Reja: Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari



Download 31,95 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi31,95 Kb.
#543496
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: MTT va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari
Reja:
1. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari
2. .Musiqaning hayotdagi o‘rni
3. MTTda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining
maqsad va vazifalari
Musiqa savodining ahamiyati va vazifalari maktabgacha ta‘lim muassasasida va
oilada olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar, bu oliyjanob fazilatlarni yosh avlodda
bog‗cha yoshidan boshlab shakllantirishga bog ‗liq.
Darhaqiqat, musiqa savodini o‗rganish bog‗cha yoshidan boshlanadi. Ko‗pgina
bolalar maktabgacha tarbiya davrida bog‗chaga qatnab, bog‗chadagi musiqa
mashg‗ulotlarida dastlabki musiqaviy malakalarni hosil qiladilar. Ko‗pgina qo‗shiqlar va
o‗yinlarni o‗rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo‗ladilar. Uyda
tarbiyalangan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega bo‗ladilar: radio va
televideniya orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari ularga tanish bo‗ladi. Garchi
ana shu bilimlar sistemaga solinmagan bo‗lsa-da, musiqa o‗qituvchisi bolalarda musiqadan
nazariy tushunchalar hosil qilishda o‗sha bilimlarga ma‘lum darajada suyanib ish ko‗rishi
mumkin.
Bolalar muassasalarida musiqa ta‘limiga asos solinadi, shuning uchun musiqa
rahbari ayniqsa o‗qitish metodikasini yaxshi bilishi, bog‗cha yoshidagi kichik bolalarning
yosh va ivdividual xususi-yatlarini, ularning musiqa va qo‗shiqchilik imkoniyatlarini
chuqur bilishi zarur.
Musiqa ta‘limini shartli ravishda ikki bosqichga bo‗lish mumkin. Birinchisi,
tayyorlov bosqichi. Bundan ko‗zlanadigan asosiy maqsad - bolalarning musiqa uquvini
o‗stirishdir. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho‗zimi
kabi o‗ziga xos xusussiyatlarni ajrata bilishga o‗rganishlari va nota yozuvini o‗rganishga
tayyorlanishlari kerak. Ikkinchi bosqichda nota savodi, ya‘ni bev osita musiqa
tovushlarining grafik usulda ifodalanishi - nota yozuvini o‗rganishga kirishiladi.
Musiqa mashg‗ulotlari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali
idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot
qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‗cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy
adabiyot va tasviriy san‘at bilan uzviy bog‗langan holda amalga oshiriladi. Ashula aytish
usuli, janrdagi musiqa asarlari, xususan, syujetli cholg‗u pyesalarini tinglash, musiqaviy
o‗yinlar bilan shug‗ullanish va raqsga tushish jarayonida musiqa mashg‗ulotlari ko‗pincha
badiiy so‗z bilan belgilanadi. Bola badiiy obrazlarni yorqin tasavvur etishi va chuqur idrok
qila olishi uchun tasviriy san‘at asarlaridan unumli foydalaniladi. Turli metodlardan
foydalanib o‗tkaziladigan har bir musiqa mashg‗ulotlari kichkintoylarda badiiy estetik zavq
uyg‗otadi, ularning his-tuyg‗ularini rivojlantiradi, ijodiy fikri va nutqini o‗stiradi. Bundan
tashqari, musiqaviy o‗yin va postanovkalar, raqslar bolalarda ritm tuyg‗usi, chaqqonlik va
harakatchanlik malakalarini rivojlantiradi hamda qomatning to‗g‗ri o‗sishiga yordam
beradi. Musiqa uquv qobiliyati asosan quyidagi musiqa uquv turlaridan iborat bo‗ladi:
musiqaviy uquvi, musiqaviy tovushlarning baland-pastligini his etish qobiliyati, tembr
uquvi (musiqa tovushlarining bir- biridan farq qiladigan, o‗ziga xos jihatlarini ajrata bilish
qobilyati), ritm tuyg‗usi va musiqa xotirasi.
Bolalar bog‗chasida olib boriladigan musiqa tarbiyasining asosiy maqsad va
vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
1. Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish va uni sevishga o‗rgatish.
2. Musiqa asarlari bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional histuyg‗ularini hosil etish yo‗li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitib borish.
3. Bolalarni oddiy musiqa tushunchalari bilan tanishtirish, musiqa
tinglash, ashula aytish, musiqa bilan harakat qilish, raqsga tushish va bolalarning oddiy
musiqa asboblarida kuy chalish ko‗nikmalarini shakllantirish va ijodiy qobilyatini o‗stirib
borish.
4. Bolalar ovozini asrab tarbiyalash, ashula aytishning dastlabki ko‗nikmalarini
hosil etish, qo‗shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‗rgatish.
5. Musiqa asaralaridan ta‘sirlanish, shu asosda bolalarda musiqaviy did va
badiiy muhokama yuritish malakalarini rivojlantirish. Turli musiqa mashg‗ulotlari
jarayonida improvizatsiya qilish musiqadagi badiiy obrazni o‗yin va xor ovozlar vositasida
ifoda etish, ma‘lum musiqaviy mavzuga yangi o‗yin o‗ylab topish.
Musiqaviy tarbiya mashg‗ulotlarini bog‗cha hayoti bilan bog‗lash, bog‗chada
o‗tkaziladigan turli mashg‗ulotlarda va marosimlarda o‗rganilgan kuy va qo‗shiqlardan
keng foydalanish, turli ertaliklar, konsertlar uyishtirish vositasida musiqa kundalik
hayotimizning ajralmas yo‗ldoshi ekanligi haqida bolalarda tushuncha hosil qilish
24-Mavzu: O‘zbek xalq musiqa ijodiyoti va milliy kuylari
Reja:
1. O‘zbek xalq milliy kuylari haqida ma‘lumot
2. O‘zbek xalq milliy kuylaridan parchalar tinglash va tahlil qilish
3. O‘zbek xalq kuylari asosida ritmik harakatlar bajarish
O`rta Osiyo xalqlari qadimgi ajdodlarining musiqali-poetik ijodi o`zbek xalqining
musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega, ko‘pgina sozanda va xonandalar avlodining
faoliyatida qaror topgan xalq hamda og`zaki an`anadagi professional musiqa san`ati bu
haqida guvohlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha, bugungi
O`zbekiston hududida O`rta Osiyo xalqlari ajdodlari yaratgan qadimgi sivilizatsiya mavjud
bo`lgan.
Arxeologiya ma`lumotlari, tasviriy san`at asarlari, sharqshunoslarining yangi
tadqiqotlari va nihoyat o`rta asrdagi O`rta Osiyo olimlarining musiqiy risolalari tarjimasi
o`zbek xalqi musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur qilishimizga
yordam beradi. O`zbek xalqi ajdodlarining musiqa sarchashmalari O`rta Osiyo hududida
yashagan qardosh xalqlar, birinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam bog‘langan.
Bu musiqa asarlarning X-XI asrgacha o`zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o`zbek
va tojik musiqasi shakllanishi uchun umumiy asos bo`lib xizmat qildi.
O`rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning
eramizgacha bo`lgan birinchi mingyillikdan boshlanadi. Bular o`troq dehqonlar (sug`diylar,
baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko‘chmanchi (saklar, massagetlar va boshqa) kabilalar
edi. Ular haqidagi ma`lumotlar Avestoda ham uchraydi. Xalq poetik va musiqa san`atining
boshlanishi o`sha davrlarga borib taqaladi. Xalq poetik va musiqa san`ati dastlab sinkretik
holatda bo`lgani to`g`risida Avesto kitobi va boshqa qadimgi yozma yodgorliklar,
shuningdek, O`rta Osiyo xalqlarining revolyutsiyagacha bo`lgan turmushi, ularning urfodatlari, to`y-tomoshalarining arxeologik elementlari guvohlik beradi. Buni arxeologiya,
etnografiya va boshqa fanlar bergan ma`lumotlar ham tasdiqlaydi. Sinfsiz jamiyat sharoitida
O`rta Osiyoda musiqa asboblarining asosiy - ya`ni urib chalinadigan, puflab chalinadigan va
torli sozlar turlari vujudga kelgan edi.
Urug`chilik jamiyatining yemirilishi va sinfiy jamiyatga o`tish, Baqtriya, Sug`diyona
va Xorazmda davlatlarining paydo bo`lishi, ahamoniylarning xarbiy-ma`muriy jixatdan
birlashuvlari, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek-baqtriya podsholigining vujudga
kelishi eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV asrigacha bo`lgan juda katta tarixiy
davrni o`z ichiga oladi. Bu davr epik xarakterli mifologik qahramonlik ustun bo`lgan
qadimgi og`zaki musiqali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir qahramonlik
afsonalari, epik qo`shiqlar O`rta Osiyo xalqlarining o`z mustaqilliklari uchun olib borgan
mardonavor kurashlarining bo`yoqdor tasvirlari bilan to`la, o`z xalqining ozodligi yo`lida
jonini qurbon qilgan cho`pon Shiroqning mislsiz jasorati, vatanga bo`lgan muhabbati
to`g`risida hikoya qiluvchi Sak afsonalaridan parchalar bizning davrimizgacha saqlanib
qolgan.
Masalan, Rustam va uning janglari, malika Tahminaga bo`lgan muhabbati,
tanimagan otasi qo`lida qatl qilingan o`g`li Suxrob to`g`risida hikoya qiluvchi qo`shiqlar
mustaqil marosim tomoshalariga aylanib ketgan. Keyinchalik bu qo`shiqlar tojik xalqining
ajoyib eposi – ―Shoxnoma‖ da o`z aksini topdi. Rustam, Siyovush va boshqa baxodirlar
to`g`risida afsonalar sikli yaratildi. Xudolarga sig`inish bilan bog`lik bo`lgan turli xil
marosimlarda ham qo`shiq aytilgan. Bu haqda Avestoda bayon qilingan. Avesto gimnlari
(qo`shiqlar)ning o`zi rechitativ tarzida ijro etilgan. Gimnlar xor bo`lib aytish mumkin
bo`lgan band va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy, yarim vaznli rivoyatlardan iborat
bo`lgan. Xudolarga sig`inish bilan bog`liq bo`lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida qo`shiq aytilgan, raqs tushilgan. Xalqning bayram marosimlari, masalan: bahorda kun va
tunning baravarlashuvi-Navro`z keng tarqalgan edi. O`rta asr yozuvchilari musiqaning
mehnat marosimlaridagi roli, insonning musiqani olam tuzilishi bilan tabiatdagi o`lish va
tirilish xaqidagi miflar bilan bog`lashga bo`lgan intilishlarini ham ko‘rsatib o`tganlar. O`rta
Osiyoning yirik davlatlari hududida vujudga kelgan zo`ravonlikning mustahkamlanishi
ularni atrofidagi davlatlar bilan yanada yaqinlashtirdi: O`rta Osiyo Aleksandr Makedonskiy
davlati tarkibiga, keyinchalik esa Grek-baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan edi. O`rta Osiyo
tarixida a n t i k deb nomlangan bu davr (eramizdan oldingi IV asrdan eramizning III
asrigacha) madaniyatda aks ettirilgan. Grek musiqa asboblarining tasviri saqlanib qolgan.
Qadimgi O`rta Osiyodagi antik madaniyatning ko‘pgina xususiyatlarini aniqlagan holda
Sharqshunoslar uni bilishning o`ziga xosligini, aytaylik musiqa asboblarida (nay, ud, doira)
sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko‘rsatib berdilar. Mahalliy traditsiyalarning yunon,
hind va boshqa traditsiyalar bilan chatishib ketishi so`zlarda ham aks etgani o`sha davr
madaniyatining o`ziga xos harakterda bo`lganini nazarda tutadi. Garchi Gretsiyaning O`rta
Osiyo musiqa madaniyatiga ta`sirini o`rta asrdagi O‘rta Osiyolik olimlarning musiqaga oid
risolalarida uchratish mumkin bo`lsa ham, vaqtlar o`tishi bilan bu ta`siri yo`qola bordi.
Kichik terraktiv haykaltaroshlik O`rta Osiyo antik madaniyatining yorqin yodgorligi
hisoblanadi. Afrosiyob (qadimgi Samarqand shaqrining o`rni)dan topilgan ko‘pgina
haykalchalarda aksariyat nay, ud, doira chalayotgan sozandalar tasvirlangan. Ko‘plab
topilgan haykalchalar musiqaning sug`dlar va ularning poytaxti bo`lgan Samarqand
hayotidagi ahamiyati to`g`risida guvohlik beradi. O`zbek klassik adabiyoti asarlarida qaytaqayta ta`kidlanganidek, Xorazm musiqasi ham boy va rang-barangligi bilan ajralib turadi.
O`zbek xalqining o`z ildizlari bilan qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa
merosi monodiyaning barcha xilma-xil janrlari hamda boy tasviriy vositalari bilan bizning
kunlarimizda ham yangramoqda. U o`zida xalq ijodi (ya`ni asl folklor) hamda kuy tuzilishi
jiqatdan rivojlangan ashula va cholg`u asarlar (jumladan sikllik maqom va boshqa janrlar)ni
o`z ichiga olgan og`zaki an`anadagi professional musiqani birlashtiradi. Qahramonlik
hamda qahramonona-lirik mazmundagi epik asarlar - dostonlar ham muhim o`rin egallaydi.
O`zbek cholg`u asboblari hamda musiqa amaliyoti, musiqa ijrochiligi uslublari bilan bog`lik
bo`lgan cholg`u musiqa janrlari ham hayot rang-barangligi va boyligi bilan harakterlanadi.
O`zbek musiqa folklori har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarning fikri, orzuumidlari, ularning turmushi va ahloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashining ifodasi
sifatida gavdalanadi. O`zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga
boyligi va hayotda tutgan o`rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog`liqdir.
O`zbek qo`shiq, ashulalari va cholg`u musiqasi janrlari o`z bajaradigan funksiyasi va
turmushda tutgan o`rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi:
.Ma`lum vaqt yoki ma`lum sharoitdagina ijro etiladigan qo`shiq - ashulalar va
cholg`u kuylar. Bular oilaviy - marosim qo`shiqlari, mehnat qo`shiqlari, allalar va boshqalar
hamda har xil tantana, tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg`u kuylaridir.
2.Istalgan vaqtda va har qanday sharoitda, ya`ni hamma joyda ijro etiladigan qo`shiq
va cholg`u kuylar. Ularga o`zbek xalqining an`anaviy musiqali folklor janrlari - terma ,
qo`shiq, lapar, yalla va ashula, shuningdek, xuddi ularga o`xshash tipdagi cholg`u pyesalar
kiradi.Har bir gruppa o`ziga xos harakterli belgilarga ega. Masalan, ijro etilishi ma`lum vaqt
yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi gruppa ashula - qo`shiq janrlarining mavzusi
o`zlariga xos ma`lum marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog`liq bo`lib, undan deyarli
chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Bosh mavzuda ba`zan uchrab turadigan chetlashishlar
lirik o`ychanlik va umumlashtirilgan nasihatgo`yliklar doirasida bo`ladi. Misol sifatida,
kelinni kuyovning uyiga kuzatayotgan paytda odatda ijro etiladigan « Yor-yor» ni keltirish
mumkin: To`y-marosim qo`shiqlarining mavzusi kelinni maqtash, er-xotinlik hayotiga
ta`luqli pand-nasihatlar, kelinning kuyov uyidagi odob qoidalari, sodir bo`layotgan
marosimning ko‘tarinkiligi haqidagi obrazli poetik taqqoslashlar bilan chegaralangan. Misol
sifatida keltirilgan « Yor-yor» shakl tuzilishi jihatdan ikki qismli bo`lib, har bir she`riy
misrani o`ziga qamrab olgan uchta tugallangan kuy tuzilmasidan iborat. Turlicha ohanglar
asosida muayyan metr-ritmik tartibga solingan tor diapazonli kuylarning bunday tuzilishi
«Yor-yor»larning aksar lokal variantlari (toshkentcha, andijoncha, chimkentcha va
boshqalar) uchun ham harakterlidir. Yuqorida eslatilganlardan tashqari, to`y marosimiming
u yoki bu protsessi bilan bevosita bog`liq bo`lgan boshqa namunalar (« Kelin salom» ,
«To`y muborak» va shu kabilar) ham bor. Ularning har biri o`zining tuzilish tartibi, ohang
harakteri, emotsional ta`sirchanligi bilan farq qiladi.
To`y marosimdagilardan farqli o`larok marsiya va boshqa yig`i-yo`qlovlar uchun
badiya tarzidagi rivoj va metr- ritmik erkinlik harakterlidir. Ular uch xil bo`ladi:
a) muayyan metr-ritmik tartibga solinmagan melodik tuzilmaning badiya yo`li bilan
rivojlanuvidan iborat marsiya va yig`ilar. Barcha badiyago`yliklarda bo`lganidek, bu yerda
ma`lum hasratli ohanglardan foydalanilishi, rechitatsiyaning harakterli usullari, ijrochining
o`z kayfiyati va imkoniyatini belgilovchi omil bo`ladi. b) garchi ma`lum bir metr-ritmik
erkinlikka yo`l qo`ysada, ohangi deyarli o`zgartirilmay qaytariladigan kuplet tuzumli kuyga
ega yig`i-yo`qlovlar. Bularda badiyago`ylik faqat poetik tekstdagina saqlanib, kuylar esa
asosiy melodik tuzilmalarning intonatsion va ritmik o`zgarishlariga asoslanadi: Keltirilgan
yig`ida tugal kuy tuzilmalarning kengayishi yoki torayishini hamda bu jarayonning poetik
tekst strukturasi har bir she`ri y misra yoki baytdagi bo`g`inning o`zgarishiga bog`liq ekanini
sezish qiyin emas v) metr-ritmik jihatdan nisbatan tartibga tushganligi va o`ziga xos ijro
uslubi bilan harakterlanuvchi marsiyalar. Ulpardagi yakkaxonlikka unison xor (erkaklar
yoki ayollar gruppasi) jo`r bo`ladi. «Sadr» yoki « Jakrxonlik» deb ataluvchi bu marsiyalar
marosim bilan bog`lik bo`lib, odatda, marhumning jasadini olib chiqish oldidan ijro etiladi.
O`zbek musiqa folklorida mehnat qo`shiqlari ham alohida o`rin egallaydi. Garchi
ularda mehnat jarayonining harakteri o`z aksini topsada, lirik o`ychanlikning nasriy bayoni
katta ahamiyat kasb etadi. Bularga misol sifatida: «Mayda», «Yozi», «Yorg`ichoq»
kabilarni ko‘rsatish mumkin. Mana, masalan, g`alla yanchish paytida dalada ijro etiladigan
«Mayda» kabilarni ko‘rsatish mumkin. Mazkur misolda kuzatilayotganidek, ish jarayonini
sifatlovchi misralar bilan bir qatorda lirik mazmunli to`rtliklar, odatda, sigirlar, echkilar
hamda qo`ylarni sog`ayotganda aytiladigan «Xo`sh-xo`sh», «Churay-churay», «Turayturay» deb nomlanuvchi afsunli erkalash qo`shiqlari uchun ham harakterlidir. Afsunli
qo`shiqlar ma`lum bir marosimlarni bajo keltirish, masalan, yomg`ir chaqirish, quyosh va
oy tutilishini to`xtatishni iltijo qilish hamda boshqalarda ham muhim o`rin tutadi. Birinchi
gruppa qo`shiqlariga qarama-qarshi o`laroq, ikkinchi gruppa qo`shiqlarining har bir janrida
o`z mavzusining hayot rang-barangligini ko‘ramiz. Ko‘p qirrali muhabbat lirikasi, satira va
yumor, tarixiy mavzu, ijtimoiy norozilik ushbu gruppaga tegishli har bir janr - terma (yoki
cho`plama), qo`shiq, lapar, yalla va ashulalar asosini (garchi ular bir-biridan ravshan
ifodalangan harakterli musiqali xususiyatlari bilan farqlansa ham) tashkil qilishi mumkin
Qo`shiq juda keng tarqalgan janrlardan bo`lib, o`z mazmunining xilma-xilligi, ko‘p
qirraliligi bilan alohida ajralib turadi. Qo`shiq kuylari uchun ritmning ravonligi va aniqligi
harakterlidir Qo`shiqda har bir misradan so`ng naqorat so`z va shuningdek har bir
navbatdagi banddan (yoki uning yarmidan) keyin keladigan naqoratlarni ham juda ko‘p
uchratish mumkin qo`shiq musiqali poetik asarlarning ko‘pgina belgilari lapar uchun ham
harakterlidir.
Tarixdan ma`lumki, ma`naviyatimizning asosiy bo`g`ini bo`lgan musiqiy
madaniyatimiz, an`anaviy qo`shiqlarimiz, maqom yo`llari hamisha xalqimizning kundalik
hayotida ma`naviy ozuqa sifatida e`tirof etib kelingan. Xalq og`ir kunlarida musiqadan najot
izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo`shiq va musiqa ularga hamroh bo`lgan.
Bugungi muborak mustaqilligimizga erishgan kunimizda, o`zligimizni anglab
borayotgan bir davrda ulkan ma`naviyatimizning bir bo`lagi bo`lgan, ota-bobolarimizdan
meros bo`lib kelgan musiqiy madaniyatimizga suyanish, an`anaviy qo`shiqlarimizga
murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasi, yoshlarning
ma`naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Moziy o`rta asrlarda yashagan talaygina atoqli musiqachilar, shoirlar,
san`atkorlarning nomlarini saqlab qolgan ―O`rta Osiyo musiqasi haqida qimmatli
ma‘lumotlarni IX asrdan buyon saqlanib kelayotgan yozma manbaalardan olish mumkin.
O`rta asrlarda musiqa matematika va astronomiya qatori fanlarning yagona to`plamga
kirganligidan ko‘p allomalar unga o`z asarlaridan joy ajratganlar, shuningdek, uning nazariy
asoslariga maxsus risolalar bag`ishlaganlar‖ – degan edi olim Yan Pikker1.
Musiqa ta`limiga nihoyatda katta ahamiyat bergan O`rta Osiyolik mashhur
musiqachilar orasida qomusiy olim Muhammad Forobiy alohida o`rin egallaydi. Olim
filosofik va siyosiy masalalar bilan uzviy bog`liq holda maorifni rivojlantirish, yosh avlodni
tarbiyalash va o`qitish masalalariga o`z asarlaridan salmoqli joy ajratgan.
Forobiy o`rta asrlarda matematik fanlar sirasiga kirgan musiqa nazariyasining
asoschilaridan biridir. Turli sohalarda ko‘rib chiqilgan musiqa ijodi masalalari Forobiy
asarlarida muhim o`rinni egallaydi. Uning ―Kitob ul-musiqiy al-Kabir‖, ―Qalam filmusiqiy‖ hamda ―Kitob-fi-ixso-al-ulum va at-tahrif‖ fundamental asari nihoyatda mashxur
bo`lgan. Bu asarlar musiqa fani madaniyati sohasidagi keyingi tadqiqotlarga sezilarli ta`sir
ko‘p`rsatgan.
Temur huzurida yashagan mashxur musiqachi olim Abdul Qodirning musiqa
sohasidagi tadqiqotlari taniqli tojik olimi, faylasufi, musiqachisi va shoiri Jomiyning
musiqaga oid traktatlar yaratishi uchun asos bo`lgan uning ―Risolai dar ilmi musiqi‖
(―Musiqa ilmi haqida traktat‖) nomli kitobi katta qiziqish uyg`otadi. Unda ritm,
ko‘mpozitsiya, lad nisbatlari va hokazo masalalar ko‘riladi.
Ulug` o`zbek shoiri, bilimga ega edi. U bir guruh yirik musiqachilarning iste`dodi
namoyon bo`lishiga ko‘maklashib, ularga rahnamolik qilgan. Navoiyning ijodi Sharq
madaniyati va san`atining rivojlanishida ulkan rol o`ynagan. ―Boburnoma‖da uning
faoliyatiga bir qancha sahifalar bag`ishlangan. Navoiyning musiqaviy-estetik mutafakkiri va
jamoat arbobi Alisher Navoiy musiqa san`ati sohasida nihoyatda katta qarashlari uning
―Sabbai sayyor‖, ―Majolisun nafois‖, ―Mezon ul-avzon‖, ―Mahbub ul- qulub‖, ―Xamsa‖ va
boshqa asarlarida aks etgan.
Darvish Alining XVII asrda paydo bo`lgan ―Risolai musiqiy‖si (―Musiqa risolasi‖)
nazariy va amaliy musiqa bilimlari avloddan avlodga, bir bilimdondan ikkinchisiga
shogirdlik yo`li bilan o`tib kelganini tasdiqlaydi. 2
Muallif o`z risolasida Sharqning mashxur shoir va musiqachilari biografiyasiga keng
o`rin ajratgan. Masalan, avtor mashxur shoir Rudakiyning tarjimai holini keltiradi. Bunda u
shoirning Rudak qishlog`idan chiqqaligini tasdiqlaydi. Rudakiy o`z davrining buyuk
musiqachisi bo`lgan.
―Risolai musiqiy‖da iste`dodli musiqachi, musiqaga yangi ritmik aylanmalar kiritgan
mavlono Mir G`uruning ajoyib musiqachi, musiqa, musiqaviy o`lchov va davrlar haqidagi
risolaning muallifi Mavlono Najmiddin Kavkabiy Buxoriyning nomlari uchraydi. Biz risola
orqali Temurxonning Hisordagi saroyi huzurida yashagan Mavlono Hasan Kavkabiy, 17
yoshidayoq shuhrat qozongan hamda Hirot shahrining mehtari (xon saroyidagi sozandalarga
rahbar) bo`lib tayinlangan va bu lavozimni 30 yil davomida egallab turgan, keyinchalik
Buxoro saroyidagi sozandalarga rahbarlik qilgan, musiqa nazariyasining bilimdoni Said
Ahmad bin Mehayri Miroqiylarning ijodi bilan tanishamiz.
Bu asar katta ahamiyatga hamda Sharq musiqasi tarixi uchun qimmatli manba bo`lib
xizmat qiladi.
Darvish Alining ―Risolai musiqiy‖si ayrim tarixiy hodisalar haqida noaniq
ma‘lumotlariga, xronologik jihatdan xatolariga qaramay, faqat musiqa nazariyasi asoslari
bayon etilishi bilangina emas, balki turli davrlarda yashagan bir qator musiqachilar faoliyati
haqida ma‘lumotlar berishi bilan ham qimmatlidir. Risola bizni o`sha paytdagi O`rta Osiyo
musiqa madaniyati bilan ko‘p jihatdan tanishtiradi hamda uning taraqqiyotidagi asosiy
tendentsiyalar to`g`risida tasavvur beradi. Xalqimiz milliy musiqa madaniyatimizning
ajoyib yodgorligini ehtiyot qilib saqlab keladi.
Jomiyning risolasi nazariy xarakterga ega. Muallif o`z davridagi musiqa san`atining
katta psixologik ahamiyatini, uning tinglovchilarda qayg`u yoki quvonch, tushkunlik yoki
umid singari turli tuman kayfiyatlar hosil qila olish qobiliyatini tushuntiradi. ―Shunday
bo`ladiki,‖ - deb yozadi Jomiy ―Risolai musiqi‖ asarida, - dilning qayg`u yoki quvonch,
mahyuslik yoki umid, tushkunlik yoki ko‘tarinkilik kabi eng maxfiy holatlaridan biri
tovushni o`z rangiga o`ragan holda unga ta`sir etadi. Shu tufayli tinglovchi bu mahfiy
holatdan ogoh bo`ladi va undan alohida lazzat oladi.‖
Jomiy o`z davrining professional musiqachilari orasida tarqalgan hamda umumiy
ta‘lim sanalgan 11 ta jo`r ritm yoki ritmik doiralarni sanaydi. U bayon etgan ritmlar soni 19
taga yetadi.
Risolaning xotima qismida muallif ohang (lad) larning tinglovchilarga ta`siri haqida
so`z yuritib, shu jihatiga ko‘ra ularni 4 kategoriyaga bo`ladi.
a) shijoat va jasurlik uyg`otuvchi ohanglar
b) xursandchilik va quvonch uyg`otuvchi ohanglar
v) qayg`u va mung uyg`otuvchi ohanglar
g) g`am va ma‘yuslik aralashgan shodlik va zavq uyg`otuvchi ohanglar`
Ohanglarni ularning hissiy ta`sir etishiga ko‘ra tasnif etar ekan, Jomiy 12 maqom, 6
ovoz hamda 24 shobadan tashkil topgan umumiy 42 ohangdan 38 tasini qayd etadi.
Kaykovusning XI asrda G`azna shahrida yashagan Sulton Mahmud saroyidagi
musiqachilarning xulq atvori haqidagi ―Qobusnoma‖ risolasi ham juda qiziqarlidir. Kitobda,
jumladan, bunday deyiladi: ―Hamma vaqt og`ir yo`l (maqom)larni chalaverma va hamma
vaqt yengil yo`llarni ham chalaverma, chunki yo`lni bir xilda chalmaslik kerak, negaki,
odamlarning hammasi bir xilda emas, tabiatlari ham bir-biriga muvofiq emas, chunki xalq
xilma-xildir.
Shuning uchun musiqa ilmining ustodlari musiqa asboblariga shunday tartib
berganlarki, avval podshohlar majlisi uchun xisravona dostonlar tuzganlar, undan keyin
vaznsiz bir og`ir yo`l tuzdilarki, uni ikki musiqa bilan aytsa bo`ladi, bunga og`ir yo`l deb ot
qo`ydilar. Bu yo`l keksalarning va o`qigan odamlarning tabiatiga mos keladi. Bu yo`lni
shunday qavm uchun yaratdilar. So`ngra (ustodlar) ko‘rdilarkim, xalqning hammasi qari va
jiddiy kishilar emas. Shuning uchun yigitlarga moslab bir yo`l ishlab chiqdilar. So`ngra
yengilroq vaznli shehrlar uchun yengil yo`llar tuzdilar, bularga ―xafif‖ deb nom qo`ydilar,
og`ir yo`ldan so`ng bu xafif yo`lni chaldilar, bundan qarilar ham, yigitlar ham bahramand
bo`lsinlar deb o`yladilar. So`ngra yosh bolalar va yoqimli tabiatli odamlar bebahra qoldilar.
Bu qavm uchun taronani ishlab chiqdilar, toki bu qavm ham bahra olsinlar, rohat qilsinlar,
chunki hamma vaznlarning orasida taronadan yoqimli vazn yo`qdir.‖
―Qobusnoma‖ matni o`rta osiyolik musiqachi olimlar orasida musiqaga tinglovchiga
etika jihatidan ta`sir etuvchi vosita sifatida qarashning keng tarqalganini, keyinroq borib
musiqadan shifo berish vositasi tarzida foydalanilganini tasdiqlaydi.
Musiqa faqat hokimlarning saroyidangina emas, balki shahar va qishloq axli
turmushidan ham katta o`rin olgan. U milliy musiqa asboblari ijrosida choyxona, xalq
sayillari, ommaviy bayramlar, oilaviy bayramlar (to`ylar)da, qo`g`irchoq teatri, dorbozlar,
qiziqchilar tomosha ko‘rsatgan paytlarda maydonlarda, xalq udumi va rasm-rusumlari
bajarilganda yangragan.
Bu haqda XVIII asrning oxiri XIX asr boshlarida yashagan shoir Nizoriy
―Dasturnoma‖ dostonida bunday deb yozadi: ―Erkin yigitlar, do`stlar, tengdoshlar, san`atga
boy, xush xulqi va yaxshi hayot tarziga ega shon-shavkatli o`rtoqlar. Zakiy, ochiq dil va
xush yuzli, nozik qochirma va hazilni tezda ilg`ab oluvchilar. Arfa, doira, ud va nay sadolari
ostida kecha-yu kunduz qo`llarda may to`la kosa bilan zarbulmasal, nazm hamda farom
ash‘orlar bilan, go`zal rivoyatda va yoqimli hikoyalar, yaxshi ashula va dilni qitiqlovchi
musiqa bilan, umuman, ko‘ngil och va ko‘ngil ochish maskanini yoqimli qil.‖
Afsuski, o`sha uzoq vaqtlarda qo`llanilgan o`qitish tizimi qayd etilgan yozma
manbalar saqlanib qolgan emas. Faqat badiiy obidalar, zamondoshlar xotiralarida,
madaniyat tarixiga oid umumiy asarlarda aks etgan bilvosita materiallar, ma‘lumotlar
mavjud. O`zbek xalqi yaratgan musiqiy merosning ildizlari juda uzoq asrlarga borib
taqaladi. Ajdodlarimizning maftunkor tasviriy san`ati tufayli bizgacha yetib kelgan
yodgorliklar o`zbek cholg`u musiqasi qadim zamonlardan boshlanganini ko‘rsatadi. 1932-yil oktyabr oyida rus kemasi bortiga o`lkamiz o`tmishining bebaho boyligi – rang-barang
suratli tosh plita chiqarildi. Tabiat manzarasi ifodalangan zangori fonda uch musiqachi ayol
tasviri chizilgan: ulpardan biri arfa, ikkinchisi lyutra, uchinchisi esa barabanga monand
cholg`u asbobi ushlagan. Termizdan 13 km yuqorida joylashgan sobiq shahar xarobalaridan
qazib olingan boshqa musiqachilar tasviri tushirilgan topilmalar Ayritosh nomi bilan fanda
mashxur bo`lgan nodir yodgorliklar sanaladi. Bu topilmalar hozirgacha noma‘lum desa
bo`ladigan qadimgi musiqa madaniyatining allaqachon unutilib ketgan so`qmog`idan yorqin
izdir. 1946-yilda Xorazm vohasining qoq yuragida – Sulton Uvays tog`ining janubiy
tizmalari boshlanadigan tekislikdagi qadimiy Tuproqqal‘adan yana bitta arfa chaluvchi ayol
tasviri topiladi. Musiqashunos-arxeolog R. Sadokovning fikricha, bu topilmalar III-IV
asrlarga mansub ekan. Bu tarixiy manbalar O`rta Osiyoda musiqa san`ati yuksak darajada
rivojlanganini ko‘rsatadi. Eramizning dastlabki ming yilligidayoq o`zbek musiqasi va
qo`shiqlari mashhur bo`lgan ko‘rinadi. Chunki , XI asrning tarixchisi va tilshunosi Mahmud
Qoshg`ariy o`zining ―Devonu lug`otit turk‖ asarida juda ko‘p cholg`u asboblari nomini tilga
oladi. Ayniqsa ud, qo`biz keng tarqalganini alohida ta‘kidlaydi. Olim bu davrda qo`shiq
hamda maqom ijro etish ancha taraqqiy etganligini tasdiqlab, quyidagilarni yozadi: ―ko‘ch –
kuy, maqom, ashulada maxsus qoidaga muvofiq ovozni past-baland qilish‖. 1
Musiqa zamonlardanoq keng tarqalibgina qolmasdan, balki ancha rivolangan edi.
Mashshoqlar cholg`u asboblarida alohida va ansambl bo`lib dilrabo kuylarni chalishgan.
O`rta asrlarda va undan keyin musiqaga oid juda ko‘p ilmiy asarlar yozilganligi ma‘lum.
Shulardan ayrimlari, masalan, yirik matematik Abu Abdulla Muhammad ibn Muso
Xorazmiyning ―Musiqa bo`yicha traktat‖ asari bizgacha yetib kelmagan yoki haligacha
topilmadi.
Xulosa o‗rnida shuni alohida ta'kidlash kerakki, o‗zbek musiqa madaniyatining
rivojlanishida Folklor janrlarining ahamiyati katta bo‗lib, u xalq turmush tarzi va ijtimoiy
hayotini o‗zida aks ettirgan. Shuningdek, zamonaviy musiqa janrlarini yaratilishiga asos
vazifasini o‗tagan.
Download 31,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish