Reja: O’zbekiston modelida kuchli ijtimoiy siyosat asosiy bo’g’in sifatida Manzilli ijtimoiy muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining yo’nalishlari Ijtimoiy muhofaza


O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining yo’nalishlari



Download 142 Kb.
bet6/7
Sana13.02.2023
Hajmi142 Kb.
#910611
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining

2.3. O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining yo’nalishlari
O’zbekistonda pensionerlarni ijtimoiy muhofazalashni kuchaytirishga yo’naltirilgan qator tadbirlar amalga oshirildi. «Fuqorolarning davlat pensiya ta‘minoti to’g’risida»gi Milliy Qonun qabul qilingan bo’lib, qonun pensiyalar miqdorining ijtimoiy sug’urtaga berilgan badallarga bog’liqligini kuchaytirdi va shu orqali pensiya qonunchiligini rivojlangan mamlakatlar andozalariga yaqinlashtirdi.
Ijtimoiy muhofaza tizimining yagona moliyaviy asosini yaratish maqsadida O’zbekistonda ijtimoiy sug’urta jamg’armai tashkil etildi. Jamg’arma pensiyalar, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganlik va ijtimoiy nafaqalar to’lovlarini mablag’ bilan ta‘minlashni amalga oshiradi.
Pensiyalarning eng kam ish haqidan muayyan o’sib borishi pensionerlarni ijtimoiy muhofazalashning muhim yo’nalishi hisoblanadi.
O’zbekistonda eng kam miqdordagi pensiyaning o’sishi eng kam ish haqi miqdoridan deyarli 3 marta ortiqdir.
Nogironlar aholining eng zaif toifalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda nogironlarga yordam ko’rsatishning huquqiy asosi «Nogironlarni ijtimoiy muhofazalash to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonuni va «Nogironlarni reabilitatsiya qilish davlat dasturi» ko’rinishida mavjuddir. Dasturda nogironlar uchun teng imkoniyatlar yaratishga alohida e‘tibor beriladi.
Mamlakatda O’zbekiston nogironlar jamiyati, O’zbekiston ko’rlar jamiyati, O’zbekiston karlar jamiyati va boshqa ijtimoiy jamiyatlar muvaffaqiyatli ishlab turibdi. Bu jamiyatlar o’z korxonalarida nogironlar mehnatini tashkil etadilar va ularga faqat qo’shimcha daromad olish emas, balki mehnat faoliyatiga qo’shilish, o’zining jamiyatga zarurligini his etish imkoniyatini yaratadi, bu bebaho, haqiqiy samara beradi.
O’zbekistonda bolalarga nafaqa to’lash tizimi quyidagi tartibda ishlaydi:
1. Bola tug’ilganda ota-ona ikkita eng kam ish haqi miqdorida bir yo’la beriladigan nafaqa oladi, bu inflyatsiya o’sgan taqdirda nafaqaning bu turini indeksatsiya qilishni osonlashtiradi. Bola tug’ilgandagi nafaqadan tashqari ona yoki bolaga qaraydigan shaxs bola ikki yoshga yetgunga qadar nafaqa olish huquqiga ega bo’ladi.
2. Bolalari 16 yoshgacha bo’lgan oilalarga umumiy nafaqalar.
Bu nafaqalar oilalarga ota-onaning daromadlaridan kelib chiqib to’lanadi. Bu nafaqalar miqdori unchalik katta emas (to’rt va undan ortiq bolalari bo’lgan oilaga beriladigan nafaqaning maksimal miqdori - eng kam ish haqi miqdorining 150 foizi). Davlat bu nafaqalarni to’lashdan nazarda tutadigan asosiy maqsad - bolasi bor oilalarning moddiy holatini quvvatlashdir.
90-yillarning o’rtalaridan boshlab O’zbekistonda eng muhtoj oilalarga yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan ijtimoiy muhofazaning maqsadli shakli rivojlana boshlanadi. Bu nafaqa qishloq, ovul fuqarolari kengashi, ko’cha yoki turar joydagi fuqarolar vakillari yig’ilishining qarori bilan tayinlanib, davlat byudjeti hisobidan to’lanadi.
Qaror chiqarishdan oldin ariza beruvchining unga moddiy yordam ko’rsatilishiga muhtojlik darajasi tekshirib chiqiladi. Yordam miqdori 1,5 dan 3 tagacha eng kam ish haqini tashkil etadi.
O’zbek halqining asriy an‘analaridan foydalanish YaMM qismini byurokratlar apparatini ko’paytirmay muhtojlarning o’zlariga yo’llash imkonini berdi, ya‘ni bunda o’zini o’zi boshqarish organlari (mahallalar) xizmatidan foydalanildi. 1995 yilda O’zbekistondagi har bir sakkizinchi, qishloq joylarda esa har bir beshinchi oila moddiy yordam olgan.
Xalqaro mehnat tashkiloti mutaxassislarining baholariga ko’ra O’zbekistonda amalda bo’lib turgan tizim o’xshashi yo’q nodir tizimdir chunki dunyoning biror mamlakatida bunga o’hshash tizim mavjud emas.
Zararli va mehnat sharoiti og’ir ishlarda ish bilan band bo’lganlarning imtiyozli pensiya ta‘minoti korxonalar va ish beruvchilar mablag’lari hisobiga amalga oshirilishi kerak, bundan mehnat sharoiti yaxshilanishi mumkin bo’lmagan ishlab chiqarishlar bundan mustasnodir.
O’zbekistonda bolalar nafaqalari tizimi quyidagi nafaqalar bilan chegaralanadi:

  • bola tug’ilganda bir yo’la beriladigan nafaqa;

  • 16 yoshga yetmagan bolalari bo’lgan kam ta‘minlangan oilalar bolalariga har oyda beriladigan nafaqa (stipendiya olmaydigan o’quvchilarga 18 yoshgacha).

Bu nafaqa miqdorlari jami oila daromadining rasmiy belgilangan tirikchilik qilish uchun bo’lgan minimumga nisbatan aniqlanadi.
Mehnat bozori tashkil etilishi bilan aholining ijtimoiy muhofazalanishini talab etadigan yana bir guruhi - ishsizlar guruhi paydo bo’ladi. Bu aholi guruhining farqlovchi hususiyati shundaki, u mehnat qilish qobiliyatiga ega, shu sababli ham yordam olish huquqidan mahrum. Bu Bu toifa aholi uchun ijtimoiy muhofazaning shunday mexanizmi ishlab chiqilishi kerakki, u mehnat qilishga bo’lgan intilishni so’ndirmasin va ayni vaqtda byudjetga og’ir yuk bo’lib tushmasin.
Ishsizlik nafqalari tizimi tezroq ishga joylashishga, o’z malakasini oshirishga yoki mehnat bozorida talabgir bo’lgan kasbni egallab olishga undashi kerak. Shunga ko’ra, ishsizlik bo’yicha nafaqalar miqdori bo’yicha ham, ularni to’lash muddatining davomiyligi bo’yicha ham cheklanadi. Bundan tashqari, to’lanadigan nafaqalar miqdori vaqtga ko’ra tafovutlanadi. Masalan, davrning birinchi choragida nafaqa to’la to’lanadi, ikkinchi chorakda nafaqa miqdori 25%, uchinchi chorakda 50% kamaytiriladi, to’rtinchi chorakda esa dastlabki belgilangan summaning 25% to’lanadi, ammo barcha holatlarda ham u rasmiy belgilangan tirikchilik qilish uchun zarur minimumdan kam bo’lmasligi kerak.
Sog’liqni muhofaza qilish ijtimoiy muhofazaning eng yirik yo’nalishi hisoblanadi. U respublikaning barcha aholisini qamrab oladi, shuning uchun ham sezilarli mablag’ talab qiladi. Sog’liqni saqlash tizimi sog’lom turmush tarziga amal qilishga hamda tibbiy xizmat ko’rsatish darajasini oshirishga va bunda boqimandachilikning rivojlanishiga yo’l qo’ymaslikka rag’batlantirishi kerak.

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish