Reja: O’zbekiston modelida kuchli ijtimoiy siyosat asosiy bo’g’in sifatida Manzilli ijtimoiy muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining yo’nalishlari Ijtimoiy muhofaza


Manzilli ijtimoiy muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy



Download 142 Kb.
bet5/7
Sana13.02.2023
Hajmi142 Kb.
#910611
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining

2. Manzilli ijtimoiy muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy
ahamiyati
Ijtimoiy muhofaza qilishni amalga oshirish, ijtimoiy muhofaza mexanizmini takomillashtirishda sifat jihatidan yangi bosqich zarurligi ob‘ektiv jihatdan yetildi. Shu munosabat bilan endi umumiy ijtimoiy muhofaza tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchil o’tish maqsadga muvofiq bo’lib qoldi.
Bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi tizimga o’tish oson ish emas va u jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy murakkabliklarga olib kelishi mumkin.
Yo’nalish va sohalaridan qat‘iy nazar, bozor tartibotlarini joriy etish bilan bog’liq har qanday islohotlar kishilar manfaatlariga daxldor bo’lib, aholi turmush darajasining u yoki bu ko’rsatkichlari o’zgarishiga (dastlabki bosqichda – jiddiy tarzda pasayib ketishiga) sabab bo’ladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o’tishning O’zbekiston modelida kuchli ijtimoiy siyosat asosiy bo’g’in qilib belgilangandir. Bu esa bozor iqtisodiga o’tish birdan-bir maqsad emasligini, barcha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy islohotlar inson hayoti va faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilishini bildiradi.
“To’rtinchi ustuvor yo’nalish – halq turmush darajasining izchil va barqaror o’sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy muhofaza qilishni ifoda etadi” -deydi Prezidentimiz I.A. Karimov.( Bunday rivojlanish strategiyasi avvalo, aholini ijtimoiy muhofazalashni hamda har bir mehnatga qobiliyatli fuqaro o’z qobiliyatini namoyon etishi, o’z mehnati bilan o’zi va oilasining munosib turmush kechirishini ta‘minlashi uchun sharoit yaratishni ko’zda tutadi.
Ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • fuqarolarning iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, kasb va mehnat sohasini erkin tanlash bo’yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy xuquqlarini ta‘minlash. Mehnatga layoqatli aholining o’z mehnat faoliyati shaklini erkin tanlash huquqidan foydalana borib, o’zini va o’z oilasini moddiy jihatdan zarur darajada ta‘minlashi, oilasining farovonligi uchun, sog’lom avlodni kamol toptirish uchun javobgar bo’lishi kerak;

  • ijtimoiy muhofazalash aniq va maqsadli yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Aholining turli qatlamlariga alohida-alohida yondashish – yangi ijtimoiy muhofaza tizimining o’ziga xos xususiyati bo’lib qolmog’i lozim;

  • aholini ijtimoiy muhofazalash chora-tadbirlari tizimida real mehnat bozorini shakllantirish, mehnatga layoqatli har bir kishiga o’z mehnati bilan oilasining turmush darajasini yaxshilash imkonini beradigan sharoit yaratish asosiy o’rinlardan birini egallaydi.

Jamiyat taraqqiyoti mamlakat iqtisodiy potentsialining qanchalik yuksakligi bilan emas, balki bu potentsial har bir kishining har tomonlama rivojlanishi uchun yo’naltirilganligi bilan baholanadi. Xalqaro aloqalarda O’zbekiston malakali ishchi kuchiga, ulkan tabiiy resurslarga ega bo’lgan siyosiy jihatdan barqaror davlat sifatida qaralmoqda, bu esa to’g’ridan-to’g’ri xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun juda qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Ijtimoiy islohotlarni o’tkazishning taktik jihatlari quyidagilarni nazarda tutadi:

  • bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va muhofaza qilish bo’yicha qat‘iy chora-tadbirlar ko’rish;

  • ijtimoiy soha ahvolini davlat tomonidan nazorat qilish va qo’llab-quvvatlash;

  • bozor iqtisodiga kirib borgan sari yuzaga keladigan vaziyat va yangi imkoniyatlarni hisobga olgan holda aholini ijtimoiy muhofaza qilish ustuvorliklari va mexanizmlarining o’zgarishi.

Ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni o’tkazish, ko’rilayotgan chora-tadbirlarning o’zaro bir-biriga bog’liqligi va ta‘sirini ta‘minlash natijasida:

  • kishilarning turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldini olishga, respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlashga muvaffaq bo’lindi;

  • aholini manzilli ijtimoiy muhofazalashning qat‘iy tizimi yaratildi;

  • aholi bozor iqtisodi sharoitlariga ko’niktirildi;

  • iqtisodiy faollik oshdi, tadbirkorlik rivojlanmoqda, aholining ish bilan bandlik tizimi bozor tizimiga yaqinlashmokda;

  • inson manfaatlarini yanada kengroq ro’yobga chiqarishni ta‘minlash uchun yangi sharoit va imkoniyatlar yaratildi;

  • mutlaq yangicha yondashuvlar asosida zamonaviy talablarga javob beradigan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi.

O’zbekistonda ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shug’ullanadi. Joylarda (muhofazalash va ta‘minlash bo’yicha boshqarmalar), (respublika sub‘ektlari darajasida) mehnat, aholini ijtimoiy muhofazalash va ta‘minlash bo’yicha boshqarmalar (viloyat, shahar) va tuman bo’limlari faoliyat yuritadi. Mazkur idoralarga ayrim aholi guruhlari uchun imtiyoz va kafolatlar belgilash va to’lash, aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish vazifalari yuklatilgan.
Pensiya ta‘minoti O’zbekiston Respublikasi Pensiya jamg’armasi va quyi ijtimoiy ta‘minot idoralari zimmasida. Nafaqalar to’lash tizimi biroz murakkabroq tuzilgan. Aholi nafaqalarni ish joyidan (ijtimoiy sug’urta jamg’armaidan), ijtimoiy ta‘minot bo’limlari yoki mahallalardan olishi mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy ta‘minot muassasalari (internatlar, ijtimoiy yordam xizmatlari va boshqalar) va protez ishlab chiqarishni rivojlantirish (protezlar, nogironlar aravachalari bilan ta‘minlash) orqali natural xizmatlar ko’rsatish bilan ijtimoiy ta‘minot amalga oshiriladi.
Ijtimoiy muhofazaning ayrim funktsiyalarini davlat idoralari: vazirliklar (mahkamalar), ularning joylardagi idoralari va muassasalari bajaradi. Nogironlarni kasbga o’qitish va ishga joylashtirish, bolalar uylarida bolalarga qarash va ularni tarbiyalash kabi funktsiyalarning yana bir qismini kasaba uyushmalari tashkillashtiradi (kurort va sanatoriylarga jo’natish va sog’lomlashtirish). Bundan tashqari, ixtiyoriy ijtimoiy sug’urta, xayriya tadbirlari rivoj topmoqda, natijada Respublika sub‘ektlari, mehnat jamoalari, jamoat birlashmalari tashabbusi bilan va fuqarolarning shaxsiy mablag’lari hisobiga maxsus guruhlar va fuqarolarga davlat ijtimoiy ta‘minotiga qo’shimcha ravishda moddiy yordam ko’rsatish imkoniyati tug’iladi. Davlat ta‘minotiga qo’shimcha ijtimoiy imtiyozlar korxonalarning iqtisodiy imkoniyatlariga qarab jamoa shartnomalariga kiritilishi mumkin. Ijtimoiy muhofazalash tuzulmalaridan yana biri – nodavlat pensiya jamg’armalaridir. Yaqin kelajakda ular davlat pensiyalariga qo’shimcha pensiyalar to’lay boshlaydilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning xilma-xilligi tufayli aholi ijtimoiy muhofazasi uchun ajratiladigan mablag’lar ham turli shakldagi davlat, korxona, muassasalar daromadlarining bir qismidan rasmiy ravishda belgilangan me‘yorlarda shakllanadi. Undan tashqari, ijtimoiy muhofaza jamg’armalariga mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar, xorijiy davlatlardan keladigan homiylik va insonparvarlik yordamlari ham qo’shiladi. Lekin, ijtimoiy ta‘minot jamg’armaining asosiy hajmi davlat tomonidan belgilangan me‘yorlarga muvofiq milliy daromadning bir qismidan shakllanadi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, kishilarning moddiy ahvolini yaxshilash vazifalarini hal etishda davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalarining, jamoat va hayriya tashkilotlarining hamda jamg’armalarning mablag’lari ishga tushirilishi zarurdir. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deydi: «Aholini ijtimoiy muhofazalash, odamlarning moddiy ahvolini yaxshilash vazifalarini hal qilishda davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalarining, jamoat tashkilotlari va xayriya tashkilotlari («Navro’z», «Mahalla», «Mehr-shafqat» hamda boshqa xayriya jamg’armalarining) mablag’lari faol ishga solinmog’i kerak. Ijtimoiy muhofazalash davlatning ham, jamoat tashkilotlariyu, turli xayriya jamg’armalarining ham asosiy vazifasi bo’lmog’i lozim».(
Ijtimoiy muhofaza jarayonida shakllanadigan iqtisodiy munosabatlar mamlakatning umumiy moliyaviy iqtisodiy holatiga muvofiq takomillasha boradi. Ijtimoiy muhofazaning mablag’ miqdori va sifati mamlakatda joriy etilayotgan davlat dasturlari va ijtimoiy siyosatning samaradorligiga bog’liqdir. O’zbekistonda islohotlarning evolyutsion, ya‘ni bozor munosabatlariga o’tishning bosqichma-bosqich yo’li tanlab olinishi tarixiy saboqlardan to’g’ri xulosa qilish, jamiyatning ob‘ektiv qonunlarini e‘tirof etish asosida bormoqda. Yo’limiz ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish, aholining kam ta‘minlangan qismini kuchli muhofaza qilish bilan bosqichma- bosqich o’tishdir. Taraqqiyotning hamma bosqichlarida odamlarning ijtimoiy kayfiyatlarini, ijtimoiy muammolarini nazar-pisand qilmaslik barqarorlikka katta xavf tug’diradi. Odamlarni da‘vat etuvchi ijtimoiy sabablarning ruyobga chiqishi muhim ahamiyatga molik.
“Ijtimoiy muhofazalash va kafolatlarning kuchli,ta‘sirchan mexanizmi mavjud bo’lganidagina ijtimoiy–siyosiy barqarorlikni saqlagan holda bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borishni ta‘minlash mumkin”. Yangi ijtimoiy muhofaza tizimining eng muhim xususiyati aholining turli qatlamlariga qat‘iy tabaqalashtirilgan tarzda yondashish xususiyati bilan ajralib turadi. Aholini ijtimoiy muhofazalashni yaxshilash, uning samarasini ko’tarish quyidagi muhim vazifalarni hal etishga bog’liq:

  • ishlab chiqarishni barqarorlashtirish;

  • davlat mablag’lari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, jamoat, xayriya tashkilotlari va jamg’armalarning mablag’larini keng jalb etish.

Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatishda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining huquqlari ancha kengaytirilishi lozim:

  • bu odamlarning kuch va qobiliyatlari to’la-to’kis faollashuvini ta‘minlashga qodir bo’lgan kuchli mexanizmni vujudga keltirish (har bir kishining iqtisodiy erkinligini shakllantirish lozim);

  • bu aholining daromadlariga va turmush darajasida asossiz katta farqlarga yo’l quymaslik. Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlaydigan qatlamlarni shakllantirish;

  • bu qashshokliqqa qarshi kurash. Eng muhtoj aholi qatlamining davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishini kuchaytirish.

SHunday qilib, ijtimoiy yo’nalishdagi o’z bozor iqtisodiyotimiz yo’lini vujudga keltirish ijtimoiy muhofazalashning shunga mos keladigan yaxlit tizimini barpo etishni talab qiladi. Bu tizim fuqarolarning erkinliklari va huquqlarini ta‘minlashning iqtisodiy va ijtimoiy kafolatlarini o’z ichiga olishi lozim.



Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish