bepul ovqatlanishi, boshlang’ich sinflar o’quvchilari va yolg’iz pensionerlar uchun bepul nonushta berilishi, maktab o’quvchilari va talabalarning imtiyozli ovqatlanishi, jamoat transportida imtiyozli qatnashi kabilar yo’lga qo’yildi. Uy-joylarni xususiylashtirish chog’i ko’pgina toifadagi fuqarolar ularni bepul o’z shaxsiy mulki qilib oldi. Aholining talay ijtimoiy guruhlari uchun kommunal xizmat va hokazolarda imtiyozlar joriy etildi.
Murakkab iqtisodiy ahvol yuzaga kelganiga qaramay, O’zbekistonda aholi uchun eng muhim ijtimoiy vazifalarni hal etish maqsadida zarur mablag’lar izlab topildi. Islohotlarning dastlabki bosqichida ijtimoiy muhofazaga ajratilgan davlat xarajatlari respublika byud­jetining uchdan bir qismini tashkil etdi.
O’sha davrda ishlab chiqilgan ijtimoiy siyosat o’z oldida turgan vazifalarni amalga oshirdi va ayni payt bozor iqtisodiyotiga xos zaruriyatni - ijtimoiy yordam choralari va vositalarini o’zgarib turgan sharoitga muvofiq tarzda doimo moslash zaruratini yuzaga keltirdi.
Barcha aholiga mo’ljallangan ijtimoiy siyosat yordamga ehtiyojning ko’proq va kamroq darajasi kabi juda muhim omilga nisbatan sezgirlikni qo’ldan boy berdi. Shunday bo’lib chiqdiki, kam ta‘minlangan fuqarolar ham, to’la ta‘minlangan fuqarolar ham bir xilda madad olardi. Buning ustiga, dotatsiya joriy etilgan asosiy tovar va xizmat turlari haqiqatan iste‘mol etilishiga nisbatan ulardan ayni shunday yordamga kamroq muhtoj bo’lgan kishilar ko’proq foydalanib qolishdi.
Haqiqatan ham, muhtoj kishilar uchun kam samara bergan behuda sarf-xarajat mablag’larning sochilib yuborilishiga sabab bo’ldi. Shuni aytish kifoyaki, faqat respublika byudjeti orqali 30 xil turli yo’nalishlar bo’yicha yordam ko’rsatilgan. Ob‘ektiv ravishda ijtimoiy muhofaza qilish vositalarini qayta yo’naltirish zarurati, yalpi ijtimoiy madad berish yo’lidan chindan ham madadga muhtoj kishilarga yordam ko’rsatishning tabaqalashgan, manzilli tizimiga o’tish zarurati tug’ildi.
Respublikada chindan ham muhtoj odamlarga manzilli, tabaqalashgan yordam berishga adolat g’oyasiga og’ishmay amal qilish qoidasi asos qilib olindi.
Adolatga intilish, - deydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov, - xalqimizning eng muhim fazilatidir. -Adolatni kuchli his qilish, ko’p jihatdan Sharq falsafasi ta‘siri ostida yuzaga kelganki, uning rivojlanishiga o’zbek xalqi, o’tmish mutafakkirlari, olimlari bebaho hissa qo’shgan.
Ijtimoiy yordam tizimining adolat mezoniga bo’ysundirilishi aholi uchun g’oyat oddiy va ravshan bo’lgan taqsimot vositalarini talab qildi va ular ishlab chiqildi.
Mustaqillik yillari aholini ijtimoiy muhofaza etish tizimi tubdan o’zgartirildi. Mazkur o’zgarish islohotlar ijtimoiy dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichining eng muhim yakuni bo’ldi hamda bozor munosabatlari rivojlanishiga mos yangi ustuvor yo’nalishlarga o’tilganligidan dalolat berdi.
Yangi tizim ijtimoiy yordamdan aniq foydalanuvchilarga puxtaroq yo’naltirilgan. Bular, avvalo, mamlakat kelajagi – bolalar, shuningdek, ko’p bolali va kam ta‘­minlangan oilalardir.
Ijtimoiy o’zaro yordam tizimida oila asosiy bo’g’inga aylandiki, bu esa dunyoviy asosiy insoniylik qoidalariga, milliy an‘analar va xususiyatlarga, jamiyatda oila mavqeiga muvofiqdir.
O’zbekistonning o’ziga xosligi shundaki, bu yerda bir uyda birgalikda yashashni afzal ko’radigan, umumiy xo’jalikka ega bo’lgan, umumiy oilaviy byudjet sarflaydigan murakkab oilalar ko’p uchraydi. Bunday sharoitda esa oilani yordamga muhtoj, kam ta‘minlangan oilalar toifasiga kiritish mezonini tanlash juda murakkab ish bo’lib chiqdi. Daromadlarni deklaratsiya qilishdan iborat ma‘lum usul respublika uchun juda kam darajada maqbul ekan.
Ma‘lumotnomalardagi rasmiy alomatlarga qarab oilalarga nafaqa berilishi adolat ustuvor mezonidan muqarrar chekinishlarga sabab bo’lar edi. Boisi shundaki, respublikaning ko’pchilik aholisi (60-70%) qishloq joyda yashab, tomorqa xo’jaligidan hisobga olish mushkul bo’lgan daromadlar ko’radi. Undan tashqari, daromad hisobini yaratish kishilarni yordamchi daromadni yashirishga undar, boqimandachilikni rag’batlantirar edi. Barcha daromad manbalarini to’la va aniq hisobga olish imkonini beruvchi uy xo’jaliklarini tekshirish vositasi esa hozircha ishlab chiqilmagan.
O’zbekistonda muhtojlarga ijtimoiy yordam ko’rsatishning eng sodda, samarali va oshkora vositasi qilib mahalla orqali yordam berilishi maqbul, deb topildi. Aholi demokratik asosda saylab qo’yadigan oqsoqollar (raislar), ularning maslahatgo’ylari va mahalla faollari, fuqarolar yig’inlari (ularga qonun yo’li bilan mahalliy o’z-o’zini boshqarish organi maqomi berilgan) har bir oilaning moddiy ahvolini, daromad manbalarini yaxshi biladi. Mamlakatda joriy etilgan ijtimoiy o’zaro yordam tizimiga binoan, kam ta‘minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash masalasi mahalla fuqarolari yig’ilishida hal qilinadi. Muhtojlarni aniqlash, hisobga olish va ro’yxatdan o’tkazish, ularga manzilli yordam berish ishiga bunday mutlaqo yangicha yondashuvda qo’ni-qo’shnilarga yordam ko’rsatish, unga hamdardlik bildirish, shuningdek, tekinxo’r va boqimandalarga nisbatan murosasiz bo’lish kabi qadimiy xalq an‘analari namoyon bo’ladi. Endilikda beso’naqay va qimmatga tushadigan qog’ozboz idoralar tashkil etmasdan turib, aholining adolat haqidagi tasavvurlariga muvofiq ravishda yalpi ichki mahsulotning bir qismi chindan ham muhtoj oilalarga taqsimlab berilayotir.
Mamlakatda onalik va bolalik manfaatlarini ko’zlab bolali oilalarga davlat yordamini kuchaytirish, o’sib kelayotgan avlodni kamol toptirish va tarbiyalash uchun sharoit yaratish maqsadida 18 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga oylik nafaqalari quyidagi miqdorda oshirildi: bir bolali oilalarga eng kam ish haqining - 40 foizi, ikki bolali oilalarga - 80 foizi, uch bolali oilalarga - 120 foizi, to’rt va undan ko’proq bola­li oilalarga - 150 foizi. Shuningdek, mazkur sanadan e‘tiboran, ish haqi va mehnat pensiyasining eng kam miqdorlari hamda bola ikki yoshga to’ladigan paytgacha uni parvarish qilish bo’yicha oylik nafaqalar (eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida) oshirildi. (1 jadval).
Endilikda kam ta‘minlangan oilaga oylik moddiy yordam tayinlash va uning miqdorini belgilash shaharcha, qishloq, ovul va shaharlarda mahalla fuqarolari vakillarining yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Turli jamoat nohukumat tashkilotlari va jamg’armalarining tuzilishi ham mamlakatimiz demokratik taraqqiyot yo’lidan borayotganligining yorqin dalilidir, ularning har biri aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarida o’z hissasini qo’shmoqda. Masalan, «Sog’lom avlod uchun» jamg’armasi onalik va bolalikni muhofaza qilish, millat genojamg’armaini yaxshilash, jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan sog’lom avlodni tarbiyalash masalalari bilan shug’ullanib, o’z dasturlarini amalga oshirish orqali munosib ulush qo’shmoqda.
Respublikadan tashqarida faoliyat ko’rsatayotgan jamg’armalar ham talaygina. Bular sirasiga Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi, Xalqaro «Ekosan» jamg’armasi, Bolalar jamg’armasi, Respublika Nogironlar jamiyati va boshqa ko’pgina jamg’armalar kiradi. «Kamolot» jamg’armasining ta‘sis etilishi res­publika fuqarolarining yarmidan ko’prog’ini tashkil etgan 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar haqida, mohiyat e‘tibori bilan vatanimizning iqtisodiyot, fan va madaniyat, ijodiy imkoniyati to’g’risida qilinayotgan g’amxo’rlikning yorqin dalilidir.
Bozor munosabatlarining imkoniyati keng, ammo ayni vaqtda ular g’oyat talabchandir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har kimning taqdiri ko’p jihatdan kasb mahoratiga, o’zgarib turgan muhitga moslasha olishiga, tavakkal qilishi, hatto o’z shaxsiy mol-mulkini xavf ostiga qo’yishdan ham qo’rqmay, oilaviy farovonligini ta‘minlay olish bilan bog’liqdir. Davlat esa bunday sharoitda ijtimoiy totuvlik va barqarorlik kafili bo’lib, manzilli ijtimoiy sayosatni mazkur maqsadga yo’naltirib turadi.
Bunday yordam ko’rsatish uchun o’z-o’zini boshqarish organlari zarur resurslar bilan ta‘minlanadi. Mahallalarda respublika va mahalliy byudjetlar, shuningdek, korxona hamda tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolar ko’ngilli ravishda o’tkazgan pullar hisobidan maxsus jamg’armalar tashkil qilingan.
Vakolatli va ijroiya hokimiyat mahalliy organlari o’zlariga qarashli hududda aholining birinchi navbatdagi ehtiyojlariga binoan ijtimoiy yordam tadbirlariga aniqlik kirita boradi. Ularning asosiy tashvishlaridan biri - ijtimoiy-ishlab chiqarish ko’makchi tuzilmalarini rivojlantirishdan, ya‘ni gaz, suv quvurlarini, elektr va telefon tarmoqlarini o’tkazishdan iborat.

Faqat shunday sharoitdagina ish o’rinlarini vujudga keltirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish, binobarin, ijtimoiy muammolarning keng majmuini hal etish maqsadida eng chekka qishloqlarga zarur sarmoyani jalb etish mumkin. Hokimiyat va o’z-o’zini boshqarish organlari aholi­ning nochor toifalari uchun umumdavlat yordam dasturlari amalga oshirilishini ta‘minlab, mintaqa imkoniyatlarini hisobga olgan holda shu qatlamlarga madad berish yuzasidan qo’shimcha choralar ko’rish huquqini olgan.


SHu tariqa O’zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilishning noyob va betakror manzilli tizimi amal qilmoqdaki, u xalq an‘analari va axloqiy qoidalariga asoslangan hamda bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitiga moslangan.
O’tgan iqtisodiy islohotlar davrida ijtimoiy siyosat qoidalari quyidagi asosiy yo’nalishlarda ro’yobga chiqarildi: aholining ish bilan bandligini ta‘minlash va mehnat bozorini shakllantirish borasida ishga kirishni istaganlar uchun tegishli shart-sharoit yaratildi. Barcha tumanlarda ishga joylashtirish organlari bo’lgan mehnat birjalari tuzildi. Ish bilan bandlik jamg’armaining mablag’lari hisobiga xodimlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish tarmog’i tashkil etilib, moliyalandi, yangi ish o’rinlari vujudga keltirildi. Turli ko’rinishdagi tadbirkorlik, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan bemalol shug’ullanish imkoniyati berilgan va davlat sektorining ancha kengaytirilgani tufayli jami ishlovchi aholining yarmidan ko’prog’ining shu sohada ish bilan band bo’lishi ta‘minlandi.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi aholini ijtimoiy muhofaza qilishning butun tizimini asta-sekin o’zgartirish, oqilona yo’lga qo’yish va manzilli bo’lishini ta‘minlash belgisi ostida o’tdi. Tengchilik qoidasidan qat‘iyan voz kechish yo’li tanlandi. Ijtimoiy madaddan asosiy foydalanuvchilar aholining eng nochor qismi - bolalar, o’quvchi yoshlar, keksalar, ishsizlar, kam ta‘minlangan oilalar, nogironlar bo’ldi.



Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish